Научная статья на тему 'AQLI ZAIF O’QUVCHILARNI IJTIMOIY MOSLASHTIRISHNING PEDAGOGIK SHAROITLARI'

AQLI ZAIF O’QUVCHILARNI IJTIMOIY MOSLASHTIRISHNING PEDAGOGIK SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5103
296
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
aqli zaif / moslashtirish / ijtimoiylashtirish / Autizm yoki Autistik / Asperger sindromi / tyutor / inklyuziv ta’lim / imkoniyati cheklangan / Daun sindromi / DEGS / disleksiya / bolalar serebral sholligi / mental retardation / adaptation / socialization / Autism or Autistic / Asperger syndrome / tutor / inclusive education / disability / Down syndrome / DEGS / dyslexia / cerebral palsy in children

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Boyto’rayeva D.

Aqli zaif bolalarni xayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun ularni ijtimoiy-maishiy xayotga moslashtirib borish zarur. Respublikamizda aqli zaif bolasi bor ota-onalarning savodxonligini, ularni ijtimoiy moslashtirish mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunda о‘z yechimini kutayotgan muammolardan ekan, jamoatchilik tashkilotlari, mahallalar, imkoniyati cheklangan, alohida yordamga muhtoj bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi maxsus muassasalar о‘z tashabbuslarini kо‘rsatishlari lozim deb hisoblaymiz. Ushbu maqola mahallalarda, oilaviy shifoxonalarda ota-onalarga birlamchi korreksion-pedagogik kо‘nikmani berishda shifokor, defektolog, psixolog yordamini tashkil etish alohida yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirishda zaruriy va muhim manba bо‘lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL CONDITIONS OF SOCIAL ADAPTATION OF STUDENTS WITH DISABILITIES

In order for mentally retarded children to find their place in life, it is necessary to adapt them to social life. One of the problems facing the country today is the development of literacy of parents with mentally retarded children, the mechanism of their social adaptation, public organizations, communities, special institutions for the education of children with disabilities. We believe that they should show their initiative. This article is a necessary and important resource for the organization of the assistance of doctors, speech pathologists, psychologists in the provision of primary correctional and pedagogical skills to parents in neighborhoods, family hospitals, in the adaptation of children with special needs to social life.

Текст научной работы на тему «AQLI ZAIF O’QUVCHILARNI IJTIMOIY MOSLASHTIRISHNING PEDAGOGIK SHAROITLARI»

AQLI ZAIF O'QUVCHILARNI IJTIMOIY MOSLASHTIRISHNING

PEDAGOGIK SHAROITLARI

Boyto'rayeva D

Nizomiy nomidagi TDPU magistranti

ANNOTATSIYA

Aqli zaif bolalarni xayotda o'z o'rinlarini topishlari uchun ulami ijtimoiy-maishiy xayotga moslashtirib borish zarur. Respublikamizda aqli zaif bolasi bor ota-onalarning savodxonligini, ularni ijtimoiy moslashtirish mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunda o'z yechimini kutayotgan muammolardan ekan, jamoatchilik tashkilotlari, mahallalar, imkoniyati cheklangan, alohida yordamga muhtoj bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi maxsus muassasalar o'z tashabbuslarini ko'rsatishlari lozim deb hisoblaymiz. Ushbu maqola mahallalarda, oilaviy shifoxonalarda ota-onalarga birlamchi korreksion-pedagogik ko'nikmani berishda shifokor, defektolog, psixolog yordamini tashkil etish alohida yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirishda zaruriy va muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: aqli zaif, moslashtirish, ijtimoiylashtirish, Autizm yoki Autistik, Asperger sindromi, tyutor, inklyuziv ta'lim, imkoniyati cheklangan, Daun sindromi, DEGS, disleksiya, bolalar serebral sholligi

PEDAGOGICAL CONDITIONS OF SOCIAL ADAPTATION OF STUDENTS

WITH DISABILITIES

Boyto'rayeva D

Master of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ABSTRACT

In order for mentally retarded children to find their place in life, it is necessary to adapt them to social life. One of the problems facing the country today is the development of literacy of parents with mentally retarded children, the mechanism of their social adaptation, public organizations, communities, special institutions for the education of children with disabilities. We believe that they should show their initiative. This article is a necessary and important resource for the organization of the assistance of doctors, speech pathologists, psychologists in the provision of primary correctional and pedagogical skills to parents in neighborhoods, family hospitals, in the adaptation of children with special needs to social life.

Keywords: mental retardation, adaptation, socialization, Autism or Autistic, Asperger syndrome, tutor, inclusive education, disability, Down syndrome, DEGS, dyslexia, cerebral palsy in children

KIRISH

"Biz XXI asrda - IT-texnologiyalar juda rivojlangan va bolaning "aqlan zaif' yoki boshqa qandaydir bir rivojlanishdagi o'ziga xosliklarini muhokama qilish emas, balki unga ko'proq narsalarni berish va kuchli tomonlarini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud bo'lgan davrda yashamoqdamiz. Ba'zida hatto "oddiy" odamlar nimadir qila oladi, nimanidir qila olmaydi. Bolaning imkoniyatlaridan kelib chiqish kerak!" - deb hisoblaydi mazkur soha mutaxassislari.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Ota-ona - o'z farzandining eksperti

«Biz ota-onalar sifatida farzandlarimizni - ularning kuchli va zaif tomonlarini yaxshi bilamiz. Biroq hech kim bizning fikrimizni so'ramaydi. Hech kim bizga bolalarimiz uchun ishlab chiqilgan rejalar va o'quv dasturlarini ko'rsatmaydi. Ta'lim sohasi vakillari ko'pincha bolani tarbiyalash va unga ta'lim berish to'g'ridan-to'g'ri oilaga - ota-onalar/vasiylar yoki qarindoshlarga bog'liq deb ta'kidlashadi. Amaldorlarning bolalar rivojlanishida ota-onalarning o'rni muhimligini ta'kidlashlariga qaramay, aslida juda kamchilik ularning fikri va ovozini inobatga oladi. Har bir ota-ona o'z farzandining «mutaxassisi» ekanligini tan olish muhim hamda ular o'quv dasturlarini ishlab chiqishda bevosita jalb etilishi va bolalarining ehtiyojlarini o'rganish bo'yicha birgalikda tadqiqotlar o'tkazishlari kerak. Xorijiy mamlakatlarda o'zlarining manfaatlarini mustaqil ilgari sura olmaydigan va huquqlarini himoya qila olmaydigan nogironligi bo'lgan bolalarning ota-onalari tashkilotlari faoliyati keng yo'lga qo'yilgan. Masalan, butun Rossiya bo'ylab o'zining hududiy filiallariga ega bo'lgan Butunrossiya nogiron bolalarning ota-onalari tashkiloti (VORDI) mavjud, VORDI ota-onalarni «bolalarining hayot sifatini yaxshilash uchun qonunchilik va amaliy o'zgarishlarni harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblaydi. Afsuski, O'zbekistonda hanuzgacha ushbu yo'nalish va miqyosda faol bo'lgan bu kabi tashkilotlar yo'q.

"Qoloqlik" emas, balki rivojlanishdagi o'ziga xoslikdir

Autizm yoki autistik spektrning buzilishi (AASB) tashqi dunyo bilan aloqa qilishda va ijtimoiylashishda qiyinchiliklarga olib keladigan inson holati toifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada AASBga ta'limdagi qiyinchiliklar (ingl. - learning disability) sifatida munosabatda bo'linadi va ko'pchilik uni «buzilish» emas, balki autistik spektr holati deb hisoblaydi. Autizmga diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik sindromi (DEGS), tutqanoq, depressiya va boshqa buzilishlar hamrohlik qilishi mumkin. Bundan

tashqari, bolalar va kattalarda dislekiya - o'qish va yozish, ularni tushunishga qiynalish kuzatiladi. AASBning yengilroq, nutq va intellektual darajasi nisbatan rivojlangan shakllaridan biri Asperger sindromi deb ataladi. Bu nom 1943 yilda katta yoshli bolalardagi ushbu holatni tavsiflagan avstriyalik olim Gans Asperger sharafiga qo'yilgan. 16 yoshli eko-aktivist Greta Turnberg, 2010 yilda hayoti badiiy film sifatida suratga olingan amerikalik olim va yozuvchi Templ Grandin hamda butun dunyoga mashhur ko'plab iste'dodli rassomlar, bastakorlar, olimlar va siyosatchilar ham xuddi shu sindromga ega bo'lishgan.

MUHOKAMA

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, autistik spektr buzilishi holati har 160 bolaning birida uchraydi va AASB bo'lgan bolalar soni geometrik progressiyada o'sib bormoqda. AQSHda bu muammo yetarlicha keng yoritilgan hamda Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, 2008 yilda 125 nafar bolaga bir nafar AASB bo'lgan bola to'g'ri kelgan bo'lsa, 2018 yilda allaqachon 59 boladan biriga autizm tashxisi qo'yilgan.

Rossiyada so'nggi besh yil ichida autizmi bor insonlar soni 2014 yilda ro'yxatga olingan 13897 kishidan 2018 yilda 31415 kishiga ko'paydi. Afsuski, kam va o'rtacha daromadli mamlakatlarda xabardorlikning past darajada ekani, mutaxassislarning yetishmasligi, diagnostika vositalarining yo'qligi va daromadlarning o'rtacha darajada ekani tufayli autizmning tarqalganligi to'g'risida kamchilik biladi.

Na statistika, na mutaxassislar

O'zbekistonda rivojlanishda o'ziga xosliklari bo'lgan bolalarning turli xil toifalar (AASB, Daun sindromi, DEGS, disleksiya va boshqalar) bo'yicha aniq soni to'g'risidagi rasmiy statistik ma'lumotlar yo'q. Davlat statistika qo'mitasi 2000 yildan beri «jismoniy yoki aqliy rivojlanishida og'ish» bo'lgan o'quvchi-bolalar soni to'g'risida ba'zi ma'lumotlarni taqdim etib kelmoqda. XTV rasmiy saytida «Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun» bo'limi mavjud, ammo u yerda bunday o'quvchilar soni to'g'risida ma'lumot yo'q. Faqatgina Sog'liqni saqlash vazirligiga yozma so'rov orqali biz 2013 yildan 2019 yilgacha bo'lgan davrda bolalar serebral sholligi (BSSH) bo'lgan bolalar haqidagi ba'zi ma'lumotlarni olishga muvaffaq bo'ldik xolos. Autizmi bor bolaning otasi va O'zbekistonda AASBga uchragan bolalar huquqlarini himoya qilish bo'yicha ijtimoiy faol Farhod Ortiqboyevning so'zlariga ko'ra, autizmi bor 400 ga yaqin bola Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida (RBIMM) ro'yxatga olingan bo'lib, ularning aksariyati Toshkentda istiqomat qiladi. Biroq shaxsan uning o'zi bunday bolalari bo'lgan 1000 dan ortiqroq oilalarni biladi.

Aslida ular soni ko'proq, ammo ota-onalar ko'pincha bolalarini yashirishadi. Eng asosiysi, bizda "autizm/autistik spektrning buzilishi" tashxisini qo'ya

oladigan mutaxassis deyarli yo'q. Bunday mutaxassislarni barmoqlar bilan sanash mumkin! Viloyatlarda esa ota-onalar qayerga murojaat qilishni, qayerda to'g'ri tashxis qo'yilishini va bu bilan qanday ishlash kerakligini bilishmaydi», - deydi XTV mutaxassisi Farhod Ortiqboyev. Yana bir muammo - odatiy maktablar sharoitida ta'lim olishda qiynalayotgan o'quvchilarni individual qo'llab-quvvatlaydigan tyutorlarning (inglizcha tutor - "pedagog-murabbiy") yetishmasligi. Ota-onalar bu muammoni o'z moddiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal qilishga majbur. Hozirgi vaqtda rivojlanishda o'ziga xosliklari bo'lgan bolalar bilan ishlash tajribasiga ega defektologlar yoki psixologlar bu vazifani tijorat asosida amalga oshirmoqdalar.

NATIJA

"Tyutorlik lavozimi xodimlar shtat jadvaliga kiritilishi hamda ushbu lavozimga qabul qilinadigan mutaxassis rivojlanishda o'ziga xoslikka ega bolalar bilan ishlash va ularning muvaffaqiyatli integratsiyasi uchun sharoitlarni yaratish borasida ma'lumotga ega bo'lishi zarur. Ideal holatda tyutorlar pedagogika oliy ta'lim muassasalarida tayyorlanishi kerak, ammo bizda bu haqda gap-so'z ham bo'lgani yo'q. Hozircha faqat Oliy ta'lim vazirligi bilan fan o'qituvchilari uchun inklyuziv ta'lim bo'yicha 24 soatlik dasturni joriy etish to'g'risida muzokaralar olib bordik, biroq bilishimcha bu dastur joriy etilgani yo'q", - deydi o'zbekistonda tavallud topgan, hozirda Yangi Zelandiyaning Vaykato universiteti inklyuziv ta'lim sohasida tadqiqot olib borayotgan Galina Nam. Afsuski, tyutor lavozimi umumiy maktablarni qo'ying, hattoki umumta'lim jarayoniga rivojlanishda o'ziga xosligi bo'lgan bolalar kiritilgan tajriba maktablarimizda ham ko'zda tutilmagan. Galina Namning so'zlariga ko'ra, tyutor vazifasini odatda bolaning ota-onasi bajaradi, bu esa, so'zsiz, ularning shusiz ham qiyin bo'lgan hayotiga yanada murakkablashtiradi. Ota-onalar uchun qiyinchilik shundan iboratki, birinchidan ular juda charchashgan. Ikkinchidan, ular nafaqat farzandiga darslarni o'zlashtirishga yordam beradilar, balki uni qolgan sinfdoshlaridan ham himoya qiladilar. Ayrim hollarda volontyor yoki amaliyotchi tyutor sifatida ish olib boradi. Bunday amaliyot Samarqandda joriy etildi, u yerda volontyorlar tyutorlikka taklif qilindi, Urganchda esa pedagogika OTMlari talabalari amaliyot o'tash davrida tyutorlik bilan shug'ullanishdi. «Buni vaqtinchalik qaror sifatida ko'rish mumkin, biroq mening nazarimda, ushbu holatlarning hech birini ta'lim olishga qiynaluvchi o'quvchilarni samarali va barqaror individual qo'llab-quvvatlash sifatida ayta olmaymiz», - deya xulosa chiqaradi Galina Nam.

Bizning maqsadimiz, bu - tayanch-harakat apparati, eshitish, va ko'rish nuqsonlari bo'lgan yoki rivojlanishda o'ziga xosligi bo'lgan barcha uchun inklyuziv jamiyat barpo etish va inklyuziv ta'limni rivojlantirishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun nogironligi va rivojlanishda o'ziga xosligi bo'lgan bolalar imkoniyatlari

haqidagi qotib qolgan tushunchalarni (stereotiplarni) parchalash hamda jamiyatdagi mavjud to'siqlarni buzib tashlash lozim. O'zbekiston 2009 yilda imzolagan va haligacha ratifikatsiya qilmagan BMTning "Nogironlar huquqlari

to'g'risida"gi konvensiyasining 24-moddasida "Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning ta'lim olish huquqini tan oladilar. Ushbu huquqni kamsitishsiz va teng imkoniyatlar asosida amalga oshirish uchun ishtirokchi davlatlar barcha darajalarda va butun hayoti davomidagi inklyuziv ta'limni ta'minlaydilar", deb yozilgan. Nogironligi bo'lgan bolalarni nogironligi sababli umumiy ta'lim tizimidan chiqarib bo'lmaydi va ularning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda oqilona sharoitlar bilan ta'minlanishi kerak. O'ziga xos ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar ko'p hollarda aksariyat insonlardagi stereotip va noto'g'ri qarashlar, ta'lim olishi qiyin bo'lgan bolalarni yaxshi bilmaslik, ularning real imkoniyatlari va kuchli tomonlarini inkor qilish kabi holatlar sababli ta'lim olmay qolishlarini e'tirof etadilar. Ularning ota-onalari o'z farzandlarining sifatli va inklyuziv ta'lim olish huquqini qanday himoya qilishni bilmaydilar. Ayniqsa, mutasaddi vazirlik va tashkilotlar amaldorlari tomonidan noto'g'ri munosabat mavjud bo'lgan bir vaqtda ta'lim va ijtimoiy himoya tizimlari qarshisida qo'rquv his etadilar.

XULOSA

Ta'lim dasturlari vajarayonida jismoniy holati yoki rivojlanishdagi o'ziga xosliklardan qat'i nazar, har bir o'quvchining individual ehtiyojlari hisobga olinishi lozim. Biz bolalarni nogironlik alomatlari bo'yicha kamsitishimiz emas, balki ularga olishlari mumkin bo'lgan har narsani berishimiz kerak. Ta'lim dasturini rivojlantirib, qamrovini oshirishni xohlar ekanmiz, «bitta dastur barcha uchun» tamoyilining allaqachon eskirgani va bugungi kun talablariga javob bermasligini tan olishimiz zarur. Buning uchun bolaning o'ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda individual ta'lim dasturini shakllantirish lozim. «Inklyuziya ta'lim to'g'risidagi asosiy qonunda maktabgacha ta'limdan boshlab barcha huquqlar mustahkamlangan bo'lsagina rivojlanishi mumkin. Aks holda barcha qonunosti hujjatlari "sandiqda chang bosib yotaveradi". Ota-onalar o'z farzandlarining qiziqishidan kelib chiqqan holda ularni ixtisoslashgan va umumta'lim maktablarida o'qishlarini tanlash hamda umumta'lim maktablarida qonuniy huquqlari bo'lgan maxsus sharoitlar yaratilishini talab qilish imkoniyatiga ega bo'lsalar, o'shandagina haqiqatdan ham yaxshi tomonga o'zgarishlar boshlanadi!» - deydi «Buyuk kelajak» eksperti Odila Atabayeva.

2030-yilgacha O'zbekiston xalq ta'limi tizmini

rivojlantirish konsepsiyasida inklyuziv ta'lim dasturlari yetarlicha rivojlanmagani hamda moslashtirilgan umumta'lim dasturlarini ishlab chiqish, OTM dasturlarida inklyuziv ta'lim bo'yicha o'qituvchilarni maxsus tayyorlash zarurligi qayd etilgan.

Shu munosabat bilan kadrlar taqchilligini hal qilish va inklyuziv ta'limning ajralmas qismi bo'lgan tyutor lavozimini rasman joriy etish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 24-aprelda PF-5712-son Farmoni (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 06/19/5712/3034-son)

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'irisida"gi Qonuni / Barkamol avlod -O'zbekiston taraqqiyotining poydevori - T.: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.

3. Д.Нуркелдиева "Мактабгача олигопедагогика". Тошкент -2002

4. Мамедов К. Д., Пулатова П. М. "Олигофренопедагогика асослари" Педагогика Институтлари дефектология факультети талабалари учун укув кулланма. -Тошкент.: "Укитувчи", 1994.

5. Гаврилушкина С.П. Воспитание и обучения умственно отсталых дошкольников. Москва. Просвешение.1995 г.

6. www.pedagog.uz

7. https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/23/inclusive-education

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.