Научная статья на тему 'PEDAGOGIK FAOLIYATDA TA`LIM METODLARI VA INNOVATSION METODLARNING O`RNI VA AFZALLIK TOMONLARI'

PEDAGOGIK FAOLIYATDA TA`LIM METODLARI VA INNOVATSION METODLARNING O`RNI VA AFZALLIK TOMONLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

5137
256
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Metod / innovatsiya / innovatsion faoliyat / innovatsion muhit / texnologiya / pedagogik yangilik / integratsiya / sifat / samara. / Method / innovation / innovative activity / innovative environment / pedagogical innovation / integration / quality / result.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nodira Iskandarovna Muratova

Mazkur maqolada pedagogik faoliyatda ta`lim metodlaridan va innovatsion metodlardan foydalanishning samarali jihatlari, bu jarayonda, fanlar o‗rtasidagi integratsiya holati, innovatsion metodlarni yaratishda, axborot kommunikatsiya tehnologiyalarining imkoniyatlari keltirilgan. Shuningdek, maqolada, ―Kamalak jilosi‖, ―Krassword‖ va ―Evrika‖ metodlari tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND ADVANTAGES OF TEACHING METHODS AND INNOVATIVE METHODS IN PEDAGOGICAL ACTIVITY

This article shows the effective aspects of the use of innovative methods in pedagogical activity, the process of integration between disciplines, the possibilities of information and communication technologies in creation of innovative methods. The article also recommends the methods of ―Rainbow shine‖, ―Crossword‖, ―Evrika‖.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK FAOLIYATDA TA`LIM METODLARI VA INNOVATSION METODLARNING O`RNI VA AFZALLIK TOMONLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-679-685

PEDAGOGIK FAOLIYATDA TALIM METODLARI VA INNOVATSION METODLARNING ORNI VA AFZALLIK TOMONLARI

Nodira Iskandarovna Muratova

Samarqand viloyati, Jomboy tumani 49-maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada pedagogik faoliyatda ta'lim metodlaridan va innovatsion metodlardan foydalanishning samarali jihatlari, bu jarayonda, fanlar o'rtasidagi integratsiya holati, innovatsion metodlarni yaratishda, axborot kommunikatsiya tehnologiyalarining imkoniyatlari keltirilgan. Shuningdek, maqolada, "Kamalak jilosi", "Krassword" va "Evrika" metodlari tavsiya etilgan.

Kalit so'zlar: Metod, innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion muhit, texnologiya, pedagogik yangilik, integratsiya, sifat, samara.

THE ROLE AND ADVANTAGES OF TEACHING METHODS AND INNOVATIVE METHODS IN PEDAGOGICAL ACTIVITY

ABSTRACT

This article shows the effective aspects of the use of innovative methods in pedagogical activity, the process of integration between disciplines, the possibilities of information and communication technologies in creation of innovative methods. The article also recommends the methods of "Rainbow shine", "Crossword", "Evrika".

Keywords: Method, innovation, innovative activity, innovative environment, pedagogical innovation, integration, quality, result.

KIRISH

Pedagog innovatsion faoliyatining eng muhum va markaziy masalasi o'quv jarayonini samarali va sifatli tashkil etishdan iborat. Ta'lim berishda turfa xil usullar ya'ni metodlar mavjud. O'qituvchi qay uslubda dars bermasin maqsadiga yetish imkonini izlaydi, bu borada, ta'lim metodlari va innovatsion metodlardan foydalanadi. Ta'lim metodlari shu vaqtga qadar o'zining samarasini ko'rsatib kelmoqda va zamon muallimlari yangicha uslubda dars o'tib yanada yaxshi natijalar olishga intilmoqdalar. Shuningdek innovatsion metodlardan foydalanib

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-679-685

kelishmoqdalar. Innovatsion faoliyatda pedagogik yangiliklar: o'qitishning yangi usul va metodlarining yaratilishi va qo'llanishi o'quv jarayonining samarali va sifatli tashkil etilishini yaratib beradi. Pedagogik yangilik-pedagogik faoliyatda ilgari ta'lim jarayonida noma'lum bo'lgan o'zgarishlarni kiritish orqali ta'lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantiruvchi omilidir.

Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonining samarasini oshiradi, o'quvchilarning erkin fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarda bilim olishga ishtiyoqi va zavqini oshiradi, bilimlarini mustahkam o'zlashtirish, ulardan amaliyotda mustaqil foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

«Metod» — yunoncha «metodos» - «yo'l» degan so'zdan paydo bo'lib, u tadqiq qilish ma'nosini anglatadi. Ta'lim metodi ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatdir.

Ta'lim metodlari - o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o'quv materialini nazariy va amaliy yo'naltirish yo'llarini bildiradi. O'qitish metodlari ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyatining qanday bo'lishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda ta'lim oluvchilar qanday ish-harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta'lim metodi o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning o'qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo'lidir. Ta'lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog'liqdir, ya'ni ular falsafiy metodologik asosga ega va ta'lim jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta'lim jarayonining mohiyatini va tamoyillarini to'g'ri anglash natijasidir. Ta'lim materiali ta'lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig'iga bog'liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan bo'lsa, ta'lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog'liq bo'ladi. Pedagogika fani maktablar va ta'lim beruvchilarning ilg'or ish tajribalarini umumlashtiradi, an'anaviy ta'limning ilmiy asoslarini ko'rsatib beradi, o'qitishning zamonaviy hamda samarali metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi.

Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo'lib, ularning har biri o'z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo'linadi. O'quv-biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o'zi esa axborot uzatish, qabul qilish, anglash va o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-679-685

bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llay olishni nazarda tutishni hisobga olsak, birinchi guruh metodlariga so'z orqali axborotni uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari og'zaki metodlar; hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar; ikkinchi guruh metodlariga o'quv axborotlarini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari — ko'rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va boshqalar; uchunchi guruh metodlariga o'quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi. Demak, amaliyotda keng qo'llanilib kelayotgan ta'lim metodlarini quyidagi ko'rinishda ifodalasak bo'ladi.

Ta'lim metodlari tarkiban o'qish metodlari va o'qitish metodlaridan iborat. O'qituvchi bilimlarni og'zaki bayon etsa, bolalar uni tinglaydi.O'qituvchi mustaqil ish topshirsa, o'quvchilar bajarishadi. O'quv-tarbiya jarayonida ta'lim metodlarining samaradorligini oshirish maqsadida o'qitish va o'qish metodlari majmuasidan foydalaniladi.

Sharq mutafakkirlarining didaktik qarashlarida ham ta'lim metodlari

masalasiga jiddiy e'tibor qaratilgan. Buni al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu

Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning turli ta'lim metodlari haqidagi fikrlari,

qarashlari, amal qilgan ta'lim yo'nalishlarida yaqqol sezish mumkin. Muhammad ibn

Muso al-Xorazmiy o'zigacha bo'lgan ta'lim metodlarini sintezlashtirishga harakat

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 681 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-679-685

qilgan. Barcha mutafakkirlar kabi u ham ko'rgazma-tajriba metodlari, savol-javob metodlari, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan keng foydalanilgan. Al-Xorazmiy matematika fanining amaliy ahamiyatini yuksak cho'qqilarga ko'tara oldi. Uning buyuk ixtirolaridan biri - «0» (nol) sonini yaratishi va bu orqali uning fanga kiritgan buyuk kashfiyoti o'nli pozitsion sanoq sistemasining iste'molga kiritilishidir.

Abu Nasr Forobiy ta'limda barcha fanlarning nazariy asoslari o'rganilsa, tarbiyada ma'naviy-axloqiy qoidalar, odob me'yorlari o'rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bular tarbiyachilar va murabbiylar tomonidan turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta'lim-tarbiya ishlarini nazariy yo'l bilan amalga oshirishga ko'proq e'tibor beradi. Shuning bilan birga u ta'lim-tarbiyada rag'batlantirish, odatlantirish va vaqti kelganda majbur etish metodlaridan foydalanish g'oyalarini ham ilgari surgan. U matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, huquq, tilshunoslik, poetika kabi sohalar bilan shug'ullangan, turli tillarni o'rgangan. Manbalarda yozilishicha, u 70 dan ortiq tilni bilgan.

Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Uning fikricha, ta'lim oluvchilarga ta'lim berishda quyidagilarga e'tibor berish kerak: -ta'lim oluvchilarni zeriktirmaslik;

-bilim berishda bir xil narsani yoki fanni o'rgatavermaslik shart, bu dars jadvaliga qo'yilgan talablardan biri; -uzviylik va izchillik; -taxlil qilish va taqqoslash; -takrorlash;

-materialni ko'rgazmali bayon etish va shu kabilar.

Abu Ali ibn Sino ta'lim oluvchilarni jamoa qilib o'qitishni ta'kidlaydi. U o'quvchilarni o'qitishda ularni birdaniga kitob bilan band qilib qo'ymaslik kerak, deb takidlaydi. Shuningdek, olimning fikricha, olib boriladigan o'quv mashg'ulotlarining mazmun-mohiyati o'quvchilarning yosh xususiyatlariga ham mos keladi va unda turli xil metodlardan foydalanib o'quvchi yoshlarni fanga nisbatan qiziqishlarini rivojlantirish ko'zda tutiladi. Ibn Sino ta'limoti bo'yicha bilishda qaysi metodlardan foydalansa ham og'zaki ifodalash, bilimlarni tushuntirish, turli usuldagi suhbatlarni tashkil etish bilan bolalarda mustaqil fikrlash qobilyatini va og'zaki bayon qilish qobilyatini rivojlanishini ta'minlash maqsad bo'lgan.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-679-685

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ta'lim metodi psixologik asosga ega. Bolaning o'quv materialini o'zlashtirishdagi yosh imkoniyatlari va uning yetuklik darajasi o'qitish va o'qish usullariga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini va shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish o'qitishning samaraliroq usullarini topish imkoniyatini beradi. Mutaxassislar tayyorlashning shaxsiy faoliyati konsepsiyasi bo'yicha ta'lim jarayonida individual ta'lim jarayonini individual-ijodiy shaxsni shakllantirish jarayoni sifatida qarashga, shuningdek, o'qitishni nafaqat o'qitiladigan fan mantiqiga, balki shaxsning rivojlanishi mantiqiga muvofiq holda tashkil etishga imkon beradi, deb qaraladi. Ta'lim oluvchining yaratuvchilik (ijodiy potension) qobiliyati, uning rnuloqot qila olish qobiliyatini, ta'lim olish madaniyatini, ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida samaradorlik va sifatni oshirishda axborotlashgan jamiyat qurish orqali ijtimoiy jamiyat buyurtmasini bajarish (axborot texnologiyalari sohasi, axborot ta'lim hujjatlari, foydalanuvchilar)ini va shu kabi jarayonlarni rivojlantirishdagi optimal variantlarni tanlashda istiqbolli natijalarni qo'lga kiritishni kafolatlaydi. Bunda faol ta'lim jarayonini amalga oshiriladi. Faol ta'lim - bu ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining ongli va faol ishtiroki, mustaqilligi hamda ijodiy qobiliyatlarini ta'minlovchi tizimli pedagogik jarayondan iborat. Faol ta'lim sharoitida o'zlashtirilgan bilim va harakat usullari mazmunan mukammal tizimli, mantiqan tugal va turli ishlab chiqarish vaziyatlarida qo'llanishga yaroqli bo'ladi. Bunda asosan quyidagi ta'lim metodlaridan foydalaniladi: bahs-munozara; fikrlashga jalb qilish; doskada mustahkamlash; turli ta'limiy-kasbiy o'yinlarni amaliyotga joriy etish va hokazo. Ta'lim metodlarini faollashtirish quyidagi ta'lim qonunlariga e'tiborni kuchaytirishni taqozo etadi.

Darxaqiqat, zamonaviy pegagogik texnologiyalar ta'lim jarayoning unumdorligini oshiribgina qolmay o'quvchilarning mustaqil firlash malakasini oshiradi. Shuning uchun ham o'quv jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritish, ta'limda pedagogik texnologiyalarni qo'llash, turli innovatsion usul va metodlaridan foydalanish, ta'lim sifatini oshirish bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylandi.

Ma'lumki bugungi kunda dars jarayonida "Krassword", "Muzyorar", "Sinkveyn", "Keys stady", "Insert", "BBB", "Ven diagrammasi", "Aqliy hujum", va "Zig-zag" texnologiyalaridan o'quv jarayonini tashkil qilishda foydalanilmoqda. Mazkur maqolada dars jarayoning samarasi va sifatini ta'minlashga xizmat qiluvchi yana bir nechta innovatsion metodlarni tavsiya etamiz.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-679-685

"Kamalak jilosi" metodini pedagogik faoliyatimizda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod ona tili, matematika, va o' qish darslarida ham foydalanish mumkin. Masalan: ona tili darsida so'zlarni turkumlarga ajratishda: ayiq, mashina gapirdi, yig'ladi, sariq, qora, katta, kichik, to'qqiz, bir kabi so'zlarni turkumlarga ajratish ot so'z turkimiga oid so'zlarni kok rangli chiziqqa olish, sifat so'z turkimiga oid so'zlarni havorang chiziqqa joylashtirish vazifasi beriladi. Matematika darsida sonlarni xona birliklariga ajratish davomida ushbu metodni qo'llash mumkin. Yani kamalakni 1chi chizig'ini 1 xonali son deb oladigan bo'lsak ikkinchi qatordagi rangi ikki xonali songa misol bola oladi.

"Krossword" metodi avvaldan qo'llanilib kelinayotgan metodlardandir, uni har bir sinfning har bir darsida uchratishimiz mumkin. Krasswordlarni tayyorlashda, asosan, axborat kommunikatsiya texnologiya vositasi bo'lgan kompyuterning Microsoft Word dasturidan foydalaniladi. Innovatsion krasswordlarda barcha jabxalarda foydalanish mumkin. Microsoft Excell dasturida tayyorlangan kraswordni bajarishdan oldin o'quvchilarni krassword bajarishiga undovchi gaplarni aytishimiz va bu orqali qiziqishini yanada oshirish shart.

Innovatsion krasswordni yechish mobaynida o'quvchilar xato qilsa smayl hafa bo'lishini agar to'g'ri bajarsala smayl kulishini ko'radilar.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-679-685

Microsoft Excell dasturida yaratilgan innovatsion "Krossword" metodi orqali o'quvchilarda quydagi bilim, ko'nikma, malakalar va sifatlar rivojlanadi:

-bolalarda bajarilayotgan krassword mavzusiga doir bilimlar bilan birga "Informatika" fani haqidagi bilimlar ham shakllanadi: -dars jarayonini yaxshilanishini ta'minlaydi,

-o'quvchilar tomonidan belgilangan javoblarning to'g'riligini tekshirish o'qituvchi tomonidan emas, kompyuter tomonidan aniqlanadi va monitorda paydo bo'ladi. Bu o'quvchilarda vaqtni telajalishi va o'qituvchining imkoniyatining oshishini taminlaydi.

XULOSA

Xulosa qilib aytishim mumkinki, axborot kommunikatsiya tizimining ulkan darajada rivoj topib borayotgan bir davrda pedagoglar texnika va tehnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratish darajasida ilmli va mahoratli bo'lishi lozim. Buning uchun darsni tashkil etish jarayonida barcha bilim oluvchilarga soda, tushunarli va oson bo'lgan usullarni tanlashi va qo'llay olishi, ko'rgazmali qurollardan foydalanishi, pedagogik texnologiyalardan to'g'ri va samarali foydalanishi maqsadga muvofiq deb o'ylayman. Pedagog yaratuvchanlik asosida darsni qiziqarli tashkil qila olsa, o'quvchi yoshlar ham fanga bo'lgan qiziqishi va sifatli, samarali bilim olishi oshib boraveradi.

REFERENCES

1. I.A.Karimov "Barkamol avlod orzusi" T., "Sharq" 1999 y

2. O'zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi" T., 2000 y

3. O'.Asqarova, M.Nishonov, M.Xayitbaev "Pedagogika" T., "Talqin" 2008 y

4. A.To'xtaboyev, A.Eraliyev "Tashkiliy xatti-xarakatlar" Andijon, "Xayot" 2001y

5. O.Musurmonova "Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi" T., "O'qituvchi" 1990 y

6. R.Mavlonova "Pedagogika" T., "O'qituvchi" 2004 y

7. Подласий И.П. Педагогика.—Москва, Висщая образования, 2008 г

8. M.To'xtaxo 'j ayeva "Pedagogika" T., "O'qituvchi" 2010 y

9. N.X.Avliyoqulov, N.Musayeva "Pedagogik texnologiyalar" -T., 2008 y

10. N.M.Azizxo'jayev Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. - T., 2002 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.