Научная статья на тему 'IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR MAKTABLARIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH'

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR MAKTABLARIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
12777
679
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Pedagogik texnologiyalar / maxsus ta’lim / dars / pedagog / samaradorlik / ta’lim va tarbiya / imkoniyati cheklangan bolalar. / Pedagogical technologies / special education / lessons / pedagogy / efficiency / education and upbringing / children with disabilities.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A’Zam Abdurashidovich Eshmonov

Ushbu maqolada hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun qilinayotgan amaliy ishlar, inklyuziv ta’lim va bu ta’lim to’g’risidagi qabul qilingan qonun va bu borada bugungi kundagi muammo va kamchiliklar xususida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION OF THE EDUCATIONAL PROCESS IN SCHOOLS FOR CHILDREN WITH DISABILITIES

This article discusses the practical work being done for the education of children with disabilities, inclusive education and the law on education, and the current problems and shortcomings in this regard.

Текст научной работы на тему «IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR MAKTABLARIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH»

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR MAKTABLARIDA TA'LIM

JARAYONINI TASHKIL ETISH

A'zam Abdurashidovich Eshmonov

Toshkent shahri Olmazor tumani 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun qilinayotgan amaliy ishlar, inklyuziv ta'lim va bu ta'lim to'g'risidagi qabul qilingan qonun va bu borada bugungi kundagi muammo va kamchiliklar xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Pedagogik texnologiyalar, maxsus ta'lim, dars, pedagog, samaradorlik, ta'lim va tarbiya, imkoniyati cheklangan bolalar.

ORGANIZATION OF THE EDUCATIONAL PROCESS IN SCHOOLS FOR

CHILDREN WITH DISABILITIES

A'zam Abdurashidovich Eshmonov

Director of the specialized boarding school for deaf children № 106 of Almazar district

of Tashkent

ABSTRACT

This article discusses the practical work being done for the education of children with disabilities, inclusive education and the law on education, and the current problems and shortcomings in this regard.

Keywords: Pedagogical technologies, special education, lessons, pedagogy, efficiency, education and upbringing, children with disabilities.

KIRISH

Imkoniyati cheklangan (aqli zaif) bolalar maktablarida logopedik ishning asosiy vazifasi aqli zaif o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish bilan bir qatorda bu toifadagi bolalarni ijtimoiy tomondan orqada qolishlikka olib keluvchi ruhiy va jismoniy rivojlanishdagi turli xil nuqsonlami tuzatish, yengillashtirish, kompensatsiya qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan. Nogiron -jismoniy, aqliy, psixologik va hissiy faoliyatning izdan chiqishi, shikastlanishi natijasida hayot faoliyatining cheklanishi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan va ijtimoiy yordam hamda himoyaga muhtoj bo'lgan shaxs tushuniladi. " Nogiron" atamasi hozirgi kunda eskirib qolgan va qo'pol

bo'lgan so'z hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday shaxslarga nisbatan "imkoniyati cheklangan insonlar " yoki " nogironligi bo'lgan shaxslar " deb murojaat qilish to'g'ri bo'ladi [1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirgi kunda ko'plab davlatlar qatori O'zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim va tarbiya olishlari, tibbiy muolajalar olib borishlari uchun imkoniyatlar yaratib kelinmoqda va bunday insonlar va bolalarning haq-huquqlari qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo'yilgan va himoya qilinmoqda. . BMT ning Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyaning xalqaro standartlari, shuningdek, "nogiron" so'zi o'rniga "nogironligi bo'lgan shaxs" atamasidan foydalanishni nazarda tutuvchi " Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari to'g'risida" gi Qonun yurtimizda yuqoridagi toifaga mansub shaxslarning huquq va manfaatlarini ifodalashga xizmat qiladi [2].

Joriy yilda «Zamin» fondi «Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish» dasturi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT-maktabida «Zamin Education» loyihasiga start berilib, loyihaning asosiy maqsadi eshitish qobiliyati zaif bolalarning kasb mahoratini rivojlantirish va ijtimoiylashuvda qo'llab-quvvatlash, ularni oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirishga tayyorlash, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o'qituvchilarining malakasini oshirish va yangi metodologiyani ishlab chiqishdan iborat.

Ushbu loyiha birinchi «Zamin Education» o'quv-resurs markazi ochilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT-maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyihaga mo'ljallangan sinfda ma'lumotlarni qabul qilish sifatini oshirishga qaratilgan yordamchi uskuna — FM-tizimi o'rnatilgan. Shuningdek, har bir o'quvchiga individual eshitish vositalari taqdim etilgan.

«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoeva o'quv jarayoni bilan tanishish uchun ushbu sinfga tashrif buyurib, 102 va 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning yuqori sinf o'quvchilari bilan suhbatlashib, bolalar o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi va o'rganilayotgan mavzular haqida so'zlab berdi.

Birinchi o'quv-resurs markazining muvaffaqiyatli natijalaridan so'ng mamlakatning barcha hududlarida «Zamin Education» sinflarini tashkil etish rejalashtirilgan [3].

O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida" gi qonun qabul qilindi. Bu qonun 2021-yil 16-yanvardan o'z kuchini yo'qotgan bo'lib, bu qonunga muvofiq 2020-yil 15 oktabrda "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida" gi O'RQ-641 sonli qaror qabul qilingan bo'lib, bu hujjat ko'zi ojizlar uchun mo'ljallangan Brayl alifbesida ham nashrdan chiqarildi [4-7]. Prezidentimiz tomonidan

2020- yil 13- oktabrda "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim - tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi. Bu hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 2020- yil 14 - oktabrdan kuchga kirgan. Hujjatga ko'ra 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi va 2020-2021 yillarda uni amalga oshirish bo'yicha " Yo'l xaritasi" tuzib chiqiladi. Bu konsepsiya 2 bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan bo'lib, 1- bosqichda ( 2020-2022-yillar) inklyuziv ta'limni yo'lga qo'yish uchun shart-sharoitlar yaratish, bu bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, ijtimoiy, normativ bazani yaratish, jihozlash va zarur o'quv qurollari bilan maktablarni ta'minlash nazarda tutilgan. 2- bosqichda ( 2023-2025-yillar) inklyuziv ta'lim tizimini bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida joriy etish, bu bo'yicha chora - tadbirlarni amalga oshirish kabilar. Inklyuziv ta'lim - bu maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma - xilligini hisobga olgan holda barcha tahsil oluvchilar uchun ta'lim muassasalarida ta'lim olish imkoniyatini teng ravishda ta'minlashdir. Ushbu qonun imkoniyati cheklangan bolalarga tengdoshlari bilan teng ravishda ta'lim olish imkonini beradi. Inklyuziv ta'lim tizimi bosqichma -bosqich ayrim maktablarda sinov tariqasida yo'lga qo'yiladi va ijobiy natija va tajribalar keyinchalik respublikaning boshqa hududlaridagi maktablarida tadbiq etiladi.

MUHOKAMA

Nutqni o'z vaqtida to'g'ri egallash, bolaga atrofni o'rab turgan odamlar bilan erkin muomala qilish imkonini beradi, o'z xulqini boshqarishga yordamlashadi, bola ruhiy faoliyatini rivojlanishiga ko'maklashadi va nihoyat, maktabda ta'lim tarbiya berish jarayonini yengillashtiradi. Imkoniyati cheklangan bolalar o'zlarining sog'lom, tengdoshlariga qaraganda kech tilga kiradilar, birinchi so'zni aytish muddati bolaning uch, ba'zan esa besh yoshgacha kechikadi. Eng, avvalo bu o'rinda talaffuzdagi nuqsonlami qayd etish kerak. 1-sinfga kelgan aqli zaif bolalaming 90 foizida talaffuz nuqsonlari uchraydi. Aksariyat bolalarda fonematik eshitish qobiliyati buzilgan bo'lib, nutq a'zolari va ularning harakatidagi nuqsonlar ham uchraydi. Lug'at boyligini egallashda jiddiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Impressiv nutq ekspressiv nutq taraqqiyotidan ancha orqada qoladi. Mavhum xususiyatdagi, umumlashtiruvchi tushunchalarni ifodalovchi ko'pgina so'zlarni tushunmaydilar, ko'chma ma'noda qo'llanilgan tushunchalarni anglashda qiynaladilar, ularni aynan idrok etadilar. Imkoniyati cheklangan o'quvchilarning gap tuzishida ham qiyinchilik vujudga keladi. Tuzgan gaplari sodda, yig'iq bo'lib so'zlarning o'zaro moslashuvida ko'plab xatolar uchraydi, murakkab bog'lanishli gaplar juda kam qo'llaniladi. Aqli zaif o'quvchilar bi r narsani ikkinchisiga qiyoslashga, xodisalarning sababli boglanishlarini ochib berishga qiynaladilar, buning ustiga voqea xodisalarni yetarli, aniq anglamaslik aqli zaif o'quvchilarning fikri butunlay noaniq tugallanmagan bo'lib qolishiga olib keladi. Gap

mazmunini tushunmaslik imkoniyati cheklangan o'quvchilar nutqining o'ziga xos xususiyatlaridan biridir [6]. Bolalar o'qiyotgan, eshitayotgan va ko'rayotgan narsalarni to'la tushunib yetmasligi ularning so'zlashuv nutqida bir qator xatolarga olib keladi. Imkoniyati cheklangan bolalar nutqidagi barcha nuqsonlar, ularni o'qitish jarayonida qiyinchilik tug'diradi, hamma vaqt ham o'qituvchining tushuntirishlarini fahmlashavermaydi, o'qituvchining tushuntirishlarini to'g'ri tushunib yetmaydi. Lekin ilg'or o'qituvchi-defektologlarning tajribalari shuni ko'rsatdiki, ta'limning maxsus tashkil etilgan jarayoni yordamida aqli zaif o'quvchilarning nutq faoliyatini tuzatish, ya'ni korreksiya qilish, umumiy shaxs rivojlanishida rolini oshirish mumkin. O'quv yilining dastlabki 2 haftasi o'qishga yangi kelgan o'quvchilar nutqini aniqlashga, tekshirishga qaratiladi. Bunda logoped o'quvchining og'zaki va yozma nutqi 2 bosqichda tekshiradi:. 1-bosqichda sinfdagi o'quvchilar nutqi yalpi holatda tekshiriladi hamda o'quvchilar orasidan nutq nuqsonli bolalar aniqlanadi; 2-bosqichda ro'yhatga olingan nutq nuqsonli o'quvchi logopedik yordam xonasi sharoitida yakka tartibda chuqurroq aniqlanadi va tashxis qo'yiladi. Yakka mashg'ulotlar rejasi asosan logopatning nutq kartasida aksettiriladi. Nutq jarayonini logopedik tekshirishni tashkil etish Birinchi sinf imkoniyati cheklangan o'quvchilarining nutqini tekshirish dars jarayonida o'quvchilami o'rganishdan boshlanadi. Bunday frontal (yalpi) tekshirish logoped uchun vaqt tejashgina bo'lib qolmasdan, u o'quvchilar nutq faoliyatining tabiiy holatini kuzatish imkonini beradi, o'quvchilar javobi, ulaming og'zaki nutq holatini yaqqol ifodalab beradi. Shu bilan bir qatorda logoped bu davrda o'quvchilarning shaxsiy hususiyatlari: ish qobiliyatlari, diqqat, xotira, aqliy darajalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladi. Frontal tekshirish har xil shaklda, shuningdek, integratsiya tarzida ham o'tkazilishi mumkin. Bunda logoped o'qituvchining ishjarayonida o'quvchilar javobini kuzatadi, so'ng o'znavbatida logoped o'zi tavsiya etgan mazmunli rasm asosida savol javob o'tkazadi, hikoya tuzib gapirishni so'raydi. Yana shuni hisobga olish lozimki, nutq tekshirish jarayoni ta'limiy xususiyatga ega bo'lishi lozim. Rasm asosida so'zlab berish jarayonida so'zlarni o'z o'rnida to'g'ri qo'llashga bolalar diqqati qaratiladi. O'quvchilarni so'zlatish davomida o'quvchi nutqining lug'at boyligi, so'zlarni ma'nosini tushuna bilib umumlashtiruvchi so'zlardan foydalana olishi, grammatik tomondan to'g'ri shakllanganligi va hokazo tomonlari har tomonlama o'rganiladi. O'quvchining talaffuz holatini tekshirish jarayonida, har bir sahifasiga ma'lum tovush turli o'rinlarda (boshida, o'rtasida, oxirida) kelgan rasmlar joylashtirilgan tovushlar talaffuzini aniqlash albomidan foydalaniladi. Tovushni analiz qilish malakasini tekshirishda o'quvchilar unli, undosh tovushlarni yakka holda, bo'g'in, so'z, gaplarda farqlay olishlari, so'zda tovushlar soni, ketma-ketligini bila olish jarayoni aniqlanadi.

O'zbekistonda inklyuziv ta'limni takomillashtirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini shakllantirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan O'zbekiston

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrda "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

NATIJA

Mazkur qaror bilan 2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiyani amalga oshirish bo'yicha 2020-2021-yillarga mo'ljallangan "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi. E'tiborli jihati shundaki, 20232025 yillarda inklyuziv ta'lim tizimi 51 foiz umumta'lim maktablarida joriy qilinishi belgilangan. Ushbu ta'lim shakliga 40 foiz imkoniyati cheklangan bolalar jalb qilinadi.

Imkoniyati cheklangan bolalar musiqa, rassomchilik, tasviriy san'at, kulolchilik, jismoniy tarbiya va sport, kompyuter, tikuvchilik hamda boshqa maktabdan tashqari to'garaklar bilan qamrab olinadi. Shu bilan birga, inklyuziv ta'limda o'qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta'lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, imkoniyati cheklangan bolalar maktablarida amalga oshirilayotgan ushbu amaliy qadamlar va kerakli zaruriy chora-tadbirlar natijasida ushbu tizimdagi mavjud muammolar o'z yechimini topishi hamda jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalarning ruhiy-psixologik holatlariga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

[1] Djurayeva, S. (2020). MAXSUS TA'LIM JARAYONIDA PEDAGOGI TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI. Архив Научных Публикаций JSPI.

[2] Nabiyeva, G. A. (2021). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA'LIM-TARBIYA OLISHLARI. Scientific progress, 7(5).

[3] https://yuz.uz/news/zamin-fondi-eshitish-qobiliyati-zaif-bolalar-uchun-zamin-education-loyihasiga-start-berdi

[4] Zoxiriy, P. H. Z. Q. (2021). INKLYUZIV TA'LIMDA NOGIRON BOLLALARNI O'QITISH VA TARBIYALASH MUAMMOLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1).

[5] Poroshina, G. P. (1985). Organization and contents of labor training in boarding school for mentally retarded in summer time. Defektologiya.

[6] https://lex.uz/ru/docs/-1866997

[7] https: //m.kun.uz/uz/news/2020/11/19/ular-ham-bizning-farzandimiz-imkoniyati-cheklangan-bolalar-oqishidagi-muammolarni-kim-hal-qiladi

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

[8] Выготский Л.С. Дефект и сверхкомпенсация. // «Проблема дефектологии». М., 1996. -С. 42. 2. Крыжановская Л.М. Психологическая коррекция в условиях инклюзивного образования. Пособие для психологов и педагогов. - М.: «Владос», 2013. 83-б. 3. Maktablar hamma uchun - Save the children - 2002y. 20\23 bet

[9] Yusupova, D. Y. IXTISOSLASHTIRILGAN MAXSUS YORDAMCHI MAKTABLARDA AQLI ZAIF O 'QUVCHILARNING IJTIMOIY MEHNAT MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH. O 'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O 'RTA MAXSUS TA 'LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI, 410.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.