KO'RISHDA NUQSONI MAVJUD O'QUVCHILARDA INGLIZ TILINI O'QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
Abdulvosit Xurramov
Toshkent shahar, Yashnabad tumani 77-sonli ko'zi ojiz bolalar maxsus
internat maktab o'qituvchisi
Alish 'er Navoiy nomidagi O 'zbek tili va adabiyoti universiteti f.f.d. dotsent
Z.Q.Teshaboyeva taqrizi asosida abdulvosithurramov@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ko'rishda nuqson mavjud o'quvchilarda ingliz tilini o'rgatishning asosiy xususiyatlari ochib berilgan. Bundan tashqari ta'lim va tarbiya texnologiyalarining o'ziga xos omillari ilmiy nuqtai nazardan ochib berilgan. XycycaH, ingliz tilini o'rganishning bir qator mezonlari tahlil qilingan. Shuningdek ta'lim texnologiyalarining hozirgi kundagi turli darajadagi metodlari talqin qilingan.
Kalit so'zlar: pedagogik texnologiya, ta'lim-tarbiya jarayoni, zamonaviy pedagogik texnologiya, ta'lim tizimini texnologiyalashtirish, o'qitish texnologiyasi, ta'lim texnologiyasi, ta'lim metodi, o'qitish va tarbiyaning ajralmasligi, pedagogik tizim loyihasi, Motivatsion metodlar.
ABSTRACT
This article reveals the main features of teaching English to visually impaired students. In addition, the unique factors of education and training technologies are revealed from a scientific point of view. In particular, a number of criteria for learning English were analyzed. Also, the current methods of educational technologies at different levels are interpreted.
Keywords: pedagogical technology, educational process, modern pedagogical technology, technologicalization of the educational system, teaching technology, educational technology, educational method, inseparability of teaching and upbringing, pedagogical system project , motivational methods.
KIRISH
Hozirgi davrga kelib dunyo olimlari insonning eng ichki olami bo'lgan ta'lim va tarbiya jarayoniga katta e'tibor qaratmoqda, deb ta'kidlash mumkin. Xususan, rivojlanib kelayotgan yosh avlodnining har tomonlama komil inson bo'lib voyaga yetishi shubhasiz, uning
September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal
160
ta'lim va u taolayotgan tarbiya jarayoniga bog'lab o'rganishni davrnining o'zi taqazo qilmoqda. Bu borada, o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishda pedagogic texnologiyalarning o'rni va samarasi beqiyos darajada, deb aytish mumkin. Shuningdek, ko'rishda bir qator muammosi bo'lgan o'quvchilarning ingliz tilini o'rganishda sifatli ta'lim olishi va ularga ijtimoiy hayotlarida qo'llay olishlari uchun bir qancha pedagogic texnologiyalar yaratilgan. Xususan, ko'rishda nuqsoni bo'lgan o'quvchilar ta'lim va tarbiyasi o'z o'rniga qo'yilgan sinflarda turli xil nuqsondagi qo'shimcha kasalliklari bo'lgan o'quvchilarning ta'lim olishi pedagoglarning o'quv mashg'ulotini tashkillashtirish jarayonida ularning dunyoqarashiga alohida e'tibor qaratilishi zarur. Adabiyotlar tahliliga ko'ra, bu jarayonda pedagogik texnologiyalar o'zida quyidagi o'ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi: 1) Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonnni takomillashtirish, optimallashtirishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi. 2) Pedagogik texnologiya didaktik, tarbiyaviy xarakterdagi ta'lim-tarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etishga oid nazariy va amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo'ladi. 3) Pedagogik texnologiya ta'lim-tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayondir. 4) Pedagogik texnologiya yo'naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya'ni, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi. 5) Pedagogik texnologiya - shaxsiylik xususiyatiga ega bo'lib, muayyan texnologiyalarni ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llashga nisbatan yagona, qatiiy, me'yoriy (standart) talablar qo'yilmaydi. 6) Har bir pedagog u faoliyat olib yuritayotgan ta'lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan texnologik yondashuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega. 7) Pedagogik texnologiya o'zida ta'lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamolot) birligini ifoda etadi [ Ro'ziyeva D. 2019, - B.43.].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Darhaqiqat, hozirgi vaqtda loyiha asosida o'qitish bolalarni hamkorlik qilishga o'rgatishi, hamkorlik qilishni o'rganish va hamdardlik qobiliyati kabi axloqiy qadriyatlarni tarbiyalaydi, ijodkorlikni shakllantiradi va o'quvchilarni faollashtiradi. Umuman olganda, loyihani o'qitish jarayonida o'qitish jarayonida o'qitish va tarbiyaning ajralmasligi kuzatiladi [Xotamov J. 2021. B.-22]. Shuningdek, ko'zida nuqsoni mavjud o'quvchilarda ingliz tilini o'rganishning samaradorligini oshirishda ta'lim olishning bir qancha texnologiyalari faol rivojlanmoqda. Jumladan, bunda ta'lim texnologiyalari pedagogika poydevoriga tayanadi va pedagogik metodologiyada o'z o'rnini aniq belgilaydi" [nogKacHCToro H. 2002. -C.18.] Shunga asoslangan ravishda
September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal
161
ta'kidlash lozimki, sog'lom insonlarga qaraganda ingliz tilini ko'zi ojiz bolalarda o'qitishda har bir pedagog quydagi ko'rsatmalarga amal qilishlari lozim:
1. Ta'lim olayotgan nuqsoni mavjud o'quvchilarning ma'naviy olamidagi orzu-istaklarini to'liq darajada o'rganish;
2. Yuqoridagi qiziqish va istaklarga asoslanib ular o'rganayotgan ingliz tilini motivatsion metodlar va texnologiyalar asosida tashkil qilish;
3. Ta'lim olayotgan sog'lom va nuqsoni mavjud o'quvchilar o'rtasida sog'lom ijtimoiy muhitni tashkillashtirish;
4. Ularga joriy qilinayotgan ingliz tilini o'rganishdagi pedagogik texnologiyalar vositalarni ularga to'gri keladigan va ularning ruhiyatiga salbiy ta'sir etmaydiganlarni amaliyotga kengroq qo'llashni davrning o'zi taqozo etmoqda.
Adabiyotlar tahliliga ko'ra, hozirgi davrda yangi pedagogic texnologiyalarni yaratish uchun ingliz tilini o'qitishning kompleks va sinxron darajada darajada zamonaviy metodlarda tashkillashtirish lozimdir. Shunga ko'ra, asosiy mohiyatni Ko'rsatish ва uning alohida takrorlanmas darajadagi xususiyatini, o'ziga xos pedagogik jihatlari bilan tushuntirilishi kerak. Yangi ishlab chiqilayotgan pedagogik o'qitish texnalogiyasining so'ngi komponenti o'quv materiallari shakliga qo'yiladigan o'zgartirilgan ta'lablarni hisobga olishi va multimedia, dinamizm, ya'ni innovatsion o'qitish metodlariga tayangan holda faoliyat olib borilishi zarur.
Xususan, pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani "amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi" deya ta'riflaydi hamda asosiy diqqatni o'quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi [Беспалько В.Г. 1989. - С.6.]. So'nggi o'n yilliklar davomida nutqimizda "pedagogik texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya", "o'qitish texnologiyasi" kabi tushunchalar keng qo'llanilmoqda. Nuqsoni mavjud o'quvchilarning mustaqil bilim olishga bo'lgan ishtiyoqini oshirish maqsadida kerakli o'zgartirishklarni tezkorlik bilan kiritish va materiallarni muntazam yangilab borish zarur. "Bunday o'zgarishlarni birgalikda amalga oshirishga imkon beradigan va o'zari bog'liqlikni ta'minlaydigan uslubiy vositalar, yangi o'qitish texnologiyalarining ko'rsatilgan tarkibiy qismi pedagogik dizayndir" [ СамДЧТИ, 2019. 7-Б].
Zero, yuqorida qayd etib o'tilganidek, nuqsoni mavjud o'quvchilarda ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish g'oyasi G'arbiy Yevropa va AQSHda juda keng miqiyosda shakllangan. Ushbu mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni "ta'lim jarayoni" sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma'lumotini oshirish, ta'lim samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui "Metodika" deb yuritiladi. Shuningdek, ingliz tili darslarini tashkil etish jarayonida o'rganilayotan o'quv
September, 2022
https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal
dasturlarini kengroq tahlil etgan holda nuqsoni mavjud o'quvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirishga o'ziga xos uslubda imkoniyat yaratilishi lozimdir. Бу борада, ingliz tilini o'rganishda o'quvchilarning qobiliyatiga, o'quv o'zlashtirish darajasiga hamda tilning fonetik, leksikologik va morfologik qurilishiga asosiy e'tibor berilishi zarur. Ko'rish bo'yicha imkoniyati cheklangan o'quvchilarda ingliz tili fanini o'qitishda sinf ishtirokchilarining til o'rganish borasidagi o'quv motivatsiyasini yuqori darajaga ko'tarish pedagogning mahoratiga bog'liq bo'ladi. Tashkil etilayotgan o'quv mashg'ulotlarining aniq maqsadlarni to'g'ri qo'yilganligi o'quvchilarning til o'rganish borasidagi qiziqishlarini oshirish eng avvalo ta'lim sub'ektlari faoliyati va ta'lim texnologiyalariga bog'liqdir. Xususan, ingliz tilini ko'zi ojiz o'quvchilarga o'qitishda interniet orqali ta'lim berish nihoyatda samarali natijalarni beradi. Chunki. O'rganilayotgan har bir materilga oid audio va video ma'limotlar joylashtirilgan bo'lib ta'lim oluvchilarning qo'shimcha manbalardan maqsadli foydalanishga sharoit yaratadi. Har bir o'quvchida xorijiy tilni o'rganishda til normalariga qatiiy bo'ysungan ravishda o'rganishi bu avvalambor pedagogning bilim, ko'nikma va tajribasiga bevosita bog'liqdir. Agar pedagoglarimiz xorijiy tillarni belgilanga norma avvalombor o'quv dasturi asosida muvaffaqiyatli amalga oshirsa, o'ylaymizki, shubhasiz o'zining natijalariga erishadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Shuningdek, nuqsoni mavjud o'quvchilaráa sog'lom rnhiyatni shakllanishida, ayniqsa, ingliz tilini o^ganish boгasida o'zaгo muloqotning internet yoki onlayn muloqot oгqali yo'lga qo'yilishi ta'lim oluvchilaгda xoгijiy tillami talaffuz qilish boгasida o'ziga xos ko'nikmalar yuzaga kelishiga olib kelishini ta'kidlash mumkin. Bunda pedagog-olim N.Ballo ingliz tilini o'гgatishda pedagogik texnologiyaning mohiyatini: - ta'lim jarayoniga topshiriqli yondashuv (T.N.Ballo); - bosqichli o'qitish (L.V.Zankov, T.Ya.Galperin, V.I.Davidov)[Исламгyлова C.K. 2003.-C.23.] -mazmunli umumlashma (G.K.Selevko); - barcha jihatlaгiga ko'гa o'ziga xos, samarali natijalarni qo'lga kiritish imkonini beruvchi pedagogik tizimni tashkil etish bilan bog'liq holda ta'lim tizimi doirasida olib borilayotgan tadqiqot nazariyasi va amaliyotining muayyan taгmog'i sifatida aytib o'tishganlar Xususan, ingliz tilida Internet yordamida bir qator didaktik muammolarni xal qilish mumkin: global tarmoq materiallaridan foydalanib o'qish, ko'nikma va malakalarini shakllantirish; maktab o'quvchilarini yozish qobiliyatini oshiгish; tinglovchilaming so'z boyliklarini to'ldiгish, ta'lim oluvchilarning ingliz tilini o^ganish motivatsiyasini shakllantirishdan iborat. Qolaversa, bu kabi ishlar maktab o'quvchilarini bilim doirasini kengaytiгish, ingliz tilida
September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal
163
so'zlashadigan davlatlarda tengdoshlari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o'rnatish va qo'llab-quvvatlash uchun internet-texnologiyalari imkoniyatlarini o'rganish ko'zda tutilgan. Shu jihatdan kelib chiqib, ingliz tilini o'rganishda pedagogik texnologiya masalalarini tadqiq etishda ham umumiy ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari faol qo'llaniladi [Inovatov U., Mushmov A., Usmonbovev M., Inog'omova U. 2012.-B.64-68.]. Shuni aytib o'tish joizki, ayni vaqtda ta'lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g'oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona to'xtamga kelinmagan.
Shuningdek, ta'lim tizimini texnologiyalashtirish g'oyasi o'tgan asrning boshlarida G'arbiy Yevropa, AQSHda ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta'minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o'rtaga tashlandi. Qolaversa, ingliz tili o'quv mashg'ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga Ko'maklashuvchi usul va vositalar ko'rinishida quydagicha texnologiyani qo'llash mumkin: o'quv jarayoniga o'quv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko'rsatmali qurollar va audi-eshitish qurilmalari yordamida tushuntirish kabilar ingliz tili samaradorligini oshirishga yordam beradi, deb aytsak bo'ladi.
Xususan, ko'pchilik o'z tilining grammatikasini yaxshi bilmaydi, lekin ba'zi sabablarga ko'ra ular o'rganayotgan xatolardan qochishga moyildir. O'quvchi tovushlarni, harflarni va tiftonglarni to'g'ri talaffuz qilishga intila boshlaydi.Bu ko'plab ingliz qo'shiqlarini tinglashga va va filmlarni tarjimsiz bilimlarini oshirmasdan tomosha qilishga olib keladi [Саидкасимова, А. 2022. -C. 232-234] degan yondoshuvga qo'shilish mumkin. Chunki, ingliz tili grammatikasi va tovushlarini noto'g'ri talaffus qilish va uni bilmaslik tilni o'rganishda katta xatolarga olib kelishi aniqdir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, tilni o^ganishda pedagogik texnologiyalar o'zining texnologik yondashuvi, texnologik madaniyati, pedagogik jarayonlari, tarbiya maqsadi, texnologik tizimi, shaxsga yo'naltirilgan ta'limi, pedagogik tashxislari, interfaol metodlari va bosh bir qator kategoriyalari bilan nuqsoni mavjud o'quvchila^a tilni o^ganishda katta yordam berishini bilib oldik. Suhbat, anketa, intervyu, pedagogik tahlil, pedagogik kuzatish, modellashtirish, bolalar ijodini o^ganish, test (predmetli va psixologik testto), ta'lim muassasasi hujjatlarini o^ganish, pedagogik tajriba, ekspert baholash, matematik-statistik tahlil kabi ilmiy-pedagogik metodlar pedagogik texnologiya masalalarini o^ganishga yoráam beradi. Bu borada, yoshlarimizni
September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal
164
ma'nan yetuk bo'lishi, xorijiy tillarda erkin gaplasha olishi, biror bir kasbni puxta o'rganishi bugungi davrning eng muhim ustuvor mezonlaridan deb ta'kidlasak also mubolag'a bo'lmaydi. Shunga ko'ra, ushbu mezonlarga asoslangan holda nuqsoni mavjud yoshlarni eng yangi pedagogik texnologiyalar bilan xorijiy tillarni o'rgatish va shu asosda tarbiyalash биз kelgusi pedagoglarning oliy maqsadiga aylanishi zarur.
REFERENCES
1. Ro'ziyeva D. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. -Toshkent: "INNOVATSIYA-ZIYO", 2019. 43-b.
2. Xotamov J. Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalar. -Toshkent: 2021.
3. Подкасистого И. Педагогика. -Москва, 2002. - С. 18.
4. Беспалько В.Г. Слагаемые педаюгической технологии. - Москва: Педагогика, 1989. - С.6.
5.«Хорижий тилларни урганишнинг инновацион технологиялари» мавзусидаги олий таълим ва илмий-тадкикот муассасалари микёсидаги халкаро илмий-амалий анжуман. - Самарканд: СамДЧТИ, 2019. 7-Б
6. Исламгулова С.К. Технологичация процесса обучения в школе: теория и опыт - Алматы: Творческая педагогика, 2003. - С.23.
7. Inovatov U., Mushmov A., Usmonbove M., Inog'omova U. Pedagogika 1000 ta savolga 1000 ta javob. - Toshkent: Nizomiv nomidagi Toshkent davlat pedagogika umversiteti, 2012. 64-68 b.
8. Саидкасимова, А.С. Инглиз тилини масофадан урганишдаги асосий муаммолар / А. С. Саидкасимова. — Текст: непосредственный // Молодой учены: 2022
https://t.me/ares uz
Multidisciplinary Scientific Journal
September, 2022