Abdurasulova A.M.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlatpedagogika universiteti
2 kurs magistranti
TEXNOLOGIYA FANI BO'YICHA MUSTAQIL TA'LIM JARAYONIDA O'QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH METODLARI
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada texnologiya fani darsalari jarayonida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakillantirishga doir nazariy va amaliy metodikalarni amalga oshirishga doir fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, texnologik ta 'lim darsning nazariy asoslari yoritib berilgan
Kalit so'zlar: texnologik ta'lim, metodika, mustaqil ta'lim, ijodiy qobiliyat, pedagogika, metodika, umumiy o'rta ta'lim.
Abdurasulova A.M.
2nd year master student Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi
METHODS FOR THE FORMATION OF STUDENTS ' CREATIVE ABILITIES IN THE PROCESS OF INDEPENDENT EDUCATION IN
TECHNOLOGY SCIENCE
Abstract: In this scientific article, there are comments on the implementation of theoretical and practical methods of forming students' creative abilities in the course of technology lessons. Also, the theoretical foundations of the technological education lesson are explained.
Key words: technological education, methodology, independent education, creative ability, pedagogy, methodology, general secondary education.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to'g'ri yo'l topa olish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o'zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g'oyani ilgari suradi.
Ushbu pedagogik g'oya ta'lim tizimi oldiga:
- ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
- ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etishni hal etish vazifalarini ko'ndalang qilib qo'ydi.
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta'limning dunyo ta'lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy ettirish jarayonlarining rivojlanishi ta'lim jarayonida Pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da Pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o'zlashtirish zarurligi ko'p marta takrorlanib, ularni o'quv muassasalariga olib kirish zarurligi uqtirilgan.
Respublikamizning taniqli olimlari mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan, ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni ta'limtarbiya amaliyotida qo'llashga intilmoqda. Ta'lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati "Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir, agar kelajakni qo'ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo'lda mustahkam" degan edi fransuz yozuvchisi Anri Barbyus. Darhaqiqat, kelajagimiz davomchilari bo'lmish yosh avlodni har tomonlama mukammal etib tarbiyalash, ularga bilim berish, xaqiqiy fidoyilik va mustahkam iroda talab etadi.
Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo'llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog'liqdir. Ta'lim nazariyasida o'qitish (ta'lim) metodlari markaziy o'rin egallaydi. Pedagogning darsga tayyorgarlik ko'rishida metodlar va metodik usullarni tanlashi - bu ularning o'zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo'yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard natijasida o'quvchilar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta'minlashga sharoit yaratiladi. To'g'ri qo'llanilgan metodlar ob'ektiv voqelikka oid bilimlarmi chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashg'ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi. Ketma-ket saralangan o'qitish metodlari ma'lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga, mustaqil amaliy faolyatni faollashtirishga olib keladi. Ta'lim metodlari o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o'quv materialini nazariy va amaliy yo'naltirish yo'llarini anglatadi.
Umumta'lim maktablarida texnologiya fanini o'qitishni tashkil qilishda zamonaviy talablardan kelib chiqib, ta'lim standartini ishlab chiqish, o'quv reja va dasturlarini, zarur darsliklarni yaratish, tarqatma va ko'rgazmali materiallar tuzish, texnologiyaning ilmiy-uslubiy asosini yaratish jarayoni, avvalo, yagona tizimga va tartibga solinishi, boshqarilishi hamda eng muhimi, o'quv-tarbiya tizimini mazmunan va shakllan takomillashtirilishi shu sohada keng ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish ishlarini jadallashtirishi ilmiy-metodik ta'minotning asosini tashkil etadi. Ilmiy-metodik ta'minot maktab uslubiy kengashlari, tuman,
viloyat xalq ta'limi bo'limlari, tegishli vazirliklardagi ilmiy-uslubiy kengashlar faoliyatlari, ilmiy-tadqiqot institutlaridagi, oliy o'quv yurtlari kafedralarida olib borilayotgan mazkur yo'nalishlardagi ilmiy izlanishlar, tadqiqot-tajriba ishlari bilan uyg'unlashtirilmog'i va muvofiklashtirilmog'i lozim.
O'quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb -hunarga yo'naltirishni yanada kuchaytirish, ularni badiiy mehnat yo'nalishlari, uy-ro'zg'or buyumlarini ta'mirlash, zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, metall va metalmas hamda gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro'zg'orshunoslik, elektrotexnika ishlar, kasb-hunarga yo'llash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallash ko'zda tutilgan.
Texnologiya fani o'quvchilar shaxsini har tomonlama kamol topishiga, mehnatning turmush bilan aloqasini mustahkamlashga o'quvchilarda ongli dunyo qarashni shakllanishiga va asosiy ravishda kasb tanlashga tayyorlashda yordam beradi.
Texnologiya fanini o'qitish metodikasi ustaxonada o'tkaziladigan mashg'ulotlar bilan boshqa o'quv fanlarini (ijtimoiy-siyosiy, tabiiy matematik) o'qitishning o'zaro didaktik bog'liqligini ochib beradi, shuningdek, quyi, o'rta va yuqori sinflardagi Texnologiya fanining izchilligini ta'minlash yo'llarini ko'rsatadi.
Texnologiya fani jarayonida o'quvchilarda mehnatga muhabbat, jismoniy mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa ahloqiy sifatlari shakllanishiga imkon beradi. Bu sifatlar og'zaki tushuntirish bilan emas, balki o'quvchilarni unumli mehnatga qatnashtirish yo'li bilan shakllantiriladi.
Texnologiya ta'limi dasturi talablarini bajarishda, mavzuga oid bilim berishda, malaka va ko'nikmalarni shakllantirishda o'quvchilarga ma'lum hajmdagi politexnik bilimlar beriladi. Boshlang'ich politexnik bilim bilan qurollantirish o'quvchilarga predmetni yasash, ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari, texnologik o'ziga xosliklari, materialga qo'lda ishlov berilganda qo'llaniladigan asbob-moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoydalari haqida ma'lumot berib boriladi.
Ta'limning umumiy maqsadidan kelib chiqib o'qitishning ayni bosqichidagi tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalarni yechish zaruratni hisobga olgan holda ajratilgan variant tahlillanadi va baholanadi. Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o'quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma, malaka darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.
Texnologiya fani predmeti boshqa fanlardan umuman farq qiladi. Masalan, fizika yoki matetmatika fanlari o'n yillar davomida yangi bilimlar
bilan boyitilib boriladi. Texnologiya fani bo'yicha esa har yili yangiliklar bor. Ishlab chiqarish sohasiga ko'plab yangi texnologiyalar joriy etiladi. Shuning uchun bu fan o'quvchilarni zamonaviy kasblarga o'qitish bilan uyg'unlashtirilgan holda olib borilishi kerak.
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yaqin kelajakda o'quvchilarni kasbiy ta'limga yo'naltirish maqsadida superustaxonalar, bolalar texnoparklari, "Kvantorium" va boshqa zamonaviy parklar ochish ko'zda tutilmoqda. O'quvchilar kompyuter va vibrostendlar bilan jihozlangan bu maskanlarda kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lish bilan birga robo, kosmo, nano, bio, IT yo'nalishlarida ta'lim olish imkoniga ega bo'ladilar.
Ta'limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda, bu vazifani bugungi kunda oliy ma'lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo'lgan pedagog kadrlar bajarmoqda. Ta'lim sifatini oshirish, ta'lim standartlari, o'quv dasturlari, darslik va qo'llanmalarni takomillashtirish, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Masalan, mebel ishlab chiqarish bo'yicha dizayner bo'lmoqchimisan? Marhamat, bolg'a va mixni chekkaga surib, material tanla, hisob-kitob qil. Mebelni plastikdan tayyorlamoqchimisan? Bunda barcha detallarni 3D printeri tayyorlaydi. Yog'ochdan qilmoqchimisan? Marhamat, raqamli dasturlangan boshqaruv stanogiga hisob-kitobingni kiritasan. Mebeling tayyor.
O'quvchilar shu tariqa sanoat dizayni, nanotexnologiya, raqamli modellashtirish va ishlab chiqarish texnologiyalari, robototexnika, elektrotexnika, elektorenergetika, biotexnologiya, oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, "aqlli uy", "buyumlar interneti" bilan tanishadilar. Bunda darslar nafaqat maktabda, balki kollej va texnikumlar, bolalar texnoparki, yoshlar ijodiy innovatsion markazlarida tashkil etiladi.
Texnologik ta'limda innovatsion metodlar o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining xususiyatini belgilaydi, ta'limning maqsadi va mazmuniga bog'liq bo'ladi. Ta'lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog'liqdir, ya'ni ular falsafiy fikrlarni, ta'lim jarayonining mohiyati va tamoyillarini to'g'ri anglash natijasidir. Innovatsion metodlar o'quv materiali mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantiqiga bog'liqdir.
Texnologiya fani maktablar va o'qituvchilarning ilg'or ish tajribalarini umumlashtiradi, an'anaviy ta'limning ilmiy asoslarini ko'rsatib beradi, o'qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi. O'qitish metodlarini bilish manbalari bo'yicha tasniflash ancha oddiy bo'lib, ular maktab amaliyotida keng tarqalgan. Bu belgi bo'yicha metodlar quyidagi uch guruhga bo'linadi:
- Og'zaki metodlar (bilimlarni so'z bilan bayon qilish, suhbat, darslik ma'lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash).
- Ko'rsatmali metodlar rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar.
- Amaliy metodlar (mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar). Yuqoridagilar ma'lum darajada shartlidir, chunki mazkur metodlarning hammasi o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, ularni doim ham aniq chegaralab bo'lmaydi. O'qituvchi darsga tayyorlanishda va uning uchun eng muvofiq metodlarni tanlashda aynan shu metodlarning bajarilishi mumkinligini va ularning strukturasini hisobga olib, shu asosida, masalan, rag'batlantirish, tarbiyaviy va kamol toptirish vazifalarini kuchaytiruvchi murabbiydir.
O'tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o'zlashtirish, umumlashtirish hamda o'quvchilarning shu mavzu bo'yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Pedagog va tarbiyachilar oldida dolzarb muammo ham yoshlarni mustaqil fikrlashga, o'z mavqeini himoya qilishga, tanqidiy fikrlashga undaydigan fan mavzulari bo'yicha amaliyotga tadbiq etish hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ishmuxamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. T.2004
2. Ochilov M. YAngi pedagogik texnologiyalar. Qarshi.: Nasaf. 2000.
3. Saydahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot). -T.: Moliya, 2003.
4. Ta'limning faol usullari. Uslubiy tavsiyalar. TVPQTMOI. T.2004.
5. Shakhlo Khakimovna Kharatova "USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS" Science and Education ISSUE 3, March 2022