Научная статья на тему 'MUSIQA O’QITUVCHISINIG VAZIFALARI'

MUSIQA O’QITUVCHISINIG VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2549
168
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o'qituvchi / dars / qo'shiq / tarbiya / odob / musiqali harakat / oila

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilorom Xamdamova

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviyahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Musiqa o’qituvchisi dars jarayonida o’quvchilar bilan ta’limni tarbiyaga bog’lab olib boradi. Bunda asosan dars jarayonida o’rgatilayotgan qo’shiqlarning mazmuniga kuchli e’tibor berish zarur. Qo’shiqning mazmuni oila, ona, Vatan, tabiat haqida bo’lsa tarbiyaviy faoliyatlarni olib borish oson kechadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA O’QITUVCHISINIG VAZIFALARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-77-82

MUSIQA O'QITUVCHISINIG VAZIFALARI

Dilorom Xamdamova

Namangan davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellectual va ma'naviy -ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Musiqa o'qituvchisi dars jarayonida o'quvchilar bilan ta'limni tarbiyaga bog'lab olib boradi. Bunda asosan dars jarayonida o'rgatilayotgan qo'shiqlarning mazmuniga kuchli e'tibor berish zarur. Qo'shiqning mazmuni oila, ona, Vatan, tabiat haqida bo'lsa tarbiyaviy faoliyatlarni olib borish oson kechadi.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, dars,qo'shiq,tarbiya,odob,musiqali harakat, oila

KIRISH

Har bir bolaga qo'shiqni o'rgatish bilan birga unga odob-axloq qoidalari ham shakllantirilib boriladi. Bunda milliy raqs san'ati ham darsni qiziqarli kechishida yaxshi samara beradi. Milliy raqs san'atimizning oddiy harakatlarini bilishi (ijro eta olishi) va darsda qo'llash usullarini puxta egallashi davr talabidir. Chapak va cholg'u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari o'quvchilarning musiqa hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirgi vaqtda musiqa darsiga qo'yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

1. Darsda tarbiya ishlarini olib borish, rivojlantirish va tarbiyalash funktsiyalarini kompleks tarzda amalga oshirilishini nazarda tutadi. Dars bolaning bilimlarini oshiradi, vokal-xor malakalarini rivojlantiradi, axloqiy estetik fazilatlarini mexnatga munosabatini shakllantiradi.

2. Musiqa darslarida tarbiyaviy ishlarning o'tilishi shakliga ko'ra qat'iy bir sistema bo'yicha olib boriladi. Musiqiy faoliyat turlari o'zaro bir-biri bilan bog' langan bo'lishi, biridan keyin ikkinchisiga o'tishi kerak.

3. Tarbiyaviy ishlar ham dars o'qitish tamoyillariga muvofiq bo'ladi. U tarbiyaviy ta'sir o'tkazadi. Ilmiy tushunish uchun qulay hisoblanadi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-77-82

4. Musiqa darsi mazmuni o'quv dasturiga muvofiq bo'lib, u boshqa darslar sistemasidagi bo'g'inlarni qamrab oladi.

Musiqali harakatlar, cholg'uchilik va ijodkorlik faoliyatlarni amalga oshirishda o'yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu faoliyatlar k o'prok o'yin hususiyatlari bilan bog'lik. Dasturda tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasidan ortiq berilgan. Bu o'qituvchiga asarlarni sinf imkoniyatlari va o'quv yilining muhim sanalariga muvofiq tarzda tanlab o'qitish imkoniyatini beradi.

Unda chorak mavzulariga moslab asarlarni deyarli ikki hissa miqdorda tanlash va lozim bo'lganda dasturdan tashqari asarlardan ham foydalanish mumkin. Nota savodi, cholg'uchilik, raqs harakatlari Shuning dek, musiqa ijodkorligi faoliyati mazmunida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda berilgan. Dars sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu esa darslarni rejalashtirishda va darslarga tayyorgarlik ko'rishda ijodiy yondoshishni taqazo etadi. Bunda shu narsaga e'tiborni kuchaytirish lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg'ulotlar mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida - alohida ko'rsatilgan bo'lsa-da, darslarni rejalashtirishda va ularni o'tishda dars mazmunidan kelib chiqishi va uning mohiyatini ochib berishi lozim bo'ladi. Shunday qilib, darsda musiqa faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi.

Musiqa madaniyati darslarida xalqimizning mumtoz va zamonaviy qadriyatlaridan bahramand bo'lish darslarning samarali bo'lishida o'rinlidir. Dars davomida o'qituvchi o'quvchilarga faqatgina musiqa tinglash va qo'shiq kuylash bilan chegaralanmay "Odob- inson ziynati" mavzuida qiziqarli ochiq muloqotlar o'tkazishi, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan o'gitlardan foydalanishi mumkin.

Ya'ni, kishilarda bo'lishi zarur bo'lgan hislatlar, aynan musiqada ham bo'ladi, jumladan, milliy qo'shiq chiroyli harakat, hushmuomalalik- hushohanglik bilan uyg'unlashadi. SHu o'rinda ta'kidlash lozimki, odobli bola bosiq, muloyim, kamtar ota-onasiga mehribon bo'ladi. Qo'pol, manmansiragan, hudbin bolalar esa elga yoqmaydi. Xuddi Shuning dek yoqimsiz qo'shiq ham insonning g'ashini keltiradi, eshitishga arzimaydi...

Dars davomida tarbiyaviy qo'shiqlarni tinglash orqali o'quvchilarning musiqa idroki kuchayadi, mustaqil fikrlaydi hamda tinglangan ohanglar orqali ularning taqqoslash qobiliyatlari rivojlanadi.

Yoshlar o'rtasidagi tarbiyani birgina musiqa o'qituvchisi hal eta olmaydi, buning uchun ota-ona ham javobgardir. Maktabdan tashqari vaqtda farzandining

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-77-82

nimalar bilan shug'ullanayotganligi, qanday musiqalarni tinglayotganligi, kimlarga yoki nimalarga taqlid qilayotganligiga e'tibor berish ularning vazifalaridir.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Agarda biz noto'g'ri musiqa o'rgatsak bizdan xafa bo'lishlari o'rinli, biroq uydagi muhitda yuqorida ta'kidlagan, xorij musiqalariga qiziqish kuchaysa, beo'xshov harakatlarni o'rganib borsa bizning harakatlarimiz zoe ketadi. Bugungi kunda har bir musiqa madaniyati o'qituvchilarining vazifalari o'quvchi yoshlar orasidan eng iqtidorlilarini tanlab ularning san'atini ro'yobga chiqarish, Shuning barobarida o'zlashtirmovchi o'quvchilar bilan alohida milliy mashg'ulotlar tashkil etishdan iborat bo'lishi zarur.

O'zbek xalqining boshqa xalqlarda uchramaydigan andishalik, hayo, ibo, bir-birini qadrlashi, odob-axloq me'yorlarini ham musiqa tarbiyalay oladi. Ba'zi bir oramizda uchrab turadigan nobakor farzandlar o'z ota-onalarini xafa qilgan paytlarida, radio orqali pand-nasihatga oid qo'shiq tinglaganlarida o'z vaqtida uzr so'ragan paytlari ham bo'lgan. Chunki milliy musiqa orqali insonda olijanoblik, ulug'vorlik yuzaga keladi.

Ayniqsa, o'quvchilarni ma'naviy tarbiyalash jarayonida milliy qadriyatlardan oqilona foydalanib, milliy ohanglarni his eta bilishni shakllantirish lozim. Insonning qaysi millatga mansubligi faqat g'oyagina emas, balki tuyg'u hamdir. o'quvchilarga dars o'tish jarayonida yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanishda diqqatimizni bugungi o'tilajak dars mavzusiga qaratishimiz lozim. Biroq , ba'zan san'atga qiziqadigan o'quvchilarni kuzatsangiz, partani chertib, sizga jo'r bo'layotganini ko'rasiz. SHuni o'zi u sizni qabul qilayotganini, qo'shiq bilan yashayotganligini, ohangni chin dilidan his etayotganini bildiradi.

Musiqa madaniyati darslarida chalishni o'rgatish, musiqa asboblari bilan tanishtirish chog'ida qaysi o'quvchining qay darajada layoqati borligini ham anglashimiz lozim. O'quvchining qanday asbob ushlayotgandayoq , unga bir mehr bilan qarayotganidayoq ana Shunday layoqat seziladi. SHunda sizda Shunday o'quvchi bilan ishlash, qo'shimcha mashg'ulot o'tish ishtiyoqi namoyon bo'ladi, natijada u sizdan cholg'u asbobini o'rganadi.

Shuning o'zi ham dars jarayonida musiqa asbobidan foydalanishning ko'rgazmali hamda natijani asosidir. Aynan cholg'u asboblari bilan ishlashni ham yangi texnologiyaga asoslanib o'rgatsak o'quvchi uchun qiziqarli bo'ladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-77-82

Mashg'ulotni o'quvchilar tomonidan to'la o'zlashtirilishini ta'minlash maqsadida o'qituvchi pedagogik-texnologiya o'yinlaridan foydalanish lozim. Ulardan "Miyaga xujum" (Breynistorming) yoki fikrlar jangi maydoni biror muammoni yechimini guruh sharoitida topish usulidir.

KASB- muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turi. Biz o'rganayotgan mavzudagi xonandalar maxsus Oliy o'quv yurtlarining qo'shiqchilik sohasini tamomlab, o'z mahoratini oshirish yo'lida tinmay izlanib, xonandalik sirlarini o'rganishni davom ettirayotgan yoshlarning asl kasblari qo'shiqchilik bilan bog'liq bo'ladi. Kasb-hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma'lumot hamda amaliy ish-harakat usullarini o'zlashtirish orqali erishiladi.

Qo'shimcha ta'lim berish metodlari deganda pedagogning ish usullarini tushunmoq kerak.

Yigit-qizlarni aqliy-axloqiy, madaniy-ma'naviy jihatdan tayyorlamasdan, fanga iste'dodli yoshlarning kirib kelishini ta'minlamasdan, yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning yutuqlaridan bahramand qilmasdan, qo'llab-quvvatlamasdan ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonib-ishonmasdan turib, mamlakatimiz ma'naviyatini rivojlantira olmaymiz. Shunday ekan, ularni ma'naviy barkamolikka erishishlarida milliy musiqamizning kuch-qudratiga tayangan xolda ibratli pand-nasihatga boy, xalqona yo'lda yaratilgan kuy va qo'shiqlardan foydalanishimiz zarur.

XULOSA

Xulosa o'rnida, biz hohlaymizki, shogirdlarimiz mumtoz g'azallarni o'qib ajdodlarimiz qoldirgan milliy ohanglarni tildan tushirmay hirgoyi qilsalar ma'naviyatimiz yuksalaveradi, yoshlar tarbiyasi ham milliy rivoj topadi.

Bizga ma'lumki, uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayonida jamiyat talabiga mos bo'lgan, yuksak kasb mahoratiga ega, zamonaviy texnologiyalarga yondoshgan holda dars tashkil eta oladigan mutaxassis kadrlargina dars samaradorligiga erisha oladi. Shu o'rinda bir savol tug'iladi? Xo'sh, bugungi kunda umumta'lim maktablarida musiqa fani o'qituvchilari Shunday dars samaradorligiga erisha olyaptilarmi? Ming afsuslar bilan ba'zi muassasalarda yo'q deya javob berishga majbur bo'lmoqdamiz.

Sababi, hamon boshlang'ich sinflardagi musiqa madaniyati darslari yetarlicha mutaxassislar bo'lishiga qaramay, dars o'tish imkoniyatini qo'lga kirita olmayaptilar. Mutasaddi tashkilotlar ushbu savolning yechimini topishlari shart!

O'qituvchi boshlagan fikrni o'quvchilar o'zlarinnig shaxsiy fikrlari orqali davom ettirib ketishlari lozim, bunda albatta o'qituvchining o'zi "ijodkor" bo'lishi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-77-82

shart. Mavzudan kelib chiqib, o'quvchiga Shunday savol berishi lozimki, savolning o'ta sodda va qiziqarliligi bahs-munozaraga aylanib ketsin. O'qituvchi-pedagog berilgan vaqt mobaynida salomlashuv odobi, nutq madaniyati, badiiy-obrazlilik, yuksak pedagogik mahorat, ijodkorlik va ijrochilik qobiliyati orqali o'zini o'quvchilarga namoyon etishi lozim. O'qituvchi darsni tashkil etayotganda albatta o'quvchining yoshi va qiziqishini inobatga olishi shart.

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim tug'risidagi konuni» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta'lim tizimida ro'y berayotgan uzgarishlar umumiy o'rta ta'lim maktabalridagi boshqa o'quv fanlari qatori musiqa predmetining uqitilishini ham tubdan yangilashni talab etmokda.

Umumta'lim maktablarida ta'lim tizimini qayta isloh etish jadallashtirildi, Prezident Farmonlari va "Ta'lim to'g'risida" Qonuni, Davlat ta'lim standarti hamda ayniqsa, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida faoliyat ko'rsatish qattiq nazoratga olindi. Shu bois ushbu yillarda musiqa ta'limi va tarbiyasidagi shior "Ta'lim tizimiga yangilik olib kir, yangilikka intil!" deya nomlandi, ayniqsa, o'quvchilarda inson madaniyatining tarkibiy qismi bo'lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash musiqa tarbiyasining boshlovchi maqsadi bo'lib turadi. Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun musiqa o'qituvchisining oldiga bir necha vazifalar qo'yilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish o'qituvchining professional va ahloqiy qiyofasiga bog'liq har qanday san'atkor maktabda musiqa darsini olib borolmaydi.

Buning uchun musiqa o'qituvchisi o'z kasbiga va bolalarga mehr qo'ygan yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashli, ma'naviyati yetuk, biror bir cholg'u asbobini mohirlik bilan ijro eta oladigan shaxs bo'lmog'i lozim. U pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, etika va estetika nazariyasi, musiqa nazariyasining amaliy sohalaridan, musiqa o'qitish metodikasi fanlaridan chuqur bilimga ega bo'lmog'i kerak.

Musiqa tarbiyasining millatimiz taraqqiyoti yo'lida xizmati g'oyat beqiyosdir. Biz mustaqil davlat sifatida jahon davlatlari orasida jahon minbariga chiqdik. Davlatimizni ma'naviy va ma'rifiy deb e'tirof etdik. Musiqa kelajak avlodnin g ongini yuksaltirishda muhim o'rin tutadi. Musiqa nafaqat madaniy, balki siyosiy- ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lib, uning naqadar ma'suliyatli ekanini his qilmoq kerak.

Ko'zlangan ezgu maqsadlarga erishish uchun respublikasizning madaniyat va san'at o'quv yurtlarida, shuningdek, xalq ta'limi tizimiga kiruvchi gumanitar yo'nalishdagi oliy va o'rta o'quv yurtlarida o'zbek musiqa ijodiyotining barcha qatlamlarini - rosmana xalq musiqasi, maqomchilik, dostonchilik, o'tmish va

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-77-82

zamonaviy bastakorlik, kompazitorlik, badiiy xavaskorlik, estrada san'atini qamrab oluvchi qator maxsus o'quv fanlar joriy etildi. O'z navbatida, ularni mukammal dastur, darslik va o'quv qo'llanmalar bilan ta'minlash - hozirgi kunda mutaxasislarimiz oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Oliy majlis Senatiga Murojaatnomasida, O'zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo'yicha kuchli milliy g'oya, milliy dastur kerak, shu nuqtai nazardan davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash o'ta muhim ahamiyatga ega o'quv-tarbiya jarayonining amaliyot bilan o'zaro samarali hamkorligini ta'minlash, xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini sayyor mashg'ulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta'lim muassasalarida tashkil etish; innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llashni, masofadan o'qitishni, mustaqil ta'lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarni ta'lim tizimiga joriy etishni aytib o'tdilar. Shuning uchun barkamol avlod tarbiyasida muhim bo'lgan omillarni o'rganish doimo dolzarb masalalardan bo'lib kelgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi "Umumiy o'rta ta'lim to'g'risida nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi №140-sonli Qarori.

2. M. A. Nurmatova «Musiqa o'qitish nazariyasi, metodikasi va maktab repertuar» fani bo'yicha ma'ruzalar matni -Ur., 20063. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -T.: "O'zbekiston". - 2017.4. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. - T.: "O'zbekiston", 2017. - .

5. Yunusov R. O'zbek xalq musiqa ijodi. (ilmiy - usluby tavsilar) II qism. - T. : "Sharq" 2000 -

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.