Научная статья на тему 'O’QITISHDA TA’LIMIY METODLARNI MUVOFIQLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI'

O’QITISHDA TA’LIMIY METODLARNI MUVOFIQLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4499
241
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim metodi / metodlar tasnifi / o‘qitish usuli / ta’lim jarayoni / ta’lim tizimi / ta’lim texnologiyasi. / teaching method / methods classification / teaching method / educational process / educational system / educational technology.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Soat, Oybek Erkin O‘g‘li

Ushbu maqolada ta’lim metodlari muammosining dolzarbligi va ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinib, o‘qituvchilarda o‘qitishda ta’lim metodlarning tasnifi, nazariy va amaliy asoslarining mazmuni hamda mohiyati yoritilgan. Shuningdek, maqolada tajriba ishlarining dastlabki nazorat natijalari hamda ta’lim metodlarining mavjud holatlari haqida mа’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL FUNDAMENTALS OF COORDINATION OF EDUCATIONAL METHODS IN TEACHING

This article analyzes the relevance and scientific basis of the problem of teaching methods, describes the classification of teaching methods for teachers, the content and essence of theoretical and practical foundations. The article also provides information on the preliminary results of experiments and the current state of teaching methods.

Текст научной работы на тему «O’QITISHDA TA’LIMIY METODLARNI MUVOFIQLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'QITISHDA TA'LIMIY METODLARNI MUVOFIQLASHTIRISHNING

ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-5-1076-1086

Soat Oybek Erkin o'g'li

O'zbekiston Respublikasi, Termiz davlat universiteti magistranti Tel: 97 785 83 83. [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta 'lim metodlari muammosining dolzarbligi va ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinib, o 'qituvchilarda o'qitishda ta 'lim metodlarning tasnifi, nazariy va amaliy asoslarining mazmuni hamda mohiyati yoritilgan. Shuningdek, maqolada tajriba ishlarining dastlabki nazorat natijalari hamda ta 'lim metodlarining mavjud holatlari haqida ma 'lumotlar keltirilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: ta'lim metodi, metodlar tasnifi, o'qitish usuli, ta'limjarayoni, ta'lim tizimi, ta'lim texnologiyasi.

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируется актуальность и научная основа проблемы методов обучения, описывается классификация методов обучения у учителей, содержание и сущность теоретических и практических основ. В статье также представлена информация о предварительных результатах экспериментов и текущем состоянии методов обучения.

Ключевые слова и понятия: метод обучения, классификация методов, метод обучения, образовательный процесс, образовательная система, образовательная технология.

ABSTRACT

This article analyzes the relevance and scientific basis of the problem of teaching methods, describes the classification of teaching methods for teachers, the content and essence of theoretical and practical foundations. The article also provides information on the preliminary results of experiments and the current state of teaching methods.

Key words and concepts: teaching method, methods classification, teaching method, educational process, educational system, educational technology.

KIRISH

Mamlakatimizda jahon talablari darajasida ta'lim-tarbiya olishi va kasb-hunar egallash, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur

1076

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar mavjud. Yangi sharoitlardan kelib chiqib O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, ta'lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta'minlash, ta'limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta'lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv bo'yicha takomillashtirish va amaliyotga joriy etishni taqozo etib kelmoqda. Bu haqida Prezident Sh.M.Mirziyoyev quyidagicha ta'kidlaydi: "Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta'lim-tarbiya har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim ustuvor masaladir. Shuning uchun mamlakatimizda bu masalaga jiddiy e'tibor qaratilmoqda"1.

Tadqiqotning maqsadi. O'qitishda ta'limiy metodlarni muvofiqlashtirishning ilmiy-nazariy asoslarini tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot metodi: Adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, suhbat, bahs-munozara, savol-javob, so'rovnoma, anketa, pedagogik tajriba, matematik-statistik metodlardan foydalanish rejalashtirildi.

TADQIQOT MAVZUSI BO'YICHA ADABIYOTLAR TAHLILI

Ma'lumki, ta'lim metodlari bo'yicha dunyo olimlari tomonidan ko'plab ilmiy izlanishlar olib borilgan. Yosh pedagoglar tomonidan bu jarayon davom ettirilmoqda. Bildirilgan fikr-mulohazalardan ko'rinib turibdiki, O'qitishda ta'limiy metodlarning zamonaviy usullaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilarga tayangan holda, tadqiqot ishimiz maqsadini reja asosida belgilab oldik.

Maqolaning ilmiy mohiyati. Ta'lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta'riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta'kidlash mumkin. Ko'pchilik mualliflar ta'lim metodini o'quvchilarning o'quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.

Shu qoidani boshlang'ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko'rib chiqish va uning ilmiy ta'rifini keltirib o'tamiz.

Metod so'zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo'li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma'noda - maqsadga erishish usuli, ma'lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko'rinadiki, bu o'rinda ham o'qituvchining o'rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o'quvchilarning faol o'quv-bilish faoliyati uyg'unlashadi.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 28-sentabrdagi 1-Oktabr ''Ustoz va murabbiylar'' kuni bayrami tabrigidan.

1077

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ta'lim metodlari deyilganda, o'rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo'yicha o'qituvchining o'rgatuvchi ishi va o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig'indisi tushuniladi.

Didaktikada, shuningdek, ta'lim usullari atamasi ham keng qo'llanadi. Ta'lim usuli - ta'lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o'zaro bir-biriga bog'langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog'lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o'quv vazifasining bir qismi hal qilinadi.

Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo'lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o'qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.

Ta'lim usuli - o'qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog'lanadi. Usullar yordamida faqat o'quv vazifasining bir qismi hal qilinadi .

Mamlakatimizning ertangi kuni dunyoqarashi zamonaviy, salohiyati yuqori o'qituvchi-murabbiylarga ko'p jihatdan bog'liqligini hammamiz birdek tushunib turibmiz. Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo'llanilayotgan metodlar va usullar samaradorligi ham ahamiyatlidir.

Ta'lim nazariyasida o'qitish (ta'lim metodlari) muhim rol o'ynaydi. Ta'lim metodi ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning aniq maqsadga erishishiga yo'naltirilgan birgalikdagi faoliyatlarining usuli ekanligini bilamiz. Ta'lim metodlari o'qitish va o'qishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish yo'llari hamda o'quv materialini nazariy va amaliy tomondan yo'naltirish yo'llarini bildiradi va ko'maklashadi. Ta'lim metodlari ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining qanday bo'lishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish hamda olib borish lozimligini va shu jarayonda o'quvchilar qanday ish harakatlarni bajarishlari shartligini ko'rsatib beradi.

Pedagogik ensiklopediyada izohlanishicha, ta'lim metodi o'qituvchi o'quvchining ta'lim mazmunini o'zlashtirishga qaratilgan o'zaro aloqador, ma'lum ketma-ketlikdagi faoliyati tizimidir.

O'qitishda ta'limiy metodlarning tasnifi. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida mamlakatimizdagi ta'lim muassasalarida ta'lim-

2 B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017-yil, 92-

93betlar.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ÎV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, jahon andozalari talablariga javob bera oladigan

"5

mutaxassis kadrlarni tayyorlash kabi ulug'vor vazifalar qo'yilgan .

Mazkur vazifalarni bajarish uchun, eng avvalo, ta'lim-tarbiya usullarini takomillashtirish, yangilarini izlab topish va ulardan samarali foydalanishni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Pedagogika fanida ta'lim metodlarini va usullarini tasnif etish masalalari ham alohida muammo sifatida o'rganilgan. Turli yillarda faoliyat ko'rsatgan turli tadqiqotchilar tomonidan ta'lim metodlari turlicha tasnif etilgan. Ya'ni, pedagogikada o'qitish metodlarini tasnif etishga oid turli-tuman qarashlar mavjud bo'lib, ba'zi olimlar o'qitish metodlarini tasnif etishda bilim manbalarini hisobga olgan bo'lsa, ayrimlari esa o'qituvchi faoliyatini, uchinchi guruh olimlar esa o'quvchilar faoliyatini e'tiborga olgan. O'qitish usullariga bunday qarashlarning ko'p va rang-barang bo'lishi tabiiy, chunki o'qitish metodlari mazmunan boy hodisa bo'lib, ular ma'lumot mazmuni bilan ham, O'qituvchi hamda o'quvchi faoliyati bilan, bilim va malakalar bilan, qolaversa, ijodiy qobiliyatlarni, munosabatlarni rivojlantirish ishlari bilan bog'lik bo'lgan tushuncha sanaladi. Shu bois ta'lim metodlarini tasnif etish bo'yicha yagona yondashish mavjud emas.

Didaktikada ta'lim metodlarini bilimlar manbai, didaktik maqsadlar, bilish faoliyatining saviyasi bo'yicha farqlash mavjud. Ta'lim metodlarini bilish manbalari bo'yicha tasniflash sodda jarayon bo'lib, ular maktab amaliyotida keng tarqalgan. Masalan, taniqli pedagog olimlardan S.I. Perovskiy, Ye.Ya.Golant va boshqalar o'qitish usullarini tasnif etishda ta'lim manbalarini hisobga olishgan. O'qituvchi nutqi, ko'rgazma qurol, darslik hamda qo'shimcha adabiyotlarni ta'lim manbai sifatida ekanligini O.Roziqov va boshqalar tomonidan tuzilgan "Umumiy didaktika" o'quv adabiyotida alohida ta'kidlangan. Didaktikada ta'lim jarayonining turli bosqichlarida bajariladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib, o'qitish usullarini tasnif etish g'oyasi ham mavjud. Masalan, Yu.K.Babanskiy tahriri ostida chiqarishgan o'quv qo'llanmasida berilishicha M.A.Danilov, B.P.Yesipovlar o'qitish usullarini quyidagicha tasnif etgan:

-bilimlarni o'rganishga oid usullar;

-ko'nikma va malakalarni shakllantirish usullari;

-bilim va malakalarni tadbiq etish usullari;

-ijodiy ishlash usullari;

-bilim va malakalarni mustahkamlash;

-tekshirish usullari.

3 O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni 2020 yil 20-sentabr

1079

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner o'qitish usullarini tasnif etishda o'quvchilar faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni quyidagicha guruhlarga ajratgan: izohli ko'rgazmali usullar; qayta eslashga oid standart usullar; muammoli bayon usuli; evristik usul; ilmiy izlanish usullari.

M.I.Maxmutov o'qitish usullarini tasnif etishda o'qitish usullari bilan o'qish usullarini o'zaro fikricha: o'qitish va o'qish usullari bilan o'zaro qo'shilib quyidagi o'qitish usullarini hosil qiladi: xabar-umumlashtirish tipidagi usullar; izohli va eslashga oid usullar; ko'rsatmali-amaliy usullar; izohli rag'batlantiruvchi usullar; qisman izlanishga oid usullar; izlanishli usullar".

Pedagogikada o'qitish metodlarini tasniflashga yagona yondoshish hozirda mavjud emas. Didaktikada ta'lim metodlarini quydagicha farqlashlar keng tarqalgan: bilimlar manbai bo'yicha S.O.Lordkipanidze, YE.YA.Golant, didaktik maqsadlar bo'yicha B.P.Yesip, bilish faoliyatining saviyasi bo'yicha I.YA. Lerner, M.N.Skatkin, M.I.Maxmutov.

Metodlarning binar sxemalari va ularni uch o'lchovli farqlash ham mavjud. Ana shu tasniflashlarning har qaysisida afzalliklar hamda kamchiliklar mavjuddir. Ular adabiyotlarda ham keraklicha tahlil qilingan. O'qitish metodlarini bilish manbalari bo'yicha tasniflash ancha sodda bo'lib, ular maktab amaliyotida keng qo'llaniladi. Bu belgi yuzasidan metodlar quyidagi uch guruhga ajratiladi:

1. Og'zaki metodlar (bilimlarni so'z orqali ifodalash, suhbat, darslik, ma'lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash).

2. Ko'rsatmali metodlar (rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar).

3. Amaliy metodlar (mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar).

Bular ma'lum darajada shartlidir, chunki bu metodlarning hammasi o'zaro bir-biri bilan bog'liq hisoblanib, ularni doim ham aniq chegaralash mumkin emas. Har bir ta'lim metodining o'z vazifalari mavjud.

S. G. Shapovalenko metodlarning to'rt jihatini ko'rib chiqadi: mantiqiy-mazmuniy, protsessual va tashkiliy boshqarilishi.

Metodlarni tasniflash muammosiga turlicha qarashlar ular haqidagi bilimlar tabaqalanishi va birlashishining tabiiy jarayonini aks ettiradi (Svetlovskaya , Suvorova, Lvov, Mavlonova va boshqalar)4.

N.S.Sayidahmedov orqali ishlab chiqilgan ta'lim metodlari tasnifi asosida didaktik jarayon nazariyasi yotadi5 . Ma'lumki, didaktik jarayon har qanday

4 Mavlonova R. va boshq., Pedagogika, T: O'qituvchi 2001y., 469 b.

5 Сайидахмедов Н.С. Методу обучения и коллектив механизированному труду в хлопководстве. - Тошкент, Укитувчи,

1991. - с. 112.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

pedagogik texnologiyaning asosi sifatida o'zida quyidagi uchta komponentni birlashtiradi:

1) o'quv faoliyati;

2) motivatsion bosqich;

3) boshqaruv.

Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos ravishda ta'lim metodlarini quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:

I. O'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.

II. O'qish va mehnatga rag'batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari.

III. O'quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari.

Shuningdek, V.F.Palamarchuk va V.I.Palamarchuklar ta'lim metodlarining uch o'lchovli modelini taklif qilishgan. Unda bilimlar manbai, o'quvchilarning bilish faolligi va mustaqillik darajasi hamda o'quv-bilishning mantiqiy yo'li yaxlit tarzda qo'llanadi.

S.G.Shopavalenko ham ta'lim metodlarini tasnif etishda to'rt belgi asosida asoslovchi quyidagi tetroeddik yondashuvni taklif etadi:

1) mantiqiy-mazmunli;

2) manbali;

3) mazmunli;

4) tashkiliy boshqaruvchi.

I.P.Podlasiy ham keng tarqalgan ta'lim metodlari tasnifini o'rganar ekan, shu fikrlarni aytib o'tadi: «Boshqa bir qator ta'lim metodlari tasnifi ham mavjud.

Nemis didakti L.Klinberg ta'lim jarayonida metodlarni hamkorlik shakllari bilan uyg'unlashtirishga alohida e'tibor beradi»6 va quyidagi metodlarni ko'rsatadi

(1-jadval):

1-jadval

Ta'lim metodlari tasnifi

Monologik metodlar Hamkorlik shakllari Diologik metodlar

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ma'ruza Individual Suhbatlar

Hikoya Guruhli Intervyu

Namoyish Frontal -

- Jamoaviy -

Klassik didaktika asoschilaridan bo'lmish A.Disterveg ham ta'lim metodlarini tasnif eta turib, rivojlantiruvchi usullarni alohida sinfga to'plab, taraqqiy ettiruvchi

6 Подласый И.П. Педагогика. Новый курс. Кн. 1. - Москва, ВЛАДОС, 1999.

1081

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

metodlar mustaqillikni tarbiyalaydi. Rivojlantiruvchi savol-javob metodini Suqrot

n

asoslagan edi. Shu sababli, rivojlantiruvchi suhbat sokratcha metod deb yuritiladi .

Bu metodni hozirgi kunda Amerika universitetlarida keng qo'llanilib kelinmoqda. Bunda o'qituvchi darsda xohlagan talabadan vazifalarni so'raydi. Shuning uchun talaba darsga doimo tayyor holda borishi kerak bo'ladi. Talaba nafaqat qo'yiladigan baho uchun balki, o'zi uchun ham o'qib kelishi lozim.

TADQIQOT NATIJALARI

O'qitishda ta'limiy metodlarni muvofiqlashtirish yuzasidan tajriba - sinov ishlari Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 13-16 maktablari va Qumqo'rg'on tumanidagi 6-78 maktablari o'qituvchilaridan quyidagi tajriba-sinov ishlari 3 bosqichda olib borildi:

1.Tayyorgarlik bosqichi.

2. Tajriba- sinov ishlarini bevosita tashkil etish bosqichi.

3. Yakunlovchi bosqich.

Tajriba sinov ishlarini tashkil etishda asosiy e'tibor quyidagilarga qaratildi: 1. Pedagogik kuzatuvni tashkil etish

2. Muammoning nazariy va amaliy jihatdan o'qituvchilar bilish holatini aniqlash maqsadida suhbatlar tashkil etish.

3. Anketa va test so'rovnomalarini o'tkazish.

4. O'qituvchilar ishtirokida o'tkazilgan anketa va test, so'rovnomalar natijasida tadqiqot faoliyatini yanada boyitish.

5. O'qitishda ta'limiy metodlarni muvofiqlashtirishning metod va vositalarini aniqlash.

Tadqiqot muammosi ustida izlanish va o'qituvchilarning ta'lim metodlarini bilish va unga amalda rioya qilishlarini aniqlash bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, suhbat hamda pedagogik testlarni tashkil etish kabi metodlardan foydalanildi.

Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichida quyidagi vazifalar hal etildi.

1. Amaliy faoliyat jarayonida o'qituvchilarda ta'lim metodlarini bilish darajasini ifodalovchi ma'lumotlarni umumlashtirish.

2. Umumlashtirgan materiallarni matematik-statistik metod orqali qayta tahlil

etish.

7 O. Roziqov, B.Adizov va G.Najmiddinovalarning "Umumiy didaktika" Buxoro, "Durdona" nashriyoti, 2012 -yil 78-79

bet

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Matematik-statistik tahlil natijasiga ko'ra umumiy xulosalar chiqarish. O'qitishda ta'limiy metodlarni muvofiqlashtirish muammosining muvaffaqiyatli tadqiq etilishi mavjud adabiyotlarni nazariy tahlil etilishi, ta'lim muassasalari amaliyotining o'rganilishi hamda o'qituvchilar faoliyatining mavjud holatiga baho berilishiga ham bog'liq. Binobarin, ushbu urinish muammoning hal etilgan va etilmagan jihatlarini aniqlashga yordam beradi. Shu sababli asoslovchi tajriba davrida nazariy tahlil, hujjatlarni o'rganish, pedagogik kuzatish, anketa, test, suhbat, intervyu metodlari yordamida umum o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilarining ta'lim metodlarini bilish va ulardan foydalanishning mavjud darajasini baholashga alohida e'tibor qaratildi. Mavjud adabiyotlarni o'rganish shundan dalolat beradiki, ta'lim jarayonida qator talim metodlariga amal qilish ko'zda tutiladi.

Mavjud manbalarni nazariy jihatdan o'rganish, yangi turdagi ta'lim muassasalari faoliyatini bevosita tahlil qilish, ijtimoiy-gumanitar fanlar, shuningdek, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ul shaxslar bilan tashkil etilgan.

Muloqotlar natijasi mustaqillik yillarida O'zbekistonda umumta'lim maktablarining o'qituvchilarida didaktik qonun va ta'lim metodlariga oid yaxlit manba mavjud emasligini ko'rsatdi. Garchi, o'qituvchilar fanlarni o'qitish, shuningdek, o'quvchilarga ta'lim muassasasining faoliyati yo'nalishiga muvofiq kasbiy bilimlarni berishga yo'naltirilgan ayrim ixtisoslik fanlari doirasida ta'lim metodlariga amal qilsalarda, ularning ta'lim metodlari to'g'risidagi nazariy bilimlari tizimli emas. Buning asosiy sababi bo'lg'usi o'qituvchilar va yosh o'qituvchilarning ta'lim metodlarining mohiyati va ahamiyatini yaxshi bilmasligidadir. Shuningdek, ta'lim va tarbiya jarayonlari o'rtasidagi muvofiqlikning mavjud emasligi ham bunga sabab bo'lmoqda. Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumanidagi 6 - umumta'lim maktabida tajriba ishlarini olib borish jarayonida o'qituvchilarning bir qismi ta'lim metodlarining mohiyatini chuqur bilmasligining guvohi bo'ldik. Ular bilan tezkor savol-javoblar tashkil etdik (..-ilova). Bunda 50 nafar o'qituvchi ishtirok etdi. Uning 25 nafari nazorat guruhida va 25 nafari tajriba guruhida ishtirok etdi.

O'qituvchilar e'tiboriga anketa so'rovlaridan tashqari og'zaki savollar ham havola etildi. Bundan ko'zlangan maqsad ularning ta'lim metodlari to'g'risidagi shaxsiy qarashlarini o'rganishdan iborat edi.

Asoslovchi tajriba - sinov jarayonida anketa so'rovlari, maxsus test so'rovlari, bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, o'qituvchilarning didaktik metodlarini bilish va unga amal qilish darajasini tahlil qilish asosida quyidagi jadvallar shakllantirildi (2-3-jadval).

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

2-jadval

Maktab o'qituvchilarida ta'lim metodlarini bilishning mavjud darajasi

Tajriba bosqichlari Tajriba guruhi O'qituvchilar soni - 20 nafar Nazorat guruhi O'qituvchilar soni -22 nafar

Past O'rta Yuqori Past O'rta Yuqori

Tajriba boshida 10 9 1 10 9 3

3-jadval

Maktab o'qituvchilarida ta'lim metodlarini bilishning rivojlanish darajasi

Tajriba bosqichlari Tajriba guruhi O'qituvchilar soni -30 nafar Nazorat guruhi O'qituvchilar soni - 32 nafar

Past O'rta Yuqori Past O'rta Yuqori

Tajriba oxirida 1 15 4 8 11 3

Jadval ko'rsatkichlaridan anglanadiki, tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan o'qituvchilar ta'lim metodlari mazmuni, nazariy va amaliy mohiyatlarini talablar darajasida yoritib yoki o'z xatti-harakatlarida aks ettirib bera olmadilar. Bu esa o'z-o'zidan tajriba-sinov ishlarining navbatdagi bosqichlarida ularga bu borada ham puxta nazariy bilimlarni berish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqladi.

XULOSA VA AMALIY TAKLIFLAR

Pedagogika fanida o'qituvchilarning amaliy tajribasini o'rganish va umumlashtirish asosida ta'lim metodlarini tanlashga o'quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog'liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta'lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:

- zamonaviy didaktikaning yetakchi g'oyalari, ta'lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari;

- o'rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o'ziga xosligi;

- xususiy fanlar metodikasining o'ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo'yiluvchi talablarning o'zaro aloqadorligi; - muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;

- u yoki bu mavzuni o'rganishga ajratilgan vaqt;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- o'quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;

- o'quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi; - o'quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta'minlanganlik darajasi, jihozlar, ko'rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;

- o'qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;

- o'quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o'rnatilganligi. O'qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og'zaki, ko'rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o'z-o'zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.

Ta'lim metodlari pedagogning imkoniyatlarini kengaytiradi, vaqtini tejaydi. Mashg'ulot jarayonlarida professor-o'qituvchiga darsni qulay boshqarish imkonini beradi, unga faollik kasb etish bilan bir qatorda ta'limning mazmun-mohiyatini belgilab beradi. Jumladan:

- Ta'lim motivlari kuchi o'quvchining bilim olish yo'lidagi qiyinchiliklarni yengib o'tishga bo'lgan intilishilari uning davomiyligi bilan belgilanadi.

- O'qitish jarayoni pedagog, ta'lim oluvchi va o'qitish vositalarining o'zaro ta'siridan iborat.

- O'qitish jarayoni pedagog, ta'lim oluvchi va o'qitish vositalarining o'zoro ta'siridan iborat bo'lib, hozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoiyatlari o'qitish vositalariga o'qituvchi va ta'lim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi.

- Ta'lim metodlari darslarning qulayligini ta'minlaydi. Unda o'quvchining o'quv materiallarini o'zlashtirishi doimiy ketma-ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 08.10.2019 y.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 28-sentabrdagi 1-Oktabr ''Ustoz va murabbiylar'' kuni bayrami tabrigidan.

3. B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017-yil, 92-93betlar.

4. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni 2020 yil 20-sentabr

5. Mavlonova R. va boshq., Pedagogika, T: O'qituvchi 2001y., 469 b.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

6. Сайидахмедов Н.С. Методу обучения и коллектив механизированному труду в хлопководстве. - Тошкент, Укдтувчи, 1991. - с. 112.

7. Подласый И.П. Педагогика. Новый курс. Кн. 1. - Москва, ВЛАДОС, 1999.

8. O. Roziqov, B.Adizov va G.Najmiddinovalarning "Umumiy didaktika" Buxoro, "Durdona" nashriyoti, 2012-yil 78-79 bet

9. DAVR, ZAMON, SHAXS "O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot: transformatsion va innovatsion jarayonlar" mavzusidagi respublika ilmiy anjumani maqolalar to'plami "O'qitishda ta'limiy metodlarni muvofiqlashtirishning ilmiy-nazariy asoslari" 2021-yil 3-qism 443-448 bet

10. Pedagogika tarixi Q. Hoshimov va boshqalar T: O'qituvchi, 1996. 425-426 betlar.

11. N.S.Atayeva, F.RasuIova, M. Salayeva, S.Hasanov. Umumiy pedagogika. (Pedagogika tarixi). O'quv qo'llanma. I kitob. -T .: «Fan va texnologiya», 2012 y, 242-243 betlar

12. N.S.Atayeva, F.RasuIova, M. Salayeva, S.Hasanov. Umumiy pedagogika. (Pedagogika tarixi). 0'quv qo'llanma. I kitob. -T .: «Fan va texnologiya», 2012 y, 255-bet.

13. Pedagogika ensiklopediya Toshkent 2015, 110-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.