Научная статья на тему 'MILLIY HUNARMANDCHILIKNING DASTLABKI MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA KASBIY TARBIYA BERISHNING AMALDAGI HOLATI'

MILLIY HUNARMANDCHILIKNING DASTLABKI MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA KASBIY TARBIYA BERISHNING AMALDAGI HOLATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

24
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hunarmandchilik / texnologiya / kasbiy tarbiya / tarbiya kompetensiyalari / kasbiy tarbiya ko’nikmalari / kreativ sifatlar / pul toppish ko’nikmalari / mustaqil tafakkur / biznes va tadbirkorlik g’oyalari. / ремесло / технология / профессиональное образование / образовательные компетенции / навыки профессионального образования / творческие качества / навыки зарабатывания денег / самостоятельное мышление / бизнес и предпринимательские идеи

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Fazliddin Bahriddin O’g’li Odinaboboyev

Ushbu maqolada milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlarini rivojlantirish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kasbiy tarbiya berishning amaldagi holati, tarbiya kompetensiyalarda keltirilgan kasbiy tarbiya ko’nikmalari, kasbiy ta’limtarbiya berishni takomillashtirish, milliy hunarmandchilik o‘quvchilar mehnatini tashkil etish xususida fikr yurutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ ЧЕРЕЗ РАЗВИТИЕ НАЧАЛЬНЫХ МЕХАНИЗМОВ НАЦИОНАЛЬНОГО РЕМЕСЛА

В данной статье рассмотрено современное состояние обеспечения профессионального образования учащихся начальных классов путем развития первичных механизмов народного ремесла, навыков профессионального образования, перечисленных в образовательных компетенциях, совершенствования профессионального образования и обучения, организации рассмотрены работы учащихся национальных ремесел

Текст научной работы на тему «MILLIY HUNARMANDCHILIKNING DASTLABKI MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA KASBIY TARBIYA BERISHNING AMALDAGI HOLATI»

MILLIY HUNARMANDCHILIKNING DASTLABKI MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA KASBIY TARBIYA BERISHNING AMALDAGI HOLATI

Fazliddin Bahriddin o'g'li Odinaboboyev

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti doktoranti [email protected] [email protected]

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlarini rivojlantirish orqali boshlang'ich sinf o'quvchilariga kasbiy tarbiya berishning amaldagi holati, tarbiya kompetensiyalarda keltirilgan kasbiy tarbiya ko'nikmalari, kasbiy ta'lim-tarbiya berishni takomillashtirish, milliy hunarmandchilik o'quvchilar mehnatini tashkil etish xususida fikr yurutilgan.

Kalitso'zlar: hunarmandchilik, texnologiya, kasbiy tarbiya, tarbiya kompetensiyalari, kasbiy tarbiya ko'nikmalari, kreativ sifatlar, pul toppish ko'nikmalari, mustaqil tafakkur, biznes va tadbirkorlik g'oyalari.

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ ЧЕРЕЗ РАЗВИТИЕ НАЧАЛЬНЫХ МЕХАНИЗМОВ НАЦИОНАЛЬНОГО РЕМЕСЛА

Фазлиддин Бахриддин угли Одинабобоев

Денауский институт предпринимательства и педагогики [email protected] [email protected]

АННОТАЦИЯ:

В данной статье рассмотрено современное состояние обеспечения профессионального образования учащихся начальных классов путем развития первичных механизмов народного ремесла, навыков профессионального образования, перечисленных в образовательных компетенциях, совершенствования профессионального образования и обучения, организации рассмотрены работы учащихся национальных ремесел.

Ключевые слова: ремесло, технология, профессиональное образование, образовательные компетенции, навыки профессионального образования, творческие качества, навыки зарабатывания денег, самостоятельное мышление, бизнес и предпринимательские идеи.

478

April 24, 2024

CURRENT STATE OF PROVIDING VOCATIONAL EDUCATION TO PRIMARY CLASS STUDENTS THROUGH DEVELOPMENT OF INITIAL MECHANISMS OF NATIONAL CRAFTSMANSHIP

Fazliddin Bahriddin o'g'li Odinaboboyev

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy [email protected] [email protected]

ANNOTATION:

In this article, the current state of providing vocational education to elementary school students through the development of the primary mechanisms of national handicrafts, the skills of vocational education listed in educational competencies, the improvement of vocational education and training, the organization of the work of national handicraft students considered.

Keywords: craft, technology, vocational education, educational competencies, vocational education skills, creative qualities, money-making skills, independent thinking, business and entrepreneurial ideas.

Kirish. Dunyoning o'quv ilmiy-tadqiqot muassasalarida texnologik ta'lim orqali o'quvchilarning hunarmandchilikka oid ijodkorlik faoliyati, intellektual qobiliyati, axloqiy va estetik hissiyotlarini kasbiy ta'lim-tarbiya ko'magida takomillashtirish, qiziqishi, xohish va istagini, olamga hissiy munosabatini shakllantirish mexanizmlarining pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bunda aynan boshlang'ich sinf o'quvchilarini kichik maktab yoshidan boshlab ma'lum bir toifadagi xalq milliy hunarmandchiligi asosida kasbiy ta'lim-tarbiya berishni takomillashtirish, o'quvchilardagi ijodkorlikni aniqlash, milliy hunarmandchilikka oid kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo'yicha tadqiqot ishlariga alohida ahamiyat berilmoqda.

Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishdagi islohotlar tufayli texnologiya ta'limidan boshlab o'quvchilarning fan asoslari bo'yicha bilimni o'zlashtirishga ehtiyojini, asosiy milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko'nikmalarini, kreativ fikrlash va milliy hunarmandchilikni shakllantirishning me'yoriy asoslari yaratilmoqda.

Asosiy qism. Milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlarini rivojlantirish orqali boshlang'ich sinf o'quvchilariga kasbiy tarbiya berishda umumta'lim maktablarida "Texnologiya" fani o'qituvchilarining zimmasiga alohida mas'uliyat yuklanadi. Zero, "Texnologiya" fani o'qituvchilarining moddiy boyliklar yaratishda qatnashish uchun shart-sharoit tug'diradi[1]. Chunonchi, ko'pgina umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quv ustaxonalari orqali korxonalar; otaliqqa olingan bolalarga

April 24, 2024

479

bog'chalarga o'yinchoqlar va asboblar tayyorlashda yordam ko'rsatmoqdalar, ta'lim tarbiya maqsadlarida va xo'jalik ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan turli ashyolarni tayyorlamoqdalar. Shu bilan birga, texnologiya darslari o'quvchilarga unumli ijodiy mehnatning yaratuvchanlik rolini chuqurroq tushunish va his etishlariga yordam beradi.

Biroq o'quvchilarning unumli mehnati texnologiya ta'limi hamda tarbiyasining asosi sifatida ta'lim-tarbiya vazifalariga bo'ysundirilishi lozimligini unutmaslik shart. Binobarin, o'quvchilar tomonidan tayyorlanadigan mehnat obyektlari texnologiya fani dasturi talablariga to'la javob berishi kerak. Ularni tayyorlash esa o'quvchilarning qo'lidan keladigan bo'lishi, ya'ni ularning yoki rivojlanish darajasiga, jismoniy kuch va bilim imkoniyatlariga tushunarli bo'lishini osonlik deb tushunmaslik kerak. Oson o'quv materialini o'quvchilar qiynalmasdan o'zlashtiradilar, bu esa ularning aqliy faolligi va ijodiy mustaqilligining rivojlanishiga unchalik yordam bermaydi.

O'zbekiston Respubikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan "Tarbiya" fani uchun umumiy o'qrta davlat ta'lim standartini tasdiqlash to'g'risida[2]gi qarorida tarbiya kompetensiyalari keltirilgan. Tadqiqotimiz yuzasidan biz quyidagi tarbiya kompentensiyalari o'quvchi shaxsida shakllantirish asosida kasbiy tarbiya ko'nikmalarini takomillashtirib boramiz (1.3. 2-rasm):

• maqsadni aniq qo'ya olish va amalga oshirishga intilish;

• ish o'rinlarini yaratishgi intilish, mehnat jamoasi va mutaxassislar bilan samarali hamkorlik qila olish;

1

rivojlantirish, mustaqil tafakkurga ega bo'lish;

pul topish ko'nikmalarini shakllantirish;

kreativ sifatlarni namoyon qilish;

L

• mas'uliyatni anglashva majburiyatga amal qilish;

• ijtimoiy sharoitlarga moslashib ijtimoiy hayotga tayyorgarligini namoyon qila olishi.

1.3. 2-rasm. Tarbiya kompetensiyalaridagi kasbiy tarbiya ko'nikmalari

Sanab o'tilgan tarbiya kompetensiyalari o'quvchi sahxsida kasbiy tarbiya ko'nikmasini ham shakllantirib beradi. Xususan, ularda mustaqil tafakkurni shakllantirish asnosida milliy hunarmandchilik orqali ham kasbiy yetuklikka erishish va uning vositasida yangi biznes va tadbirkorlik g'oyalarini ilgari surib, o'zining shaxsiy

o z-o zini

480

April24,2024

biznesini yuritish, tadbirkorlik foaliyatni esa keng yo'lga qo'ya olish ko'nikmasini shakllantira olish mumkin.

Yoshlarning mehnat tayyorgarligi, ta'limi, tarbiyasi, ularni kasblarga yo'naltirish, kasb tanlash, egallash, kasbiy ma'lumotlar berish, kasblarga moslashishlarining turli masalalari bilan turli davlatlarning turli soha olimlari (falsafa, psixologiya, pedagogika, didaktika, iqtisodiyot va boshq.) har xil davrlarda shug'ullandilar va hozir ham shug' ullanmoqdalar.

MDH olimlaridan P.R.Atutov, K.Sh.Axiyarov, S.Ya.Batishev, Yu.K.Vasilev, K.I.Ivanovich, V.A.Polyakov, K.N.Katxanov, A.D.Sazonov, A.Ye.Stavrovskiy, A.F.Chichkov, A.I.Vorobev, A.S.Linda, K.D.Txorjevskiy, I.A.Sasova, N.I.Babkin va shu kabi ko'plab tadqiqotchilar yoshlarni mehnat va kasb ta'limining turli jabhalarida nazariy va amaliy masalalarni tadqiq etish bilan shug'ullanganlar.

Akademik P.R.Atutov yoshlarning mehnat tayyorgarligi, ta'limi va tarbiyasining, kasblarga yo'naltirish ishlarining nazariy va metodologik, didaktik, metodik, amaliy masalalarni tadqiq etish bilan shug'ullandilar[3].

K.Sh.Axiyarov qishloq maktablarida yoshlarning unumli mehnatini tashkil etishda o'quvchilar ishlab chiqarish jamoalarining o'rni, ahamiyati, tuzilishi, tashkil etilishi ko'rinishlarini, pedagogik va ta'limiy tomonlarini yoritdi[4].

Yu.K.Vasilev hozirgi zamon sharoitida o'quvchilarning mehnat tayyorgarligi ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini tashkil etish maxsuldorligi o'lchov mezonlari, o'quvchilar faoliyatiga, yoshlarning mehnat jamoalariga rahbarlikka o'qituvchilarni politexnik jihatdan tayyorlash masalalari bilan shug'ullandi[5].

K.D.Davlatov texnologiya ta'limi va tarbiyasini tashkil etish nazariyasi va amaliyoti, pedagogik va uslubiy vositalari, shakllari, mazmuni va mohiyatini yoritish, texnologiya ta'limini tashkil etish metodikasi masalalari bilan shug'ullangan[6].

A.I.Vorobev o'z ilmiy asarlarida 4-8 sinflarda o'quvchilarning unumli mehnatini tashkil etishning pedagogik asoslarini yoritishga muvaffaqiyatli harakat qildi [7].

U.N.Nishonaliev, N.Shodiev, E.T.Choriev, A.R.Xo'jaboev, Ya.Xaydarov, R.Mavlonova, K.Mirsaidov, K.Davlatov, J.Ramizov, N.Sayidaxmedov, P.T.Magzumov, O.Xayitov, I.Karimov, V.Insapov, K.Mustafoev, O.Magdiev, N.Muslimov kabi o'nlab pedagog olimlar o'zlarining turli asarlarida chop etilgan materiallarida yoshlarning mehnat va kasb ta'limi tayyorgarligining turli sohalarini tadqiq etishgan.

N.Sh.Shodiev yoshlarning kelgusi hayotga, mehnatga, ma'lum kasbga tayyorgarligi masalalari, o'quvchilar kasbiy ta'limining pedagogik, metodik asoslarini yoritish mavzusi bilan, mahalliy sharoitlarda o'quvchilar ijtimoiy foydali, unumli mehnatini tashkil etishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi bilan hamda bo'lg'usi o'qituvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash masalalari, umumta'lim maktablarida, hunar o'quv yurtlarida, oliygohlarda o'quv tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishga doir muvaffaqiyatli ishlar olib bordi[8].

April 24, 2024

481

E.T. Choriev mamalakatimiz sharoitida o'quvchilarning mehnat tayyorgarligi tizimini (tartibini) yaratgan.

P.T. Magzumov o'quvchilar ijtimoiy foydali, unumli mehnatini turli qirralari, tomonlarini tashkil etish shaklini o'zining ko'pgina asarlarida yoritgan[9].

N.S. Sayidaxmedov o'quvchilar mehnat amaliyotining pedagogik shart-sharoitlari, yuqori sinf o'quvchilari mehnatini tashkil etish, oliygoh talabalarini yoshlarning unumli mehnatga rahbarlikka tayyorlash muammolari bilan shug'ullangan[10].

Maktab o'quvchilarining mehnat tayyorgarligi politexnik ta'lim, ularning ijtimoiy-foydali unumli mehnatini tashkil etishning zamon o'zgarishlariga uyg'unlashgan holdagi mazmuni, shakl, usul va vositalarini ishlab chiqish masalalari mustaqil davlatimiz pedagog-olimlari oldidagi, davlat ahamiyatidagi masala bo'lib qolmoqda. Asrlar mobaynida o'zining ilg'or madaniyati, milliy qadriyatlari, o'zligining noyob belgilari, ko'rinishlari bo'lgan urf-odatlari, amaliy san'ati, xalq hunarmandchiligining boy merosi bilan xalqimiz faxrlanib, e'zozlanib, ulug'lanib kelgan[11].

Turli olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilib, xalq ustalari, hunarmandlari tomonidan rivojlantirib, kengaytirilgan xalq milliy amaliy san'ati, xalq bezak san'ati, badiiy san'at, kabi juda ko'p xilda nomlanib kelgan xalq hunarmandchiligi asoslarini hozirgi zamon xalq ta'limi tizimidagi o'rta (umumiy o'rta ta'lim, hunar, maxsus) maktablari o'quv dasturlarida mustaqil predmet sifatida o'z aksini topmagan. Xalq hunarmandchiligining turli sohalarini, yo'nalishlarini, qirralarini turli davlatlarda olimlarimiz ilmiy tadqiqotlarida yoritdilar.

O'quvchilarning badiiy ijodkorlik va loyihalashga o'rgatish umumiy o'rta ta'lim maktablarida yoki hunar to'garaklarida amaliy san'at turlarini o'rgatishning ta'limiy asoslarini R. Hasanov, N.N. Aleksaxin, S.S. Bulatov, Yu.P. Jeltuxov, B.Ortiqov, I.Karimov, A.Morozova, A.P. Gapbarov, B.Sergeev, V.Razvodovskiy, O.Xudoyorova, M.V.Maksimova, G.L.Chepeleveskaya, M.Raximov, A.Turdialiev, P.A. Goncharova, V.A. Mazur va boshqalar o'z ilmiy ishlarida yoritdilar.

S.S.Bulatov o'z ilmiy tadqiqotlarida xalq amaliy bezak san'ati turlaridan ganchkorlik, naqqoshlik, yog'och o'ymakorligi, kulolchilik, kashtachilik, gilamchilik va boshqa 10 dan ziyod hunarlarning tarixi, rivojlanish yo'llari, shu sohalardagi ustalar uslublari, xalq amaliy san'atidagi Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg'ona, Xiva, Shahrisabz maktablari va ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatib berdi[12].

A.P. Gapbarov oliygohlarda talabalarning xalq hunarmandchiligi bo'yicha ishlar, talabalarni texnologiya ta'limiga rahbarlikka tayyorlash masalalarini muvaffaqiyatli yoritdi[13].

482

April 24, 2024

K.Qosimov naqqoshlik san'atining tarixi, yo'llari, nomdor ustalar maktablari shogirdlik tizimining o'ziga xos xususiyatlari, naqsh elementlari va boshqalar bo'yicha fikr yuritdi[14].

M.Rahimov yog'och o'ymakorligi, Yu.P.Sidorov tikuvchilik, G.L. Chepeleveskaya O'zbekiston so'zanachilik san'ati rivojlanishi, Urganch, Xiva, Buxoro, Shahrisabz, Samarqand, Nurota, Toshkent, Farg'ona so'zanachilik yo'llari va ularning turlari bo'yicha, M.Mirzaahmedov materiallarga badiiy ishlov berish asoslari to'g'risida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar.

Kuzatishlarimiz natijasida ma'lum bo'ldiki, milliy hunarmandchiligi turli sohalarini (gilamchilik, naqqoshlik, ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi, suyak va metall o'ymakorligi, kashtachilik, milliy pazandachilik asoslari, milliy qandolatchilik, egar-jabduqlar tayyorlash, so'zanalar tikish, pichoq tayyorlash, temirchilik, kandakorlik, rextagarlik (qo'ng'iroqsozlik), charmdo'zlik, etikdo'zlik, do'ppi va choponlar tikish, milliy imoratcozlik, sandiqlar va beshik yasash, milliy dehqonchilik asoslari va boshqalarning didaktik-uslubiy asoslari tizimlashtirilgan holda yaratilgan emas. Bu sohalarning maktablarda (umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim, oliy) qo'llanilishining ilmiy-pedagogik asoslari, metodik yo'llari, vositalari, mazmuni, uslublari, butunligicha mujassamlantirilgan holda shakllantirilmagan. Xalq hunarmandchiligining turli sohalarini amaliyotga qo'llash, yosh avlodga o'rgatish jarayonida texnologiya ta'limi, tarbiyasi va boshqalar bir butun tizim holida ishlanmasdan, xalq ta'limi tizimida qo'llanilmasdan kelinmoqda. Zero, davlatimizning jadal rivojlanishi, turli ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar har bir xalqning milliy qadriyatini ulug'lash davri ekanligini ko'rsatadi.

Tadqiqotimizni olib borish davomida tahlil va kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, umumiy o'rta ta'lim, professional ta'lim o'quv dasturlariga, o'quv uslubiy qo'llanmalarga, darsliklarga milliy hunarmandchiligi o'quv elementlari kiritilmagan yoki juda ham kam kiritilgan.

Milliy hunarmandchiligi bo'yicha o'quvchilar unumli mehnatini tashkil etish yo'llari, mazmuni, vositalari, uslublari joriy ta'lim dasturlarida, o'quv qo'llanmalarda hamda darsliklarda aks ettirilmagan. Texnologiya fanining tushunarli bo'lish tamoyili talablarini hisobga olib bajarish o'quvchilarning qo'lidan keladigan ishga mos vaqt me'yori belgilash juda muhimdir[15].

Xulosa. Yuqorida bayon qilinganlardan ko'rinadiki, kasbiy tarbiya berishga yo'naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy, pedagogik-psixologik jihatlariga, ota-ona, maktabning roli, kasb tanlashda yosh avlodning hayot, mehnat yo'lini mustaqil tanlashiga alohida e'tibor bilan qarashgan. Bolani hunarga yo'llashda uning qiziqish, moyilligi, qobiliyatini o'rganish, bunday holatda ularning onglilik, izchillik va vorisiylik, yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligini qayd etgan.

483

April 24, 2024

Shuni ta'kidlash lozimki, kasbiy tarbiya berish, kasb tanlash, kasbga yo'naltirish borasidagi fikrlarini o'rganish, ularni amaliy hayotga tadbiq etish, o'sib kelayotgan yosh avlodni ongli kasb tanlashga yordam beradi. Bu esa bolalarni yoshligidanoq kasb-hunarga o'rgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, ularda kasbga xos tushuncha, tasavvur va bilimlar boyishiga xizmat qiladi. Yosh avlodni kasbga yo'naltirishda albatta bolaning qobiliyatini hamda qiziqishlarini inobatga olish, ularning kelajakda o'z kasbining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishishiga yordam beradi. Ushbu misollar ajdodlarimizning kasb tanlash nazariyasini shakllantirishga munosib hissa qo'shganidan dalolat beradi. Umumta'lim maktablarida kasbga yo'naltirish jarayonida ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan unumli foydalanish ijobiy samara berishi shubhasizdir.

REFERENCES:

I. Muslimov N.A. Kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirishning nazariy -metodik asoslari.: Avtoref. dis. ... ped. fan. dokt. - T.: 2007. - 45 b.

2 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tarbiya" fanini bosqichma-boosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020 yil 6-iyul 422-son Qarori

3. Атутов П.Р., Ложкин В.М. Подготовки преподвателей для профессионалной подготовки учащихся // Сов. Педагогика. - М: 1985. - №2. - С.54-57.

4. Атутов П.Р. Политехническое образование школников / П.Р.Атутов. -М.: Педагогика, 1986. - 174 с.

5. Атутов П.Р. Технология и современное образование / П.Р. Атутов // Педагогика. - 1996. - № 2. - 11-14 с.

6. Davlatov K., Vorobev A.I., Karimov I. Mehnat va kasb ta'limi nazariyasi hamda metodikasi. - T.: O'qituvchi, 1992. - 320 b.

7. Воробев А.И., Лиманский С.А., Каримов И.Г. Трудовое обучение. Учебник для 5 класса общеобразователной школы. - Тошкент: О^итувЛи, 1991. - 120 с.

8. Shodiev N.Sh. Studentlarga o'quvchilarni kasb tanlashga yo'llashni o'rgatish. - T:. O'qituvchi,1987. -232 b.

9. Магзумов П.Т. Педагогические основы трудового становления личности школников.: Автореф. дис.... докт. пед. наук.-Т.: 1991. -41 с.

10. Sayidahmedov N. S. Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot) - T.: Moliya, 2003 -172 b.

II. Xodjaev B.X. Umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik ta'minot vositasida rivojlantirish: Pedagogika fanlari doktori. ... diss. - T., 2016. - 312 b.

484

April 24, 2024

12. Bulatov S.S. Yoshlarga hunar o'rgatishning milliy - an'anaviy asoslari. (Metodik tavsiya). -T.: RUMM, 1993. - 20 b.

13. Гапбаров А.П. Подготовка студентов педвуза и трудовому обучению на основе народных промыслов. Автореф. ... канд.пед.наук.-М.: 1991.-17 с.

14. Qosimov K. Naqqoshlik. -T.: O'qituvchi, 1990. - 160 b.

15. Байбородова ЖИ.Б. Обучение технологии в средней школе: 5-11 кл.: Метод. пособие / ЖИ.Б. Байбородова, ЖИ.Х,. Серебренников, В.В. Солдатов, И.В. Курицына, А.Б. Цветков. - М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2003. - 208 с.

485

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.