Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISINING DARSDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISINING DARSDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1497
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik maktab yoshi / pedagogik jarayon / rasmiyatchilik / pedagogik voqyelik / tarbiya prinsiplari / iqtisodiy / yuridik / texnikaviy bilimlar. / small school age / pedagogical process / formality / pedagogical reality / principles of education / economic / legal / technical knowledge.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Zamira Abduxoshimovna Sindarova

Ushbu maqolada boshlang‟ich sinf o‟qituvchisining darsda innovatsion pedagogik texnologiyasidan foydalanishning mazmuni xaqida so‟z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the content of an elementary school teacher‟s use of innovative pedagogical technology in the classroom.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISINING DARSDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1046-1050

BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISINING DARSDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI

Zamira Abduxoshimovna Sindarova

G'allaorol tumani 57-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchisining darsda innovatsion pedagogik texnologiyasidan foydalanishning mazmuni xaqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: kichik maktab yoshi, pedagogik jarayon, rasmiyatchilik, pedagogik voqyelik, tarbiya prinsiplari, iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlar.

ABSTRACT

This article discusses the content of an elementary school teacher's use of innovative pedagogical technology in the classroom.

Keywords: small school age, pedagogical process, formality, pedagogical reality, principles of education, economic, legal, technical knowledge.

KIRISH

Mamlakatimizda amalga oshiralayotgan ta'lim islohotlari an'anaviy ta'lim turlaridan farqli o'laroq, yoshlarni barkamol shaxs sifatida shakllanib, rivojlanib borishini ta'minlashga xizmat qiluvchi boshlang'ich ta'lim tizimida o'quv jarayonini tashkil etishning samarali shakl va usullarini ishlab chiqish, kichik maktab yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning pedagogik va psixologik asoslarini optimallashtirishga olib keluvchi ilmiy qarashlar, pedagogik nazariyalar va didaktik materiallar yaratish imkonini beradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: «Mutaxassis o'z faoliyati, sohasidan qat'iy nazar, ijodiy jamolarda ishlay olish qobiliyatiga menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo'lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo'jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak». Ushbu fikrlar o'qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir.

Chunki jamiyatimizda sodir bo'layotgan tub o'zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o'qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo'lishni taqozo qilmoqda.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1046-1050

Shuningdek, bu o'rinda boshlang'ich sinf o'qituvchisi xususida alohida to'xtalmoq zarurdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Boshlang'ich sinflarda o'qituvchilarni tanlash va tanlov asosida ishga olish ahbariyat diqqat e'tiboridan chetda qolib ketgan. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining pedagogik faoliyatini muhokama qiluvchi pedagogik kengashlar yo'q, mavjudlari bu faoliyatga rasmiyatchilik nuqtai nazaridan yondashishgan. Tahlillarimiz shuni ko'rsatdiki, juda ko'pchilik umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'qituvchilarining muayyan fanlar bo'yicha bilim darajasining yetarli emasligi, ta'lim-tarbiyaga oid hujjatlarning bilmasligi, o'zining kasbiy bilimi va mahoratini oshirishga qaratilgan maqsadli va rejali faoliyat yo'lga qo'yilmaganligini e'tirof etish lozim. Xuddi shuningdek, boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kichik maktab yoshdagi o'quvchilarning psixologik va fiziologik xususiyatlari, shuningdek ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni boshqarish hamda baholash o'rtasidagi mutanosibliklar hamda ta'lim-tarbiyaning metodik jihatlari to'g'risidagi ko'nikma va malakalar yetarli emasligi, pedagogik voqyelik va pedagogik jarayon o'rtasidagi turg'un bog'liqlik e'tiborga olinmayotganligi ham ayon bo'ldi. Binobarin, buyuk g'arb pedagogi A.Disterverg ta'kidlaganidek: «Yaxshi o'qituvchi o'zining tarbiya prinsiplaridan hech qachon voz kechmaydi. O'qituvchi o'z ustida mustaqil ishlashi lozim. Yomon o'qituvchi haqiqatni aytib qo'ya qoladi. Yaxshi o'qituvchi o'quvchilarga haqiqatni topishga o'rgatadi».

NATIJALAR

Boshlang'ich sinflarda ko'zda tutilgan ta'lim samaradorligi boshlang'ich ta'lim konsepsiyasida e'tirof etilgan g'oyalar asosida yaratilgan darsliklar, o'quv qo'llanmalar, metodik tavsiyanomalar, o'quv jarayonini tashkil etishning metod va mexanizmlari, o'qitishning innovasion g'oyalari va vositalariga bog'liq, albatta. Lekin bu pedagogik jarayonda yuksak pedagogik malaka va kasbiy bilimga ega, dars mobaynida muammoli vaziyatlarni yarata oladigan va uni yechimi taklif eta oladigan boshlang'ich sinf o'qituvchisining o'rni alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd qilish lozim bo'ladi. Yuqori sinf o'qituvchisi tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarning fundamental asoslari va umumiy qonuniyatlari, ularni kishilik jamiyatidagi o'rni va hamiyatini tizimli o'rgatishga, bilim berishning differensial jihatlariga ko'proq maqsadni yo'naltirsa, boshlang'ich sinf o'qituvchisi pedagogik-psixologik bilimlar

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1046-1050

majmuasi, ta'lim samaradorligini oshirish metodlari, omil va vositalari bilan qurollangan, matematika, ona tili, tabiat, inson va jamiyat ta'lim sohalarining ilmiy -nazariy asoslarini mukammal bilgan holda bolaning yosh (fiziologik va psixologik) xususiyatidan kelib chiqib fanning umumiy jihatlarini o'rgatishga, ya'ni integrativ ta'lim berishga yo'naltiradi. Bundan tashqari boshlang'ich sinf o'qituvchisi bolani o'yin faoliyatidagi elementlarni ta'limiy faoliyatga yo'naltirishni boshqara olish, mas'uliyatni his qilish, ayrim muammoli vaziyatlarda to'g'ri qarorlar qabul qila olish, vaqtni rejalashtirish, o'quvchilarni istak-xoxishlariga e'tiborli bo'lish, shuningdek ezgulikni qadrlab istiqbolli kelajakni ko'zlash fazilatlarining shakllanishiga mas'ul tarbiyachi hamdir. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining yana bir muhim sifatlaridan biri- ta'limiy faoliyatni boshlang'ich va umumta'lim fanlarining uzviylik jihatlari hamda boshlang'ich ta'lim bosqichi fanlarining o'zaro aloqadorlik tamoyillari asosida tashkil etishidir.

MUHOKAMA

O'qituvchi pedagogik faoliyatni tashkil etish uchun pedagogika nazariyasi, falsafa, sosiologiya, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, psixologiya, siyosatshunoslik kabi fanlarni bilishi shart hisoblanadi. Shuningdek, boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslik faniga oid obyekt va hodisalarni to'g'ri talqin qilish uchun fizika fani qonuniyatlarini bilishni taqozo qiladi. Bundan tashqari bugungi kunda ta'lim jarayoniga texnologik yondashuvning rivojlanishi pedagogika fanini o'qitishda kibernetik fanlar aloqadorligini ta'minlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Yana bir muhim narsaga e'tiborni qaratish lozim deb hisoblaymiz,o'qituvchilik kasbining mohiyati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni hamda o'qituvchilik kasbining asosiy xususiyatlari pedagogika fani orqali shakllantiriladi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarida ta'lim jarayonini loyihalash, pedagogik texnologiyani o'zlashtirish, kommunikativ sifatlar va tadqiqotchilik faoliyatiga oid ko'nikmalar past darajada ekanligi tadqiqotlarda o'rganilgan va ushbu holatning sabablari sifatida quyidagilar ko'rsatib o'tish lozim:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1046-1050

bo'lajak o'qituvchilarning interfaol usul vositasida dars o'tishlariga yetarlicha ahamiyat berilmaganligi;

pedagogik amaliyot davrida bo'lajak o'qituvchilarning o'quvchilar jamoasi bilan individual muloqot o'rnatishga e'tibor qilinmaganligi;

ta'lim jarayonini loyihalash ko'nikmasiga ega emasligi

- pedagogika nazariyasi va

amaliyoti bilan yetarli darajada tanish emasliklari

XULOSA

Bolajak boshlangich sinf oqituvchilari ozidagi uslubiy bilimlarni rivojlantirishi uchun metodik kompitentsiyaning keltirib o tilgan vazifalarini organishi hamda ularni amaliy tajribada qollanishi orqali erishadi. Turli pedagogik o'zgarishlar natijasida o'qituvchining metodik qobilyati shakllanadi. Pedagogik mahoratga ega bo'lgan o'qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo'lgan o'qituvchi, o'sib kelayotgan yosh avlodning o'ziga xos hususiyatlarini tushuna oladigan, ularning tuyg'ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik va zaif bo'lgan, bola hayotidagi turli qiyinchiliklarni ko'ra oladigan va ularga mohirlik bilan yondashadigan, bilimlilik va ijodkorlikni ozida mujassam o'tgan chuqur ilmiy fikrga ega shaxs hisoblanadi.

Boshlang'ich sinf o'qituvchisi mehnatning maqsadi yoshlarga o'qish va yozishni o'rgatish orqali voqelikdagi jamiki narsa - hodisalar haqida bilim berish, ularda insonga xos bo'lgan sifat hamda fazilatlarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi desak mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCES

1. P.I. Ivanov, M.E. Zufarova Umumiy psixologiya T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008- 137 bet

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1049 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1046-1050

2. Хасанова, Г. И. (2021). Болага йуналтирилган таълимни амалга оширишда тарбиячининг касбий компетентсиясининг ахамияти. Academic research in educational sciences, 2(9), 1051-1056.

3.Г.И.Хасанова "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223 -225б

4.Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782

5.М.Усмонова . Укувчи шахсига йуналтирилган педагогик технологиялар Таълим технологиялари. 2016 йил. 4-сон.

6.М.Усмонова .Педагогик жараён лойихаси - машFулотлар самарадорлигини таъминлаш воситаси сифатида Бошлаетич таълим ва жисмоний маданият йуналишида сифат ва самарадорликни ошириш: муаммо ва ечимлар Халкаро илмий конферентсия. Тошкент. 25 май, 2017 йил

7.Садиковна, у. м. (2013). Ali §ir Nevai Eserlerinde Bitki Adlari . Dil ve Edebiyat Ara§tirmalari , (8) , 0-0 . Retrieved from

8. Maxfuza Usmanova, The concept of educational professional competence and its yield factors , Архив Научных Публикаций JSPI: 2020: Архив №54

9. Norquziyeva, M. (2020). The role of educational technology in shaping the professional stability of students. Архив Научных Публикаций JSPI.

10.Abdurakhmonovna, N. M. (2020). Methodology of giving professional knowledge to future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1378-1383.

11. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 1339-1345.

12. Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.