KO'ZI OJIZ VA ZAIF KO'RUVCHI BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATLARI O'QUVCHILARINI KASBGA YO'NALTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHDA XALQ HUNARMANDCHILIGIDAN FOYDALANISH
1Raximov A.A, 2Otamurotov Ilhom
1O'zbekiston -Finlandiya pedagogika instituti dotsenti pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) 2O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11186939
Annotatsiya. Mazkur maqolada Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida texnologiya darslari va darsdan tashqari mashg'ulotlarda o'quvchilarga xalq hunarmandchiligini o'rgatish asosida kasb -hunarga yo'naltirishning pedagogik sharoitlari haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'z: dars, o'quvchi, hunarmand, xalq hunarmandchiligi, kasb ta'lim-tarbiya tizimi, ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
Respublikamizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarda jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar barcha sohalarda, siyosiy, g'oyaviy, ma'naviy, mafkuraviy sanoat va san'atda, madaniyatda, tibbiyot va fan, maorifda, turli tiklanishlar va sifat samaradorliklar oshirishiga erishilmoqda.
So'nggi yillarda mamlakatimizda "Inson qadri uchun" tamoyili asosida nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, xususan ko'zi ojiz va ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Mazkur yo'nalishdagi islohotlarning izchilligi va tizimliligini ta'minlash, ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalarning ta'lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning jamiyatga moslashuviga ko'maklashish hamda qo'llab-quvvatlash bo'yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida PQ-209 raqamli O'zbekiston respublikasi prezidentining "Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta'lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori1-bandida sifatli ta'lim va tarbiya berishga, ularning maishiy sharoitlarini yaxshilashga, shuningdek, o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, 3- bandi a) qismida 2022/2023 o'quv yilidan boshlab: "Nurli maskan" maktablarining Brayl yozuvidagi darsliklar va o'quv qo'llanmalar, badiiy hamda bolalar uchun mo'ljallangan adabiyotlar, turli ixtisoslik va yo'nalishlardagi bosma va audiokitoblarga bo'lgan ehtiyoji har olti oyda o'rganiladi va shu asosda adabiyotlar ro'yxati shakllantirib boriladi."Nurli maskan" ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining shart-sharoitlarini bosqichma-bosqich yaxshilash bo'yicha"yo'l xaritasi"da belgilangan 5-vazifada Maktab-internatlar va oliy ta'lim muassasalarining kutubxonalari sharoitlarini yaxshilash va ularni ko'zi ojizlar hamda zaif ko'ruvchi bolalar uchun turli adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich to'ldirib borish to'grisida ko'rsatma berilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20.01.2023 sanasida maktablarda xorijiy tillar va kasb o'rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi.
Kengaytirilgan yig'ilish da xorijiy tillarni o'qitish sifatini oshirish va o'quvchilarni kasbga yo'naltirish masalalari muhokama qilindi.
O'zbekistonda 11 yil maktabda o'qigan bola chet tilini mukammal bilmaydi. Sharoit va mutaxassislar yo'qligi sababli yoshlarni kasblarga qiziqtirish muhiti shakllanmagan. Maktab bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega bo'lmasdan kirib kelmoqda.
«Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug'i, bilmagani muammo», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yig'ilishda tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o'quvchilar maktabning o'zida 64 xil ishchi kasblarga o'rgatilishi taklif etildi. Shu bois hokimliklarga tanlab olingan maktablarda kasb-hunar ustaxonalari tashkil etish, ularni jihozlash va zarur ashyolar bilan ta'minlash vazifasi qo'yildi. Bunga yoshlar yetakchilari va tadbirkorlar ham jalb etilishi, Yoshlar jamg'armasidan mablag'lar yo'naltirilishi belgilandi.
«Hozir tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilarni shu masala qiynayapti: bo'sh ish joyi ko'p, oyligi ham yaxshi, lekin o'quvi va ko'nikmasi bor ishchi yo'q. Agar bu tizim to'g'ri tashkil qilinsa, bizdagi demografik o'sish bilan katta natijalarga erishsa bo'ladi», dedi davlat rahbari.
Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o'quvchilarini kasbga tayyorlashni takomillashtirishda, xalq hunarmandchiligidan foydalanishning pedagogik sharoitini tadqiq qilishda quyidagi jihatlarga e'tibor berish lozim:
1. Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o'quvchilarni texnologiya darslarida xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalash maqsadida mutafakkir, donishmandlar, olimlar asarlarining tarixiy manbalarida yoritilgan mazmunini o'rganish, tahlil qilish orqali mazkur sohaning hozirgi davrdagi ilmiy, nazariy poydevorini yaratish lozim.
2. Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari texnologiya darslarida o'quvchilarni xalq xunarmandchiligi asosida tarbiyalash maqsadida halq hunarmandchiligi sohalarining milliy, mahalliy, hududiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, o'quvchilar faol ishtirok etadigan sohalarini tanlab olib, ularning o'qitilish jihatlari rivojlantirilishi lozim;
3. Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida amalda qo'llanilayotgan o'quv dasturlari mazmunini tanlashda o'quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalashda, xalq hunarmandchiligi asoslarini o'rganishini tarkib toptirish hamda ularga xalq hunarmandchiligining zamonaviy sohalari misolida o'rgatish lozim;
4. O'quv jarayonida o'quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalashda ta'limning maqsad va vazifalarini belgilashda, albatta, ularning o'ziga xos pedagogik usullari va vositalaridan foydalanish lozim bo'ladi.
Hozirgi davrda uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimida, mehnat va kasb-hunar pedagogikasida xalqimizning milliy, ma'naviy, madaniy meroslaridan, qadriyatlaridan, tarixiy yutuqlaridan foydalanishning yo'llarini, pedagogik shart-sharoitlarini belgilash ishi barcha izlanishlarning asosiy yo'nalishlaridan hisoblanadi.
Respublikamiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda qo'yilgan talablar Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o'quvchilarni mehnatga tayyorlashning muammolari echimini topishga qaratilgan izlanishlar
faollashuviga sabab bo'ldi. Bu boradagi tadqiqotlarlarning yosh avlodni kasb tanlashga tayyorlashning amaliy echimini topishga qaratilgan quyidagi asosiy yo'nalishlarini qayd etish mumkin:
• Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilarning kasblar olamida yo'nalish olishiga yordam beruvchi hamda o'z individual imkoniyatlarini haqqoniy baholay olish ko'nikmalari zarur darajasini ta'minlovchi axborotlar tizimini yaratish;
• Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchilarini mehnat tarbiyasiga yordam berish maqsadida shaxsni o'rganishning tashxis metodlarini ishlab chiqish;
• yoshlarga kasbiy konsultatsiyalar uyushtirishning nazariy va metodik asoslari;
• mehnatga tayyorlashning ijtimoiy ahamiyatli motivlarini asoslash;
Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida to'garak ishini tashkillashtirish va tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalarga e'tibor qaratish lozim bo'ladi:
- tarbiyaviy jarayonni tashkil etishning aniq yo'nalishlari bo'yicha tadbirlar majmuasi va maqsadli dasturlar tuzish;
- tarbiyaviy ishni zamon talablari asosida tashkil etadigan pedagogik hodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish.
Ushbu yo'nalishlarni hisobga olgan holda, hamda o'quvchilarga xalq hunarmandchiligi sirlarini o'rgatish ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o'quv rejasidan bo'shlash lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston respublikasi prezidentining 19.04.2022 sanadagi PQ-209 raqamli "Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta'lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori.
2.
. Qo'ysinov O.A. Kasb ta'limi yo'nalishi bakalavr o'qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta'limning ilmiy -metodik asoslari: Dis. ... ped. fan. nom. - T: TDPU, 2008. - 160 b
3. Sharipov Sh.S. va b. Texnologiya ta'limi: Darslik, 5- sinf. -T.: "SHarq", 2015. -237 b.
4. Zaripov L.R. Innovatsion yondashuv asosida 5-7-sinf o'quvchilarida texnologik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi. Dis. ... p.f.f.d. (PhD) .-T.: 2020. - 150 b
5. Igamov S.S. Umumta'lim maktablarining texnologiya darslari jarayonida xalq hunarmandchiligini o'rganishdagi ayrim muammolar va echimlar //Xalq ta'limi jurnali -T:2021, №6. 73-75 b
6. Igamov S.S. O'quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o'rgatish jarayonida ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning innovatsion texnologiyalari Dis. ... p.f.f.d. (PhD) .-Samarqand.: 2022. - 144 b