Научная статья на тему 'BO`LAJAK O`QITUVCHILARDA KASBIY DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISH'

BO`LAJAK O`QITUVCHILARDA KASBIY DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

398
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagog / bo`lajak o`qituvchi / kasb / dunyoqarash / ta`lim / metod / uslub.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Djumayeva Sanobar Absaatovna, Gulzoda Bahodir Qizi Umarova

Maqolada bo`lajak o`qituvchilarda kasbiy dunyoqarashni shakllantirishning uslubiy asoslari, shart-sharoitlari, imkoniyatlari hamda metodlari to`g`risida so`z boradi. Bo`lajak pedagog uchun inobatga olish zarur bo`lgan xususiyatlar yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO`LAJAK O`QITUVCHILARDA KASBIY DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISH»

BOLAJAK OQITUVCHILARDA KASBIY DUNYOQARASHNI

RIVOJLANTIRISH

Djumayeva Sanobar Absaatovna

Nizomiy nomidagi TDPU dotsent v.b., PhD

Gulzoda Bahodir qizi Umarova

Nizomiy nomidagi TDPU 2- kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy dunyoqarashni shakllantirishning uslubiy asoslari, shart-sharoitlari, imkoniyatlari hamda metodlari to'g'risida so'z boradi. Bolajak pedagog uchun inobatga olish zarur bolgan xususiyatlar yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: Pedagog, bolajak o'qituvchi, kasb, dunyoqarash, talim, metod,

uslub.

Mamlakatimizda ilg'or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta'lim tizimi uchun bolajak yosh o'qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy talim mazmunini modernizatsiyalash, talabalar ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan talim muhitini yaratish bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "uzluksiz talim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli talim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" kabi ustuvor vazifalar belgilangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Kasbiy dunyoqarash - zaruriy kasbga doir bilim, konikma, shuningdek malakalarni o'zlashtirish asosida yuzaga keluvchi inson ijtimoiy kompetentligining malum bir ko'rinishi sifatida tavsiflanadi.

Bolajak o'qituvchilarda kasbiy dunyoqarashni rivojlantirish bir qancha yo'nalishlarni qamrab oladi:

KIRISH

Kasbiy kompetentlik - bolajak o'qituvchi tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun kerak bolgan bilim,

February, 2022

konikma va salohiyatning chuqur o'rganilishi va ularning amaliyotda qollay olinishi. Kasbiy kompetentlik bolajak o'qituvchi tomonidan alohida konikma, malakalarning egallanishini emas, har bir mustaqil yo'nalishga ko'ra integrativ bilimlar va konikmalarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya sohaga ko'ra bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, eng muhimi, ilmiy malumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va oz faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi. Mutaxassislarning kasbiy kompetentligi masalasini tadqiq etishga keyingi paytlarda qiziqish ancha kuchayib bormoqda. Bu borada qarashlar, fikr-mulohazalarning xilma-xilligi mazkur muammo xususida hozircha tizimlashtirilgan, yagona kontseptual model yaratishga imkon bermaydi.

O'z-o'zini anglash. Bu yo'nalishga sohaga ko'ra umumiy madaniy va kasbiy bilim egallash, axborot faoliyati tushunchasini bilish va qabul qilish; kasbiy pozitsiyani namoyon etish; o'z-o'zini tarbiyalash uchun talim resurslaridan unumli foydalanish; real faoliyatning qonun-qoidalar bilan muvofiqligini aks o'rganish kabilar kiradi.

Axborot texnologiyalari ko nikmalarini rivojlantirish. Bunda bo lajak o'qituvchi tezkor pedagogik muammolarni hal etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish; talim muassasasida axborot texnologiyalarining tasirini taminlashda ishtirok etish kabilarni o'zlashtirishi lozim. Hozirgi zamonda axborot texnologiyalarini o'zlashtirmagan shaxs nafaqat talim sohasida, balki deyarli hech bir sohada faoliyat yurita olmasligi barchaga ravshan.

Ijodiy faollik va mustaqillik. Bu qoida bo'lakaj o'qituvchiga o'qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o'quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qollash usullarini ongli va faol egallab olishadi. Ularda ijodiy tashabbuskorlik va o'quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq madaniyati va ilmiy dunyoqarash, e'tiqod tarkib topadi. O'qitishning onglilik qoidasi o'quvchilar yangi qoidalarni idrok qilishda tariflar, teoremalar, adabiyotdan she'r yodlash va hokazolarning ifodalanishigina emas, balki ularning hayotiy hodisalar, jarayonlaar bilan bogliq bolgan mazmunini ham tushunishlarini talab etadi.

Kasbiy faoliyat samaradorligining shartlaridan biri bolajak mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Mashhur rus psixologi I.K. Platonovning fikriga ko'ra, "kasbiy tayyorgarlik - bu o'zini kerakli kasbiy faoliyatni bajarishga qodir va tayyorgarlik ko'rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning subyektiv holatidir"

February, 2022

R. Ishmuhamedov, A.Abduqodirov hamda A.Pardaevlar kasbiy tayyorgarlik negizida "bo'lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi" aks etishi kerakligini ta'kidlaydilar.

Talabalarni oliy ta'lim muassasasi sharoitida kasbiy dunyoqarashini rivojlantirishda quyidagi jihatlarni alohida ko'rsatib o'tish lozim:

1. talabalarda moslashuv jarayonining kechishi murakkaab dinamiklikka ega bo'lib, ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatli tasavvurlarni o'zaro uyg'unlashuvini talab etadi;

2. talabalar uchun o'qishning birinchi va ayrim hollarda ikkinchi yili murakkab vaziyatlar bilan birga kechadi;

3. oliy talim muassasasida tahsil olish jarayonida talabalarda o'z-o'zini anglash tuyg'usi rivojlanadi, atrof-olam va borliqqa doir qadriyatli munosabatlar tizimining rivojlanishi davom etadi;

4. talabalarda bazaviy o'quv ustanovkalari shakllanadi;

5. talabalik yillari tashkiliy, metodik va psixologik tavsifga ega bo'lib, shaxsning kasbiy va shaxsiy moslashuvining eng muhim bosqichidirl. Darhaqiqat, kasbiy moslashuv murakkab va ko'p qirrali jarayon hisoblanib, uning negizida muayyan kasb bo'yicha muvaffaqiyatli ishlashni ta'minlovchi imkoniyatlar, shaxsning yo'nalganligi, kasbiy bilim, ko'nikma, malaka va kasbiy sifatlar, mehnat tajribasi ham asosiy mezonlar ko'rinishida namoyon bo'ladi.

MULOHAZA VA TAKLIFLAR

Bizga ma'lumki, shaxs ta'lim jarayonining faol ob'ekti va sub'ekti bo'lib, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonidagi faolligi uning yo'nalganligi bilan belgilanadi.

Shaxs yo'nalganligi muammosini tadqiq etar ekan, S.L. Rubinshteyn uni ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e'tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalaydi.

Psixolog olimlar L.I. Bojovich va R.S. Nemov shaxs yo'nalganligini motivlar tizimi va yig' indisidir, deya talqin etadilar.

Kasbiy yo'nalganlik esa shaxs yo'nalganligining o'ziga xos ko'rinishi bo'lib, motivlar, ehtiyojlar ta' sirida aks etadi.

Pedagogik faoliyatni tashkil etishda birinchi holat, ya'ni haqiqiy pedagogik yo'nalganlik pozitiv xarakter kasb etib, pedagogik faoliyatda akmeologik darajaning qo'lga kiritilishiga yordam beradi.

Pedagogik faoliyatni tashkil etishda faqatgina birinchi holatdagi

February, 2022

pedagogik tayyorgarlik yuqori natijalarning qo'lga kiritilishiga yordam beradi. Haqiqiy pedagogik yo'nalganlikning asosiy motivi pedagogik faoliyatga qiziqish hisoblanadi.

Kasbiy faoliyatga yo'naltirishda kasb tanlash motivlarining yaqqolroq namoyon bo'lishi kuzatilsa-da, faqat ularning o'zigina kasbiy tayyorgarlikning shakllanishida etakchi rol o'ynay olmasligini e'tiborga olish lozim bo'ladi. Chunki, shaxsning mavjud jismoniy, ruhiy va manaviy imkoniyatlari tanlangan kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo'yadigan talablari darajasi bilan mutanosib bo'lishi talabalarning kasbiy faoliyat muhitiga normal moslashishiga va refleksiyaning shakllanishiga yordam beradi.

Odatda bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatga moslashtirishda ularning ob'ektiv imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashish, tanlangan kasb va faoliyat talablariga shaxs imkoniyatlarining identifikatsiyalashuvi maqsadga muvofiq sanaladi. Masalan, o'qituvchilik kasbini tanlashda nafaqat bu kasbni sevish, bolalar bilan muloqotga kirishish istagi, balki, kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo'yadigan jismoniy, psixologik va ijtimoiy talablar uning imkoniyatlari doirasida bo'lishi kasbiy bilim, malaka va konikmalarni o'zlashtirishga yordam beradi. Shu bois, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy moslashtirishda masalaning mazkur jihatlarini nazariy asoslash va bo'lajak mutaxassislarning kasbiy imkoniyatlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish lozim.

REFERENCES

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli «Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida^gi Farmoni. Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toplami, 2017 yil, 6-son, 70-modda.

2. Talimni axborotlashtirish - 2018: Xalqaro ilmiy-metodik konferentsiya materiallari (Kostroma, 2018 yil 14-17

3. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: Moliya, 2013.

4. Asqarova O.M., Hayitboev M., Nishonov S.M. Pedagogika. - T.: Talqin, 2018. - 287 b.

5. Джураев Р.Х. Организационно-педагогические основы интенсификации системы профессиональной подготовки в учебных заведениях профессионального образования: Автореф. дисс. ... док.пед.наук. - СПб.: 2015. -43 с.

6. Ismoilova N., Abdullaeva D. Trening otish metodikasi. - T.: "Fan

XULOSA

192 b.

va texnologiyalar", 2019. - 96 b.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.