SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR E'TIBOR MARKAZIDA
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, jamiyat taraqqiyotiga o Z hissasini qo'shishgan qodir, jismoniy va ma'naviy yetuk avlodni kamolotga yetkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mustaqillik yillarida millatlar va e 'latlar, aholining ijtimoiy qadamlarini huquqiy muhofaza qilish uchun mustahkam zamin yaratildi.
Mamlakatimizda bolalarga har tomonlama g'amxo'rlik qilish, onalik va bolalikni muhofaza etish masalalari davlat siyosati darajasida ko 'rilmoqda.
Kalit so'zlar: ijtimoiy himoya, fuqarolik jamiyati, huquqiy madaniyat, sog'lom avlod.
С первых дней независимости нашей страны особое внимание уделяется развитию дееспособного, физически и духовно зрелого поколения, воспитанного в духе национальных и общечеловеческих ценностей, способствующего развитию общества. За годы независимости была создана прочная основа для правовой защиты социальных ступеней наций и народов.
В нашей стране вопросы всесторонней заботы о детях, охраны материнства и детства рассматриваются на уровне государственной политики.
Ключевые слова: социальная защита, гражданское общество, правовая культура, здоровое поколение.
Ma'lumki, aholini ijtimoiy himoya qilish, ularga huquqiy erkinlikni yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalar, ayniqsa nogiron, ota-onasidan mahrum bo'lgan bolalarni himoya qilishga qaratilgan qator me'yoriy hujjatlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lishi, "Bolalar huquqlari to'g'risida"gi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi va "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida "gi Qonunning qabul qilinishi yoshlarimizga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikning yorqin namunasidir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida, eng avvalo, kelajak avlodning barkamol bo'lib ulg'ayishi, hech kimdan kam bo'lmay dunyo
Aripov Zoirjon
Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi Oripova Ominaxon Farg'ona davlat universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
arenalarini zabt etishga qodir farzandlar bo'lib yetishishi muhimdir. Ayniqsa, yetim va nuqsonli bolalaming ijtimoiy himoyasi hamisha davlat va jamiyatning ustivor vazifasi hisoblangan. Ushbu vazifani amalga oshirish borasida O'zbekiston Respublikasida rivojlanishida nuqsoni bo'lgan kishilarning huquq va erkinliklarini, teng imkoniyatlarini ta'minlash, turmush faoliyatidagi cheklanish, chegaralarni bartaraf etish, ta'limni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuv, uning sifati va samaradorligini oshirish, jamiyatda aholining turki qatlamlari uchun ta'limning uzviylik va uzviysizligini ta'minlash borasida talaygina ishlar amalga oshirib borilmoqda. Bolalik bosqichida inson psixologo-pedagogik jihatdan kuchli ta'sirlanadi. O'sib kelayotgan bola organizmi,uning miya tuzilishining ichki imkoniyatlari chegarasizligini inobatga olgan holda tashkil etilgan korreksion-pedagogik, psixologik hamda tibbiy ishlar bolaning birlamchi nuqsonini kamaytirib,ikkilamchi nuqsonlarning oldini olishga yordam beradi. Bularning hammasi rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolani mustaqil, hech kimga qaram bo'lmagan holda hayot kechirishga tayyorlash omillaridir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bolalarning ijtimoiy reabilitatsiyasi (tiklash) va ijtimoiy adaptatsiyasi (moslashuvi) - bu nafaqat qalbdagi sifatlarni, balki yangi texnologiya va innovatsiyalarning paydo bo'lishi bilan tadrijiy rivojlanib boradigan bu nozik sohada professional yondashuvni talab qiladigan sermashaqqat mehnatdir. Bu sohaning takomillashuvida nogironligi bo'lgan bolalar bo'yicha idoralararo muhtoj bolalarning ijtimoiy moslashuvi holatini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib borildi.
Mahalliy va xorijiy ilmiy-uslubiy adabiyotlardagi ma'lumotlar, nogironligi bo'lgan bolalar va ularning ota-onalari bolalar " Muruvvat" uylari xodimlaridan olingan intervyular asosida alohida yordamga muhtoj bolalarning o'ziga xos ehtiyojlari,psixoijtimoiy rivojlanishining asosiy qonuniyatlari aniqlandi,bu toifadagi bolalarning ijtimoiy moslashuvi muammolari belgilandi,tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning ishi samaradorligini oshirish masalalari hal etildi.
Alohida yordamga muhtoj bolani kompleks reabilitatsiyalash quyidagi ko'rinishda bo'ladi: "tibbiy, psixologik, pedagogik va ijtimoiy-iqtisodiy, qabul qilingan tizim va jarayon, bartaraf etish, korreksiyalash yoki to'liq kompentatsiyalashga yo'naltirilgan. Uning maqsadi "alohida yordamga muhtoj bolaning ijtimoiy mavqeini, moddiy jihatdan mustaqilligini va uning ijtimoiy moslashishini reabilitatsiyalash".
Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya ishlari alohida yordamga muhtoj bolalar uchun o'quv jarayonini tashkil qilishda ,ularning ijtimoiy-maiyish moslashuvini amalga oshirish jarayonida,o'ziga xos tomonlarni aniqlashda amalga oshiriladi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
Ijtimoiy reabilitatsiya orqali bola shaxsining o'ziga xos psixologik xususiyatlari rivojlantiriladi. Jarayon davomida rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bola bilan vujudga keladigan g'oyat katta ichki va tashqi omillar bilan bog'liq bir qator muammolbola rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Ushbu jarayonni samarali boshlash uchun ularning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish, ijobiy va salbiy tomonlarini,ta'sir etish natijalarini oldindan ko'rish va korreksiyalashni o'z vaqtida boshlash kerak.
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 23-moddasiga ko'ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo'lgan bolalar ta'lim olish huquqiga ega. Mamlakatimizda alohida yordamga muhtoj bolalarga yordamni tashkil etish—inson haqida g'amxo'rlik ko'rsatilishining yorqin namunalaridan biridir. O'zbekistonda alohida yordamga muhtoj va nogiron bolalarga yordam Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi hamda Oliy ta'lim, fan va innnovatsiyalar vazirliklari qoshida muassasalarda tashkil etilgan. Xalq ta'limi vazirligi qoshida ular uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari, maktab, maktab-internatlari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalarida va maktabda alohida yordamga muhtoj bolalar integratsiyalashgan, Inkluziv ta'limga jalb etilmoqdalar. Segregatsion ( differensial) ta'limni tashkil etish ishlari maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarida, jumladan, nutqida, intellektual nuqsonli, yordamchi,ruhiy rivojlanishi sust, harakat-tayanch a'o'zlari jarohatlangan,zaif eshituvchi, zaif ko'ruvchi bolalar bog'chalarida amalga oshirilmoqda.
Maktab yoshidagi alohida yordamga muhtoj bolalar uchun barcha turdagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar,jumladan,aqli zaif bolalar uchun maktab-internatlar, zaif eshituvchi bolalar uchun maktab-internatlar, harakat-tayanch a'o'zlarida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun, kar bolalar uchun, ko'zi ojiz bolalar, og'ir nutq nuqsonli bolalar uchun, ruhiy rivojlanishi sust bolalar uchun maktab-internatlari; aqlan zaif bolalar uchun kuni uzaytirilgan maktablar faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
O'rta umumiy ta'lim maktablarida bundau bolalar uchun sinflar ham tashkil etilgan. Boshlang'ich maktabda ruhiy rivojlanishi sust bolalar uchun tenglashtiruvchi sinflar,og'ir nutqiy nuqsonli bolalar uchun nutqiy,aqli zaif bolalar uchun yordamchi sinflar tashkil etilgan. Uzluksiz ta'lim tizimida alohida yordamga muhtoj bolalar uchun mehnat maktablar,kasb-hunar kollejlarida alohida guruhlar faoliyat ko'rsatmoqda. Yengil darajadagi nutqiy nuqsonli bolalar uchun o'rta umumta'lim maktablari qoshida logopedik punktlari faoliyat olib bormoqda.
REFERENCES
1. G'oziyev E. Umumiy psixologiya. Darslik. Toshkent, 2002.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023
2. J.Hasanboyev va boshqalar. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi). Darslik. Toshkent, 2016.
3. Арзиматова, И. М. (2019). Процесс глобализации и формирование чувства патриотизма у молодёжи. In перспективные области развития науки и технологий (pp. 20-22).
4. Арзиматова, И. М. (2019). Социально-психологические особенности национальной эстетической культуры. In Условия социально-экономического развития общества: история и современность (pp. 9-12).
5. Alimjonova, M. (2022). THE NECESSITY OF DEVELOPING CULTURAL COMMUNICATION COMPETENCE OF STUDENTS IN THE GLOBALIZATION OF EDUCATION. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(5), 899-894.
6. Алимжонова, М. (2022). ФУНКЦИИ ФОРМИРОВАНИЯ КАЧЕСТВ МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОММУНИКАЦИИ У СТУДЕНТОВ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ ОБРАЗОВАНИЯ. SO 'NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 7(2), 124-129.
7. Mamasoliyev, R. (2020). Modern Innovative Directions Of Pedagogical Education Development. Теория и практика современной науки, (6), 16-18.
8. Ибрагимов, В. (2022). ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИК ВА ТОЛЕРАНТЛИКНИ ЮКСАЛТИРИШНИНГ МУХЦМ ЖИХДТЛАРИ. Research Focus, 1(4), 351-354.
9. Ibragimov, V. (2022). METHODOLOGY OF STUDYING FOREIGN LANGUAGE LESSONS BY THE METHOD OF EXTRACURRICULAR PROJECT WORK ADVANTAGES. Oriental Journal of Social Sciences ,2(06), 60-65.
10. Toirjonovich, A. Z. (2022). XALQ O'YINLARINING ETNOPЕDAGOGIK TASNIFI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 77-81.
11. Арипов, З., & Сайдумарова, М. (2021). Zamonaviy o'qitish metodlari orqali iqtidorli o'quvchilarni tarbiylash va rivojlantirish. Общество и инновации, 2(12/S), 86-92.
12. Toirjonovich, A. Z. (2022). BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 92-96.
13. Арипов, З. Т. (2020). Процесс Формирования Коммуникативно-Речевой Готовности Старших Дошкольников К Обучению. In Проблемы Филологического Образования (pp. 108-112).
14. Salieva, N., & Saliev, U. (2021). Women In Medicine-Gender Aspects. The
American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(05), 292-295.