Научная статья на тему 'TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIDA O’QUVCHILARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENTLIK KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH'

TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIDA O’QUVCHILARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENTLIK KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
970
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
KOMPETENTSIYAVIY TA'LIM / KOMPETENTLIK / IJODIY FAOLIYAT / MEHNATSEVARLIK / AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kadirova N.M.

Mazkur maqolada kompetentsiyaviy ta’lim tushunchasi, texnologiya fani darslarida axborot texnologiyalardan foydalanib ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentlik ko’nikmalarini rivojlantirish haqida ilmiy farazlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF STUDENTS' COMPETENCE SKILLS FOR WORKING WITH INFORMATION IN TECHNOLOGY LESSONS

This article describes the concept of competence education, scientific hypotheses about improving the quality of education using information technologies in technology classes and developing students' competence skills for working with information

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIDA O’QUVCHILARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENTLIK KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH»

Kadirova N.M.

NVPYaMO'MM amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi, p.f.f.d (PhD)

TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIDA O'QUVCHILARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENTLIK KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Annotatsiya: Mazkur maqolada kompetentsiyaviy ta'lim tushunchasi, texnologiya fani darslarida axborot texnologiyalardan foydalanib ta'lim-tarbiya sifatini oshirish va o'quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentlik ko'nikmalarini rivojlantirish haqida ilmiy farazlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar va tushunchalar: kompetentsiyaviy ta'lim, kompetentlik, ijodiy faoliyat, mehnatsevarlik, axborot texnologiyalari.

Kadyrova N.M., PhD senior teacher department of education NVPYaMO'MM applied sciences and extracurricular

DEVELOPMENT OF STUDENTS' COMPETENCE SKILLS FOR WORKING WITH INFORMATION IN TECHNOLOGY LESSONS

Abstract: This article describes the concept of competence education, scientific hypotheses about improving the quality of education using information technologies in technology classes and developing students' competence skills for working with information

Key words: competence education, competence, creative activity, hard work, information technologies.

Zamonaviy ta'limning muhim jihati yosh avlodni o'zgarayotgan dunyoga mos barkamollik fazilatlari bilan tarbiyalash bo'lib, innovatsion ta'lim metadalogiyasida kompetentsiyaviy ta'lim dolzarb mavzu bo'lib qolmoqda. Ta'lim va tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida asosiy bo'g'in hisoblangan umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim samaradorligini oshirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Buning uchun esa o'qitish jarayonida qo'llaniladigan ta'lim usullaridan unumli va oqilona foydalanish hamda bu usullarni takomillashtirish, yangilarini izlab topish va qo'llash talab qilinadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida texnologiyafani darslarida axborot va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'quv jarayoniga tatbiq etish ishlari keng ko'lamda yo'lga qo'yilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 apreldagi "Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'limining davlat ta'lim standartlarini

tasdiqlash to'g'risida"gi 187-sonli qarori asosida umumta'lim fanlari po'yicha kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standartlari tasdiqlandi. Bu qarorda umumiy o'rta ta'lim maktablarida umumta'lim fanlarini o'qitishning uzluksizligi va izchilligini ta'minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'limi bo'yicha davlat ta'lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o'quv-metodik majmualarining yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, ta'lim-tarbiya jarayonini yanada rivojlantirish, ta'lim jarayoniga kompetentsiyaviy yondashish, o'quvchilarning kreativligini rivojlantirish masalalari asosiy vazifa qilib belgilangan.

Ma'lumki texnologiya fani darslari maktab o'quvchilariga texnika, texnologiya, ishlab chiqarish asoslari haqida ma'lumot va tushunchalar berishda, ularni turli kasb-hunarlarga yo'naltirishda katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda maktablardagi barcha fanlar bo'yicha kompetentsiyaviy ta'limning yangi pedagogik texnologiya metodlari ishlab chiqilgan bo'lib, ular o'quvchilarning yoshi, jinsi, qiziqishi kabi jihatlarini hisobga olgan holda tuzilmoqda va darslar tashkil etilmoqda. Shu ma'noda o'quvchilardagi texnologiya fani bo'yicha kompetentsiyaviy talim texnalogiyalari o'ziga xos jihati va xususiyatlari bilan mutaxassislarni qiziqtirib kelmoqda. Eng avvalo kompetentsiyaviy ta'lim deganda o'quvchida mavjud vaziyatga qulay yo'l bilan moslashish, murakkab vaziyatdan chiqish uchun bir necha variantdan eng maqbulini tanlay olish layoqati, o'zaro munosabatlarda faol aloqaga kirishish va undan o'z manfaati erkinliklarini namoyish etish san'ati deb ham tushunish mumkin.

Texnologiya fani yoshlarning ma'naviy-ahloqiy sifatlarini, mehnat ko'nikmalarini o'zlashtirish, ijodiy fikrlashlarini rivojlantirish, atrof- muhitga ongli munosabatini tarbiyalash, to'g'ri va ongli kasb-hunar tanlashga o'rgatish uchun xizmat qiladi. Bugungi kunda texnologiya fani rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tarilmoqda, bu jarayonga har birimiz o'z hissamiz bilan ishtirok etishimiz mumkin. Zero, mehnat qilish hayotimizning ajralmas qismidir, mehnat jarayonida insonning qobiliyati va iqtidori namoyon bo'ladi, bilimlari yanada boyiydi, irodasi chiniqib boradi. Har bir o'quvchi maktab davridan o'zini mehnatga, bo'lajak kasbiy faoliyatiga tayyorlab bormog'i lozim. Buning uchun mehnatsevarlik, ijodkorlik, tirishqoqlik, intizomlilik, berilgan topshiriqlarga ma'suliyat bilan yondashish kabi sifatlarini o'quvchilarga tushuntirib, singdiri b borish pedagoglarning asosiy vazifalaridan biridir.

Kompetentsiyaviy ta'lim - o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malakalarini o'zaro shaxsiy, ijtomoiy munosabatlarida amaliy qo'llash kompetentsiyasiga yo'naltirilgan ta'limdir. Chunki, texnologiya fanidan olgan nazariy bilimlaridan hayotda foydalana olish layoqatiga ega bo'lmog'i kerak. Bolalar o'z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarga kirishishi, o'z mavqeini jamiyatda anglay boshlashi, aloqalar qilishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida o'z muammolarini yechimini topishi, eng kam sarf-harajat bilan yuqori foyda olishni, sog'lom va qonuniy yo'lini aniqlash qobiliyati

tayanch kompetentsiyalarga egaligini asosiy ko'rsatkichlaridir. O'quvchilarda mustaqil fikrlash, uni bayon etish qobiliyati ijtimoiy faollik, ayniqsa tashabbuskorlik fazilatlari, zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalana olish, kasb-hunarga qiziqish, ma'naviy-ahloqiy jihatdan o'quvchining madaniy qiyofasini yuksaltirishdan iboratdir. Bu mashg'ulotlarda tayanch kompetentsiyalar yordamida shaxsning kommunikativ qobiliyati, axborot bilan ishlash asosida o'z-o'zini rivojlantirish layoqati o'sadi. Chunki, o'quvchi fanning o'ziga xos kompetentsiyalarini egallab, murakkabroq ishlarni: gazlamalarning xususiyatlarini, ularga ishlov berishni, pazandachilik sir-asrorlarini, qolaversa, qishloq xo'jaligi sohasiga oid ko'pgina bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladi.E'tirof etish lozimki, texnologiya fani kompetentsiyaviy ta'limi o'zga fanlar tizimi bilan uzviy aloqadorlik va rivojlanish holatida shakllanadi. Ushbu ta'limning yana bir jihati shaxsning mintaqaviy fikrlash qobilyatini o'sishi, mavjud bilimlarni yangi bilimlar bilan fikriy bog'lash asosida fanning talablari darajasida malakalarni hosil qilish, soha bo'yicha kasb-hunarlarni ajrata olish ham muhimdir. Ikkinchi bir tomoni shuki, texnologiya fani mashg'ulotlarida o'quvchilarni to'la qamrab olish, interfaol usullardan foydalangan holda barcha o'quvchilarni jalb qilish ijobiy natija beradi.

Hozirda zamonaviy axborot texnologiyalardan darslar davomida foydalanib borish, ta'lim-tarbiya sifatini oshirish jarayonida muhim rol o'ynashi nazarda tutilmoqda. Darslar jarayonida o'quvchilar o'qituvchining bevosita ishtirokisiz,lekin uning topshirig'i asosida o'zlariga qulay bo'lgan vaqtda shug'ullanishlari, shu bilan birga ularning o'z oldiga qo'yilgan maqsadiga erishishda ongli ravishda intilishlari talab etiladi. O'quvchilar ishlarini mustaqil nazorat qilishda boshqa nazorat usullari bilan birga olib borilsa, ancha yuqori natijalar kutilishi mumkin. Ma'lumki,o'quvchilar ish jarayonida o'z xatolarini sezmaydilar, bunda xatolarni aniqlashda kompyuter vositasidan foydalanish ancha samarali kechadi. Ta'lim jarayonini yangi axborot texnologiya vositalari yordamida tashkil etish va o'quvchi shaxsi unung kompetensiyalari darajasini aniqlashda videokonferensiyalarni o'rni va roli beqiyosdir, maslahatlarni o'tkazishda esa elektron pochtalar qulay vosita sanaladi.

Elektron pochta yordamida amaliy darslarni tashkil etishda axborotlar almashinuvini yuzaga keltiradi. Bu o'quvchilar o'rtasida vertual guruhlarni shakllantirish va axborot almashishni yo'lga qo'yilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Darslar jarayonida o'quvchilarni o'quv- metodik materiallar bilan ta'minlashning samarali usuli o'qituvchi tomonidan tahlil etiladigan o'quv materiallar orasidan asosiylarini tanlash va ulardan nusxa olish shuningdek o'quv materiallarini tuzish hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, o'quvchilarning darslarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini o'zlashtirishning muayyan tizimi yordamida amalga oshiriladi. Bunda ma'lumotlarni kompyuter vositalari yordamida to'plashga intilish, nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallashga

diqqatni qaratish lozim. Shuningdek, axborot texnologiyalari majmuasini tashkil etuvchi vositalarning ko'pligi o'quvchini nafaqat qo'shimcha, balki doimiy ravishda yangi bilimlarni egallash, hamda ularni bevosita ta'lim jarayonida qo'llashga undaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoev Sh.M. "Yangi O'zbekiston Strategiyasi" T.: "O'zbekiston", 2021. - B. 457.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi "Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida" 187-sonli Qarori //O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, T., 2017 y., 2-bob 5-bandi, 3-bob 6-bandi.

3. Sharipov Sh.S., Muslimov N.A. Texnik ijodkorlik va dizayn. O'quv qo'llanma. -Toshkent: TDPU, 2007. B. 94.

4. Ishmuxammedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida o' qitish samaradorligini oshirish yo'llari. - T., 2003.

5. Karimov I. O'quvchilar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning uyg'unlashgan texnologiyalari: Monografiya. T.: "Adabiyot uchqunlari", 2020. - B. 194.

6. Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. - T.: Fan, 2006.

7. Shodmonova Sh.S., Hikmatova Sh. Bo'lajak o'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash. - T., 2010.

8. Qo'ysinov O.A., Sattarov V.N., Yakubova H.S. "Mehnat ta'limidan amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish metodikasi" Metodik qo'llanma. - T.: TDPU, 2011. - B. 102.

9. Muslimov N.A. va b. Mehnat ta'limi o'qitish metodikasi va kasb tanlashga yo'llash: Darslik. - T., 2014.

10. www. Ziyonet. uz.

11. www. edu. uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.