Научная статья на тему 'BO‘LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI'

BO‘LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
36
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
: “Crafts” to’garagi / ustoz-shogird an’anasi / malakaviy amaliyot / Blum taksonomiyasi bilan adaptivligini ta’minlash orqali xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash fanini o‘qitish jarayonida loyihalash metodi / clever portfolio va “Eminbar” texnologiyalari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — K.A.Kutlimuradov

Mazkur maqolada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillar to‘g‘risida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

BO'LAJAK TEXNOLOGIK TA'LIM O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNING

O'RNI VA AHAMIYATI K.A.Kutlimuradov

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI, Aniq va tabiiy fanlarni masofadan o'qitish kafedrasi katta

o'qituvchisi, (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10157431 Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillar to'g'risida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: "Crafts" to'garagi, ustoz-shogird an'anasi, malakaviy amaliyot, Blum taksonomiyasi bilan adaptivligini ta 'minlash orqali xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash fanini o 'qitish jarayonida loyihalash metodi, clever portfolio va "Eminbar " texnologiyalari

Аннотация. В данной статье описаны научно-теоретические основы и принципы формирования профессиональных компетенций будущих учителей технологического образования на основе национальных ценностей.

Ключевые слова: Метод проектирования, умное портфолио и технологии Eminbar в процессе обучения народным ремеслам и художественному дизайну путем обеспечения адаптивности с кружком «Ремесла», традицией мастера-ученика, профессиональной практикой, таксономией Блума

Abstract. This article describes the scientific and theoretical foundations and principles of developing the professional competencies of future teachers of technological education based on national values.

Keywords: Design method, clever portfolio and Eminbar technologies in the process of teaching folk crafts and artistic design by ensuring adaptability with the "Crafts" circle, master-apprentice tradition, professional practice, Bloom's taxonomy

Kirish.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-sonli qarorida oliy ta'limning ma'naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g'oyalariga, yuksak ma'naviyat va insoniylikning milliy an'analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g'oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo'yicha keng ko'lamli ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish ustuvor vazifa sifatida belgilangan [1].

Mazkur qarorning asosiy mazmuni shundan iboratki, talabalar o'zi tug'ilib o'sgan ona yurtini sevish, milliy qadriyatlar va tarixiy obidalarga nisbatan hurmat, ajdodlardan avlodlarga meros bo'lib kelayotgan obidalarni asrash, ota bobolarimizdan farzandlarimizga, ustozlardan shogirdlarga o'tib kelayotgan hunarmandchilikni rivojlantirish, milliy g'oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni ongli va mustaqil kasb tanlashi uchun shart-sharoit yaratish, yo'naltirish ishlarining samaradorligi vositalari va usullarini tatbiq etish hamda tadbirkorlik bugungi kunda texnologiya fani o'qituvchilarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilariga xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash fanining hozirgi va kelajakdagi ustuvor vazifalarini belgilab olishda dasturilamal bo'lib xizmat qiladi [2]. Bu talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olishlariga imkon yaratuvchi asosiy omili hisoblanadi. Shu sababli xalq hunarmanchiligining jamiyat taraqqiyotida

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA lGl3-yil, ll - noyabr

tutgan o'rni,uning o'tmish va kelajakda rivojlanishida ijobiy ta'sir etadigan barcha moddiy va ma'naviy boyliklarga qadriyat sifatida qarashimiz zarur. Yuqorida keltirilgan omillar asosida ilmiy adabiyotlarda qadriyatlarning rivojlanish darajalarini tahlil qilgan holda quyidagicha tasvirlash mumkin (1-rasm).

1-rasm. Qadriyatlarning rivojlanish darajalari (piramidasi)

Milliy qadriyatlar haqidagi batafsil ma'lumotlar tayyorlash, ularni yoshlar ongiga singdirish asosida ilmiy dunyoqarashni kengaytirishda pedagogik samara beradi. Bu ketma-ketlik shaxs darajasiga erishgandan keyingi intellektual salohiyatga ega bo'lgandan boshlab baholansa, talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishni to'g'ri yo'lga qo'yish imkoniyati tug'iladi va ulardan ta'lim-tarbiya tizimida asosli ravishda foydalanishga erishiladi. Tadqiqot ishida xalq hunarmandchiligining yosh avlod ta'lim-tarbiyasi, ularning odob-axloq tarbiyasining shakllanishida ta'siri e'tiborga olindi.

Bu maqsadda ta'limiy qadriyatlar mazmunini aniqlab olish talab etiladi (2-rasm).

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, ll - noyabr

l-rasm. Ta'limiy qadriyatning mazmuni

Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish ilm-fan jadal suratlar bilan taraqqiy etayotgan bugungi davrda dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo bo'lib qolmoqda. Shunday ekan, ta'lim sohasida ta'lim oluvchi har bir yosh ertangi kun mutaxassisi hisoblanadi.

Insonni har tomonlama kamol toptirish masalasi murakkab tarbiya jarayoni bo'lib, jamiyat oldidagi dolzarb vazifa hisoblanadi. Ayniqsa, yosh avlodni milliy qadiriyatlari asosida ajdodlarimizga mos tarbiyalash davlat va jamiyat rivojlanishining asosiy bosqichlarida katta ahamiyat kasb etadi. Tahdqiqot davomida talabalarda xalq hunarmandchiligi asosida milliy qadriyatlarni rivojlantirish turlari shakllantirildi. (3-rasm).

" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

yaratilayotgan o'quv uslubiy majmualardan unumli foydalanish asosida texnologik ta'lim o'qituvchilari kasbiy kompetensiyalarni milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish jarayonining nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish dolzarb vazifalardan biri ekanligini belgilaydi [3].

Quyidagi jadvalda oliy ta'lim tizimida ta'limning maqsadlari va yondashuvlarda

ifodalangan (1-jadval). 1-jadval

Oliy ta'lim tizimida ta'limning maqsadlari va yondashuvlari

Ta'lim qadriyatlari Ta'limning maqsadlari O'rganish yondashuvlari

Idrok, ma'lumot, bilim, madaniyat. Faktlar va manbalarga kirish. Milliy qadriyatlar orqali fikrlashni shakllantirish. Haqiqatni mustaqil ravishda chiqarib olish qobiliyati Faol o'rganish usullari orqali mafkuraviy yondashuv tushunchalar bilan tanishish.

Hayotiy, tabiat (inson hayoti va insoniyat sivilizatsiyasining ichki qadriyati). Inson hayoti va insoniyat sivilizatsiyasining ichki qadriyatlarii, milliy qadriyatlari, ta'limiy qadriyatlar orqali dunyoqarashni shakllantirish bilan bog'liq muammolarni qo'yish qobiliyati Zamonaviy muammolarni hal qilishda va o'rganishdagi yondashuvlar orqali o'tmishdagi g'oyalardan foydalanish

Milliy qadriyatlar eng avvalo, umuminsoniy, fuqarolik qadriyatlari, oilaviy hayot va shaxsiy qadriyatlarning mohiyati va mazmuni, oilaviy hayotga o'rgatish quyidagi hayotiy qadriyatlar bilan bog'lbq ekanligini ko'rsatadi (4-rasm).

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

4-rasm. Hayotiy qadriyatlar

Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida qo'llanilayotgan milliy qadriyatlar oliy ta'lim muassasasida bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarini yangicha yondashuvlar asosida shaxsiy salohiyati oshirishda quyidagicha tariflarni keltirib o'tamiz. (5-rasm).

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

5-rasm.Talabaning shaxsiy salohiyati

Talabalarni milliy qadriyatlar asosida har tomonloma tarbiyalash, ularning shaxsiy sifatlarini shakllantirish hamda o'z sohasi bo'yicha yaxshi bilimga ega kasbiy bilim va ko'nikmalarni takomillashtirish orqali o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lishlariga imkoniyat yaratish asosiy maqsad hisoblanadi.

Tadqiqot ishi jarayonida milliy qadriyatlarning mohiyati va mazmuniga oid tushunchalarni rivojlantirish orqali bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarini milliy qadriyatlarga uyg'unlashuviga imkoniyat yaratganligi ko'rsatib o'tilgan (6-rasm).

Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining mavjud bilimlari, tassavurlarini uy^otuvchi obrazli jarayonga aniqlik kiritiladi

Milliy qadriyatlar mohiyati mazmunini boyitish orqali bulajak o'qituvchilarni milliy qadriyatlarga uyg'unlanishuviga imkoniyat yaratadi

Tushunchaning ilmiyligi shakllantiriladi, yaxlit fikr va tavsiyalar jamlanmasi modellashtiriladi

Milliy qadriyatlar asosida bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilari xayotiy faoliyati jarayonda o'zlashtirib boriladi

Milliy qadriyatlar tushunchasi va mohiyati uzliksizligi va uzviyligi bilan uyg'unlikda (milliy va umuminsoniy qadriyatlar) ochib beriladi

6-rasm. Talabalarda milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmi

Mazkur jarayonda oliy ta'limdagi qadriyatlar doirasida keltirilgan tarbiyaviy qadriyatlarga alohida e'tibor qaratilishi, bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirishda quyidagi tarbiyaviy va milliy qadriyatlar muhim ahamiyat kasb etadi:

- boy ma'naviyatimiz sarchashmalaridan bahramand bo'lib borish;

- yoshlarni o'z o'tmishiga, milliy, diniy an'analarga hurmat bilan qarashi, o'z millatining qadr-qimmati va obro'-e'tiboridan faxrlanish ilmiy izlanishlarning bugungi darajasi bilan bog'liq bo'ladi.

" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

Biz tadqiqot jarayonida ishning obyekti sifatida qadriyatlar, qadriyat turlari, qadriyatlarning rivojlanish piramidasi, talabalarda milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmi, talabalarning shaxsiy salohiyati, hayotiy qadriyatlar, ta'limiy qadriyatlar bilan insonda shaxsiy mas'uliyati bir-biriga nisbatan tadqiq etildi. Chunki oliy ta'lim muassasalarida talabalarning jamiyatda o'z o'rinlarini topishlari, hayotda faol ishtirok etishlari, vijdonan xizmat qiladigan kasb sohiblari bo'lishlarida pedagog olimlarning o'rni katta.

Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib shuni aytish joizki pedagogika oliy ta'lim muassalari talabalarida milliy qadriyatlar asosida kasbiy kompetensiyalar tizimini yaratish uchun quyidagilar muhim deb hisoblaymiz: a) maqsadni qat'iy belgilash; b) kasbiy ko'nikma hosil qilish; v) kompetensiyalar orqali (qoraqalpoq milliy qadriyatlari) bilim ko'nikmalardan foydalanish; g) maqsadga erishish.

Barcha fanlarni o'zlashtirish jarayonida talabalarning hunarmandchilikka oid bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga e'tibor qaratilgan. Ayniqsa, ixtisoslik fanlar blokidagi fanlarning barcha mavzulari hunar o'rganishga, talabalarning hunarmandchilikka oid kasbiy kompetensiyalarini oshirishga yo'naltirilgan. Shuningdek, o'quv rejada ixtisoslik fanlarini yuqori kurslarda o'qitilishi ko'rsatib o'tilgan.

Shu bois, bo'lajak texnologik ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalaridan milliy qadriyatlar asosida foydalanish bosqichlari quyidagicha ko'rsatsak maqsadga muvofiq bo'ladi:

1-bosqich. Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirishda kasbiy bilimlar va tajribalar majmuasi deb qaraladi va kasbiy kompetensiya faoliyatning kamida ikkita komponentini puxta o'zlashtirib olishi.

2-bosqich. Bu bosqichda bo'lajak texnologik ta'limi o'qituvchisida milliy qadriyatlar asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun ko'nikmalarni o'zlashtirish o'zida uchta kasbiy komponentini egallashi.

3-bosqich. Mazkur bosqichda bo'lajak texnologik ta'limi o'qituvchilari o'zining faoliyatini tanqidiy tahlil qilish; o'quv jarayonida qo'llay olish; ilmiy-metodik adabiyotlardan foydalanish; zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish; ko'nikmalariga ega bo'lishi hamda metodik faoliyatning komponentlaridan kamida to'rttasini puxta egallashi kerak.

4-bosqich. Ushbu bosqichda komponentlarning mohiyatini anglash; kasbiy kompetensiyalarni oshirish; ilmiy-tadqiqot ishining maqsad va vazifalarini aniqlash; ularni pedagogik faoliyatga yo'naltirish; ilg'or texnologiyalar va nostandart o'quv mashg'ulotlariga mos o'tkazish e'tiborga olinishi zarur.

Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining bir yoki bir necha yondosh sohalarda bilimlar, amaliy ko'nikma va malakalarning samarali o'zlashtirilishini, shuningdek, ularda kasbiy kompetensiyalarning rivojlanishining pedagogik asoslari milliy qadriyatlar va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda psixologik-pedagogik ishlar natijalari tahlili ko'rsatadiki, ushbu jarayonning samaradorligi quyidagi shart-sharoitlarga amal qilishga bog'liq: kasbiy kompetensiyalarda texnologik hujjatlar, o'qitishning texnik vositalari va faoliyatga yo'naltiruvchi asoslarini yaratish; texnologik fikrlashini rivojlantirish, muammoli metoddan foydalanish; kasbiy kompetensiyalarni taqqoslash, qiyoslash, tahlil, sintez va boshqa usullarni qo'llash orqali bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining aqliy faoliyatini shakllantirish; yangi texnika konstruksiyalarini taqqoslash, qiyoslash imkonini beruvchi ko'rgazmali vositalaridan foydalanish.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

Pedagogik texnologiyaning muhim g'oyasi - ijobiy natijaga erishish, uning g'oyasini amalga oshirish uchun, eng avvalo, o'qitish tartibini, didaktik tizimni yaratish zarur [4].

Demak bundan bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarni milliy qadriyatlar asosida rivojlantirishning pedagogik asoslari ilm-fanning rivoji bilan bevosita bog'liq ekanligini ko'ramiz.

Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda milliy qadriyatlarning o'rni va xalq hunarmandchiligiga oid kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda quyidagilarida qo'llash mumkin: yangi nazariy materiallarni o'rganish va bayon etishda; nazariy va amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishda; o'rganilgan o'quv materialini mustahkamlash, nazorat qilish va tekshirishda; talablarning amaliy mashg'ulotlarida; ochiq darslar

[3].

Olib borgan tadqiqotimiz shuni ko'rsatadiki, bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda milliy qadriyatlarning muhim omillari tushunchasining mohiyati quyidagicha: bilimlar, ko'nikmalar, qadriyatlar va yo'nalishlar; bugungi tezkor globallashuv sharoitida milliy moddiy va ma'naviy qadriyatlarni asrab-avaylash; millatning o'ziga xos an'analari, urf-odatlari va o'lmas qadriyatlari bilan boshqa millatlardan ajralib turish va kasbga yo'naltirishni o'z ichiga oladi.

1. Xalq hunarmandchiligi - uzluksiz ta'lim tizimida o'rganilishi va o'rgatilishi qulay bo'lgan milliy qadriyatlardan hisoblanadi.

2. Milliy qadriyatlardan hisoblangan xalq hunarmandchiligining turli sohalarini ta'lim bosqichlarida tizimli ravishda o'rganish bu sohaning rivojlanishi yosh avlodning shakllanishi uchun muhim ahamiyatga egadir.

3. Xalq hunarmandchiligi milliy qadriyatlar sifatida o'rganilishi bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarini mehnat va kasbga tayyorlash jarayonining asosi hamda poydevorini tashkil etmog'i lozim.

4. Milliy qadriyatlardan hisoblangan xalq hunarmandchiligi sohalarida buyumlarni tayyorlash, ularni o'rganish va o'rgatishning o'ziga xos pedagogik ta'lim texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qo'llashni talab etiladi.

5. Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarida milliy qadriyatlarning muhim omillari va ilmiy nazariy asoslarida milliy qadriyatlarni o'rganish va ta'limning ushbu bosqichiga mos tushadigan, jismoniy, aqliy, ruhiy rivojlanishlarni e'tiborga olish hamda hunarmandchilikning mahalliy sharoitlarda keng tarqalgan turlari tanlab olinishi lozim.

6. Milliy qadriyatlardan samarali foydalanishda uning mazmuni o'quv reja, dastur, darslik, o'quv qo'llanma, didaktik va metodik ishlanmalar va tavsiyanomalar tuzishda yoritilishi va ta'lim-tarbiya jarayoniga qo'llanilishi lozim.

7. Xalq hunarmandchiligining turli sohalaridan eng zarurlarini texnologik ta'lim mashg'ulotlar yoki jarayonlarni o'quv reja-dasturlariga bosqichma-bosqich turlarga taqsimlangan holda kiritib borish lozim.

8.Texnologik ta'lim yo'nalishi talabalarini kasbga yo'naltirish va hayotga tayyorlashning milliy-tarixiy asoslaridan biri bo'lishi lozim.

9.Tadqiqot natijalariga ko'ra, milliy qadriyatlarni mashg'ulot va jarayonlar davomiyligida o'rgatish ta'lim tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim.

Xulosa: Oliy ta'lim tizimi uzluksiz ta'lim tizimining 4-bosqichi hisoblanib, u bakalavriat va magistraturalarni o'z ichiga qamrab olgan. Oliy ta'limning tasniflagichida pedagogika sohasi

" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

dastlabki soha hisoblanadi. Shu sababli, pedagogika sohasidagi ta'lim yo'nalishi talabalariga chuqur bilim berish bilan bir qatorda, ularda tadbirkorlik va hunarmandchilik kompetensiyalarini rivojlantirish zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-son qarori. www. lex. uz.

2. Jo'raev A.P. Dasturlashtirilgan ta'lim vositalari asosida bo'lajak o'qituvchilar kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish: Toshkent, 2019. -144 b.

3. Bobomurodova L.E. Innovatsion ta'lim jarayonida bo'lajak texnologik ta'lim yo'nalishi o'qituvchilarining kasbiy-metodik ijodkorligini takomillashtirish - Samarqand: 2022. - 127 b.

4. Qo'ysinov O.A. Kompetentli yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish texnologiyalari: - Toshkent, 2019. - 200 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.