UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR TA'LIMINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK HISLATLARI
Dilfuza Uchqunovna Raxmanova
Chirchiq Davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika-psixologiya yo'nalishi magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada inklyuziv o'qitish tizimining yuzaga kelish tarixi, uning jamiyat hayotida tutgan o'rni, xorij mamlakatlari tajribasi, statistik ma'lumotlar tahlili, ta'lim tizimida o'qitishdagi imkoniyati hamda amalga oshirish mexanizmi yuzasidan fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim, inklyuziv ta'lim, imkoniyati cheklangan o'quvchilar , korreksiya, maxsus maktab, an'anaviy ta'lim, dastur, mezon, ishlab chiqish, pedagogika.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ ДЕТЕЙ С ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ
Аннотация: В статье рассматриваются история системы инклюзивного образования, его роль в обществе, опыт зарубежных стран, анализ статистических данных, возможность обучения в системе образования и механизм его реализации.
Ключевые слова: образование, инклюзивное образование, учащиеся с ограниченными возможностями, коррекция, спецшкола, традиционное образование, программа, критерии, развитие, педагогика.
PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FEATURES OF EDUCATION OF CHILDREN WITH DISABILITIES IN SECONDARY SCHOOLS
Abstract: This article discusses the history of the inclusive education system, its role in society, the experience of foreign countries, the analysis of statistical data, the possibility of teaching in the education system and the mechanism of its implementation.
Keywords: education, inclusive education, students with disabilities, correction, special school, traditional education, program, criteria, development, pedagogy.
Kirish (Introduction). O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta'lim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2020-yil 6-noyabrdagi qaroriga asosan O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi faoliyatini yana-da takomillashtirish bo'yicha Hukumat qarorini qabul qilish belgilangan.
Qarorda xalq ta'limi tizimida kasb-hunarga yo'naltirish, ijtimoiy-psixologik xizmat ko'rsatish mexanizmini yana-da takomillashtirish, kasb-hunarga yo'naltirishning ilg'or tajribalarga asoslangan zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish, inklyuziv ta'limni joriy etish, rivojlantirish hamda bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va jamoatchilikni ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash orqali bolalar uchun xavfsiz inklyuziv o'quv muhitini yaratish ko'zda tutilgan.
— Ayni vaqtda Markaz tomonidan "Inklyuziv ta'lim laboratoriyasi"ning Nizomi hamda inklyuziv ta'lim berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, pedagog xodimlarning malaka oshirish kurslari uchun "Inklyuziv ta'lim" o'quv modulini yaratish va amaliyotga tatbiq etish, tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limlarida tashkil etiladigan "Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo'llab-quvvatlash markazi" negizida inklyuziv sharoitlarda ta'lim oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
— Bolalar uchun xavfsiz inklyuziv o'quv muhitini yaratishda nimalarga e'tibor qaratish kerak?
Korreksiyalovchi (kamchiliklarini tuzatish) ta'lim mazmunini o'quvchilarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda individual bo'lishini ta'minlash orqali har bir o'quvchi inklyuziv ta'lim sharoitida erkin his qiladigan darajaga yetkazilishi zarur. Buning uchun ta'lim jarayonida ishtirok etuvchi barcha pedagog xodimlar, tarbiyachilar oldiga yagona talab qo'yiladi. Bunda o'quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga ya'ni oilada, mahallada, jamoat joylarida, umuman olganda hayotda qo'llaniladigan shaxslararo munosabatlardagi barcha kommunikativ ko'nikma va malakalar berilishini ta'minlashni ko'zda tutadi.
— Inklyuziv ta'limda maktab sinf xonalariga ham alohida talablar qo'yiladimi?
— Ha albatta, inklyuziv ta'limga o'tishda maktab va undagi sinf xonalariga alohida talablar qo'yiladi. Chunki barcha umumiy o'rta ta'lim maktablari sog'lom bolalarni ta'lim olishiga mo'ljallangan. Shuning uchun harakati cheklangan, zaif ko'ruvchi, ko'zi ojiz, kar va zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus qurilmalar, moslamalar, darslik va o'quv materiallari, jihozlar bo'lishi talab etiladi.
— Inklyuziv ta'lim imkoniyati cheklangan o'quvchilar umumiy dasturlar orqali o'qitiladimi va unda qanday mutaxassislar faoliyat olib boradi?
— Inklyuziv sinflarda umumta'lim maktablarining barcha o'qituvchilari faoliyat olib boradi, faqat sinfdagi imkoniyati cheklangan bolalar bilan maxsus ta'lim mutaxassislari (surdopedagog, tiflopedagog, oligofrenopedagog) maxsus o'qituvchi sifatida hamkorlikda ish olib boradi. Inklyuziv ta'lim umumta'lim dasturlari asosida har bir yo'nalishdagi (ko'rishdagi, eshitishdagi, aqliy faoliyatida muammosi mavjud) bolalarga yo'naltirilgan, moslashtirilgan o'quv dasturlari asosida individual yondashuv orqali o'qitiladi.[1]
Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti qoshida Psixologik markaz tashkil etilgan.Shu markazda Qodirova Feruza Usmonovna boshchiligida talabalar, magistrlar bilan "Klaster" negizida "Kaskad" usuli orqali "Inklyuziv ta'lim"ga mo'ljallangan kichik markaz faoliyati yo'lga qo'yilgan.Shu markazda nutqida nuqsoni bor bolalarni,tayanch harakat tizimida nuqsoni bor bolalar bilan treninglar, amaliy mashg'ulotlar o'tkazilmoqda.Ularga fan dasturi asosida amaliy yordam berilmoqda.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).
Bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etilishi kerak.
UNICEF inklyuziv ta'limni O'zbekiston ta'lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug'ullanadi. Inklyuziv ta'lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta'lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta'lim olishi, o'zlashtirishda qiynalayotgan bo'lsa, o'qish va yozishga o'rganish uchun maxsus yordamga ega bo'lishi, darslarga qatnamay qo'ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko'rsatilishini kafolatlaydi.
Yutuqlarimiz:
UNICEF Xalq ta'limi vazirligining defektolog va psixologlarning inklyuziv ta'limdagi roli to'g'risidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqishga ko'maklashdi;
UNICEFning ko'magi inklyuziv ta'lim bo'yicha 5 yillik ish rejasi ta'lim sohasining umumiy rejasiga kiritilishini ta'minladi.
Istiqboldagi rejalar:
*tanlab olingan mintaqalarda inklyuziv ta'lim uslublarini tajriba sifatida joriy etish uchun Xalq ta'limi vazirligiga texnik yordam ko'rsatish;
*maktabga qatnamaydigan yoki shunday xatarga uchrayotgan bolalarga alohida e'tibor qaratadigan viloyat bolalar rivojlanish markazlarida tegishli o'quv dasturlarini joriy etish;
*o'qituvchilar, ota-onalar va o'quvchilar uchun mo'ljallangan va imkoniyatlari cheklangan bolalar oddiy maktablarda bilim olishlari mumkin bo'lishiga qaratilgan alohida dasturlarni «Speshial Olimpiks» ko'magida O'zbekistonda tajriba sifatida joriy etish.[2]
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Imkoniyati cheklangan bolalarga mo'ljallangan maktablar Xalq ta'limi vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan mintaqadagi jismoniy va psixik rivojlanishda imkoniyati cheklangan, maxsus sharoitlarda ta'lim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda o'rganib chiqish yakunlari bo'yicha tashkil etiladi.
Ushbu maktablarni tashkil etish tegishli hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o'rtasida tegishli kasalliklarning ko'payganligini ko'rsatadigan rasmiy statistika ma'lumotlari bilan asoslanishi kerak.
Imkoniyati cheklangan bolalarga mo'ljallangan maktablar o'quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.
Bolalarni imkoniyati cheklangan bolalarga mo'ljallangan maktablarga yuborish xalq ta'limi boshqarmalari tomonidan, xalq ta'limi boshqarmalari huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko'ra, ota-onalar roziligiga ko'ra amalga oshiriladi.[3]
Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Inklyuziv ta'limning istiqbollari nafaqat o'quv jarayoni tashkilotchilari o'qituvchilar, balki nogiron bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar uchun ham katta qiziqish uyg'otmoqda. Bugungi kunda jamiyatimizda "maxsus" va oddiy bolalarning birgalikdagi ta'limi bilan bog'liq muammolar qanday hal etilayotganligi masalasi ayniqsa dolzarbdir. Inklyuziv ta'lim, avvalambor, uning barcha ishtirokchilari uchun bilim olishlari uchun maqbul sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi.
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
Inklyuziv sinflarda oddiy bolalar va nogiron bolalar o'rtasida mustahkam do'stona munosabatlar shakllanadi. Ushbu do'stlik ularga xilma-xillikni yaxshiroq his qilishlariga yordam beradi. O'quvchilar o'zlarini yanada qulay his qilishadi va o'zlaridan farq qiladigan odamlar bilan muloqot qilishdan qo'rqmaydilar. Ular nogiron tengdoshlari bilan boshqa darajada muloqot qilishadi. Nogiron tengdoshlari esa bu jamiyatda o'zini kerakligini,yolg'iz ta'lim olishdan ko'ra sog'lom o'quvchilar bilan ta'lim olishlari,jamiyatda kerakli inson ekanligini anglaydilar.
REFERENCES
1. WWW.uzedu.uz
2. www.unicef.org
3. www.advice.uz