Научная статья на тему 'TA’LIM METODLARI VA VOSITALARINI DARSDAGI SAMARADORLIGI'

TA’LIM METODLARI VA VOSITALARINI DARSDAGI SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
19494
829
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / metodika / ta’lim vositalari / didaktika / mashg‘ulot / mutafakkirlar / faoliyat / iroda sohasi / zamonaviy usullar / interfaol usul.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shodiya Saidnabi Qizi Barakayeva

Ushbu maqolada ta'lim oluvchilarni ta'lim metodlarining mazmun-mohiyati, ularning turlari va ularga turlicha yondashuvlar hamda ularni takomillashtirish yo‘llari, ta’lim vositalari, shuningdek, ta'limning uskunaviy didaktik asoslari bilan tanishtirish yoritib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM METODLARI VA VOSITALARINI DARSDAGI SAMARADORLIGI»

TA'LIM METODLARI VA VOSITALARINI DARSDAGI SAMARADORLIGI

Shodiya Saidnabi qizi Barakayeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim oluvchilarni ta'lim metodlarining mazmun-mohiyati, ularning turlari va ularga turlicha yondashuvlar hamda ularni takomillashtirish yo'llari, ta'lim vositalari, shuningdek, ta'limning uskunaviy didaktik asoslari bilan tanishtirish yoritib borilgan.

Tayanch tushunchlar: ta'lim, metodika, ta'lim vositalari, didaktika, mashg'ulot, mutafakkirlar, faoliyat, iroda sohasi, zamonaviy usullar, interfaol usul.

Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo'llanilayotgan metodlar va vositalar samaradorligiga bog'liq bo'lib, u ta'lim nazariyasida asosiy o'rinlardan birini egallaydi.

"Metod" — yunoncha "metodos" - "yo'l" degan so'zdan paydo bo'lib, u, tadqiq qilish ma'nosini anglatadi. Ta'lim metodi ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatdir.

Ta'lim metodlari - o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o'quv materialini nazariy va amaliy yo'naltirish yo'llarini anglatadi. O'qitish metodlari ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyatining qanday bo'lishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda ta'lim oluvchilar qanday ish-harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta'lim metodi o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning o'qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo'lidir.

Ta'lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog'liqdir, ya'ni ular falsafiy metodologik asosga ega va ta'lim jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta'lim jarayonining mohiyatini va tamoyillarini to'g'ri anglash natijasidir. Ta'lim materiali ta'lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig'iga bog'liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan bo'lsa, ta'lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog'liq bo'ladi. Pedagogika fani maktablar va ta'lim beruvchilarning ilg'or ish tajribalarini umumlashtiradi, an'anaviy ta'limning ilmiy asoslarini ko'rsatib beradi, o'qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi.

Shu sababli ham ta'lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:

1. O'quv materialini o'rganish yo'li fikr yuritishning didaktik-materialistik usullarini, milliy mafkuraga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak.

2. Ta'lim metodi ilmiy dalillar bilan aniq va ravshan asoslangan bo'lishi lozim.

3. Ta'lim metodlarining tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi.

4. Ta'lim metodlari oldiga muqarrar sur'atda qo'yiladigan yana bir talab - ularning tushunarli bo'lishi.

5. Bolani sezgi organlari orqali bilishga o'rgatish va o'quv jarayonida ko'rsatmali qurollardan iloji boricha ko'proq foydalanish.

6. Ta'lim metodlari oldiga qo'yiladigan talablardan yana biri - bu bilimlarning asosli va puxta bo'lishi. Ta'lim metodlari yaxshi natija beradigan bo'lishi lozim. Ta'lim beruvchining tushuntirish va ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish usuli rejalashtirilgan yoki mo'ljallangan natijani berishi kerak.

Pedagogika fanida, o'qituvchilaring amaliy tajribasini o'rganish va umumlashtirish asosida ta'lim metodlarini tanlashda o'quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog'1iq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta'lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:

Ta'limning umumiy maqsadlari.

Fanning va o'rgani1ayotgan mavzuning mazmuni hamda o'ziga xosliklari.

Biror fanni o'qitish metodikasining o'ziga xosliklari.

Materialni o'rganishga ajratilgan vaqt.

O'quv mashg'ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni.

O'quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari.

O'quvchilarning tayyorgarlik darajasi.

Ta'lim muassasasining moddiy ta'minlanganigi.

O'qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik darajasi.

Ta'lim metodlari ta'lim vositalari bilan birgalikda qo'llaniladi. Ta'lim vositalari — bu yangi bilimlarni o'zlashtirishi uchun o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt. Ta'lim vositalari pedagogikada katta ahamiyatga ega.

Ta'limning barcha vositalari ta'lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi. Ta'lim vositalari o'zida o'quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo'lgan moddiy yoki ma'naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta'lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar "qanday o'qitish?" savoliga javob bersa, vositalar esa "uning yordamida nimani o'qitish?" savoliga javob beradi.

An'anaviy ravishda qo'llaniladigan ta'lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o'quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, o'quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi. Hozirgi kunga kelib zamonaviy axborot texnika vositalari, kompyuter va internetni ham o'quv jarayonining tashkil etishida bevosita ishtirokini ko'rishimiz mumkin.

Didaktik vositalar metodlar singari ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarni bajaradi. Bundan tashqari o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Didaktik vositalar audivizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta'lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funksiyalarini bajaradi.

Ta'lim vositasi fanni o'qitish bilan bog'liq holda tanlanadi. O'qituvchi o'zining ixtiyori bo'yicha ko'rgazmali material, o'quv qo'llanmadan foydalanishi mumkin. Ta'lim vositasini qo'llanilishining yana bir jihati, albatta, ta'lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks ettirishidir. Ta'lim vositasini tanlab olish ta'lim metodini tanlash bilan bog'liq.

Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida o'qitishning zamonaviy metodlari keng qo'llanilmoqda. O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta'lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasi o'sishiga olib keladi.

Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta'lim metodlari hozirda eng ko'p tarqalgan va barcha turdagi ta'lim muassasalarida keng qo'llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta'lim metodlarining turlari ko'p bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonining deyarli hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo'llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta'lim metodlarini ma'lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to'g'ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.

Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, obrazli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o'zaro muloqotda, o'zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o'quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o'rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. O'qitishning interfaol usullarini tanlashda ta'lim maqsadi, ta'lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o'quv muassasasining o'quv-moddiy sharoiti, ta'limning davomiyligi, o'qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e'tiborga olinadi.

Interfaol metodlar deganda - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta'lim oluvchi markazda bo'lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi: ta'lim samarasi yuqoriroq bo'lgan o'qish-o'rganish; ta'lim oluvchining yuqori darajada rag'batlantirilishi; ilgari orttirilgan bilimlarning ham e'tiborga olinishi;

ta'lim jarayoni ta'lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi; ta'lim oluvchining tashabbuskorligi va mas'uliyatining qo'llab-quvvatlanishi; amalda bajarish orqali o'rganilishi; ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Shunday qilib, fanlarni o'qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o'ziga xos xususiyatga ega. Ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o'rganish va amalda qo'llash o'quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to'g'ri yechimini topishlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o'quvchi-talabalarning bilim, ko'nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi.

Yuqorida aytilganlardan interfaol ta'lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu asosda ularni tasniflash zarurati ma'lum bo'ladi. Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazalarni keltiramiz.

Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta'lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.

Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta'lim metodlarini tanlash nimalarga bog'liq, degan masaladir. Didaktikaga oid adabiyotlarda ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash va ularni qo'llash samaradorligining turli omillar bilan bog'liqliklari quyidagicha qayd qilinadi:

birinchidan, o'quv mashg'ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog'liq; ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning harakteriga bog'liq; uchinchidan, ta'lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog'liq; to'rtinchidan, o'quv jarayonida o'rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog'liq;

beshinchidan, o'quv jarayonining moddiy-texnik ta'minoti bilan bog'liq; oltinchidan, o'qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o'quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o'qituvchining hozirgi zamon metodlari bo'yicha bilimlariga bog'liq. Bunda har bir shakl o'z oldiga qo'ygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va metodlar to'plami yagona didaktik majmuani hosil qiladi. Bu didaktik

majmuaning amalga oshirilishi esa, o'quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ta'lim olish jarayonida ta'lim metodlari, vositalari va ularni to'g'ri va o'rinli qo'llash muhim ahamiyatga ega. Va ular ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi" T., 2000 y O'. Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbaev "Pedagogika" T., "Talqin" 2008 y A. To'xtaboev, A. Eraliev "Tashkiliy xatti-xarakatlar" Andijon.,"Xayot" 2001 y R. Mavlonova "Pedagogika" T., "O'qituvchi" 2004 y

2. M.To'xtaxo'j ayeva "Pedagogika" T., "O'qituvchi" 2010 y

3. O.U.Avlayev, S.N. Jo'rayeva, S.P.Mirzayeva "Ta'lim metodlari" o'quv-uslubiy qo'llanma, "Navro'z" nashriyoti, Toshkent - 2017

4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухдммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.