Научная статья на тему 'KO‘ZI OJIZ O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILI FANINING O‘RGATILISHI'

KO‘ZI OJIZ O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILI FANINING O‘RGATILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
45
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
visual ma’lumotlar / xarita va chizmalar / diagrammalar / urg‘u / Brayl yozuvi / ta‘lim texnologiyalari

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sotiboldiyeva Havasxon Sharibjonovna

Ushbu maqoladan ko‘rishda nuqsoni bor bolalarga xorijiy tilni o‘rgatish bo‘yicha ayrim tavsiyalar va ma’lumolarni bilib olishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KO‘ZI OJIZ O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILI FANINING O‘RGATILISHI»

KO'ZI (MIZ О'QUVCHILARGAINGLIZ TILI FANINING O'RGATILISHI

Sotiboldiyeva Havasxon Sharibjonovna

Farg'ona shahar 1-sonli "Nurli maskan" maktab internati ingliz tili fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7589470

Annotatsiya: Ushbu maqoladan ko'rishda nuqsoni bor bolalarga xorijiy tilni o'rgatish bo'yicha ayrim tavsiyalar va ma'lumolami bilib olishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: visual ma'lumotlar, xarita va chizmalar, diagrammalar, urg'u, Brayl yozuvi, ta'lim texnologiyalari,

Chet tillarini o'qitishda ingliz tili ta'lim sohasining asosiy bo'laklaridan biri hisoblanadi. Chet tili kurslari va darslari har doim barcha yo'nalish va sohalar uchun zaruriy boshqa bir soha sifatida ko'rilgan. Shu bilan bir qatorda, chet tillarini o'qitish metodikasi va metodologiyasi doimiy o'zgarib bormoqda. Chet tilini ko'rish imkoniyati cheklangan shaxslarga o'qitish harn o'zining murakkabliklari bilan til o'qituvchilari uchun yangidan yangi izlanishlarni talab etmoqda. Chet tilini o'qitish asosan grafiklar va visual materiallarga asoslanganligi ko'rish imkoniyati cheklangan til o'rganuvchilariga chet tillarini o'qitishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Chunki visual ma'lumotlar, xarita va chizmalar, diagrammalarda aks ettirilgan ma'lumotlarni o'zlashtirish ko'rish imkoniyati cheklanganlar uchun mustaqil amalga oshirilishi imkonsizdir. Bunda ma'lumotlarni o'zlashtira olmagan imkoniyati cheklangan o'quvchilar ko'plab imkoniyatni qo'ldan boy beradilar. Shunday holatda mustaqil o'rganish uchun ishtiyoq ular orasida yo'qolishi mumkin.

O'qib tushinish va yozuv ko'nikmasida aks etgan qiyinchiliklar barcha sohalar uchun odatiy holar bo'lishi mumkin lekin aynan chet tilini o'rganish sohasi uchun bu ayniqsa katta masala bo'lishi mumkin. Hujjatlardagi ma'lumotlar, matn mazmuni, so'zlarda urg'uni to'g'ri qo'yilishini aks ettirilmasligi bunday muammolar ichida eng yiriklaridir, Brayl yozuvini o'z ona tilisida o'rgangan odam uchun bu yozuvni chet

tili uchun ham qo'llash ayniqsa imkoniyati cheklanganlar uchun qiyinchiliklami vujudga keltiradi. Brayl yozuvida urg'u va ba'zi boshqa belgilarning bor ekanligi ularga yordam berishi mumkin lekin chalkashliklar hali ham juda ko'pligicha qolmoqda.

Shuningdek, ko'zida nuqsoni mavjud o'quvchilarda ingliz tilini o'rganishning samaradorligini oshirishda ta'lim olishning bir qancha texnologiyalari faol rivojlanmoqda. Jmnladan, bunda ta'lim texnologiyalari pedagogika poydevoriga tayanadi va pedagogik metodologiyada o'z о'mini aniq belgilaydi. Shunga asoslangan ravishda ta'kidlash lozimki, sog'lom insonlarga qaraganda ingliz tilini ko'zi ojiz bolalarda o'qitishda har bir pedagog quyidagi ko'rsatmalarga amal qilishlari lozim:

1. Ta'lim olayotgan nuqsoni mavjud o'quvchilarning ma'naviy olamidagi orzu-istaklarini to'liq darajada o'rganish;

2. Yuqoridagi qiziqish va istaklarga asoslanib ular o'rganayotgan ingliz tilini motivatsion metodlar va texnologiyalar asosida tashkil qilish;

3. Ta'lim olayotgan sog'lom va nuqsoni mavjud o'quvchilar o'rtasida sog'lom ijtimoiy muhitni tashkillashtirish;

4. Ularga joriy qilinayotgan ingliz tilini o'rganishdagi pedagogik texnologiyalar vositalarni ularga to'gri keladigan va ularning ruhiyatiga salbiy ta'sir etmaydiganlarni amaliyotga kengroq qo'llashni davrning o'zi taqozo etmoqda.

Ingliz tili darslarini tashkil etish jarayonida o'rganilayotgan o'quv dasturlarini kengroq tahlil etgan holda nuqsoni mavjud o'quvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirishga o'ziga xos uslubda imkoniyat yaratilishi lozimdir. Bu borada, ingliz tilini o'rganishda o'quvchilarning qobiliyatiga, o'quv o'zlashtirish darajasiga hamda tilning fonetik, leksikologik va morfologik qurilishiga asosiy e'tibor berilishi zarur. Ko'rish bo'yicha imkoniyati cheklangan o'quvchilarda ingliz tili fanini o'qitishda sinf ishtirokchilarining til o'rganish borasidagi o'quv motivatsiyasini yuqori darajaga ko'tarish pedagogning mahoratiga bog'liq bo'ladi. Tashkil etilayotgan o'quv mashg'ulotlarining aniq maqsadlarni to'g'ri qo'yilganligi o'quvchilarning til o'rganish borasidagi qiziqishlarini oshirish eng awalo ta'lim sub'ektlari faoliyati va ta'lim texnologiyalariga bog'liqdir.

Men ta'lim berayatgan Farg'ona shahridagi aloxida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan ( ko'zi ojiz ) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 1-sonli "Nurli maskan" maktab internatida ham xorijiy tilni o'rgatishda bir qator kamchiliklar mavjud. O'quvchilar uchun Brayl alifbosidagi darsliklar, ingliz tili fani uchun alohida fan kabinetlar, audio materiallarni eshitish uchun jixozlar shular qatoriga kiradi.

Xususan, ingliz tilini ko'zi ojiz o'quvchilarga o'qitishda internet orqali ta'lim berish nihoyatda samarali natijalarni beradi. Chunki o'rganilayotgan har bir materilga oid audio va video ma'limotlar joylashtirilgan bo'lib ta'lim oluvchilarning qo'shimcha manbalardan maqsadli foydalanishga sharoit yaratadi. Har bir o'quvchida xorijiy tilni o'rganishda til normalariga qatiiy bo'ysungan ravishda o'rganishi bu awalambor pedagogning bilim, ko'nikma va tajribasiga bevosita bog'liqdir. Agar pedagoglarimiz xorijiy tillarni belgilanga norma awalombor o'quv dasturi asosida muvaffaqiyatli amalga oshirsa, o'ylaymizki, shubhasiz o'zining natijalariga erishadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, tilni o'rganishda pedagogik texnologiyalar o'zining texnologik yondashuvi, texnologik madaniyati, pedagogik jarayonlari, tarbiya maqsadi, texnologik tizimi, shaxsga yo'naltirilgan ta'limi, pedagogik tashxislari, interfaol metodlari va bosh bir qator kategoriyalari bilan nuqsoni mavjud o'quvchilarga tilni o'rganishda katta yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

l.SH.M. Amirsaidova, A.D. Sultonova. "Maxsus pedagogika" Toshkent - «Fan va texnologiya» - 2014

2. Ro'ziyeva D. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. -Toshkent: —INNOVATSIYA-ZIYOII, 2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.