Научная статья на тему 'MUSIQA DARSLARININING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISHGA QO`YILGAN TALABLAR'

MUSIQA DARSLARININING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISHGA QO`YILGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

4816
316
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / dars / musiqa savodi / ritmik va musiqali harakatlar / texnologiya

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Baxtiyor Akbarov, Dilorom Xamdamova

Umumta`lim maktablarida “Musiqa madaniyati” darsining oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari, o’qitish metodlari, davlat ta`lim standarti qo’ygan talablar, darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish yo’llari va sinflar bo’yicha dars ishlanmalaridan na`munalar taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA DARSLARININING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISHGA QO`YILGAN TALABLAR»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-71-76

MUSIQA DARSLARININING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISHGA

QOYILGAN TALABLAR

Baxtiyor Akbarov

Namangan davlat universiteti, Musiqa ta'limi va madaniyat fakulteti katta

o'qituvchilari

Dilorom Xamdamova

Namangan davlat universiteti, Musiqa ta'limi va madaniyat fakulteti katta

o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

Umumta'lim maktablarida "Musiqa madaniyati" darsining oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalari, o'qitish metodlari, davlat ta'lim standarti qo'ygan talablar, darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish yo'llari va sinflar bo'yicha dars ishlanmalaridan namunalar taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, dars, musiqa savodi, ritmik va musiqali harakatlar, texnologiya

KIRISH

Musiqa fani o'quvchilarning ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga milliy g'urur va vatanparvarlik tarbiyas ini amalga oshirishga ijobiy mahorat va badiiy didni o'stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqil va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa fani umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan barcha o'quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog'lanadi.

Barcha o'quv fanlari qatori musiqiy ta'limda ham davlat ta'lim standartlarining joriy etilishi milliy musiqiy merosimizdan to'laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo'shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlarida, maqom, shashmaqom, doston va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o'z aksini topadi. Musiqa san'tining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularni barkamol bo'lib yetishishlarida o'ziga xos va takrorlanmas manbaa bo'lib xizmat qiladi. Azaldan Sharq, jumladan, o'zbek musiqa ta'lim-tarbiyasi, pedagogikasi va uning mukammal uslubiyotlari ustoz - shogird an'analari misolida takomillashib borgan.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-71-76

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Davlat ta'lim standartlari ommaviy xalq musiqa pedagogikasi professional musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari, katta ashulachilar, maqomchilar, dostonchilik asarlarining elementar asoslarini me'yorlashtiradi. Odatda, musiqa darsi- o'qitish tamoyillariga muvofiq bo'ladi. U tarbiyaviy ta'sir o'tkazadi. Ilmiy tushunish uchun qulay hisoblanadi. Musiqa darsi mazmuni o'quv dasturiga muvofiq bo'lib, u boshqa darslar tizimidagi bo'g'inlarni qamrab oladi.

Musiqa savodxonligini rivojlantirishda bolaning iqtidori ham muhim sanaladi, buning barobarida bolaning bilimi oshadi, vokal-xor malakalari rivojlanadi, axloqiy estetik fazilatlari hamda mehnatga munosabati shakllantiriladi. Musiqiy faoliyat turlari o'zaro bir-biri bilan bog'langan bo'lishi, biridan keyin ikkinchisiga o'tishi kerak.

Musiqali harakatlar, cholg'uchilik va ijodkorlik faoliyatlarni amalga oshirishda o'yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu faoliyatlar ko'proq o'yin xususiyatlari bilan bog'liq. Dasturda tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasidan ortiq berilgan. Unda chorak mavzulariga moslab asarlarni deyarli ikki xissa miqdorda tanlash va lozim bo'lganda dasturdan tashqari asarlardan ham foydalanish mumkin. Nota savodi, c holg'uchilik, raqs harakatlari, shuniingdek, musiqa ijodkorligi faoliyati mazmunida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda berilgan. Dars sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu esa darslarni rejalashtirishda va darslarga tayyorgarlik ko'rishda ijodiy yondoshishni taqazo etadi. Bunda shu narsaga e'tiborni kuchaytirish lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg'ulotlar mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida - alohida ko'rsatilgan bo'lsa-da, darslarni rejalashtirishda va ularni o'tishda dars mazmunidan kelib chiqishi va uning mohiyatini ochib berishi lozim bo'ladi. shunday qilib, darsda musiqa faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi.

Musiqa savodi darsining mustaqil faoliyati sifatida emas, balki barcha faoliyatlari turlari bilan bog'lab tahlil qilinishi va uni ongli idrok etilishi lozim. Musiqa savodi notalar haqida ma'lumot emas, balki notagacha bo'lgan davr, musiqa janrlari, shakllari, milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish, ijrochi, tinglovchi, kompozitor va bastakorlar haqida va nihoyat musiqa ifodalari kuy, temp, registr, dinamika va boshqalar bilan tanishtirishni o'z ichiga oladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-71-76

Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg'uloti qo'llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o'rganiladi va uning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochilari va xokozo) xakida yangi tushunchalar xosil bo'ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo'libgina qolmay, balki o'quvchilarning umumiy musiqaviy bilim doirasini tarkib topdiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar majmuasini ya'ni musiqa shakllari, janrlari, xalq, bastakorlik musiqasi, ularning farqlari milliy musiqaning mahalliy uslublari, mumtoz musiqa, nota savodi va boshqalarni singdirib borishdan iborat.

Umumta'lim maktablaridagi musiqa darslarida o'qituvchining pedagogik mahorati yuqori darajadagi bo'lishi lozim. O'qituvchining cholg'u ijrochiligi, yuksak kasbiy mahorati, nutq madaniyati, musiqa savodxonligi bo'yicha to'g'ri ko'rsatmalar berishi "Ta'lim to'g'risida" gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Davlat Ta'lim Standarti"ni teran anglashi zarur. Shundagina uning dars o'tish tamoyillari, tadbirlarni mazmunli tashkil etish ijodkorligi ortib boradi. Shu bilan birga pedagoglar musiqa san'atidan to'g'ri foydalangani xolda darsda musiqa tinglash, xor bo'lib qo'shiq kuylash, musiqa savodi, musiqaga ritmik jo'r bo'lish va musiqa bilan harakat kabi yo'nalishlardan darsda oqilona foydalanishi zarur. Tarbiya topgan bolagina o'qituvchining bergan topshirig'ini o'z o'rnida bajaradi. O'quvchilar bilan mustaqil ishlashda ularning musiqiy ijrosini shakllntirish muhim ahamiyatga ega. Musiqiy ijrosi barcha faoliyatlar amaliyotida yetakchi hususiyatga ega ekanligini davlat ta'limi standartida ham alohida kshrsatib o'tilgan. Shu jihatdan olib qaralganda ta'lim jarayonini musiqiy idrok etishda yangi didaktik texnologiyalarga tayanish, yoshlarning musiqiy qobiliyatlarini shakllanishiga ta' sir etuvchi bir qancha omillarni kelib chiqqan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Didaktik ta'limda o'quvchiga beriladigan mustaqil topshiriq orqali musiqali harakatlar, cholg'uchilik ijodlarning faoliyatini amalga oshirishda o'yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Umumta'lim maktablarida o'quvchi yoshlarning bilim va ko'nikmalarini shakllantirishda, ularning barkamolligiga erishishda kasb-hunar rivojiga erishishda o'qituvchi-pedagoglar yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqarganlari holda ta'limga zamonaviy dasturlarni olib kirishlari lozim. O'quvchini qay darajada ko'proq bilim olishga, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga jalb etilsa, dars samaradorligiga, yoshlar tarbiyasini yo'lga qo'yilishiga erishiladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-71-76

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Musiqa savodi musiqa darsining bo'limlaridan biri bo'lib, musiqa ta'limida katta ro'l o'ynaydi. Musiqa darsini qiziqarli tashkil etishda nota savodxonligi muhim bo'lib, bola notalarning nomi va tovushlarning baland- pastligini birinchi sinfda ham tanishgani, ikkinchi sinfda esa qo'shiq kuylash malakalari va ijrochilik turlari , yakkanavozlik, yakkaxonlik, darsda tinglanadigan kuylar xaqida chuqur tushunchalarga ega bo'lib borishlaridadir. Musiqa darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu asosida mantiqan o'zaro bog'lanadi, natijada darsning pirovard bir butunligi vujudga keladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida ahamiyatga egadir.

Darsda qaysi faoliyat mashg'uloti musiqa idroki, qo'shiq aytish, musiqa bilan harakat, cholg'uchiliq va boshqalar qo'llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o'rganiladi va uning xususiyatlari ya'ni janri, ijrochiligi va hokazolar haqida yangi tushunchalar hosil bo'ladi. Shu sababadan musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo'lib qolmay, balki o'quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim tushunchalar majmuasini singdirib borishdan iboratdir. Musiqa o'qituvchisi darsda eng muhim faoliyat turini tashkil etuvchi jamoa bo'lib qo'shiq o'rgatish jaryonida o'zaro hurmat ko'nikmalarini, odob-axloq qoidalarini, oddiy xalqimizning xalqchilligidan olib, yosh avlodga yetkazishimiz lozim. Hozirgi zamon ayrim yoshlarimizning tarbiyasi ayanchli xolatda. Xatto zo'r iqtidor egasi bo'la turib, nojo'ya yo'llarga kirib ketayotgan yoshlarimiz ham uchramoqda. Shuning uchun yoshlarni bo'sh vaqtlarini ko'ngilli ta'minlashimiz, o'zaro bahs-munozarali badiiy kechalarni o'tkazishimiz lozim.

Musiqa madaniyati o'quv predmeti o'quvchilarning ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga milliy g'urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga ijobiy maxorat va badiiy didni ustirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqil llik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati o'quv predmeti umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan barcha o'quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog'lanadi.

Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, inson shaxsini rivojlantirishda muhim kasb etadigan san'at turidir. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo'lib, atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishiga va qadrlashga o'rgatadi. Boshlang'ich sinfda musiqa savodini olib borishda

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-71-76

o'quvchilarning ma'naviy dunyoqarashlarini ham shakllantirib borishga erishish lozim. Musiqa insonni yuksak did bilan quro'llantiradi va madaniy dunyoqarashini shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib, o'quvchilarning nafosat olamiga olib kirish va ahloqiy-g'oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir.

Musiqa insonni yuksak did bilan quro'llantiradi va madaniy dunyoqarashini shakllantiradi. Shunday ekan umumta'lim maktablarida musiqa ilmidan ta'lim va tarbiya olyotgan o'quvchilarga mustahkam bilim berishda yuqoridagi manbalarga tayanib, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan kompyuter texnologiyalariga asoslangan amaliy -nazariy bilimlarimiz hamda internet ma'lumotlari asosida darslarni tashkil etishimiz lozim.

O'quvchilar ga dars jarayonida tinglash qoidalarini o'stirishda cholg'uchilik, musiqali harakatlar, ritmni sezish va unga amal qilishni shakllantirish orqali ularning ijodkorlik qobiliyatlari rivojlantiriladi. Shuni alohida aytib o'tish joizki, musiqa tinglash- musiqa o'quv dasturining mazmunini boyitadi. Musiqa tinglash va musiqa savodi faoliyati o'zaro uzviy bog'lanish bilan qolgan barcha faoliyatlar amaliyotiga yetakchilik qiladi.

XULOSA

O'quvchilarga tinglatiladigan kuylar rang- barangligi bilan xarakterlidir. O'quvchilar musiqa tinglash bilan birga unda yangrayotgan kuyning qanday mavzuni yoritishini, u sho'xchang musiqami yoki sekinligini o'zlarida tahlil etishlari kuzatiladi, eng qizig'i ular o'zlari musiqaga berilish bilan b irgalikda turli harakatlarni ham bajaradilar Musiqa tinglash faoliyati darsning mustaqil qismi bo'lmay, balki dars mavzuini ochib beruvchi musiqa faoliyati sifatida qabul qilinishi kerak. Shu bilan birga darsning qiziqarli bo'lishida tinglash bilan birga musiqaga hamohang harakatlar bajarish ham DTS talabidir. Musiqa madaniyati darsida bolalar musiqa savodxonligiga erishadilar, kuy- qo'shiqlarni o'rganadilar hamda estetik zavq oladilar. Musiqiy faoliyat turlari bilan keng tanishadilar hamda barcha darslarda musiqaviy faoliyat turlarini o'rganadilar va unga amal qiladilar. Jumladan, musiqa tinglash ham musiqiy faoliyatning eng yetakchi faoliyatlaridan biridir. Musiqa tinglashning ham o'ziga xos muhim ahamiyati bo'lishi bilan birga o'quvchilar amal qiladigan qoidalari ham mavjuddir.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-71-76

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi "Umumiy o'rta ta'lim to'g'risida nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi №140-sonli Qarori.

2. M. A. Nurmatova «Musiqa o'qitish nazariyasi, metodikasi va maktab repertuar» fani bo'yicha ma'ruzalar matni -Ur., 20063. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.-T.: "O'zbekiston". - 2017.

4. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. - T.: "O'zbekiston", 2017. - .

5. Yunusov R. O'zbek xalq musiqa ijodi. (ilmiy - usluby tavsilar) II qism. - T. : "Sharq". 2000 -

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.