Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFAKKIRLARINING HUNARMANDCHILIK ASOSIDA KASBIY TARBIYA BERISH HAQIDAGI QARASHLARI'

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING HUNARMANDCHILIK ASOSIDA KASBIY TARBIYA BERISH HAQIDAGI QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hunarmandchilik / milliy qadriyatlar / mehnat ko’nikmalari / ijodiy-yaratuvchanlik / kasbiy tarbiya / ijodkorlik kompetensiyalari / kasbiy salohiyat / kasbiy-metodik yetuklik / kasb mahorati / amaliy san’at.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Odinaboboyev Fazliddin Bahriddin O‘G‘Li

Ushbu maqolada milliy hunarmandchiligining ma’naviy meroslarimiz bilan hamohang rivojlanishi juda ko‘p mutafakkirlarimizning, donishmandlarimizning bitik va adabiy meroslari asosida kasbiy tarbiya berish haqidagi qarashlari, milliy hunarmandchilikning o’ziga xos xususiyatlari, mehnat va kasb-hunar ta’limi, kasbiy tarbiya berishda kasb tanlash yuzasidan maslahat ko’rinishlari xususida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по социальным наукам , автор научной работы — Odinaboboyev Fazliddin Bahriddin O‘G‘Li

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKKIRLARINING HUNARMANDCHILIK ASOSIDA KASBIY TARBIYA BERISH HAQIDAGI QARASHLARI»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING HUNARMANDCHILIK ASOSIDA KASBIY TARBIYA BERISH HAQIDAGI QARASHLARI

Odinaboboyev Fazliddin Bahriddin o'g'li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti doktoranti, Sharof Rashidov ko'chasi 360-uy, Denov 190507, O'zbekiston odinaboboyevf@gmail.com, ORCID ID: 0009-0007-0995-2189 https://doi.org/10.5281/zenodo.13303659 Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy hunarmandchiligining ma'naviy meroslarimiz bilan hamohang rivojlanishi juda ko 'p mutafakkirlarimizning, donishmandlarimizning bitik va adabiy meroslari asosida kasbiy tarbiya berish haqidagi qarashlari, milliy hunarmandchilikning o'ziga xos xususiyatlari, mehnat va kasb-hunar ta'limi, kasbiy tarbiya berishda kasb tanlash yuzasidan maslahat ko'rinishlari xususida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: hunarmandchilik, milliy qadriyatlar, mehnat ko'nikmalari, ijodiy-yaratuvchanlik, kasbiy tarbiya, ijodkorlik kompetensiyalari, kasbiy salohiyat, kasbiy-metodik yetuklik, kasb mahorati, amaliy san'at.

KIRISH

Jahon ta'lim tizimida amaliyotida o'quvchilarning texnik va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish orqali ularni hayotiy vaziyatlarga tayyorlash bilan bog'liq bo'lgan tendensiyalar kuzatilmoqda. Ta'lim sohasida o'quvchi shaxsini amaliy san'at vositasida shakllantirish va rivojlantirish, umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish, milliy qadriyatlarni qadrlash, madaniyat va ijodiy-yaratuvchanlikni rag'batlantiruvchi o'qitish jarayonlariga e'tibor qaratmoqda. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishdagi islohotlar tufayli texnologiya ta'limidan boshlab o'quvchilarning fan asoslari bo'yicha bilimni o'zlashtirishga ehtiyojini, asosiy milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko'nikmalarini, kreativ fikrlash va milliy hunarmandchilikni shakllantirishning me'yoriy asoslari yaratilmoqda.

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Hozirgi zamon kasbiy ta'lim-tarbiya sohasidagi strategik vazifalarning muhim yo'nalishlarini belgilash uchun imkoniyatlar yaratildi. "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida" [O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5242-son farmoni: 1] gi farmonda o'quvchi-yoshlarning ma'naviy barkamol shaxs bo'lib yetishishida, ularda milliy ruh va

iftixor hissini uyg'otishda xalq hunarmandchiligi va ustoz-shogirdlik maktablarining ustuvor ahamiyati ko'rsatib o'tilgan.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida "kichik yoshdan o'quvchilarda o'qishga sog'lom, kuchli va ta'sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o'sishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish" [O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni/: 2] kabi vazifalar belgilanib, bu borada o'quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o'rgatish jarayonida ijodiy

yaratuvchanlik kompetensiyalarini shakllantirishning mantiqiy strukturali bosqichlarni tadbiq etishning zamonaviy texnologiyalarini aniqlash, shuningdek dars va darsdan tashqari sharoitlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlarini rivojlantirish orqali kasbiy tarbiya berishni takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR RO'YXATI

Mamlakatimizda A.Xo'jaev, R.Djuraev, U.Nishonaliev, N.Muslimov, O'.Tolipov, Sh.Sharipov, I.Choriev, N.Sayidaxmedov, Yu.Maxmudov,

B.Muranov, A.Xo'jaboev, M.Shomirzaev kabi olimlar texnologiya fanida milliy hunarmandchilikni fanlararo takomillashtirishga bag'ishlangan tadqiqot ishlarini olib borishgan. Milliy hunarmandchilik sohalarini o'rganishning ta'lim-tarbiyaviy asoslari S.Bulatov,

C.Hasanov, I.Karimov, Q.Qosimov, O.Xudoyorova, A.Turdialiev, D.Zohidova, O.Jamoliddinovalar ilmiy-tadqiqot ishlarida yoritilgan. Bo'lg'usi pedagoglarni tayyorlash, shu jumladan, mehnat va kasb-hunar ta'limi mutaxassislarini tayyorlashning turli jabhalari N.Shodiev, P.Magzumov, H.Rashidov, R.Mavlonova, U.Inoyatov, E.Turdiqulov O.Qo'ysinov kabilar tomonidan o'rganilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan V.D.Jukov, V.I.Kachnev,

A.V.Yefanov, S.T.Tolstov, V.M.Masson, A.T.Trenojkin, S.Rusakina, N.N.Baranskiy, G.Ye.Mupaveva, C.P.Pucakina, N. C.Mironenko, N.V.Kuzmina, N.C.Falkova, Yu.G.Lipes, A.G.Nizalievlarning ta'lim-tarbiyaviy jarayonda o'quvchilarning hunarmandchilikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari, milliy hunarmandchilikni fanlararo takomillashtirish, shaxsning kasbiy va kreativ qobiliyatlapning ba'zi jihatlari bo'yicha tadqiqotlar olib borishgan.

Xorijiy mamlakatlarning D.Bell, D.Medous, P.Kuusi, E.Toffler, J.Masudalar kabi olimlar texnologik ta'lim mazmunini zamonaviylashtirish, texnologik kompetentlikni shakllantirish, uni jamiyatdagi ijtimoiy o'zgarishlarga moslashtirish masalalari, G.Spenser,

B.Blum, R.Mohanlar ta'limda ijodkorlik, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish,

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

kompetentlik masalalari, kasbiy-metodik yetuklik muammolari, pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish ko'nikma, malaka va kompetensiyalarini shakllantirish hamda rivojlantirish nazariyalarini yoritib berishgan.

Ammo yuqorida sanab o'tilgan ilmiy izlanishlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarini milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlarini rivojlantirish orqali kasbiy tarbiya berishni takomillashtirish muammosi maxsus tadqiq etilmagan. Bu esa, umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilarini milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlari orqali kasbiy tarbiya berishning integrativ tavsifga ega texnologiyalarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etdi.

4 TAHLIL VA NATIJALAR

Milliy hunarmandchiligining ma'naviy meroslarimiz bilan hamohang rivojlanishi juda ko'p mutafakkirlarimizning, donishmandlarimizning bitik va adabiy meroslarida yuksak mahorat-la bitildi, hamda jahonning madaniyat xazinasiga abadiy hissa bo'lib qo'shildi. Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda yaratilgan hadis, pandnoma, rivoyat, hikoyat, doston, maqol, g'azal, ruboiy, masnaviy va boshqa ko'rinishlarda ta'lim-tarbiya va kasb-hunar o'rganishning afzalligi, halol mehnat bilan yashashning zarurligi to'g'risidagi fikrlar bizgacha yetib kelgan.[ Shomirzaev M.X. O'zbek milliy hunarmandchiligining shakllanish genezisi va rivojlanish texnologiyasi. O'quv-uslubiy qo'llanma. -T.: "Yangi nashr", 2016. -88 b.: 3]

"Avesto"da mehnat qilish, halol kun kechirish to'g'risida shunday satrlar ko'plab keltirilgan: "Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o'z qo'llari bilan moddiy noz-ne'matlar yaratishi lozim"[ Avesto. Eramizdan avvalgi VI-IV asrlar. -T: Fan, 1963. -39 b.: 4] deb ta'kidlangan. Bundan tashqari, quyidagi ma'lumotlarni ham kuzatish mumkin: "Mehnat qilmaydigan odam! Sen haqiqatdan ham tilanchilar qatorida, yot eshiklarga ta'zim qilib, abadul-abad bosh egib turajaksan, haqiqatdan ham, sening yoningda turli xil ziroatlarni olib o'tadilar". "Avesto" - tarbiyaviy, ta'limiy, pandnoma ko'rinishidagi yirik asardir.

Shuningdek, tarixiy asarlardan "Qobusnoma" 44 bobdan iborat bo'lib, boshdan oxirigacha o'sib kelayotgan avlodga axloq, bilimli bo'lish, hayotda o'z o'rnini topish, har kimga o'zining shaxsiy va ijtimoiy hayotni yo'lga qo'ya olish va turmushning boshqa qirralarini yoritib, tahlil qilib berish bilan sug'orilgan. Undagi "Hunarning afzalligi va qadri baland, oliy tabiatli bo'lish haqida" nomli 6-maqolot, "Dehqonchilik va bozor hunarlari haqida" deb nomlangan 43-maqolot bizning tadqiqotimiz uchun, ya'ni yosh avlodni mehnatga va kasb-hunar o'rganishga yo'naltirish uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Jumladan, 6-maqolotda shunday deyiladi: "Ey farzand, ogoh bo'lkim, hunarsiz kishi hamma vaqt foydasiz bo'lur va hech kimga foydasi tegmaydi. Agar kishi oliy nasab, asl bo'lsa-yu, hunari bo'lmasa, xaloyiqning izzat va hurmatidan mahrum bo'lsa, undan battarroq bo'ladi"[ Kaykovus. Qobusnoma. - T: O'qituvchi, 1986. - 118 b.: 5].

Ushbu maqolotda ham, asarda ham bir aytilgan pand-nasihat turli rivoyatlar keltirilib, hayotiy misollar bilan quvvatlangan. "Foydasiz bo'lur, hech kimga foydasi tegmaydi" deyilganda, albatta, muallif avvalo, jamiyat, xalq, kelajak manfaatini, so'ngra esa shaxs o'zining manfaatini tutishni istaydi.

Demak, hunarni egallashdan, avvalo, jamiyatga moddiy yoki ma'naviy boylik yaratiladi, hunarmandlarning o'zi esa farovon yashaydi, nopok ishlardan parhez qiladi. "Oliy nasab, asl bo'lsa-yu, deyilganda har bir kishining, jumladan, shahzodalar ham o'zining o'tmishi, avlodi, quruq faxrlanishi bilan cheklanib qolmasdan ana shu avlodning yuzini yerga qaratmag'il, buni faqat hunar o'rgansang, nopok ishlarga qo'l urmaysan, shundagina sen hunar orqali o'zingni, oilangni, atrofdagi yor-birodarlaringni emas, balkim, avlodingni ham har xil istehzodan saqlaysan", - degan mazmunni keltirib chiqarishga, yetkazishga harakat qildi.

Farobiyning "Risola fi-t tanbih asbob as-saodat" -"Baxt-saodatga erishuv yo'llari haqida risola", asarlarida o'zining yaxshi, mukammal, baxtli jamiyat haqidagi orzularini batafsil bayon qiladi. U nomi ko'rsatilgan dastlabki asarida shunday yozadi: "Fozil jamiyat va fozil shahar shunday bo'ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo'lgan har bir odam kasb-hunar bilan shug'ullanadi. Odamlar chin ma'nosi bilan ozod bo'ladilar"[ Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. 9-jild. - T: Fan, 1971. -663 b.: 6].

"Tadbiri manozil" asarida barcha jamiyat a'zolarini dehqonchilk, hunarmandchilk, chorvachilik bilan shug'ullanib xalqqa foyda keltirishlari kerakligini uqtiradi. Ibn Sinoning fikricha, mehnatsiz hayot kechirish kishini jismoniy va ruhiy tomondan ezadi. Bunday hayot kechirish yomon oqibatlarga olib kelishiuni tushuntirib, ota-onalarning o'z bolalariga yoshligidan boshlab mehnat tarbiyasini berish zarurligini aytadi. Uning fikricha, bolaga yoshligidan boshlab ma'lum bir kasbga o'rgatish lozim. Chunki bola kasb-hunarni ma'lum darajada o'zlashtirib bo'lgandan so'ng uni o'sha paytlardan boshlab, o'z kasb-hunaridan foydalanishga, ya'ni halol mehnat bilan mustaqil hayot kechirishga o'rgatish kerak[K.I.Otamirzayeva "Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi" nomli maqolasi "Scientefic" jurnal 310-bet.: 7].

Abu Ali ibn Sino bemorga dori belgilashda uning jinsi, yoshi, kuch-quvvati bilan bir qatorda kasbini ham e'tiborga olishga chaqirishidan ham bilib olish qiyin emas. Shuningdek, Abu Ali ibn Sino kasbiy faoliyatning inson organizmiga ta'siri masalasiga ham alohida e'tibor qaratib, masalan, ko'p terlash bilan kechadigan og'ir jismoniy mehnat odamning ayrish-chiqarish tizimi faoliyatiga to'sqinlik qilishini

ta'kidlaydi.[D.M.Anvarova, P.S.Ergashev. Kasbga yo'naltirish va kasb tanlash asoslari. -T.: «Fan va texnologiya», 2016.: 8]

Yusuf Xos Hojibning o'sha davrda kosib hunarmandlarga naqadar hayrihohligi o'z o'zidan emasdi. Chunonchi, davlatning tinch osoyishtaligi, jahonda tutgan mavqei, boyligi, xalqning farovonligi ana shu toifadagi kishilarga bog'liq edi. Zero, kasb-hunar

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

ta'limning ijtimoiy-siyosiy, moddiy va madaniy taraqqiyotining o'lchov birligi sanalardi. Yusuf Xos Hojib jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligida muhim o'ringa ega bo'lgan dehqonlar, chorvadorlar, savdogarlar, tabiblar, olimlar haqida ham muhim fikrlar bayon etadi va har birining jamiyatdagi o'rnini ko'rsatib beradi[Jalilova C. X., Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Kasb psixologiyasi. -T: 2010. -17-b.: 9].

Kuzatish va tahlillarimizdan ma'lum bo'ldiki, umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi o'quv mashg'ulotlarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg'ulotlarda, unumli mehnatni tashkil etish shakllariga milliylik ruhi va mazmuni xalq hunarmandchiligining mahalliy sharoitlarda tashkil etilishiga rahbarlikka, tashkilotchilikka tayyorlanish uslubiyati ishlab chiqilmagan.

Oliy ta'lim muassasalari xalq hunarmandchiligi bo'yicha o'quvchilar mehnat faoliyatini takomillashtirishga moslashtirilmagan. Umumiy o'rta ta'lim (maxsus, hunar) maktablarida texnologiya ta'limidan tashkil etiladigan darslar o'zining quyidagi bir qancha xususiyatlari bilan boshqa predmetlardan (m: tillar yo'nalishidagi, fizika, matematika yo'nalishidagi ijtimoiy fanlardan) tubdan farq qiladi.

Mamlakatimizda o'quvchilar o'zlaridagi mavjud qobiliyatidan kelib chiqib kasbiy tarbiya berishda albatta ota-ona, o'qituvchi hamda maktab psixologlarining ham ahamiyati katta. Kasbiy tarbiya asosida kasb tanlashda yordam berish maqsadida mutaxassislar (psixologlar, vrachlar, pedagoglar va boshqalar)ning maslahatlari va tavsiyalari asosiy omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. Kasbiy tarbiya berishda turli yo'nalishlardagi kasblar yuzasidan maslahat berishning bir necha xillari mavjud bo'lib ular bir-biridan farq qiladi (1-rasm)

Ma'lumot-axborot beruvchi maslahatlar

Diagnostik kasb maslahati berish

1-rasm. Kasbiy tarbiya berishda kasb tanlash yuzasidan maslahat ko'rinishlari.

1. Malumot-axborot beruvchi maslahatlar.

Kasbni mazmuni bilan iloji boricha chuqurroq tanishtirishga qaratilgandir. U sizni o'qa kasbni shaxsga nisbatan qanday talablar qo'yishi bilan tanishtiradi, bu kasbni qaerda, qanday qilib o'rganish yo'llarini, ishga joylashish imkoniyatlarini tushuntirib beradi: shu maslahatning o'zida siz kasb mahoratini oshirish yo'llari to'grisida ham ko'pgina malumotlarni bilib olishingiz

mumkin. Odatda bunday maslahatlarni o'sha kasbda uzoq vaqtdan beri ishlayotgan tajribali mutaxassislar o'tkazadilar.

2. Diagnostik kasb maslahati berish. Kishini har tomonlama o'rganish asosida undagi qiziqishlar, moyilliklar, qobiliyatlar hamda shaxsdagi kasbiy jihatdan muhim bo'lgan ayrim sifatlarni aniqlab o'rganishga qaratilgandir. Bunday maslahatdan maqsad-faoliyatning qanday sohasida siz muvaffaqiyatli ishlashingiz mumkinligini, yani siz qaysi sohada jamiyat uchun maksimal foyda keltirishingiz mumkinligini hamda o'z mehnatingizdan mumkin qadar ko'proq qoniqish hosil qilishingizni oldindan belgilab berishdan iborat [M. F. Ziyaeva "Kasbga qiziqish va kasb tanlash" Kasb xunar ta'limi jurnali, 2001 y 5-son., 15-17 b.: 10] Diagnostik kasb maslahatini psixologlar o'tkazadilar. Ular shaxsni o'rganishning anketa to'ldirish,testlar bilan sinash singari har xil metodlarini qo'llaydilar.

3. Tibbiy kasb maslahati. Odamning salomatligi u tanlagan kasb talablariga qay darajada muvofiq kelishini aniqlab olishga yordam beradi. Agar siz mo'ljallayotgan kasb qandaydir bir sabab bilan sog'lig'ingizga to'g'ri kelmaydi, deb topilgudek bo'lsa, u holda vrach sizga boshqa bir kasbni, yani sizning qiziqishingiz va sog'lig'ingizga zarar etmaydigan kasbni tanlashga tavsiya qiladi.

4. Tuzatish kirituvchi kasb maslahati. O'smirlarni bir kasbni tanlasa-yu, lekin uning real imkoniyatlari va qobiliyatlariga o'sha kasb muvofiq kelmagan hollarda bunday maslahat zarur bo'ladi. Bunday vaziyatda kasbiy rejani qaytadan ko'rib chiqish yoki unga aniqlik kiritish zarur bo'lib qoladi. Meditsina kasb maslahatiga ma lumot - axborot berish xarakteridagi va tuzatish kirituvchi xarakterdagi elementlar mavjud bo'lsa, diagnostik kasb maslahatida kasb maslahatlarining elementlari uchraydi va hakozo.

5 XULOSA VA TAKLIFLAR

Umumiy o'rta ta'lim tizimida milliy hunarmandchilik vositasida kasbiy tarbiya berishda ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik tizimi pedagogik shart-sharoitlari aniqlandi va asoslandi.

Texnologiya fanidan amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishda turli interaktiv metodlar "SWOT" tahlil, "Holland" metodikasidan foydalangan holda o'quvchilar ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning keng yondashuvli tuzilmasi aniqlandi, kasbiy yo'nalganligi tadqiq etildi.

Texnologiya fanida milliy hunarmandchiligidan o'quvchilarning ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishda faoliyat darajalari (tanishish darajasi, eslash (xotirada saqlash) darajasi, ko'nikma va malakalarning namoyon bo'lishi darajasi, ijodkorlik darajasi) tahlil qilindi. Rivojlantirish darajasini aniqlash asosida nazorat topshiriqlari ishlab chiqildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5242-son farmoni. www. lex. uz.

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS ID THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni// Xalq so'zi. -T: 2019 yil 30 aprel. № 88 (7318).

3. Shomirzaev M.X. O'zbek milliy hunarmandchiligining shakllanish genezisi va rivojlanish texnologiyasi. O'quv-uslubiy qo'llanma. -T.: "Yangi nashr", 2016. -88 b.

4. Avesto. Eramizdan avvalgi VI-IV asrlar. -T: Fan, 1963. -39 b.

5. Kaykovus. Qobusnoma. - T: O'qituvchi, 1986. - 118 b.

6. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. 9-jild. - T: Fan, 1971. -663 b

7. K.I.Otamirzayeva "Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi" nomli maqolasi "Scientefic" jurnal 310-bet

8. D.M.Anvarova, P.S.Ergashev. Kasbga yo'naltirish va kasb tanlash asoslari. -T.: «Fan va texnologiya», 2016

9. Jalilova C. X., Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Kasb psixologiyasi. -T: 2010. -17-b.

10. M. F. Ziyaeva "Kasbga qiziqish va kasb tanlash" Kasb xunar ta'limi jurnali, 2001 y 5-son., 15-17 b.:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.