Научная статья на тему 'KASBIY SULOLANING YUZAGA KELISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR GURUHI TADQIQI'

KASBIY SULOLANING YUZAGA KELISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR GURUHI TADQIQI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
498
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / shaxs / ota-ona / bola / oilaviy muhit / kasb egasi / farzand / nabira / «ota kasb» / kasbiy sulola. / семя / человек / родител / ребенок / семейное окружение / профессия / ребенок / внук / «отсовская профессия» / профессионалная династия.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Oybek Eshboevich Hayitov, Dilrabo Islamovna Ashurova

Ushbu maqolada shaxsning kasbiy kompetentligi, ijtimoiy еtukligi va ijtimoiypsixologik bilimdonligi masalalari kasbiy sulolani shakllantiruvchi omillar bilan bog„lab yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной стате раскрываются, вопросы профессионалной компетентности, социалной зрелости и социално-психологической компетенции личности, связанные факторами формирования профессионалной династии.

Текст научной работы на тему «KASBIY SULOLANING YUZAGA KELISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR GURUHI TADQIQI»

KASBIY SULOLANING YUZAGA KELISHIGA TA'SIR ETUVCHI

OMILLAR GURUHI TADQIQI

Oybek Eshboevich Hayitov

Nizomiy nomidagi TDPU, "Psixologiya" kafedrasi professori

Dilrabo Islamovna Ashurova

Nizomiy nomidagi TDPU magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada shaxsning kasbiy kompetentligi, ijtimoiy etukligi va ijtimoiy-psixologik bilimdonligi masalalari kasbiy sulolani shakllantiruvchi omillar bilan bog'lab yoritilgan.

Kalit so'zlar: oila, shaxs, ota-ona, bola, oilaviy muhit, kasb egasi, farzand, nabira, «ota kasb», kasbiy sulola.

АННТОТАЦИЯ

В данной стате раскрываются, вопросы профессионалной компетентности, социалной зрелости и социално-психологической компетенции личности, связанные факторами формирования профессионалной династии.

Ключевые слова: семя, человек, родител, ребенок, семейное окружение, профессия, ребенок, внук, «отсовская профессия», профессионалная династия.

KIRISH

Oilaviy ijtimoiylashuv jarayonida bolalar ota-onasidan nafaqat genetik qobiliyatlar, balki sotsial muhitda muttasil rivojlanish uchun zarur bo'ladigan qator ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni ham o'zlashtiradi. Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, ota-onalarning kasbiy mavqei, ijtimoiy aloqalar tizimi barkamol shaxsning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi hamda «ota kasb» davomchisining kasbiy va ijtimoiy-psixologik bilimdonligi darajasini belgilab beradi.

Farzandingiz kim bo'lmoqchi?

Dastlabki ijtimoiylashuv oila (ota-ona ta'siri)da kechadi. Oilaviy mjtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta'sirida:

birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o'ziga xos sifat va fazilatlarga ega bo'lib boradi;

ikkinchidan, har tomonlama еШ^ aqlli, sog'lom shaxs bo'lib еtishish

imkoniyatiga ega bo'ladi [1].

Oila va undagi sog'lom ma'naviy muhit bolada jamiyatda yashash, o'ziga o'xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunar egallash, muomalada axloq-odob me'yorlariga bo'ysunish kabi ko'nikmalami hosil qiladi. Ota-ona boladagi shaxsga xos bo'lgan qirralar va xulq-atvor stereotiplarini «dasturlab» boradi [2].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Taniqli olim Z.Freyd fikriga ko'ra, bola o'zidagi u yoki bu xislatni o'zgartirishi uchun, avalambor, xalaqit beruvchi holat ildizini anglab etishi lozim. Umumpsixologik qonuniyatlarda e'tirof etilganidek, bolalar fikr yuritish jarayonida sezgi, idrok va tasavvur omillaridan unumli foydalanadi. Biroq ijtimoiy munosabatlar ta'sirida, hissiy bilish chegarasidan chetga chiqib, hissiy a'zolarimiz ilg'ashga ojiz bo'lgan moddiy borliq va munosabatlarni anglay boshlaydilar. E'tiborli jihati, ko'pgina kasbga doir shaxsiy xislatlarning shakllanishiga oilaviy muhit, oiladagi turli munosabatlar ta'siri shunchalik erta davrda ro'y beradi-ki, ularni xotiramizda qayta tiklash mushkuldir.

Tadqiqotchi M.Feynbergning aniqlashicha, farzandlar keyinchalik otasining kasbini egallamasligiga ushbu kasb yuzasidan ota-ona ta'sirida shakllangan salbiy taassurot sabab bo'lar ekan [2]. Shuning uchun, ruhshunoslar uyda, farzandlar davrasida o'z xizmati, ishi yuzasidan salbiy fikrlar bildirmaslik va bolada mehnat to'g'risida noto'g'ri fikrlar uyg'otmaslikni tavsiya qiladilar.

O'z-o'zini biror kasb egasi sifatida tasavvur qilishning ilk bosqichida bolalardagi kasbiy identifikatsiya jarayoni bilan tavsiflanadi. Bu davrda sub'ekt o'zini ma'lum kasb sohiblari bilan qiyoslab boradi. Odatda, bolaning ushbu jarayonda tahlil uchun eng qulay ob'ekt oila hisoblanadi.

O'z-o'zini kasban ko'ra bilishning o'rta bosqichida esa asosiy kasbiy xarakterictikasiga ega bo'lib borish modeli shakllanadi.

Bu borada tadqiqotlar olib borayotgan O.Maksumovning fikricha, kelajakni ko'ra bilishning kasbiy akmeologik bosqichi ma'lum darajada individuallikni ifodalaydi. Farzandning kasb sohasidagi motivatsiyasi, odatda, oilada boshlanadi. Olib borilgan tekshiruvlar shuni ko'rsatadiki, kasb tanlashga kelganda 80 foiz bola ota-onasi kasbining bilan solishtirish orqali qaror qabul qiladi [3].

Shuningdek, U.Jumaev tomonidan kasb tanlashga munosabat motivatsiyasi shakllanishida o'nta motiv muhim o'rin egallashi aniqlangan bo'lib, bizningcha, «kasbiy istiqbolga intilish» va «kasb tanlash jarayoniga barqaror xayrixohlik» motivlari kasbiy sulolaning shakllanishiga bevosita bog'liq [4].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Atoqli olim V.A. Yadov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur ierarxik tizim shaxs faoliyatini to'g'ri tashkil etish bilan bog'liq ustanovkalarning munosabat motivatsiyasining shakllanishiga xizmat qiluvchi ierarxik tizimini tasavvur etishda ham ma'lum darajada asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Masalan: taqdim etilgan 1 -daraja «ota kasb»ga nisbatan bolaning bevosita dastlabki harakatlarini ko'rsatsa, 2-daraja esa bolaning o'z xatti-harakatlarini idora qila olishi bilan bog'liqlikdan dalolat beradi. 3-daraja xatti-harakatlardagi vaziyatni hal qilish bilan bog'liq kechinmalarni va nihoyat, 4-daraja esa xulq-atvorning bir butunligini yoki «ota kasb»da bola faoliyatining bir butunligini ifodalovchi mezon sifatida yakunlanadi hamda bu bo'lajak mehnat egasining professionalligini aniqlashda o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Mutaxassislar kasb tanlash jarayonining algoritmini 1-jadval ko'rinishida tasavvur etishadi:

1-jadval. Shaxsning kasb tanlash jarayoni algoritmi

0- bosqich Tayyorgarlik ko'rish bosqichi

1- bosqich Taxminiy reja ishlab chiqish

2- bosqich Qiziqishni aniqlash

3- bosqich Qobiliyatni aniqlash

4- bosqich Qiziqish va qobiliyatga mos bo'lgan kasblar haqida makro va

mikro darajadagi axborotlarni to'plash

5- bosqich Qiziqish va qobiliyatni yana bir bor baholash

6- bosqich Ta'lim olmoqchi bo'lgan muassasani aniqlash

7- bosqich Tanlamoqchi bo'lgan kasbni foydalilik tamoyiliga asosan

o'rganib chiqish

8- bosqich Qiziqish va qobiliyatni yana bir bor baholash

9- bosqich Kasbning hayotiylik davrini belgilash

10- bosqich Mehnat bozorida ish o'rni mavjudligi to'g'risida axborot

to'plash

11- bosqich Tanlamoqchi bo'lgan kasb haqidagi tasavvurlarni aniq

holatlardan kelib chiqib rivojlantirish

12- bosqich Qiziqish va qobiliyatni yana bir bor baholash

Professional mutaxassis yoki kasb sohibini aniqlash uchun ikkita asosiy jihat: mehnat egasining kasbiy mukamallashuvi va kasbiy mahorati masalasiga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Kasbiy Kasbiy mukamallik - bu mehnat egasining

(psixologik, fiziologik, xulq-atvor va ish faoliyatiga bog'liq) xarakteriologik xususiyatlarini ish jarayonida shakllanishidir. Shuningdek, kasbiy sifatlar:

maktabgacha yosh davrida - shaxsda (ta'kid - O.H.) bolalarcha dunyoqarash, atrof-olamga qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, jamoaga kirisha olish, o'z-o'ziga xizmat qilish, kattalar mehnatini qadrlash, sabr-qanoatlilik sifatlari shakllantiriladi;

kichik maktab yoshi davrida - shaxsda (ta'kid - O.H.) bilimga intiluvchanlik, taqqoslay olishlik, o'z-o'zini anglash, fikrlash, kommunikativlik, fikrlash, faoliyat yuritish ko'nikmalariga egalik, ozodalik, saranjomlik, ziyraklik, javobgarlik hissiga egalik, rostgo'ylik, sezgirlik, g'ayratlilik, kuzatuvchanlik, jamoada faoliyat yuritish ko'nikmalariga egalik sifatlari shakllantiriladi;

o'spirinlik davrida - shaxsda (ta'kid - O.H.) ijtimoiy munosabatlarning mohiyatini anglash, tanqidiy fikrlay olish, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni anglash, intizomlilik, tashabbuskorlik, e'tiborlilik, liderlik, rostgo'ylik, yangilikka intiluvchanlik, kommunikativlik, sinchkovlik, ijodkorlik, bilimga, mehnatga muhabbat, kasb-hunar egalariga hurmat hissi rivojlantiriladi;

o'spirinlik davrida - shaxsda (ta'kid - O.H.) voqea va hodisalarni tahlil qila olishlik, intellektual imkoniyatlarini maksimal ishlata olish, o'zi va o'zgalarning faoliyatini baholay olishlik, g'ayratlilik, o'zgalar mehnatini qadrlay olish, mas'uliyatlilik, o'zgalar fikrini hurmat qila bilish, tanqidiy fikrlay olish, o'ziga nisbatan talabchanlik, o'z ustida tinmay ishlash, tashkilotchilik, izlanuvchanlik, o'zi va o'zgalarning faoliyatini baholay olishlik, tanlagan kasbiga qiziqish va moslashish, yangilikka intiluvchanlik xislatlari rivojlantiriladi;

yoshlik (talabalik) davrida - shaxs (ta'kid - O.H.) ijtimoiy munosabatlarni tahlil va sintez qila olishi lozim. Ularda keng bilim doirasiga, keng dunyoqarashga egalik, bashorat qila olishlik, o'zi va o'zgalarning faoliyatini baholay olishlik, boshqalar uchun mas'uliyatni his qilish, eruditsiya, voqea va hodisalarni tahlil qila olishlik, tanlagan kasbini sevish, unga ijodiy yondashish, o'z ustida tinmay ishlash sifatlari rivojlantiriladi.

Oiladagi farzandlar va nabiralarning ota kasbini egallab, matematika fani o'qituvchisi bo'lishlarining sababi nimada?» bu haqda oiladagi to'ng'ich o'g'ildan so'raganimizda, u amakisining al-Xorazmiy haqidagi qiziqarli suhbatlari-yu, sonlarning cheksizligiga oid qarashlar unda shu fanga nisbatan qiziqish uyg'otganini alohida e'tirof etdi. Nabiralar o'zidagi o'qituvchilikka bo'lgan ishtiyoqni oilaviy kutubxonaning aksariyat qismi matematikaga oid qiziqarli kitoblardan iborat ekanligi-yu, geometrik tajribalar o'tkazish uchun zarur bo'lgan asbob-uskuna va organayzerlar bilan jihozlangan xonaning mavjudligi bilan izohladi. Ijtimoiy fikr -

hamqishloqlarning ajdodlar kasb mahoratiga bo'lgan ijobiy munosabat va e'tirofi bavosita «ota kasb»ni davom ettirishda muhim turtki vazifasini bajargan. Demak, ota-onaning o'z kasb faoliyati sohasidagi yangiliklarni doimiy egallab borishi, istiqboldagi taraqqiyot yo'nalishlari hamda yuzaga keluvchi muammolarni echish yo'llarini oldindan ko'ra bilishi, ijtimoiy mavqei, farzandlari qalbida kasb egalariga nisbatan hurmat hamda kasbdan g'ururlanish hissini rivojlantirishi «kasbiy kompetentlik» sanalib, u kasbiy sulolaning vujudga kelishi zamin yaratadi.

Professor N.Muslimov kompetentlikni ettita turga bo'lib o'rganadi:

1) global kompetentlik;

2) ijtimoiy-madaniy kompetentlik;

3) ijtimoiy faoliyatga oid kompetentlik;

4) axborot olish kompetentligi;

5) kommunikativ kompetentlik;

6) o'quv-bilishga oid kompetentlik;

7) amaliy faoliyatga oid kompetentlik [5].

Ijtimoiy etuklik darajasi qanday aniqlanadi?

Professor E.G'ozievning ta'kidlashicha, ijtimoiy etuklik darajasi - bu shaxsning kelajak avlodga bo'lgan munosabati, undagi tarbiyachilik xususiyatlari, axloqiy sifatlarning shakllanganlik darajasini belgilovchi sifatlar tizimidir. Bu sifatlar mohiyatini, bir tomondan, shaxsning umumiy intellekt va ilmiy bilimlar darajasi belgilasa, boshqa tomondan, ijtimoiy jarayonga bo'lgan munosabat, s ezgirlik hamda mas'uliyat hissining shakllanganlik darajasi belgilab beradi [6].

Olimlar kasbiy sulola vakilida sanab o'tilgan ta'sirlar natijasida yuzaga kelgan shaxsiy fazilatlar va professional faoliyatning o'zaro bog'liqligi yuzasidan qator tadqiqotlar olib borgan bo'lishiga qaramasdan, chuqur o'rganib chiqishni talab qiluvchi muammolar ham yo'q emas. Shulardan biri - kasbiy sulola vakilining professional xususiyatlari tizimida oilaviy merosningning o'rni xususidagi masaladir.

Professor E.G'ozievning ta'rif berishicha, ijtimoiy-psixologik bilimdonlik - bu shaxsning psixologik etuklik darajasi, uning ijtimoiy muhitdagi moslashuv jarayonlari, o 'zi va boshqalarni anglash, tushunishni belgilaydigan sifatlar majmuidir. Uning tarkibiy qismini olim ettiga ajratadi:

1) asosiy ijtimoiy-psixologik bilimlarga egalik;

2) ijtimoiy munosabatlarda o'zgalar shaxsiy sifatini hisobga olish;

3) o'ziga nisbatan sezgirlik;

4) o'zi va o'zgalarning imkoniyatini to'g'ri baholay olish;

5) o'z kuchiga ishonch;

6) ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik;

7) o'zini o„zi idora qila olish [6].

1-chizma.

Professor V.Karimovaning fikriga ko'ra, ijtimoiy-psixologik bilimdonlik - bu shaxsning ijtimoiy-psixologik hodisalar hamda muomala qonuniyatlari, o'zgalarni bilish, to'g'ri idrok qilish, dilidagini anglash va shu asosda o'zaro hamkorlikni tashkil qilish borasidagi savodxonligidir. Olima G.Andreevaning uch tizimli muloqot to'g'risidagi nazariy qarashlariga asoslanib, u ijtimoiy-psixologik kompetensiyaning uch asosiy tarkibiy qismini ajratib ko'rsatadi: 1) kommunikativ bilimdonlik; 2) perseptiv bilimdonlik; 3) interaktiv bilimdonlik [7].

Bir qator psixologik-pedagogik adabiyotlarda e'tirof etilishicha, odatda, oilaviy kasbiy sulolaning yuzaga kelishida u yoki bu omil etakchi rol o'ynaydi. Ya'ni mustaqil ravishda o'zini-o'zi kasb nuqtai nazaridan anglash qobiliyatini rivojlantirishda ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, akmeologik, axborot va boshqa shu kabi omillar muhim o'rin tutadi.

XULOSA

Kasbiy sulola yuzaga kelishi uchun sabab bo'luvchi omillar muammosining nazariy echimini topishga qaratilgan izlanishlar va o'tkazilgan hududiy tadqiqotlar quyidagi akmeologik-psixologik xulosalarni chiqarish uchun asos bo'ldi.

birinchidan, «kasbiy istiqbolga intilish», «kasb tanlash jarayoniga barqaror xayrixohlik» motivlariga nisbatan shaxsiy bog'liqlik. Oilaviy merosga ega bo'lgan

kasbiy sulola vakili o'ziga ishongan holda hamkasblari bilan bo'ladigan munosabatdan qoniqish hosil qiladi va tanlagan faoliyatida o'zini erkin his qiladi. Bu voris avlod ichki intilishining yaqqol namoyon bo'lish imkoniyatini oshiradi.

Ikkinchidan, kasbiy sulola vakilining ta'lim jarayonidagi barcha sub'ektlar orasida qulay psixologik atmosferani yarata olish qobiliyati va oilaviy «kasb zahirasi»ga ega ekani unda kasbga oid moddiy va ma'naviy resurslarning mavjudligidan dalolat beradi.

Uchinchidan, kasbiy sulola vakilida ta'lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish motivatsiyasining qolgan hamkasblariga nisbatan yuqoriligi. Bu xususiyat kasb egasi bo'lgan ajdodning ijtimoiy mavqei ta'sirida tezroq shakllanadi.

To'rtinchidan, sulolaviy o'qituvchida ijtimoiy-psixologik meros ta'sirida shakllangan insoniylik madaniyati ota kasbini egallash, oilaviy sulolani davom ettirishga doir kuchli e'tiqod, uning malakasi va professional o'sishini belgilab beruvchi kasb pog'onalarining dastlabki bosqichi sifatida xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Каримова В.М. Оила психологияси: Педагогика олий укув юртлари учун дарслик. - Т., 2008. - 52-бет.

2. Ломакина С.С. Феномен социално-психологического исследования наследования у современных руководителей: Дис. ... канд. психол. наук. - СПб., 2006. - 211 с.

3. Максумов О.Н. Юкори синф укувчиларини олдиндан уз-узини касбан белгилаб олиш масалалари // Узбекистонда амалий психологиянинг бугунги холати ва ривожланиш истикболлари: Республика илмий-амалий анжумани материаллари. 1-том. - Т., 2008. - 77-бет.

4. Жумаев У.С. Усмирларда касб танлашга муносабат тизими шаклланишининг ижтимоий-психологик хусусиятлари: психол. фан. ном. ... дис. автореферати. -Т., 2005. - 24 б.

5. Муслимов H.A. Булажак касб таълими укитувчиларини касбий шакллантириш: Монография. - Т., 2006. - 122 б.

6. Fозиев Э^. ва бошк. Олий таълим муассасалари профессор-укитувчилари шахсининг ижтимоий-психологик портретини бахрлаш тизимини шакллантириш // ИТД-4-162 ракамли амалий лойиханинг оралик хдсоботи. - Т., 2009.

7. Каримова В.М. ва бошк. Бошкарув сохасидаги профессионал компетенция асослари. Монография. - Т., 2008. - 87-бет.

8. Jalolov A. Kasb qanday tanlanadi: muvaffaqiyatga erishmoqchi bolganlar uchun o'quv-uslubiy nashr. - T., 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.