Научная статья на тему 'DEFEKTALOGIYA FANI VA UNING DOLZARB MASALALARI'

DEFEKTALOGIYA FANI VA UNING DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3096
120
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Defektalogiya / anomal / lagaped / surdapedagogika / oligofrenope-dagogika. / Defectology / anomaly / lagaped / deaf pedagogy / oligophrenope-dagogy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Feruza Shukurulla Qizi Shamurotova, O’g’iljon Murodbek Qizi Otaullayeva

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mavzu hisoblangan ,,Defektalogiya’’ ya’ni imkoniyati cheklangan bolalarni qobiliyatlarini rivojlantirish va uni oldini olish haqida muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SCIENCE OF DEFECTOLOGY AND ITS PROBLEMS

This article discusses the development and prevention of children with disabilities, which is a topical issue today.

Текст научной работы на тему «DEFEKTALOGIYA FANI VA UNING DOLZARB MASALALARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

DEFEKTALOGIYA FANI VA UNING DOLZARB MASALALARI

Feruza Shukurulla qizi Shamurotova O'g'iljon Murodbek qizi Otaullayeva

Urganch davlat universiteti talabalari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mavzu hisoblangan ,,Defektalogiya'' ya'ni imkoniyati cheklangan bolalarni qobiliyatlarini rivojlantirish va uni oldini olish haqida muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: Defektalogiya, anomal, lagaped, surdapedagogika, oligofrenope-dagogika.

THE SCIENCE OF DEFECTOLOGY AND ITS PROBLEMS

ABSTRACT

This article discusses the development and prevention of children with disabilities, which is a topical issue today.

Keywords: Defectology, anomaly, lagaped, deaf pedagogy, oligophrenope-dagogy.

KIRISH

Ta'limda bunday bolalarga bee'tibor bo'la olmaymiz, ularga mehr va mativatsiya berishdan to'xtamaslik lozim. Umuman olganda defektalogiya fani jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning psixafiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarni o'rganadigan fan. Defektalogiya so'zi lotin tilida defektus ,,nuqson, kamchilik", "logos-talimot, o'rganish" degan ma'nolarni beradi. Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar anamal bolalar deyiladi. Anamol so'zi yunonchadan olingan bo'lib ,,odatdan tashqari", ,,noraso" degan ma'nolarni bildiradi. Hozirgi kunda chet davlatlarda bunday bolalar ,,maxsus yordamga muhtoj bolalar'' deb ataladi. Defektalogiya fanining vazifasi-anamoliyalarning kelib chiqish sabablari, turlari, anomal bolalarning psixafiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarni o'rganish, shular asosida differensial va integratsiyalashgan ta'limni tashkil etish, ularning ta'lim tarbiyasi bilan shug'ullanishdir. Defektalogiya fanining maqsadi-anomal bolalar bilan defferensial va integratsiyalangan ta'limni tashkil etish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni o'rganish, ulardagi nuqson va kamchiliklarni bartaraf etish, nuqsonlarini iloji boricha ko'zga ko'rinmaydigan darajaga keltirish.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MUHOKAMA

Defektalogiya fanining rivojlanishiga psixalog olim L.V.Zankov, L.S.Vigotskiyning xizmati katta. Ular anamol bolalalar bilan rivojlantiruvchi ta'limni olib borish kerakligini, korreksiya kompensatsiya usullari va bularni amalga oshirish yo'llarini fanga kiritdilar. L.S.Vigotskiy ,,Defektologiyaning asosiy muammolari'' kitobida anomal bolalarning nafaqat ,,salbiy", balki ,,ijobiy" tomonlarini ham o'rganib, aniqlab, shularga tayangan holda va ularning potensial imkoniyatlarni inobatga olib turib, ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga diqqatni jalb etdi.

O'zbekistonda defektologiya fani 1967-yildan rivojlana boshladi. Hozirgi kunda oligofrenopedagogika va logopediya, defektologiya fanining klinik asoslari va surdapedagogika kafedralari qo'shilib, maxsus pedagogika va metodika kafedrasiga aylantirildi, u o'z faoliyatini pedagogika va defektologiya fakultetida amalga oshirmoqda.

Defektalogiya fanining rivojlanishi natijasida undan mustaqil fan sifatida quyidagi fanlar ajralib chiqdi:

-surdapedagogika (lotincha,surdos ,,kar", ,,gung" so'zidan olingan), etishida nuqsoni bo'lgan bolalar;

-tiflopedagogika (yunoncha tiflos-,,kar, so'qir" so'zidan olingan) ko'rishida nuqsoni bor bolalar;

-olinofrenapedagogika (yunoncha-oligos-kam, fren-aql so'zlaridan olingan) -aqliy tomondan zaif bolalar;

-logopediya(yunoncha logos -,,so'z", pedeo-,,tarbiyalash" so'zlaridan olingan)-nutqida nuqsoni bor bolalar.

Sensor nuqsonli bolalar:

1.Eshitishida nuqsoni bor bolalar: Nutq-murakkab ruhiy faoliyat bo'lib, u bolalarning ruhiy o'sish jarayonlariga katta ta'sir ko'rsatadi. Umuman ularni barkamol bo'lib yetishishlarida to'siq bo'ladi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo'lib, atrofdagilarga taqlid etish yo'li bilan rivojlanib boradi. Eshituv analizotorining rivojlanishi ko'p jihatdan talaffuzga bog'liq. Bola nutqining o'sib borishi tovushlar talaffuzi fiziologik va fonematik eshitishgagina bog'liq emas, bunga atrofdagilar nutqidagi so'zlarning tuzilishi tovush tarkibini farqlay bilish ham ahamiyatga ega. Ikkala signal sistemasi, shuningdek idrok va so'zning o'zaro aloqada bo'lishi aqliy rivojlanishning negizini tashkil etadi.

2.Ko'rishda nuqsonlari bor bolalar: Tiflopedagogikada ko'zi ojiz bolalar ko'r va ko'zi zaif ko'ruvchi bolalar guruhlariga bo'linadi. Ko'r bolalarning ko'rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko'rlik) yoki korreksiya qo'llanilganda (ko'zoynak tutilganda) ham ko'rish o'tkirligi 0,04 gacha pasaygan (ya'ni bunday bolalar amalda ko'r) bo'ladi. Zaif bolalarda ko'rish o'tkirligi 0,05 dan to 0,04 gacha bo'lishi mumkin. Ko'rlik ham tug'ma

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

yoki orttirilgan bo'ladi. Ular uchun alohida maktabgacha ta'lim va maktab-internatlar mavjud.

TAHLIL

3.Og'ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar: Nutq nuqsoni logapediya fanida o'rganiladi. Nutq nuqsoni o'z-o'zidan barham topmaydi, balki vaqt o'tgan sari yanada og'irlashib, zo'rayib boradi. Nutq nuqsoniga ega bolalalar logapedik yordamga muhtoj bo'ladi. Og'ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga, balki, umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bugungi kunda bunday kasallik bilan tug'ilgan bolalar soni juda ortib bormoqda, bunga turli sabablar mavjud. Onalarning homila davrida o'tkazgan stres holatlari, asabiylashish, siqilish va boshqa hodisalar sabab bo'lmoqda. Bunday bolalar ko'rinishidan nuqsonsiz sog'lom bolalarga o'xshaydi. Hozirda yurtimizda va jahonda bunday bolalarga shart-sharoit yaratilmoqda, iqtidorlarini yuzaga olib chiqish yo'llari o'rganilmoqda. 4.Ruhan sust rivojlangan bolalar (aqli zaif o'quvchilar)

Ulgurmovchi o'quvchilar orasida ruhan sust rivojlangan bolalar ham uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati markaziy nerv sistemasidagi modda almashinuvi buzilishidan kelib chiqqan. Yengil patalogik o'zgarishlar vaqtincha buzilgan bo'ladi. Ruhan sust rivojlangan bolalar aqliy darajasi jihatidan ikki guruhga bo'linadi.

1.Yengil nuqsoni bor bolalar bular maxsus sharoitda 1-3 yil ta'lim-tarbiya olganlaridan so'ng o'qishni umumta'lim maktabining tegishli sinfida davom ettirishlari mumkin.

2.Ruhiy jihatdan rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar, bular o'rta maktabni bitirgunga qadar maxsus sharoitda o'qitilishi maqsadga muvofiqdir.

Aqli zaif o'quvchilarning shaxsiy varaqalari, tibbiyot kartalari, majlislar va kengashlar protokollari, sinf daftarlari va hisobot materiallari bilan tanishuv tadqiqotchini foydali malumotlar bilan qurollantiriladi. Aqli zaif o'quvchilarning turli yoshdagi psixologik xususiyatlarini bilimlarini, ularni mehnatga, mehnat faoliyatiga tayyorlashni, ular shaxsining kamol topib borish qonunyatlarini o'rgatadi.

Aqli zaiflikni keltirib chiqaradigan sabab-oqibat xususiyatlari endagen xususiyatlarga ega. Aqli zaiflikni keltirib chiqaradigan sabablar turli ilmiy, uslubiy psixologik-pedogogik va tibbiy adabiyotlarda turlicha bayon etiladi. Bu sabablarni quyidagicha ifodalashimiz mumkin.

-Homila davrida turli ta'sir etuvchi infeksiya, intoksikatsiya va turli jaroxatlar;

- Tug'ilish vaqtidagi jaroxat asfikatsiya;

-Chaqaloqning ilk yoshida salbiy ta'sir etuvchi yuqumli intoksikatsiya, ovqatlanishning buzulishi, tashqi ta'sir (ekologiya) va boshqalar.

- Turli irsiy yo'l bilan avloddan avlodga o'tadigan gen, xramasoma kasalliklari. XULOSA

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Aqli zaif bola faolyatida tashabbuskorlik, mustaqillikga intilish shaxsiy xususiyatlar bo'lmaydi, o'zlarining mustaqil ishlarini aqliy jihatdan tushuntirib bera olmaydilar, shuning uchun ular doim yordamga muhtojdirlar. Bugungi kunda bunday bolalarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ular uchun bog'cha va maktablar, insonlarga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan bolalarga alohida o'qituvchilar berkitilib imkon qadar ta'lim sohasida katta yordam ko'rsatilmoqda. Bunday bolalar juda kam holatda iqtidorli bo'lib tug'iladi. Umuman olganda defektologiya sohosiga jahon bo'yicha va respublikamiz bo'yicha ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

REFERENCES

1. J. Hasanboyev, X.A To'raqulov, I.SH. Alqarov "Pedagogika" darslik 2011-yil. 418428 betlar.

2.Qo'chqorov R,Qarshiboyev M Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch kitobini o'rganish bo'yicha o'quv qo'llanma -T.:Yangiyo'l Poligraph Service, 2008.-20-21-betlar.

3.Xasanova Z "Ta'limni pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishda ta'lim prinaplarning tutgan o'rni" mavzusidagi referati

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.