Научная статья на тему 'TEXNOLOGIYA FANIGA OID TO’GARAK MASHG’ULOTLARIDA O’QUVCHILARNI ESTETIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI'

TEXNOLOGIYA FANIGA OID TO’GARAK MASHG’ULOTLARIDA O’QUVCHILARNI ESTETIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6860
452
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
sinfdan tashqari mashg’ulot / ijodiy ishtirok etish / o’qituvchiga xisobot berishi yoki davra suhbatlari / estetik madaniyatni rivojlantirish va kasb-hunarga yo’llash ishlari. / extracurricular activities / creative participation / teacher reporting or roundtables / aesthetic culture development / and career guidance

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muxayyo G’ayrat Qizi Zuftarova, Bekjon Mamadali O’g’li Norboyev

Ushbu maqolada bugungi kunda maktablarda texnologiya faniga oid to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish va ular orqali o’quvchilarning estetik madaniyatini rivojlantirish muammolari haqidagi mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SYSTEM OF DEVELOPMENT OF AESTHETIC CULTURE OF STUDENTS IN CLUB CLASSES ON TECHNOLOGY

This article discusses the problems of organizing technology clubs in schools today and the development of students' aesthetic culture through them.

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIYA FANIGA OID TO’GARAK MASHG’ULOTLARIDA O’QUVCHILARNI ESTETIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI»

TEXNOLOGIYA FANIGA OID TO'GARAK MASHG'ULOTLARIDA O'QUVCHILARNI ESTETIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI

Muxayyo G'ayrat qizi Zuftarova Bekjon Mamadali o'g'li Norboyev

Jizzax davlat pedagogik instituti Jizzax davlat pedagogik instituti talabasi

magisranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunda maktablarda texnologiya faniga oid to'garak mashg'ulotlarini tashkil etish va ular orqali o'quvchilarning estetik madaniyatini rivojlantirish muammolari haqidagi mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: sinfdan tashqari mashg'ulot, ijodiy ishtirok etish, o'qituvchiga xisobot berishi yoki davra suhbatlari, estetik madaniyatni rivojlantirish va kasb-hunarga yo'llash ishlari.

SYSTEM OF DEVELOPMENT OF AESTHETIC CULTURE OF STUDENTS IN

CLUB CLASSES ON TECHNOLOGY

Mukhayyo Gayrat kizi Zuftarova Bekjon Mamadali ugli Norboev

Master of Jizzakh State Pedagogical Student of Jizzakh State Pedagogical

Institute Institute

ABSTRACT

This article discusses the problems of organizing technology clubs in schools today and the development of students' aesthetic culture through them.

Keywords: extracurricular activities, creative participation, teacher reporting or roundtables, aesthetic culture development, and career guidance

KIRISH

Mamlakatimizda ta'limga bo'lgan munosabatlarni yangi davrga olib chiqish masalasi keng muhokamada bo'lmoqda. "Ta'lim to'g'risidagi qonun" ning qabul qilinishi, "O'zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" gi president farmoni, Beshta muhim tashabbusning ilgari surilishi va joriy etilishi orqali yoshlarning bilim olishi va kasbiy shakllanishiga bo'lgan e'tibor yana bir marotaba davlat ahamiyatidagi masala darajasiga ko'tarildi. Bu muhim xujjatlarda yoshlarimizga chuqur bilimlar berish bilan birga kasb-xunarga o'rgatishning yo'l-yo'riqlari ko'rsatib berildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bu ulkan va mas'uliyatli vazifalarni amalga oshirishda barcha fan o'qituvchilari qatori texnologiya ta'limi o'qituvchilari dars jarayonida ma'lum bilimlar sistemasini berish bilan cheklanmasdan, o'quvchilarning olgan nazariy bilimlarini amalda, ya'ni xayotda tadbiq etilishiga erishmog'i lozim. Bu borada sinfdan tashqari uyushtiriladigan mashg'ulotlarning ahamiyati juda katta. Chunki dars vaqt jihatidan chegaralangan o'quv rejasidagi bilimlarni berish bilan kifoyalanadi. Texnologiya ta'limiga oid bo'lgan bilimlarni har bir maktab o'qituvchisi sinfdan tashqari mashg'ulotlarda amalga oshirish imkoniyati kattadir. Bularning amalga oshirilishi o'quvchilarning fan asoslarini o'rganishga bo'lgan qiziqishini orttiradi, puxta va atroflicha bilim bilan qurollantiradi mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda, qolaversa ongli kasb tanlashida muhim rol o'ynaydi.

Ayrim fan o'qituvchilari sinfdan tashqari mashg'ulotlarni darsdan tashqari mashg'ulotlar bilan aralashtirib yuboradilar. Vaholanki, darsdan tashqari qilinadigan ishlar o'quv reja asosida, ya'ni darslik talablarini bajarishga qaratilgan bo'lib, bunda sinfdagi barcha o'quvchilar bevosita ishtirok etadilar.

Sinfdan tashqari mashg'ulotlardan asosiy maqsadi, reja va darslikdan tashqari o'quvchilarga qo'shimcha bilim, ko'nikma va malakalar berish, ularning fanga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, olingan bilimlarni hayotga tadbiq qila bilishga yordam berishdan iborat. Sinfdan tashqari uyushtiriladigan ishlarda ko'riladigan masalalardan yana biri o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish bo'lsa, ikkinchi tomondan kasb tanlashga yo'llashdan iboratdir.

MUHOKAMA

Texnologiya ta'limi fanidan uyushtiriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar quyidagilarni hal qilishga yordam beradi.

O'quvchilarning fan asoslarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini orttirish: qo'shimcha adabiyotlardan foydalana olish ko'nikmasini o'stirish, mustaqil bilim olish ko'nikmasini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o'quvchilarni ilmiy tadqiqot metodlari bilan yaqindan tanishtirish, kuzatish va tajribalar o'tkazishga o'rgatish, mustaqil ravishda referat yozishga o'rgatish va hokazo.

Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida xar bir yoshning sanoat korxonalarida va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida faol, ijodiy ishtirok etishi uchun fan va texnika yuzasidan mukammal bilimga ega bo'lishi talab qilinmoqda. Chunki har bir yosh o'zi egallagan kasblarning mohir ustasi bo'lmog'i shu kun talabidir.

Har qanday yuqori kasbiy mahoratga ega bo'lgan o'qituvchi ham dars jarayonida o'quvchilarni fan sohalarida erishilgan hamma yutuqlar bilan xabardor qilish imkoniyatiga ega emas. Hozirgi davrda beriladigan ilmiy ma'lumotlarning hajmi juda kengayib ketdi. Shuning uchun o'qituvchi sinfdan tashqari uyushtiriladigan

mashg'ulotlarda o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini bevosita rivojlantirish bilan birga, ularning yoshini xisobga olgan holda, mustaqil ravishda qo'shimcha adabiyotlar tavsiya etishi lozim. Texnologiya ta'limi o'qituvchisi kasblar haqida umumiy yo'nalishlar ham berib boradi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o'quvchi sharoitini hisobga olish muhimdir. Masalan, qishloq maktablarida sharoitini hisobga olib tashkil etilgan sinfdan tashqari mashg'ulotlarning yushtirilishi yaxshi natijalar beradi. Bunda o'quvchilarda kuzatuvchanlik, olingan natijalarni taqqoslash va tahlil qilish, xulosalar chiqarish, amaliy ko'nikma va malakalar hosil qilish xususiyatlari shakllana boradi.

Sinfdan tashqari ishlarda faqat bilim berishga berilib ketmasdan, ishning tarbiyaviy tomoniga jiddiy e'tibor berish lozim. Bu hol hozirgi sharoitda ayniqsa muhim. O'quvchilarimiz mamlakatimiz tinchligi, osoyishtaligi, haqidagi bilimlarga ega bo'lishi lozim.

Sinfdan tashqari mushg'ulotlarda yoshlar turli-tuman kasb-hunarga oid amaliy ishlarni bajarishadi. Masalan, kechalar, uchrashuvlar, ko'rgazmalar tayyorlashi mumkin.

Umumta'lim maktablarida sinfdan tashqari mashg'ulotlarning shakllari. Sinfdan tashqari olib boriladigan mashg'ulotlar asosan 3 turga bo'linadi:

1. Ayrim o'quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg'ulotlar.

2. O'quvchilar guruxi bilan olib boriladigan mashg'ulotlar.

3. O'quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg'ulotlar.

Ayrim o'quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlarda ilmiy ommabop kitoblar o'qish, ko'rgazmali qurollar yasash, kuzatish va tarjribalar o'tkazish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

O'quvchilar guruxi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarda to'garak mashg'ulotlari, fizika, qishloq xo'jaligi texnikalari kabinetlarini jihozlash, devoriy gazetalar, fotomontajlar chiqarish, o'quv filmlari namoyish qilish, albomlar tayyorlash, ekskursiyalar uyushtirish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.

Ommaviy mashg'ulotlarga gurux o'quvchilari qatnashishlari mumkin. Bunday mashg'ulotlarda «Gullar kuni», «Texnologiya fani oyligi», «Tabiat va biz», «Texnologiya- rivojlanish xaftaligi» kabi kechalar, suhbatlar, muzokaralar, viktorinalar, taniqli olimlar va boshqa kasb egalari bilan uchrashuvlar o'tkazish, ommabop va badiiy filmlar namoyish qilish tajriba, ekskursiyalar materiallariga asoslangan ko'rgazmalar tashkil etish, o'tkir zexnlilar mushoirasi kabi turlari kiradi.

Ta'lim jarayonida sinfdan tashqari ishlarning shakllari 1-shaklda ko'rsatilgan.

1-shakldan ko'rinib turibdiki sinfdan tashqari mashg'ulotlarning xar bir shakllari ko'rsatilgan bo'lib, ular dars bilan uzviy aloqadadir.

Texnologiya faniga oid bo'lgan sinfdan tashqari uyushtirilgan mashg'ulotlarni yuqorida bayon qilingan shaklllari asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Sinfdan tashqari olib boriladigan mashg'ulotlarning hammasi bir-birini to'ldirib borishi kerak. Ayrim o'quvchilar guruxi bilan yakka tartibdagi, ommaviy mashg'ulotlar o'rtasida keskin chegara bo'lishi mumkin emas.

NATIJA

Yuqoridagi aytib o'tilgan hujjatlarda qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun o'quvchilarni estetik madaniyatini shakllantirish va kasb-hunarga yo'llash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi mashg'ulotlarni samarali o'tkazish texnologiyasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun, birinchidan, o'quvchilarni sinfdan tashqari mashg'ulotlarda esetetik madaniyatini rivojlantirish va kasb yo'naltirish samaradorligini oshiruvchi metod va nazariyalarni tahlil qilish,

ikkinchidan, mashg'ulotlarni tashkil etishning zamonaviy shakllaridan foydalanish, uchinchidan, xar bir o'quvchining individual fazilat va sifatlarini to'laroq e'tiborga olish muhim hisoblanadi.

Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quvchilarning estetik madaniyatini rivojlantirishga yordam beruvchi mashg'ulotlardan foydalanish, vositalarni ishga solish, kasbga yo'naltiris maqsadida kasblar to'g'risida ma'lumot berish, kasbga yo'llash, kasbiy yo'l-yo'riq ko'rsatish, kasbiy va iqtisodiy tarbiya, pedagogik-psixologik tashxis ishlariga asoslanilgan pedagogik texnologiyani amalga oshirish jarayonini, boshqacha aytganda, o'quvchilarni estetik madaniyatini rivojlantirish va kasbga yo'naltirishning umumiy tuzilmasini sxematik tarzda tasvirlab kursatishimiz mumkin.

Bunda pedagogik tadqiqotlarda asoslab berilgan o'quv jarayonini loyihalash bosqichlariga amal qilish maqsadga muvofiq, ya'ni:

S birinchi bosqichda - amalga oshiriladigan texnologiyaning maqsadini, o'quvchilarni estetik madaniyatini rivojlantirish va kasb-hunarga yo'llash ishlari

samaradorligini oshirishga ularning sinfdan tashqari mashg'ulotlari mazmunini takomillashtirish orqali erishish;

S ikinchi bosqichda - shakllantirilgan maqsad asosida uni amalga oshirish yo'llarini belgilab olish, ya'ni sinfdan tashqari mashg'ulotlarning o'quvchilar extiyoji va qiziqishlariga javob bera oluvchi eng maqbul majmuasini asoslash; o'quvchilarni mashg'ulotlarga jalb qilishda ixtiyoriylik mezonini maxsus tanlov metodi bilan uyg'unlashtirish, sinfdan tashqari mashg'ulotlar mazmunini tanlashda individual va individual-tabaqalashtirilgan metodlardan o'rinli foydalanish;

S uchinchi bosqichda - sinfdan tashqari mashg'ulotlar tizimi orqali o'quvchilarni estetin madniyatini rivojlantirish va kasbga yo'naltirish samaradorligini oshirish maqsadida ularning shaxs sifatlarini tashxis qilish metodikasini amalga oshirish.

Sinfdan tashqari mashg'ulotlar bir tomondan, dars jarayonining uzviy davomi bo'lsa, ikkinchi tomondan o'quvchilarni estetik madaniyatini ivojlantirish va kasb tanlashga yo'llash imkoniyatlarini kengaytiradi, keng yo'l ochib beradi.

An'anaviy metodikaga ko'ra sinfdan tashqari mashg'ulotlarga o'quvchilar ixtiyoriylik asosida jalb qilinishi lozim. Lekin mashg'ulotlarni tashkil etishning ushbu shakli bir qator ijobiy tomonlari bilan birga jiddiy kamchiliklarga ham ega. Jumladan, tajribalardan ma'lum bo'ladiki, o'quvchilarning sinfdan tashqari mashg'ulotlarga nisbatan mas'uliyatsiz munosabatda bo'lishi, berilgan topshiriq va vazifalarni bajarishda intizomsizlik, jamoga aloqador umumiy maqsadlarni hurmat qilmaslik kabi salbiy holatlar mashg'ulotlarning samarasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Mazkur salbiy omil ta'sirini kamaytirish va o'quvchilar extiyojlarini to'laroq qondira oladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar shakllaridan foydalanish maqsadga muvofikdir. Buning uchun dastlab o'quvchialarning qiziqish doirasini belgilab olish hamda ularni estetik madaniyatini rivojlantiruvchi va kasbga yo'naltirish uchun xizmat qiluvchi mashg'ulotlar shaklini to'g'ri tanlash kerak. Buning uchun maxsus so'rovnoma va suhbatlar o'tkazish maqsadga muvofiqdir deb o'ylaymiz.

Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning o'z iqtidorini, mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatlarini yorqinroq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Bu hol o'quv dasturida ko'zda tutilganidan ko'ra murakkabroq vazifalar qo'yishga va ularni hal etishga asos bo'ladi. Ixtiyoriylik mezonining talab qiziqishlari bilan uyg'un holatda qo'llanilishi o'quvchilar tashabbuskorligi yuqoriroq bo'lishini ta'minlaydi. Shu tufayli sinfdan tashqari ish jarayonida o'quvchilarning ma'naviy-madaniy fazilatlarini rivojlantirish va kasbga yo'llash ishlarining asosiy vazifalarini bajarish bo'yicha yaxshi natijalarga erishiladi.

Yuqorida aytib o'tilgan fikrlar kasbiy tarbiya asosidagi sinfdan tashqari mashg'ulotlar vazifalarini quyidagicha ifodalash imkonini beradi:

1. Texnologiya fanida davomida o'quvchilar olgan bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash, umumlashtirish hamda kengaytirish;

2. Unumli mehnatga asoslangan ijodiy faoliyatga o'quvchilarni jalb qilish;

3. Hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari haqidagi tasavvurni kengaytirish;

4. Xalq xo'jaligining zamonaviy ehtiyojlari asosida kasb tanlashga tayyorlash;

5. Mehnatga bo'lgan ijobiy munosabatni shakllantirish;

6. Estetik madaniyatini rivojlantirish;

7. Jamiyat va tabiat qobuniyatlariga nisbatan ijobiy fikrlashni shakllantirish;

Sinfdan tashqari mashg'ulotlar turli shakllarda amalga oshirilishi lozim. Bir so'z

bilan aytganda, ta'lim muassasalarida o'quvchilarni estetik maaniyatini rivojlantirish va kasbga yo'naltirishga asoslangan sinfdan tashqari mashg'ulotlarning barcha shakllaridan foydalanish shubhasiz, samarali natijalarga olib keladi.

O'qitish jarayonida maktablardagi to'garak mashg'ulotlarida estetik madaniyatini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatini o'stirish muammosi katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Fan va texnikaning aniq turlari qishloq xo'jaligi texnikalari bo'yicha o'quvchilar ijodiy faoliyatini aktivlashtirish -umumta'lim predmetlari, texnologiya ta'limi o'qituvchilari va to'garak rahbarlari eng muhim vazifasidir, chunki qiziqishlar bo'yicha amalga oshiriladigan ana shu faoliyat mehnatning boshqa formalari bilan uzviy bog'liq holda shaxsni uyg'un shakllantiradi va maktab bitiruvchilarini sanoat hamda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ongli, samarali mehnat qilishga tayyorlaydi. O'qituvchilar va to'garak rahbarlarining ilg'or ish tajribasini o'rganish, umumlashtirish hamda tatbiq qilish doimo pedagogika fanining muxim vazifalaridan biri bo'lgan va shunday bo'lib qoladi.

Bizning ilmiy ishimizda texnologiya fani o'qituvchilari va to'garak rahbarlari o'quvchilaring estetik madaniyatini rivojlantiruvchi mashg'ulotlarni tanlashga hamda o'quvchilar mehnatini moddiy texnik jihozlashga oldindan sinchiklab tayyorlanishi zarurligiga alohida e'tibor berilgan. To'garak rahbarlarinng o'quvchilarning estetik madaniyatini rivojlantirishga asoslangan tizimni quyidagi shaklda tavsiya qilamiz (2-shakl):

2-shakl

O'QUVCHILARNING ESTETI MADANIYATINI RIVOJANTIRISH

TIZIMI

TEXNOLOGIYA DARSI JARAYONI

TO'GARAK MASHG'ULOTLARI JARAYONI

XULOSA

Demak, umumiy o'rta ta'lim maktablarida texnologiya fani yuzasidan uyushtiriladigan sinfdan tashqari ishlarni yuqorida bayon etilgan shaklda olib borishda ishning mazmuniga qarab turli usullardan foydalaniladi. Vaholanki, bajariladigan ishning mazmuni, shakli va qo'llaniladigan metodlari bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ta'lim-tarbiya ishlarining bir butun holda olib borishni ta'min etadi.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard olijanob zalqimiz bilan birga quramiz. -T.: "O'zbekiston". 2017.- 488b.

2. Sh.M.Mirziyoev. "Jismoniy va ma'naviy yetuk yoshlar - ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir" mavzusida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi. "Xalq so'zi". 2017 y.

3. Tolipov O'.Q., Sharipov Sh.S., Xolmatov P.]. Umumiy o'rta ta'lim maktablari va maktabdan tashqari muassasalar to'garak raxbarlari uchun namunaviy dasturlar. T.: Nizomiy nomidagi TDPU., 2003. 21 b.

4. Sharipov Sh.S. Maktab o'quvchilari ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish usullari. «Xalq ta'limi» jurnali. 2003 yil № 4.

5. Uzoqov O. Kasb-hunar kollejlarida sinfdan tashqari mashg'ulotlarni tashkil qilish metodikasi. Samarqand.: 2007 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.