Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA HUNARMANDMANDCHILIKNING RIVOJLANISHI TARIXI'

O’ZBEKISTONDA HUNARMANDMANDCHILIKNING RIVOJLANISHI TARIXI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
789
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PROFESSIONAL TA'LIM / KASB-HUNAR TARIXI / XALQ HUNARMANDCHILIGI / ABU NASR FOROBIY / KAMILA VA DIMNA / MINEROLOGIYA

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Joldasov I.S., Toshev S.A.

Maqolada kasb-hunar pedagogikasi tarixi xalq o’g’zaki ijodi namunalari, tarixiy manbalar, tarixiy va didaktik asarlarni tahli etilgan. Yoshlar ongida ilm-ma’rifatga, kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini oshirish professional ta’lim samaradorligi uchun muhim omil ekanligi bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF DEVELOPMENT OF CRAFTS IN UZBEKISTAN

The article analyzes the history of professional pedagogy, examples of folklore, historical sources, historical and didactic works. It is stated that increasing the interest of young people in science and education is an important factor for the effectiveness of vocational education.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA HUNARMANDMANDCHILIKNING RIVOJLANISHI TARIXI»

Joldasov I.S. tarix kafedrasi o'qituvchisi Chirchiq pedagogika institute Toshkent viloyati Toshev S.A. tarix kafedrasi o'qituvchisi Chirchiq pedagogika institute Toshkent viloyati

O'ZBEKISTONDA HUNARMANDMANDCHILIKNING RIVOJLANISHI TARIXI

Annotatsiya: Maqolada kasb-hunar pedagogikasi tarixi xalq o'g'zaki ijodi namunalari, tarixiy manbalar, tarixiy va didaktik asarlarni tahli etilgan. Yoshlar ongida ilm-ma'rifatga, kasb-hunarga bo'lgan qiziqishlarini oshirish professional ta'lim samaradorligi uchun muhim omil ekanligi bayon etilgan

Kalit so'zlar: professional ta'lim, kasb-hunar tarixi, xalq hunarmandchiligi, Avesto, Qobusnoma, Abu Nasr Forobiy, Kamila va Dimna, Minerologiya.

Joldasov I.S. teacher of history Chirchik Pedagogical Institute Tashkent region, Toshev S.A. teacher of history Chirchik Pedagogical Institute Tashkent region

HISTORY OF DEVELOPMENT OF CRAFTS IN UZBEKISTAN

Annotation: The article analyzes the history of professional pedagogy, examples of folklore, historical sources, historical and didactic works. It is stated that increasing the interest of young people in science and education is an important factor for the effectiveness of vocational education.

Keywords: vocational education, professional history, folk crafts, Avesto, Qobusnoma, Abu Nasr Farobi, Kamila and Dimna, Mineralogy.

Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar o'quvchilaming turli sohalar bo'yicha bilim olishlariga, kasbiy ko'nikma va bilimlarini shakllantirishlariga, o'quv tarbiyaviy tadbirlar tizimiga ta'sir etmasdan qolmaydi. Ta'lim tiziminig barcha bo'g'inlarida nazariy bilimlar qatori amaliy ko'nikmalarni hosil etish dolzarb masaladir. Xalqimizning boy va betakror tarixi, xalq og'zaki ijodi, hamda ajdodlarimiz merosida kasb-hunar o'rganish va o'rgatish muqaddas qadriyat sifatida ezozlab kelingan.

Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy-tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, miskarlik, binokorlik, toshtaroshlik, o'ymakorlik, kashtado'zlik, ko'nchilik, tikuvchilik, to'quvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo'zlik, bo'yoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, masalan, paxta va pilla bor yerda to'qimachilik, sifatli xomashyo bor yerda (masalan, Rishtonda) kulolchilik, jun va teri ko'p yerda to'qimachilik va ko'nchilik, shunga qarab kosibchilik, o'rmonlar ko'p yerda yog'ochsozlik, ma'danlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo bo'ylarida kemasozlik va boshqalar rivoj topgan.

Miloddan avvalgi birinchi mingyillikar boshlarida temirdan turli qurollar va asbob-uskunalar yasashning o'zlashtirilishi natijasida temir asri boshlanadi [1].

Ayrim ishlab chiqarish jamoalari dehqonchilik bilan, boshqalari chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan shug'ullanadilar. Ular o'rtasida dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik mahsulotlarini o'zaro ayirboshlash kengayib bordi. Bu esa, o'z navbatida, savdo garlar tabaqasini, ilk shaharlarning muhim belgilaridan biri sifatida bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar ayirboshlash yuz berdi, dastlabki shaharlar paydo bo'ldi. Arxeolog olimlarning so'nggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadigan bo'lsak, O'zbekiston hududida bronza davridayoq, miloddan avvalgi 2 minginchi yillik o'rtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan.Mehnat va kasbiy tayyorgarlik tizimi bevosita yoshlarning mehnat va kasb tarbiyasini kasbiy axborotlar, kasb tanlash, kasbga yunaltirish ishlarini amalga oshiradigan ulkan ishlardan biri bulib, o'z o'tmish taraqqiyotiga egadir. Xalqimizning millat, elat bo'lib shakllanishini mexnatsiz, kasblarsiz, hunarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Odamzod paydo bo'lishidan boshlab mehnat bilan shug'ullangan. Turmush buyumlari yasagan yumushlar bajargan.[2]

Xalq hunarmandchiligining ma'naviy me'roslarimiz bilan hamohang rivojlanishi juda ko'p mutafakkirlarimizning, donishmandlarimizning adabiy meroslarida yuksak mahorat bilan bayon etilganki, bu yoshlarni kasb-hunarga bo'lgan ijobiy munosabatini shakllantirish bilan birga, kas-hunar o'rgatish tarixiga doir ilmiy-metodik manba bo'lib xizmat qiladi.

Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda yaratilgan pandnoma, rivoyat, hikoyat, doston, maqol, g'azal, ruboiy, masnaviy va boshqa ko'rinishlardagi xalq og'zaki ijodiy namunalari va olimlarning ma'rifiy va didaktik asarlarida ta'lim-tarbiya va kasb-hunar o'rganishning afzalligi, halol mehnat bilan yashashning zarurligi to'g'risidagi fikrlar zamonaviy pedagogika uchun ham muhim ahamiyat kab etadi.

Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto»da moddiy hayotni yaxshilashga urinish yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblanadi. Zardushtiylik dinida qoriq yer ochib, uni bogga aylantirgan odam

ilohiyot rahmatiga uchraydi. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni orgatmoqchi boladi. Avestoda mehnat qilish, halol kun kechirish to'g'risida shunday satrlar ko'plab keltirilgan: «Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o'z qo'llari bilan moddiy noz-ne'matlar yaratishi lozim». Yana, «Mehnat qilmaydigan odam! Sen haqiqatdan ham tilanchilar qatorida, yot eshiklarga ta'zim qilib, abadul-abad bosh eshib turajaksan, haqiqatdan ham sening yoningda turli xil zirootlarni olib o'tadilar». [1]Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-ta'limiy asar, Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus) tomonidan yozilgan «Qobusnoma» 44 bobdan iborat bo'lib, boshdan oxirigacha o'sib kelayotgan avlodga, axloq, bilimli bo'lish, hayotda o'z o'rnini topish, har kimga o'zining shaxsiy va ijtimoiy hayotni yo'lga qo'ya olish va turmushning boshqa qirralarini yoritib, tahlil qilib berish bilan sug'orilgan.

IX-XI asrlarda hunarmandchilik keng rivojlanib, halkimizning xorijiy davlatlar bilan iktisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, 32 xil xunar turi mavjud bo'lgan aholi yashaydigan joyni shahar deb atashgan. 1897 yili birinchi aholi ro'yxati vaqtida katta shaharlarda aholining ko'pchilik qismi hunarmandlar hisoblangan. Masalan, Namangan axolisining 64 foizi, Quqonning 52 foizi, Chustning 54 foizi, Margilonning 50 foizi, mustaqil kasb-hunar egasi hisoblangan.[3]

O'rta asr Sharqining buyuk allomasi abu Nasr Farobiy o'zining qator asarlarida ilm va ta'limning muqaddasligi, xushaxloqlik, sadoqat, insoniylik, tarbiya mehnat va kasb-hunar o'rganish to'g'risidagi falsafiy, ilmiy g'oyalarni ilgari surdi.[4] Uning «Risola fit-tanbix asbob as-saodat» (Baxt-saodatga erishuv yo'llari haqida risola), asarlarida o'zining yaxshi, mukammal, baxtli jamiyat haqidagi orzularini batafsil bayon qiladi. Asarda ta'lim-tarbiya, mehnat va kasb-hunar kishisining fazilatlari to'g'risida shunday fikr yuritadi: «Ta'lim faqat so'z va o'rganish bilangiga bo'ladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bulgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo'lishi, o'rganishidir. Agar ular shu kasb-hunarga berilgan bo'lsalar, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, kasb-hunarning chinakam oshig'i bo'ladilar». [5]

Asrlar mobaynida o'zining ilg'or madaniyati, milliy qadriyatlari, o'zligining noyob belgilari, ko'rinishlari bo'lgan urf-odatlari, amaliy san'ati, xalq hunarmandchiligining boy merosi bilan xalqimiz faxrlanib, e'zozlab, uluglab keladi. Turli olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilib, xalq ustalari, hunarmandlari, tomonidan rivojlantirib, kengaytirilgan, xalq milliy amaliy san'ati, xalq bezak san'ati, badiiy san'at kabi juda kup xildagi nomlanib kelgan xalq hunarmandchiligi asoslarini hozirgi zamon xalq ta'limi tizimidagi o'rta (umumta'lim, hunar, maxsus) maktablari o'quv dasturlarida mustaqil predmet sifatida o'z aksini topmagan. Xalq hunarmandchiliginingturli sohalarini, yo'nalishlarini, qirralarini turli davlatlarda olimlarimiz ilmiy tadqiqotlarini yoritdilar.

Hunarmandchilik faqat ichki bozorga emas, balki eksportga ham ishlay boshladi. Hunarmandchilikning tashkiliy shakli ham o'zgardi: kichik oilaviy korxona, yakka tartibdagi mehnat faoliyati shaklida rivojlanib bordi. 1995 yilda Toshkentda BMTning O'zbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda O'zbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi o'tkazildi. 1997 yilda respublika xalq amaliy san'ati va hunarmandlari ustalarining «Usto» ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil topdi. Respublika Prezidentining 1997 yil 31 martidagi «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atini yanada rivojlantirishni davlat yo'li bilan qo'llab-quv-vatlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni va boshqa tadbirlar O'zbekistonda Hunarmandchilikning tiklanishi va yanada rivojlanishida, uning unutilgan ba'zi turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Hunarmandchilikni rivojlantirish xalq farovonligining muhim omili sifatida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida isloh etilayotgani bilan birga, ta'lim jarayonida kasb hunar pedagogikasiga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va yoshlarni kasb-hunarga o'rgatish iqtisodiy taraqqiyot nuqtai nazardan samarador, yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashda muhim sanaladi.

Adabiyotlar:

1. Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O'zbekiston tarixi. Darslik. - T., 2005. -24-b.

2. Unsur al-Maoliy, Qobusnoma, T., 1973 (to'ldirilgan 3 -nashri), T., 1994. B 18

3. Исо Жабборов Узбек х,алк этнографияси. Т.:1993 й. Б.63

4. Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida."Mutafakkir" xalqaro xayriya jamg'armasi. Toshkent "Yozuvchi".2002 ,37-b

5. M.A.Maksumova, Q.M.Abdullayeva. Xalq hunarmandchiligi.- Т.: TDPU, 2008. b.205

6. Q.M.Abdullayeva, M.A.Maksumova, M.Raximjanova. Gazlamaga badiy ishlov berish.- Т.: "Cho'lpon", 2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.