Научная статья на тему '“4+2” MODELI ASOSIDA ZAIF KO`RUVCHI BOLALAR TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH'

“4+2” MODELI ASOSIDA ZAIF KO`RUVCHI BOLALAR TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
37
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
imkoniyati cheklangan bolalar / ko`zi ojiz / zaif ko`ruvchi / ko`ruv o`tkirligi / kattalashtirilgan yozuv / brayl yozuvi / ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar / topas / yorug’lik darajasi / inklyuziv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dangalov Sunnatilla Mustafayеvich

Ushbu maqolada zaif ko`ruvchi bolalar ta’limidagi kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo`llari haqida so`z yuritilgan. Inklyuziv ta’limga jalb etilgan o`quvchilarga yaratilishi lozim bo`lgan alohida imkoniyatlar va muammolarning yechimi sanab o`tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“4+2” MODELI ASOSIDA ZAIF KO`RUVCHI BOLALAR TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH»

"4+2" MODELI ASOSIDA ZAIF KORUVCHI BOLALAR TA'LIMINI

RIVOJLANTIRISH Dangalov Sunnatilla Mustafayevich

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti Maxsus pedagogika kafedrasi

o' qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10680724

Annotatsiya. Ushbu maqolada zaif ko ruvchi bolalar ta'limidagi kamchiliklar hamda ularni bartaraf etishyollari haqida soszyuritilgan. Inklyuziv ta'limgajalb etilgan oquvchilarga yaratilishi lozim bolgan alohida imkoniyatlar va muammolarning yechimi sanab otilgan.

Kalit so^zlar: imkoniyati cheklangan bolalar, koszi ojiz, zaif koruvchi, koruv o'tkirligi, kattalashtirilgan yozuv, brayl yozuvi, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, topas, yorug'lik darajasi, inklyuziv.

Аннотация. В этой статье рассматриваются недостатки в обучении слабовидящих детей, а также способы их преодоления. Перечислены отдельные возможности и решения проблем, которые необходимо создать учащимся, вовлеченным в инклюзивное образование.

Ключевые слова: дети с ограниченными возможностями, слабовидящие, слабовидящие, острота зрения, увеличенное письмо, шрифт Брайля, специализированные школы-интернаты, topas, уровень освещенности, инклюзивность.

Abstract. this article talks about the shortcomings in the education of vulnerable children and ways to eliminate them. The solution to the particular opportunities and problems that should be created for students involved in inclusive education is listed.

Keywords: children with disabilities, blind, weak seer, visual acuity, enlarged writing, Braille, specialized boarding schools, topas, light level, inclusive.

Bugungi kunda yurtimizda ko'zi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan 17ta maktab-internat mavjud bo'lsa, shundan, Namangan, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan 10-sonli "Nurli maskan" maktab-internatlarida zaif ko'ruvchi bolalar tahsil oluvchi sinflar, qolaversa, Samarqand shahrida ayni toifa o'quvchilarga mo'ljallangan 60-sonli "Nurli maskan" maktab-internati faoliyat ko'rsatmoqda. Bugungi kunda, ularda mingga yaqin zaif ko'ruvchi o'quvchilar bilim olmoqdalar. Ko'zi ojizlar maktab-internatlariga qabul qilinuvchi bolalar ko'rish qobiliyati darajasiga ko'ra shartli ravishda 2 guruhga ajratiladi. Ya'ni, ko'rish o'tkirligi 0 dan 0,4 gacha bo'lgan o'quvchilar I guruh nogironi sifatida brayl yozuvi asosida o'qitilsa, mazkur ko'rsatkich 0,5 - 1,0 darajani tashkil etgan hollarda ular II guruh nogironi deb topilib, zaif ko'ruvchi o'quvchilar sinfida ta'lim olishga tavsiya etiladi. Har ikki holatda ham o'quvchining hujjatlariga ilova tarzida oftalmolog xulosasi bayon etilgan ma'lumotnoma taqdim qilinishi lozim. Biz quyida maxsus maktab-internatlarda zaif ko'ruvchi bolalarning o'qish jarayoni, bundagi sharoit va yechimini kutayotgan muammolar xususida so'z yuritmoqchimiz.

O'qituvchilarning ma'lumot berishicha, yuqoridagi bilim maskanlarida zaif ko'ruvchi o'quvchilar maxsus ta'lim me'yorlariga zid ravishda ommaviy maktablarda qo'llanuvchi darslik va o'quv qurollaridan foydalanishlariga to'g'ri kelmoqda. Qolaversa, sinf xonalarida yorituvchi moslamalar, kattalashtirib ko'rsatuvchi maxsus optik vositalar yetishmasligi kuzatiladi. Sir emas, ko'pchilik ota-onalar aksar hollarda ko'rishda nuqsoni bo'lgan farzandlarini maktab-internatga olib kelgan vaqtda shifokor e'tiroziga qaramay, zaif ko'ruvchi o'quvchilar sinfiga berishga harakat qilishadi. Natijada, sinfdan-sinfga o'tgan sari o'quv yuklamalari ko'payishi, darsliklarning yozuvi maydalashib borishi, qolaversa, vaqt o'tishi bilan organizmda sodir bo'luvchi biologik-fiziologik

o'zgarishlar ta'sirida bolalarning ko'rish qobiliyati keskin pasayishi yuz bermoqda. Bunday hollarda, o'quvchini brayl yozuvi asosida o'qitiladigan parallel sinfga o'tkazishga to'g'ri keladi. Bola yangi muhitga moslashguniga qadar uning ruhiyatida parishonlik, loqaydlik kabi salbiy holatlar hukm suradi. Bundan tashqari, ko'rish qobiliyatini yo'qotgan o'quvchi atrof-muhitda mustaqil harakatlanish, mayda qo'l motorikasi, barmoq sezgilarini rivojlantirishda muayyan qiyinchiliklarga duch keladi. Ayni vaziyatda zaif ko'ruvchi bolalar ko'rish qobiliyatini saqlab qolish va uni korreksiyalash uchun nimalarga e'tibor qaratish lozim? Sinf xonalarining zaif ko'ruvchi o'quvchilarga moslashganlik darajasi qanday bo'lishi kerak? Ushbu savollarga Toshkent shahri Yashnabod tumanidagi 77-son "Nurli maskan" maktab-internatining boshlang'ich sinf o'qituvchisi, tiflopedagog N. Grigoryans quyidagicha javob berdi:

- Bolada mavjud ko'rish imkoniyatini saqlab qolish birinchi navbatda ota-onaga bog'liq. Ular farzandini yilda ikki martta oftolmolog ko'rigidan o'tkazish, ko'z kasalligi turiga qarab maxsus ta'limning u yoki bu yo'nalishida o'qitilishi lozimligini to'g'ri belgilash bilan uning ko'rish qobiliyatini yuqori darajada korreksiyalagan bo'ladi. Shuningdek, oilaviy shifokorlar, maxsus maktab-internatlarda faoliyat yurituvchi psixolog hamda pedagog xodimlar ko'rsatmalariga amal qilish ham bolaning ko'rish imkoniyatini saqlab qolishga ko'mak beradi. Zaif ko'ruvchi bolalarning o'qish-yozish jarayonida qog'oz sifati yuqori bo'lishi katta ahamiyatga ega. Ya'ni qog'oz tiniq oq rangda bo'lmasligi va nur qaytarmasligi kerak. 1-sinfda husnixat yozishga mo'ljallangan daftarlar chiziqlari oralig'idagi masofa 1, 2-sinfda 0,6, yozuv daftarlari chiziqlarining oralig'i esa ayni davrda 1,5, 1,2 sm bo'lishi talab etiladi. 3-sinfdan boshlab foydalaniladigan katta chiziqli daftarlarda oraliq 1 sm bo'lgani ma'qul. Bu sinfdagi o'quvchilar qora siyohli ruchkadan foydalanishlari shart. Ularga yotiq tarzda bitilgan yozuvlarni o'qish tavsiya etilmaydi. Yozuv taxtasining chiziqlar oralig'i 9 sm, matematikaga moslangan taxtalardagi kataklarning tomonlari esa 8,5 sm dan bo'ladi. Matematik mashqlarga mo'ljallangan daftarlarning kataklari odatdagidan kattaroq bo'lishi lozim. Shuningdek, kitoblardagi yozuvlar to'q qora rangda berilishi maqsadga muvofiqdir. Zaif ko'ruvchi o'quvchilar 15 sm uzoqlikdan 16 shrift kattaligidagi yozuvlarni erkin o'qiy olishlari kerak. Ular foydalanadigan rasm yoki qo'llanmalar 25 - 33 sm masofadan aniq ko'rinib turishi zarur. Maxsus maktab-internatlarning sinf xonalari 500 - 700, yozuv taxtasi 150 -300, dam olish xonasi 200, yotoqxona va yuvinish xonasi 75, zinalar va yo'laklar 50 lyuks miqdoridagi yorug'lik darajasiga ega bo'lmog'i darkor.

Kuzatishlarimiz natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki, Respublikamizdagi faoliyat yuritayotgan "Nurli maskan" maktab-internatlarining birortasida ham yuqorida sanab o'tilgan talablar mavjud emas. Hattoki, Samarqand shahridagi 60-son "Nurli maskan" maktab-internatida ham zaif ko'ruvchi o'quvchilarga Xalqaro talablar asosida ta'lim sharoitlari yaratilmagan. Vaholanki, zaif ko'ruvchi o'quvchilar foydalanayotgan o'quv darsliklari 18 shriftdan kichik bo'lmagan yozuvda bo'lishi lozim.

Shu o'rinda inklyuziv ta'limga jalb etilayotgan zaif ko'ruvchi o'quvchilar uchun yetarli ta'lim sharoitlari yaratilmaganligi ham hech kimga sir emasligini aytib o'tish maqsadga muvofiq.

Zaif ko'ruvchi o'quvchi ta'lim olayotgan maktabda quyidagi muhit va sharoitlar bo'lishi kerak:

- Eng avvalo, nogiron bolani ta'lim muassasasiga qabul qilishda shu ta'lim muassasasining butun jamoasini imkoniyati cheklangan bolaga nisbatan sog'lom muhitni yaratish ruhida tarbiyalash lozim;

- Maktab o'quvchilarini imkoniyati cheklangan bolaga ko'mak berish, do'stona munosabatda bo'lish, nogiron bolani kamsitmaslik, jamoada ishlash ruhini shakllantirish,

birgalikda mehnat qilish va bag'rikenglik tamoyillari asosida tarbiyalash o'ta muhim. Bu jismonan sog'lom o'quvchi bilan imkoniyati cheklangan, masalan ko'rishida nuqsoni bo'lgan o'quvchini bir-biriga do'stona munosabatda bo'lishini yuzaga keltiradi. Natijada, zaif ko'ruvchi bola o'zini erkin tutadi, fikrini jamoada ifodalay oladi, hatto o'zining alohida qobiliyatlarini nafaqat sinfda, balki butun maktab doirasida ham erkin ko'rsata oladi.

- O'quvchilarning ota-onalarini ham sinfdagi imkoniyati cheklangan bolaga xayrixoh bo'lishga undash, kezi kelganda maktab ma'muriyati va sinf rahbarlari tomonidan alohida uqtirishlari asosida ko'niktirish shart. Bunday sa'y-harakat sog'lom o'quvchilarning imkoniyati cheklangan o'rtog'iga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lishining oldini oladi. Bundan tashqari, do'stiga ko'maklashish kerakligi haqida o'ylashga undaydi.

Ko'rishda nuqsoni bo'lgan o'quvchiga maktab hududi va sinf xonasida yuqorida ta'kidlangan shart-sharoitlarning yaratilishi bilan bir qatorda yana o'ta muhim bo'lgan mazkur sharoitlar bo'lishi talab qilinadi: sinf xonasida yetarli tabiiy yorug'lik, kattalashtirib ko'rsatuvchi lupa yoki ekranli topaslarning bo'lishi, istalgan elektron darsliklarni va qo'shimcha adabiyotlarni o'qib beradigan o'zbek tilidagi nutq sintezatori o'rnatilgan kompyuter jamlanmasi va ko'rishida nuqsoni bo'lgan o'quvchi erkin ko'ra oladigan ko'rgazmali qurollarning mavjudligi.

Bundan tashqari har bir fan o'qituvchisi dars o'tish metodikasi nuqta'i nazaridan taqdim etayotgan tarqatma materiallarini sinfdagi zaif ko'ruvchi o'quvchiga mos holda 18 shriftdan kichik bo'lmagan yozuvda taqdim etishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, dars jarayonida o'qituvchi tomonidan tashkil etiladigan imkoniyati cheklangan o'quvchi bilan alohida yondashuvi sinfdagi boshqa o'quvchilarning diqqatini jalb qilmagan holda shunday bir pedagogik metod bilan tashkil etilishi kerakki, natijada o'quvchi darsni sog'lom sinfdoshlari darajasida to'liq o'zlashtira olsin.

Yuqoridagilardan xulosa shuki, ko'zi ojiz bolalarga ixtisoslashtirilgan "Nurli maskan" maktab-internatlari hamda zaif ko'ruvchi o'quvchilar ta'lim olayotgan umumta'lim maktablarida zarur sharoitlarni ta'minlash, ularning moddiy-texnik ba'zasini boyitish, darsliklar va o'quv qurollarini ayni toifa bolalarga moslashtirish bugunning dolzarb masalalaridandir. Bundan, maxsus ta'limning mazkur yo'nalishi ulkan islohotlarni talab etishini anglash mumkin. Zero, islohotlar kelajak uchun yorug' yo'l demakdir.

REFERENCES

1. S.M.Dangalov. Sohada isloh zarur. "Birsafda" jurnali. 2017-yil 1-son. 26-27 b.

2. S.M.Dangalov. "Tiflopedagogika tarixi va uning ahamiyati". Toshkent-2010.

3. R.Shomaxmudova. "Inklyuziv ta'lim tizimi". Toshkent-2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.