o'zini davolashda biblioterapiya bevosita yordam beradi.Hozirda bir guruh shifokorlar, professorlar, rassomlar va bioetiklar Grafik Tibbiyot veb-saytini boshqaradilar va sog'liqni saqlashda grafik romanlar va komikslardan foydalanishni muhokama qilish uchun yillik konferensiyani o'tkazadilar.
Islom olamining yirik ulamolaridan biri bo'lgan Shayh Muhammad Sodiq Muhammmad Yusuf rahmatullohi alayhi -"Doimiy kitob mutola qiluvchi insonlar,ming yillab yashashi mumkin"-degan go'zal fikrni aytganlarida naqadar haq edilar.Tabiiyki "Qanday qilib bir inson ming yil yashashi mumkin?" degan savol tug'iladi.Bitta kitobni yozish uchun muallif bu kitobga umrining balki ellik balki oltmish balki butun umrini bag'ishlagan bo'lishi,tinimsiz tadqiqotlar kuzatuvlar olib borgan bo'lishi mukin,hatto bu haqiqat.Endi bitta kitobni o'quvchi inson bu bilimlarni uzog'I bir oyda o'ragnib oladi,ya'ni kitobni uzog'I bir oyda o'qib tugatadi, yiliga o'n ikta kitob,o'n ikta kitob uchun mualliflar o'rtacha o'n,o'n besh yil sarfalganda ham umumiy bir yuz yigirma yoki bir yuz sakson yil yashashi mumkin.Bu yuqoridagi fikrning yaqqol dalili bo'la oladi.
Demak xulosa o'rnida aytishimiz mumkin-ki,bugungi kunda juda ommabop bo'lgan "shaxsiy rivojlanish"atamasini kitobsiz tasavvur etib bo'lmaydi.Kitob nafaqat aqliy,psixik balki jismoniy sog'lig'imiz,vujudimiz salomatligi uchun ham juda foydalidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. «Psixofiziologiya» B.S.Abdullayeva,G.A.Yakubova.
2. www.memorylos^e^.com
3. https://www.spinalcord.com
OSMIRLARDAGI KASBIY OZLIGINI ANGLASHIDAGI XAVOTIRLANISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Otamuratov R.U.,
O'zbekition milliy universiteti Jizzaxfiliali, "Oilapsixologiya"si o'qituvchisi
Annotatsiya. Maqolada o'smirlardagi kasbiy o'zligini anglash jarayonida paydo bo'luvchi xavotirlanishning psixologik xususiyatlarini kelib chiqishi va jarayonni o'rgangan olimlar nazariyalari masalalari ham keng yoritilgan.
Аннотация. В статье также широко освещаются вопросы происхождения психологических особенностей тревожности, возникающих в процессе реализации профессиональной идентичности подростков, и теории ученых, изучавших этот процесс.
Annotasion. In the article, the issues ofthe origin ofthe psychological characteritiics of anxiety arising in the process of realizing the professional identity of adolescents and the theories ofscientitis who have tiudied the process are also widely covered.
Tayanch iboralar. Ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, madaniy, empatiya, frutiratsiya, shaxsiy ko'nikma, ijtimoiy ko'nikma, shaxslararo munosabatlar, fobiya, rigid,
- 49 -
Mamlakatimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ertangi yosh avlodni har tomonlama tarbiyalab, kelajakda komil insonlar bo'lib yetishishlarini ko'zda tutadi.
"Hozirgi kunda to'qimachilik, konchilik, elektrotexnika, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlarida, qishloq xo'jaligi, xizmatlar va servis, qurilish, tadbirkorlik sohalarida katta-katta o'zgarishlar qilayapmiz. Misol uchun, 2022 yilning o'zida 16 milliard dollarlik 9 mingdan ziyod yirik va o'rta loyihalar ishga tushirilib, ularga 300 mingga yaqin malakali ishchilar kerak bo'ladi. Kambag'allikni 2 baravarga qisqartirish bo'yicha marralarga ham odamlarga faqat va faqat zamonaviy kasblar berish orqali erisha olamiz". "Iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda oliy ta'lim tizimi taraqqiyotning lokomotivi bo'lish o'rniga, zamon bilan hamqadam bo'lmayotgani achinarlidir. Mehnat bozoridagi tarkibiy o'zgarishlarga javob beradigan, yoshlarimizga kasb-hunar o'rgatadigan, ularda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantiradigan tizim yo'q desak, bu ham achchiq haqiqat"[1, 8].
Psixologiyada o'smirlarning psixologik tomonidan salomatligi ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, madaniy, psixologik va boshqa ko'plab omillarga bog'liq. Psixologiya soha vakillarining tadqiqotlariga asosan (L.I.Bojovich, V.S.Muxina va boshqalar) o'smir ijtimoiy-muhitning eng nozik tizimi sifatida turli tashqi va ichki salbiy ta'sirlarga tezda duchor bo'ladi.
So'nggi yillarda, olib borilgan maxsus eksperimental tadqiqotlarda tasdiqlaganidek, eng ko'p uchraydigan hodisalar o'smirlarda kasb tanlashdagi xavotirlanish va qo'rquvdir (I.V.Dubrovina, V.I.Garbuzov, A.I.Zaxarov, E.B.Kovaleva, R.S. Nemov, I.M. Kondakov, V.B. Chapar va boshqalar) [2, 241].
Bu yerda xavotirlanish diqqatni, tafakkurni, xotirani va intellektual qobiliyatlarni safarbar qilish omilidir. Ammo xavotirlanish darajasi ushbu optimal chegaradan oshib ketganda, odam vahima qiladi. Muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik uchun o'smir ushbu kasbni tanlashdan voz kechadi yoki ma'lum bir vaziyatda muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsani qiladi va shu qadar unda emotional va fiziologik charchoq paydo bo'ladi, u boshqa vaziyatlarda "muvaffaqiyatsiz" bo'ladi. Va bularning barchasi muvaffaqiyatsizlik qo'rquvini oshiradi, xavotirlanish kuchayadi, ma'lum bir faoliyatlarda uning uchun doimiy to'siq bo'ladi.
Kasb tanlash, kasbiy jihatdan o'zini anglash va kasb tanlashning yoshga xos xususiyatlarini o'rganish bo'yicha N.Gisbers, Ye.Golovaxa, A.Golomshtok, L.Yovayshi, E.Klimov, A.Kronik, L.Mitina, I.Mur, N.Pryajnikov, D.Syuper, L.Bojovich, I.Kon, V.Slobodchikov, D.Feldshteyn va boshqalarning izlanishlarini ta'kidlash joiz. Ammo umumiy o'rta ta'lim maktablari va akademik litsey bitiruvchilari orasida kasbiy qiziqishlar(tanlovlar) shakllanishida xavotirlanish va qo'rquvning ijtimoiy-isixologik omillarini yoritishga bag'ishlangan maxsus tadqiqotlar dunyo amaliyotida juda kam ekanligi ro&. O'zbeki&onda esa bunday mavzudagi ilmiy izlanishlar mutloq amalga oshirilmagan[3, 18].
Mamlakatimiz olimlari tomonidan ham kasb tanlashda o'z-o'zini baholash muammosini o'rganishga bag'ishlangan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ularda kasbiy tanlovlarni va o'z-o'zini baholashni shakllantirish muammosi
doimiy o'rganishni taqozo etadigan muammo ekanligi ko'rsatilgan. Xususan, bir toifa tadqiqotlardaxavotirlanishningo'quvfaoliyatibilanbog'liqjihatlariyoritilgan.Tadqiqotchi G.Qo'ldosheva tibbiyot oliy o'quv yurti talabalarining o'quv motivatsiyasining ijtimoiy-isixologik omillarini, Sh.T. Alimbayeva "O'smirlar o'quv faoliyatida xavotirlanish namoyon bo'lishining psixologik xususiyatlari"ni, R.Asomovaning izlanishlarida esa kasb tanlash motivatsiyasi va uning dinamikasi, D.Xodjakulova tomonidan talaba shaxsiy-kasbiy yo'nalganligida kasbiy u&anovkalarning ahamiyati tadqiq etilgan.
Mamlakatimiz psixologlaridan R.Z.Gaynutdinov, E.G'.G'oziyev, V.A.Tokareva, Y.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, V.M.Karimova, Sh.R.Barotov, N.S.Safayev, R.I.Sunnatova, Z.G.Nishonova, A.A.Fayzullayev, F.I.Haydarov, N.I.Xalilova, K.B.Qodirov, N.T.Norqulova izlanishlarida ham o'quv va kasbiy faoliyat motivatsiyalari haqida ilmiy ma'lumotlar mahalliy sharoitga doir empirik ma'lumotlar tahlil etilgan[4]. Xavotirlanish muammosi turli nazariy konseptual yondashuvlar asosida xorij, rus va o'zbek psixologlari tomonidan talqin etilgan. Xorij psixologlaridan Z.Freyd, A.Adler, K.Xorni, E.From, G.S.Sallivan, R.Mey, Ch.Spilberger, P.Tillix, A.Ellis, A.Bek, E.Lazarus, K.Rojers, X.Maurer, Dj.Teylor, N.Miller, D.Boulbi, K.Izard, A.Ca&aneda, B.McCanaless, D.Palermo va boshqalar tomonidan xavotirlanish muammosini o'rganish borasida izlanishlar olib borilgan [5,7]. MDH mamlakatlari tadqiqotchi olimlaridan I.Sechenov, I.Pavlov, A.Uxtomskiy, A.M.Prixojan, Y.L.Xanin, A.I.Zaxarov, L.S.Slavina, B.M.Teplov, B.D.Nebilitsin, V.P.Zinchenko, I.V.Imedadze, L.A.Karpenko, B.G.Meshryakov, M.Z.Neymari, Y.N.Nuller, V.M.A^apov, V.A.Bakeyev, A.L.Venger, T.V.Dragunova, F.B.Berezin va boshqalar xavotirlanish, qo'rquv xolatining namoyon bo'lishi, uning kelib chiqish mexanizmlarini o'rganish borasida tadqiqotlar o'tkazib bu ikki emotsional xolatning o'xshash va farqli tomonlarini asoslab berganlar[6, 3]. O'zbeki&onlik psixologlardan shaxsning hissiy-emotsional sohasini tadqiq etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari M.Rasuleva, G.Xrulnova va boshqalar tomonidan olib borilgan. O'smir shaxs xususiyatlari, bu davrdagi psixik faoliyat mexanizmlari va o'smirlarda xulqiy buzilishlar bilan bog'liq muammolar D.Rahmanova, G.Tulyaganova, N.Kamilova va boshqa olimlar tadqiqotlarida yoritilgan.
Ammo ushbu mualliflarning ilmiy ishlarida muammoning ko'pgina jihatlari yoritilgan bo'lsa ham, o'smirlar kasbiy qiziqish(tanlov)larida yuzaga keluvchi xavotirlanish xolati muammosi va uning namoyon bo'lish xususiyatlari hamda ijtimoiy faoliyatidagi muhim psixologik tuzilma sifatida xavotirlanish bilan bog'liqligi masalasi ochib berilmaganligi bu yo'nalishdagi tadqiqotlarimiz ahamiyatini yanada oshiradi.
Xavotirlanish holatini, xavotirlanishlanish tsuhunchasini birinchi marta Z.Freyd tomonidan aniqlangan va ta'kidlangan. U bu holatni hissiy holat sifatida tavsifladi, shu jumladan kutish va noaniqlik, nochorlik hissi, bulaming barchasi ichki sabablarga asoslanadi. Natijada, ko'plab taniqli psixologlar va psixoterapevtlar xavotirlanish holatini o'rganishdi va ko'plab asarlar yozishdi. Psixologik adabiyotlarda xavotirlanish tushunchasining turli xil ta'riflarini topish mumkin, garchi ko'pchilik tadqiqotchilar buni boshqacha ko'rib chiqish zarurligiga rozi bo'lishadi - vaziyatli hodisa va shaxsiy xususiyat sifatida, o'tish holati va uning dinamikasini hisobga olgan holda. Psixologik lug'at ushbu atamaning quyidagi izohini beradi: "Xavotirlanish - bu odamning tez- 51 -
tez va kuchli xavotirlanishlanishga moyilligi, shuningdek, uning paydo bo'lishining pa& chegarasida namoyon bo'ladigan individual psixologik xususiyat, jarayonlar yigindisidir".
Ushbu qarashlarga Lukretsiyning, undan keyin golland faylasufi B.Spinoza, XVIII asrda yashagan fransuz materialman: E.Kondilyak, P.Golbax, K.Galvetsiy, N.Chernishevskiy, R.Vudvorts, A.Uxtomskiy qarashlari ancha yaqindir. G.Ollport o'z asarida personali^ik yo'nalishning yirik namoyondasi tariqasida inson qiziqishlariga shaxslilik yondashuvini tatbiq etish g'oyasini ilgari suradi. Muallifning "O'zini - o'zi namoyon qilish nazariyasi"da shaxs motivatsiyaning sub'ekti sifatida olib qaraladi. Tadqiqotchi o'zining "Shaxs kontseptsiyasi"ni bayon qilishda uni "ochiq tizim" shaklida talqin qilib, qiziqishni undovchi turtki doiradagi motivning quyi (biologik ehtiyoj) va yuqori (rivojlanish) darajalariga ajratadi.
Axloqiy, intellektual va e^etik kabi his-tuyg'ularni ajrating. K. Izard tomonidan taklif qilingan tasnifga ko'ra, fundamental va hosilaviy hissiyotlar farqlanadi. Asoslarga quyidagilar kiradi:
1) qiziqish - hayajon,
2) quvonch,
3) ajablanish,
4) qayg'u chekish,
5) g'azab,
6) jirkanish,
7) nafrat,
8) qo'rquv,
9) sharmandalik,
10) aybdorlik.
Psixologik adabiyotlarda xavotirlanish tushunchasining turli xil ta'riflarini topish mumkin, garchi ko'pchilik tadqiqotchilar buni boshqacha ko'rib chiqish zarurligiga rozi bo'lishadi - vaziyatli hodisa va shaxsiy xususiyat sifatida, o'tish holati va uning dinamikasini hisobga olgan holda. Psixologik lug'at ushbu atamaning quyidagi izohini beradi: "Xavotirlanish - bu odamning tez-tez va kuchli xavotirlanishlanishga moyilligi, shuningdek, uning paydo bo'lishining pa& chegarasida namoyon bo'ladigan individual psixologik xususiyatdir[8, 4].
A. M. Prixojanning ta'kidlashicha, xavotirlanish - bu muammoni kutish bilan bog'liq bo'lgan hissiy noqulaylik, yaqinlashib kelayotgan xavfni oldindan bilish bilan bog'liq. Xavotirlanish hissiy holat sifatida va barqaror xususiyat, shaxsiy xususiyat yoki temperament sifatida ajralib turadi.
R. S. Nemov ta'rifiga ko'ra, "xavotirlanish - bu odamning doimiy yoki situatsion ravishda namoyon bo'ladigan xususiyati bo'lib, xavotirlanishning kuchayishi, muayyan ijtimoiy vaziyatlarda qo'rquv va xavotirni boshdan kechirish"
A.V. Petrovskiy ta'rifiga ko'ra "Xavotir - bu xavotirlanish reaksiyasining boshlanishi uchun pa& chegara bilan tavsiflangan shaxsning xavotirlanishga moyilligi bilan aniqlansa, albatta individual farqlarning asosiy parametrlaridan biri hisoblanishi tabiiy jarayondir. Xavotir odatda nevropsikiyatrik va og'ir somatik kasalliklarda, shuningdek, sog'lom
odamlarda kuchayadi. psixotravma oqibatlarini boshdan kechirayotgan odamlar, ko'p guruhlarda shaxsiyatning buzilishining deviant sub'ektiv ko'rinishi bo'lgan odamlar.
Zamonaviy psixologiyada xavotirlik ruhiy holat, xavotirlanish esa genetik, ontogenetik yoki vaziyat bilan belgilanadigan ruhiy xususiyat sifatida tushuniladi. Xavotirlanish - bu odamning xavotirlik holatini tez-tez va kuchli boshdan kechirishga moyilligi, shuningdek, uning paydo bo'lishining pa& chegarasida namoyon bo'ladigan individual psixologik xususiyat. Bu asabiy jarayonlarning zaifligi tufayli shaxsiy shakllanish yoki temperamentning xususiyati sifatida qaraladi. Xavotirlanish aniq yoshga xos xususiyatga ega. Barqaror ta'lim sifatida real tahdid yoki xavotirlanish mavjudligidan qat'iy nazar, ko'pchilik bolalar uchun ortib borayotgan xavotirlanishga sabab bo'ladigan muayyan sohalar, haqiqat ob'ektlari mavjud[7, 72].
Xulosa qilsak, kasbiy o'zini-o'zi belgilash - bu insonning kasblar olamidagi o'z o'rniga hissiy jihatdan rangli munosabati. Shaxsning kasbiy o'zini-o'zi belgilashiga ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, professional jamoadagi shaxslararo munosabatlar, kasbiy rivojlanish, yoshga bog'liq va kasbiy inqirozlar ta'sir qiladi. Kasbiy maslahat bo'yicha psixologik va pedagogik adabiyotlarni tahlil qilib, biz tanlov muammosidagi xavotirlanish sxemasini tuzdik:
1) ularning moyilligi va manfaatlarini aniqlashdagi xavotirlanishi;
2) har qanday ish turiga qarshi ko'rsatmalar mavjudligini aniqlash uchun o'z sog'lig'ini aniqlashdagi xavotirlanishi;
3) o'smir yashayotgan va ishlamoqchi bo'lgan hududda qiziqqan kasbga ehtiyoj va uni rivojlantirish i^iqbollarini aniqlashdagi xavotirlanish;
4) kerakli kasbni egallash yo'li va yo'llarini aniqlashdagi xavotirlanish.
O'z taqdirini o'zi belgilash haqida o'ylaydigan yigit va qizlar oilalari, tengdoshlari, turli ta'lim tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining turli ta'sirini boshdan kechiradilar. Kasbiy o'zini-o'zi belgilash shaxsning ijtimoiy pozitsiyalari asosida yuzaga keladi, yoshning kasbiy yo'nalishi uning ijtimoiy yo'nalishiga asoslanadi, albatta bu esa xavotirlanish bilan bog'liq ekanligi ma'lum.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun u^uvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - T: O'zbeki^on NMIU, 2017-y, 34-b.
2. A.M.Прихожан. Диагностика личностного развития детей подросткового возраста. — М.: AHO «ПЭБ», 2007. — 56 с.
3. R.U.Otamuratov, H.O'rolov, S.Rahimova., Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari xalqaro ilmiy-texnik konfrensiya materiallar toplami. 2022., - 476
4. R.U.Otamuratov, S.A.Otamuratova., Ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish., MAСOФABИЙ ТAЪЛИMHИ ТAШKИЛ ЭТИШHИHГ ПЕДAГOГИK-ПСИХOЛOГИK ЖИXAТЛAPИ Республика илмий-амалий конференция материаллари туплами., 2021., 494 b.
5. R.U.Otamuratov., Kasbiy tanlovlardagi xavotirlanishning psixologik xususiyatlari., ГЛOБAЛ ДУHËДA ПСИХОЛОГИЯ ФAHИ: HA3APK3 BA
АМАЛИЁТ, ЧАКИРУВЛАР ВА ИСТИКБОЛЛАР Профессор Эргаш Гозиевич Гозиев хотирасига баFишланган Республика илмий-амалий конференцияси материаллари 16 феврал 2022 йил 2022 у., - 379 b.
6. Р.У.Отамуратов., Укувчиларда касбий мотивациялар шаклланишининг психологик омиллари. Узбекистонда психологияни ривожлантириш муаммолари: назария ва амалиёт уЙFундиги. 2021., - 282 б.
7. R.U.Otamuratov., ^sbiy motivаtsiyalаrdа qo'rquv vа xаvotirlаnish psixokorreksiyasi., y.,diss.magi$;rlik ilmiy dar. Toshkent: 2022 y., - 3,12 b.
8. Otamuratova S.A. PSIXOLOGIYADA XAVOTIRLANISH MUAMMOSINI O'RGANILISH DARAJASI., ГЛОБАЛ ДУНЁДА ПСИХОЛОГИЯ ФАНИ: НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТ, ЧАКИРУВЛАР ВА ИСТИКБОЛЛАР Профессор Эргаш Гозиевич Гозиев хотирасига баFишланган Республика илмий-амалий конференцияси материаллари 16 феврал 2022 йил., - 286 b.
EMOTSIONALINTELEKT TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK OZIGA XOSLIGI
Otamuratov R.U.,
O'zbekition milliy universiteti Jizzaxfiliali, "Oilapsixologiya"si kafedrasi o'qituvchisi,
Ochilova M.
O'zbekition milliy universiteti Jizzax filiali, talaba..
Annotatsiya. Maqola emotsional intellekt tushunchasining tarixi, mohiyati, belgilari, olimlarning qarshlari, kompanentlik kabi masalalar ham keng yoritilgan.
Аннотация. В статье освещается история возникновения понятия эмоциональный интеллект, его сущность, признаки, возражения ученых, такие вопросы, как компаньонность.
Annotasion. The article covers the hitiory of the concept of emotional intelligence, its essence, signs, objections of scientitis, issues such as companency.
Tayanch iboralar: Emotsiya, shaxs, emotsional intellekt, umumiy intellekt, o'z-o'zini baxolash, emotsiyani nazorat qilish, boshqalar emotsiyalari, emotsional kompitentlik, empatiya, frutiratsiya, shaxsiy ko'nikma, ijtimoiy ko'nikma, shaxslararo munosabatlar.
Ma'lumki, emotsional intellekt shaxsning yuqori darajada rivojlangan o'z his-tuyg'ularini va boshqa odamlarning his-tuyg'ularini tushunish, ularni boshqarish qobiliyati bo'lib, uni tadqiq etish psixologiya fanida emotsional intellekt muammosiga doir qator yangicha yondashuvlarni yuzaga keltirishi ehtimoldan holi emas. Psixologik mazmunga ko'ra, emotsional intellekt- bu boshqa odamlarning his-tuyg'ularini yengil tushunish yoki intellektual jarayonlarga asoslangan emotsiyalarning asoslanishu hamdir. Insondagi emotsional ongning barcha tarkibiy qismlari bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lib, ularning o'zaro bog'liqligi shaxslararo munosabatlarning samarali kechishiga yordam beradi [7, 3].