Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM VA YANGICHA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR'

INKLYUZIV TA’LIM VA YANGICHA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

5850
901
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim / ta‟lim shakllari / inklyuziv ta‟lim / UNCPRD / UNICEF / pedagogik tahlil / metod / ijtimoiy siyosat. / образование / формы обучения / инклюзивное образование / UNCPRD / ЮНИСЕФ / педагогический анализ / методология / социальная политика.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — F. A. Ibrohimov, Z. M. Kabirova

Maqolada yurtimiz ta‟lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv ta‟limni yuksaltirish masalalari, 2020-2025 yillarda xalq ta‟limi tizimida inklyuziv ta‟limni rivojlantirish konsepsiyasining pedagogik mohiyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИНКЛЮЗИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ И НОВЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ

В статье анализируются реформы в системе образования страны и их значение, вопросы повышения инклюзивного образования, педагогическая значимость концепции развития инклюзивного образования в системе народного образования на 2020-2025 годы.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM VA YANGICHA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR»

INKLYUZIV TA'LIM VA YANGICHA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

F. A. Ibrohimov

TVCHDPI o'qituvchisi

Z. M. Kabirova

TVCHDPI magistranti

Annotatsiya: Maqolada yurtimiz ta'lim tizimidagi islohotlar va ulaming ahamiyati, inklyuziv ta'limni yuksaltirish masalalari, 2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasining pedagogik mohiyati tahlil qilingan.

Tayanch so'zlar: ta'lim, ta'lim shakllari, inklyuziv ta'lim, UNCPRD, UNICEF, pedagogik tahlil, metod, ijtimoiy siyosat.

ИНКЛЮЗИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ И НОВЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ

ПОДХОДЫ

Аннотация: В статье анализируются реформы в системе образования страны и их значение, вопросы повышения инклюзивного образования, педагогическая значимость концепции развития инклюзивного образования в системе народного образования на 2020-2025 годы.

Ключевые слова: образование, формы обучения, инклюзивное образование, UNCPRD, ЮНИСЕФ, педагогический анализ, методология, социальная политика.

INCLUSIVE EDUCATION AND NEW PEDAGOGICAL APPROACHES

Abstract: The article analyzes the reforms in the education system of the country and their importance, issues of raising inclusive education, the pedagogical significance of the concept of development of inclusive education in the public education system in 2020-2025.

Keywords: education, forms of education, inclusive education, UNCPRD, UNICEF, pedagogical analysis, method, social policy.

BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida 2017-yil sentabr oyida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taklif: "Yoshlar huquqlari to'g'risida"gi

Xalqaro Konvensiya loyihasi ishlab chiqildi. "Yoshlar huquqlari bu, eng avvalo birinchi navbatda, ulaming tinch va sog'lom yashash hamda ta'lim olishga bo'lgan huquqlari hisoblanadi. ...unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizning barkamol bo'lib voyaga yetishi, sifatli va mukammal ta'lim olishini ta'minlash biz uchun hamisha ustuvor vazifa hisoblanadi"[1].

Bosh Qomusimizning 41-moddasi hamda Yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonun (2020-yil 23-sentyabr) 5-moddasi qoidalariga asosan ta'lim olishda barcha teng huquqlidir[2]. Bu qonun inklyuziv(uyg'unlashgan) ta'lim tushunchasi kiritilganligi bilan ham avvalgi tahriridan farqlanib turadi va buqonunga muvofiq inklyuziv ta'lim sohasidagi vakolatli organ etib Vazirlar Mahkamasi belgilangan. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ta'limning inklyuziv shaklini ham birdek rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Inklyuziv termini inglizcha - uyg'unlashish, hamkorlikdagi ta'lim ma'nosini berib, butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng insonparvar va eng samarali ta'lim sifatida tan olingan. Inklyuziv ta'lim - barcha o'quvchilar uchun maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta'lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta'minlashdir.

Ayni damda barcha mamlakatlarda ham inklyuziv ta'limni tan olish faqatgina qonun chiqarish bilangina bog'liq bo'lmaydi. Diskriminatsiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto'g'ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya'ni inklyuziv ta'limni e'tirof etgan holda, aholi o'rtasida targ'ibat-tashviqot ishlarini olib borish eng birinchi galdagi masaladir.

1990-yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalarni umumta'lim muassasalari tizimida o'qitish borasida bir qancha jahon miqyosida deklaratsiya va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko'plab davlatlari e'tirof etdilar. 2006-yilda BMTning "Nogironlar huquqlari to'g'risida"gi Konvensiyasi (UNCPRD) qabul qilindi. 2009-yil 27-fevralda bu hujjat mamlaktimiz tomonidan ratifikatsiya qilingan. Ushbu Konvensiyaning 24-moddasida: "Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning ta'lim olish huquqini e'tirof etadilar. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu huquqni kamsitmasdan va imkoniyatlar tengligi asosida amalga oshirish maqsadlarida barcha darajalarda inklyuziv ta'limni va butun umri davomida o'qitilishlarini ta'minlaydi", deb belgilangan.[3]

O'zbekiston Respublikasida nogiron bolalar bilan bog'liq tahlil va dastlabki baholash ishlari 1966-yilda boshlangan. 1996-yilning noyabr oyida YUNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston Milliy komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda «Maxsus ta'lim sohasida inklyuziv usullar» mavzusida milliy o'quv dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 1998-yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida

ushbu mavzu bo'yicha mintaqaviy anjuman tashkil etilgan edi. Mazkur anjuman YUNESKO, YUNISEF (BMTning bolalar jamg'armasi), Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Ushbu tadbirlar natijasida 2001-yilda O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi qoshida inklyuziv ta'lim bo'yicha manba markazi tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar ushbu markaz tomonidan bir necha o'quv seminarlari o'tkazildi.

"O'zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta'lim" loyihasi 2014-yildan buyon hozirga qadar amalga oshirilib, uning doirasida alohida ehtiyojli 900 dan ortiq o'g'il-qiz maktablar, maktabgacha ta'lim maskanlarida umumiy ta'limga jalb etildi. Tibbiy, psixologik va pedagogik komissiya a'zolari hamda pedagog xodimlar ta'lim sohasida inklyuziv xizmat ko'rsatish bo'yicha o'qitildi. Yurtimizning turli hududlarida beshta pilot resurs markazlari tashkil etilib, ularda alohida ehtiyojli bolalar, ularning ota-onalari, ekspertlar uchun o'quv-uslubiy, huquqiy, maslahat ko'magi ko'rsatildi. "Inklyuziv ta'lim asoslari", "Alohida ehtiyoji bo'lgan bolalar umumiy ta'limda", "Inklyuziv maktabni tashkil etish" nomli o'quv modullarining yaratilgani, bu yo'nalishda ta'lim jarayonini yanada takomillashtirish, pedagog xodimlarning kasb mahoratini oshirish imkonini berdi. Jismoniy imkoniyati cheklanganligi oqibatida inklyuziv ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash, ularning ijtimoiylashuvi uchun zarur shart-sharoitlar va mexanizmlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish mamlakatning o'z fuqarolari oldidagi ma'naviy funksiyasi hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-sonli qarori asosida 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi natijalar kutilmoqda:

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta'limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'limiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta'minlanadi;

- davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta'lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi;

- inklyuziv ta'lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta'lim sifati, shuningdek, o'quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga erishiladi;

- inklyuziv ta'lim sohasidagi xalqaro munosabatlar doirasida o'zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi;

- o'quvchilar ta'limiy ehtiyojlarning o'ziga xosligini inobatga olgan holda sifatli ta'lim olishi uchun ular davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi;

- inklyuziv ta'limni bosqichma-bosqich joriy etish orqali alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari optimallashtiriladi, ularda ta'lim olayotgan o'quvchilarning teng huquqli jamiyat a'zosi sifatida umumta'lim muassasalarida bilim olishi ta'minlanadi;

- pedagogik yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasalarida inklyuziv ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi;

- inklyuziv ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi;

- inklyuziv ta'lim muassasalarining Internet tarmog'iga to'liq ulanishi ta'minlanadi;

- inklyuziv ta'lim muassasalarida o'quvchilarni qabul qilish va boshqa ta'lim muassasalariga o'tkazish uchun davlat xizmatlarini ko'rsatish mexanizmi joriy etiladi.[4]

Inklyuziv ta'lim nogironlarning ijtimoiy tengdoshlari bilan bir qatorda ta'lim olishini ta'minlaydi, (agarda ularning rivojlanishida jiddiy sabablar bo'lmasa) muntazam maktablarga qabul qilishini nazarda tutadi. O'ta murakkab nuqsonli bolalar ayrim hollarda maxsus maktablar va maxsus reabilitasiya markazlari yoki muntazam maktablar qoshidagi maxsus sinflarda korreksion dasturlar yordamida ta'lim oladilar. Ushbu maktablarda ta'lim ta'minoti albatta bolaning zaruriyatni e'tiborga olgan holda amalga oshirish ko'zda tutiladi.(l-ilova).

2019-2020 укув йилида ихтисослаштирипган мактаб ва мактаб-интернатларда тах,сил олган ногиронлиги булган болалар

201Я и иг сентябрь ^олаггцда кура

Заиф курувчи П.Э^) Таянч >;аракат аъзол ари

Нуткида нуцсони бор бопапар (0,9%)

За нф эшитуЕчи

V 1

— Аклий имконияти чекланган болалар

(55%)

Кар (17%)

Inklyuziv ta'limning bir qator foydali jihatlari bilan birga uning samaradorligiga ta'sir etayotgan bir qator kamchiliklarini quyidagi jadvalda ko'rishimiz mumkin. (2-ilova)

Foyda Kamchiliklar

Qobiliyati va imkoniyatlaridan qat'i nazar, barcha talabalar uchun teng huquqlar Inklyuziv ta'limni amalga oshirish uchun moddiy-texnik bazaning yetishmasligi

O'qitish jarayonida repetitorning individual yordami Maxsus ehtiyojli bolalar uchun zarur bo'lgan o'qitilgan pedagoglar, psixologlar va boshqa mutaxassislarning yetishmasligi

Maxsus ehtiyojli bolalar uchun ijtimoiy va kommunikativ ko'nikmalarni egallash Standart o'quv rejasi ayrim ehtiyojli bolalar uchun mos emas, shuning uchun qayta ko'rib chiqish va modernizatsiya qilishni talab qiladi

Sifatli ta'lim olish va kelajakda -universitetda o'qish, kasbni egallash, jamiyatning to'laqonli va mustaqil a'zosi bo'lish imkoniyati. O'qituvchilar alohida ehtiyojli bolalarning bilimlarini xolisona baholaydilar, shuning uchun bilimlarni baholash ko'pincha to'g'ri emas

Oddiy bolalar hamdardlik, sabr-toqat, bag'rikenglik kabi insoniy fazilatlarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar Sog'lom bolalar va ularning ota-onalaridan nogironlarga nisbatan do'stona va ko'pincha dushmanona munosabat

Mazkur kamchiliklarni baratraf etish borasida yurtimizda ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2020-yil 30-sentabr. (http: //marifat.uz/marifat/ruknlar/rasmiy/4939.htm)

2. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi. Lex.uz.

3. BMTning "Nogironlar huquqlari to'g'risida"gi Konvensiyasi (UNCPRD) 2006-yil 13-dekabr.

4. O'zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi.( https://lex.uz/docs/-5044711)

ИБ Сиддиков. Социально-философские аспекты формирования интеллектуальной культуры молодёжи. Theoretical & Applied Science, 61-66.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.