Научная статья на тему 'PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, TA’LIM VA TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING QONUNIYATLARI'

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, TA’LIM VA TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING QONUNIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

9418
439
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik texnologiya / pedagogik jarayon / ta‟lim-tarbiya jarayoni / pedagogika / zamonaviy pedagogik texnologiya / o‟qitish texnologiyasi / ta‟lim texnologiyasi / ta‟lim metodi / ta‟lim metodikasi / pedagogik texnika / pedagogiktexnologik jarayon. / pedagogical technology / pedagogical process / educational process / pedagogy / modern pedagogical technology / teaching technology / educational technology / educational method / educational methodology / pedagogical technique / pedagogical-technological process

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Durdona Naimova

Ushbu maqolada ta‟lim texnologiyalari fanining asosiy qonuniyatlari falsafiy jihatdan yoritib berilgan. Bundan tashqari G‟arb davlatlaridagi ta‟lim va tarbiya texnologiyalarining o‟ziga xos qonuniyatlari ochib berilgan. Хусусан, ta‟lim texnologiyasining asosiy rivojlanish davrlari tahlil qilingan. Shuningdek ta‟lim texnologiyalarining hozirgi kundagi turli darajadagi metodlari ilmiy nuqtai nazardan talqin qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PECULIARITIES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGY, LAWS OF EDUCATIONAL AND EDUCATIONAL TECHNOLOGIES

In this article, the main laws of the science of educational technologies are explained philosophically. In addition, the specific laws of education and training technologies in Western countries are revealed. In particular, the main periods of development of educational technology were analyzed. Also, current methods of educational technologies at different levels are interpreted from a scientific point of view

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, TA’LIM VA TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING QONUNIYATLARI»

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, TA'LIM VA TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING QONUNIYATLARI

Durdona Naimova

Jizzax viloyati Do'stlik tumani 20-umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchisi

d.naimova@ gmail .uz Buxoro davlat universiteti f.f.d. prof. D.N.Yo'ldosheva taqrizi asosida

Ushbu maqolada ta'lim texnologiyalari fanining asosiy qonuniyatlari falsafiy jihatdan yoritib berilgan. Bundan tashqari G'arb davlatlaridagi ta'lim va tarbiya texnologiyalarining o'ziga xos qonuniyatlari ochib berilgan. XycycaH, ta'lim texnologiyasining asosiy rivojlanish davrlari tahlil qilingan. Shuningdek ta'lim texnologiyalarining hozirgi kundagi turli darajadagi metodlari ilmiy nuqtai nazardan talqin qilingan.

Kalit so'zlar: pedagogik texnologiya, pedagogik jarayon, ta'lim-tarbiya jarayoni, pedagogika, zamonaviy pedagogik texnologiya, o'qitish texnologiyasi, ta'lim texnologiyasi, ta'lim metodi, ta'lim metodikasi, pedagogik texnika, pedagogik-texnologik j arayon.

PECULIARITIES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGY, LAWS OF EDUCATIONAL AND EDUCATIONAL TECHNOLOGIES

In this article, the main laws of the science of educational technologies are explained philosophically. In addition, the specific laws of education and training technologies in Western countries are revealed. In particular, the main periods of development of educational technology were analyzed. Also, current methods of educational technologies at different levels are interpreted from a scientific point of view.

Keywords: pedagogical technology, pedagogical process, educational process, pedagogy, modern pedagogical technology, teaching technology, educational technology, educational method, educational methodology, pedagogical technique, pedagogical-technological process.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

September, 2022

KIRISH

Pedagogik texnologiya o'zida quyidagi o'ziga xos xususiyatlami namoyon etadi: 1) Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonnni takomillashtirish, optimallashtirishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi. 2).Pedagogik texnologiya didaktik, tarbiyaviy xarakterdagi ta'lim-tarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etishga oid nazariy va amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo'ladi. 3).Pedagogik texnologiya ta'lim-tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayondir. 4). Pedagogik texnologiya yo'naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya'ni, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi. 5). Pedagogik texnologiya - shaxsiylik xususiyatiga ega bo'lib, muayyan texnologiyalarni ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llashga nisbatan yagona, qatiiy, me'yoriy (standart) talablar qo'yilmaydi.6). Har bir pedagog u faoliyat olib yuritayotgan ta'lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan texnologik yondashuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega. 7). Pedagogik texnologiya o'zida ta'lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamolot) birligini ifoda etadi [ Ro'ziyeva D. 2019, -B.43.].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Garchi "Pedagogik texnologiya" nazariyasi g'oyalarining asoslanganiga qariyb bir asr bo'lgan bo'lsa, o'quv fani sifatida respublika oliy ta'lim muassalarida o'qitilayotganiga unchalik ko'p vaqt bo'lgani yo'q. "Pedagogik texnologiya" fani amaliy-pedagogik fan sifatida o'tgan asrning 90-yillarida shakllandi. U amaliy-pedagogik fan sifatida to'la ravishda "Pedagogika" poydevoriga tayanadi va pedagogik metodologiyada o'z o'rnini aniq belgilaydi" [nogKacncToro H. 2002. -C.18.] Bugungi kunda fan asoslari o'zida eng ilg'or pedagogik qarashlaning dinamik rivojini aks ettiradi. O'tgan vaqt ichida ta'lim jarayoniga texnologik yondashuvning nazariy-metodologik asoslari o'rganildi, ta'lim va tarbiya jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etish natijalari tahlil qilinib, muayyan xulosalarga kelindi. Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasining uzluksiz ta'lim tizimiga ham ilg'or pedagogik texnologiyalami faol tatbiq etishga e'tibor qaratilib, bu borada sezilarli yutuqlarga ham erishildi.

Pedagogik texnologiya nazariyasi o'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo'lsada, aynan "pedagogik texnologiya" tushunchasiga msbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani "amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi" deya ta'riflaydi

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

167

hamda asosiy diqqatni o'quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi [Беспалько В.Г. 1989. - С.6.]. N.F.Talizina esa pedagogik texnologiyani "fan va amaliyot oralig'ida muayyan tamoyillarni olg'a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo'llash kabi masalalarni hal etishga yo'naltirgan mustaqil fan" [Талызина Н.Ф. 1984. -С.13] bo'lishi lozimligini qayd etadi va h.k. So'nggi o'n yilliklar davomida nutqimizda "pedagogik texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya", "o'qitish texnologiyasi" kabi tushunchalar keng qo'llanilmoqda. Aksariyat pedagoglar "ta'lim texnologiyasi" va "pedagogik texnologiya" tushunchalari mazmunan bir ma'noni anglatishini aytadi. Bunday yondashuv u qadar to'g'ri emas. Zero, yuqorida qayd etib o'tilganidek, ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish g'oyasi dastlab G'arbiy Yevropa va AQSHda shakllangan. Ularda "Pedagogika" fani mavjud emas, shu bois "pedagogik faoliyat", "pedagogik texnologiya" tushunchasi ham iste'molda yo'q. Ushbu mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni "ta'lim jarayoni" sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma'lumotini oshirish, ta'lim samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui "Metodika" deb yuritiladi. Metodika fanlarini o'qitishda asosiy e'tibor ta'lim sifatini yaxshilash, uning samaradorligini ta'minlashga qaratiladi. O'zbekiston Respublikasi ta'lim amaliyotida o'qitilib kelinayotgan "Pedagogika" fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta'minlashga yo'naltirilgan ta'limiy va tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iborat. Ya'ni, shaxs kamoloti ta'limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining natijasi sifatida namoyon bo'ladi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Mualliflarning "pedagogik texnologiya" tushunchasini yoritishga yondashuvlari ham turlicha. Masalan: "Pedagogik texnologiya" tushunchasining mohiyati: - ta'lim jarayoniga topshiriqli yondashuv (T.N.Ballo); - bosqichli o'qitish (L.V.Zankov, T.Ya.Galperin, V.I.Davidov)^anaM^oBa C.K. 2003.-C.23] - mazmunli umumlashma (G.K.Selevko); - barcha jihatlariga ko'ra o'ziga xos, samarali natijalarni qo'lga kiritish imkonini beruvchi pedagogik tizimni tashkil etish bilan bog'liq holda ta'lim tizimi doirasida olib borilayotgan tadqiqot nazariyasi va amaliyotining muayyan tarmog'i (P.Mitchel); - texnologik loyihaga asoslangan ta'lim jarayonini tashkil etish usuli (S.K.Islamgulova); - ta'lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko'zlagan o'qitish va b.ni o'zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va aniqlashning izchil metodi (YUNESKO); -pedagogik maqsadlarga erishish yo'lida foydalaniladigan barcha

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

168

shaxsiy, uskunali va metodologik vositalaming tizimli yig'indisi va ula rning amal qilish tartibi (M.V.Klarin); - ta'lim jarayoniga nisbatan o'ziga xos yondashuv; -ijtimoiy-muhandislik tafakkurining pedagogik ifodasi, texnokratik ongning pedagogikaga ko'chirilgan tasviri, ta'lim jarayonining muayyan standard (B.L.Farberman); - didaktik maqsad, talab etilgan o'zlashtirish darajasiga erishish, ta'lim jarayonini avvaldan loyihalashtirish (U.N.Nishonaliyev); - pedagogning o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta'sir ko'rsatishi va mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov); - muayyan vaziyatlarda pedagogik masalalarni yechishning optimal usuli (A.Kushnir); - kutilayotgan natijaga erishish jarayonining tavsifi (I.P. Volkov). Rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida shaxs ijtimoiylashuvini ta'minlovchi yetakchi omil sifatida ta'lim jarayoni e'tirof etilsa, biz shaxsning shakllanishida talim hamda tarbiya jarayoni birdek ahamiyatga ega ekanligiga urg'u beramiz. Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayoni bu borada ustuvor bo'lishi lozim, chunki o'zida axloqiy xislatlarni namoyon eta olgan shaxsgina ijtimoiy munosabatlami tashkil etish jarayonida ular mazmunining ijobiy xususiyat kasb etishini taminlaydi, axloqli insongina ta'lim (bilim)ni qadrlay oladi, zero, axloqning asosiy kategoriyalaridan ham bilimlilik sanaladi, degan g'oyani ilgari suramiz. Shunday ekan, bu o'rinda "pedagogik texnologiya' tushunchasining qo'llanilishi, shuningdek, asosiy e'tiborni faqat ta'lim jarayonini samarali tashkil etishgagina qaratmay, balki ham ta'lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini ta'minlashga birdek qaratish lozimdir.

"Ta'lim texnologiyasi" tushunchasi "ta'lim metodikasi" tushunchasiga nisbatan kengdir. Ta'lim metodi - o'quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yo'naltirilgan pedagog va o'quvchilaming birgalikdagi faoliyati usuli. Ta'lim texnologiyasi - ta'lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya'ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo'lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta'lim jarayonini yuqori darajada boshqarish sifatida qaralib kelingan. Lug'aviy jihatdan "ta'lim texnologiyasi" tushunchasi (ing. "An educational technology") - ta'lim jarayonini yuksak mahorat, san'at darajasida tashkil etishga doir ma'lumotlar beruvchi fan, ta'limot ma'nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya masalalarini tadqiq etishda ham umumiy ilmivpedagogik tadqiqot metodlari faol qo'llaniladi [Inovatov U., Mushmov A., Usmonbovev M., Inog'omova U. 2012.- B.64-68.]. Shuni aytib o'tish

joizki, ayni vaqtda ta'lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-

September, 2022

g'oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona to'xtamga kelinmagan.

Ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi. Ta'lim tizimini texnologiyalashtirish g'oyasi o'tgan asrning boshlarida G'arbiy Yevropa, AQSHda ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta'minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o'rtaga tashlandi. Mazkur g'oya 30-yillarda ta'lim jarayoniga "pedagogik texnika" ("ta'lim texnikasi") tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Bu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda "pedagogik texnika" (yoki "ta'lim texnikasi") tushunchasi "o'quv mashg'ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga Ko'maklashuvchi usul va vositalar yig'indisi" tarzida talqin etildi hamda o'quv jarayoniga o'quv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko'rsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar ta'lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir, deya baholandi.

XX asming 50-yillarida ta'lim jarayonida texnik vositalami qo'llash "ta'lim texnologiyasi" yo'nalishini belgilab beruvchi omil deya e'tirof etildi, asosiy e'tibor magistrlar auditoriyasini kengavtirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ulaming axborot sig'imini kengaytirish, axborotlarm uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta'lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ob'ekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ulami takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o'quv jarayonini "texnologiyalashtirish"ning tashkiliy jihatlarini o'rganishga alohida urg'u berildi. 60-yillarning boshlarida ta'limni dasturlash asosida ta'lim jarayonini tashkil etish "texnologiya" tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko'rila boshlandi [Ro'ziyeva D. 2019. - B.16.].

Ta'lim texnologiyalari umumiy asoslarining negizi bo'lgan qonuniyatlardan xabardor bo'lish uchun "qonuniyat" tushunchasining mohiyatini yetarli darajada anglab olish talab qilinadi. Shunga ko'ra pedagogikada har qanday fanning qonuniyatlarini yoritishda tizimli tarkibiy yondashuv uning metodologik asosi bo'lib xizmat qiladi. Binobarin, tizimli-tarkibiy yondashuv pedagogik-texnologik tizimda kechadigan ketma-ket doimiy takrorlanib turuvchi, muhim, zarur, barqaror aloqalarini yoritish imkonini beradi [Shukruna B.2008.-B.332.]. "Pedagogik texnologiya" fani tomonidan o'rganiladigan yaxlit pedagogik jarayon qonuniyatlarining namoyon bo'lishi uchun quyidagi omillar o'rtasidagi aloqalarni tahlil qilish zarur: 1) pedagogik jarayon

September, 2022

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

bilan keng ko'lamli ijtimoiy jarayonlar va shart-sharoitlar o'rtasidagi; 2) pedagogik jarayonning tarkibiy qismlari o'rtasidagi (ichki aloqadorlik); 3) o'qitish, ta'lim, tarbiya va shaxs rivoji o'rtasidagi; 4) tarbiya va o'z-o'zini tarbiyalash jarayonlari o'rtasidagi; 5) pedagogik rahbarlik va ta'lim oluvchilarning mustaqil faoliyati o'rtasidagi; 6) barcha tarbiya sub'ektlariga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish jarayoni o'rtasidagi; 7) pedagogik topshiriq, ta'lim (tarbiya) mazmuni, metodlari, vositalari va pedagogik jarayonning tashkiliy shakllari o'rtasidagi. Yuqorida ko'rsatilgan omillar o'rtasidagi aloqalarni tahlil qilish natijasida pedagogik texnologiya asoslarini o'qitishning qonuniyatlari aniqlanadi. Ular quyidagilardir: Birinchi qonuniyat. Texnologik mazmunga ega pedagogik jarayon yaxlit holda jamiyat hayotining ijtimoiy, qtisodiy va madaniy sohalarida ro'y berayotgan o'zgarishlar natijasida har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlovchi, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan bevosita ishlay oladiganmutaxassisni tayyorlash borasidagi ehtiyoji bilan shartlanadi. Ikkinchi qonuniyat. Pedagogik-texnologik jarayon samaradorligi bevosita moddiy, ruhiy, ijtimoiy-axloqiy, gigiynik va estetik shart-sharoitlarga bevosita bog'liq. Uchinchi qonuniyat. Pedagogik jarayonda ta'lim, tarbiya va shaxs rivoji, shuningdek, o'z-o'zini qayta tarbiyalash, pedagogik rahbarlik va tarbiyalanuvchilarning mustaqilligi bir-biri bilan aloqador va o'zaro bog'liq bo'ladi. To'rtinchi qonuniyat. Amaliy jihatdan pedagogik jarayon samaradorligini uning ishtirokchilari tomonidan ta'lim va tarbiya sohasida tashkil q ilinadigan faoliyatlari birligi hal qiladi. Beshinchi qonuniyat. Pedagogik texnologiya vazifalarming ijobiy yechimi magistrlaming yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, jamoaning rivoji darajasi bilan belgilanadi. Oltinchi qonuniyat. Ta'lim (tarbiya) jarayonining mazmuni vazifalarni aniq belgilash asosida shakllantiriladi. Yettinchi qonuniyat. Ta'lim (tarbiya) metod va vositalari ta'limiy (tarbiyaviy) topshinqlar va mavjud vaziyatlar mazmun dan kelib chiqib tanlanadi. Sakkizinchi qonuniyat. Pedagogik jarayonni tashkil qilish shakllari pedagogik faoliyat vazifalari, mazmuni, tanlangan metod va vositalari asosida belgilanadi. To'qqizinchi qonuniyat. Ma'lum sharoitda ajratilgan vaqt bo'yicha pedagogik jarayonga doir barcha ichki va tashqi o'zaro aloqadorliklaming bir butun, yaxlit holda inobatga olinishi eng yuqori natijalarga erishishni ta'minlaydi. O'ninchi qonuniyat. Ta'lim jarayonida pedagog va magistr, tarbiya jarayonida esa tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchi o'rtasida ob'ektiv qonunlarga asoslangan qayta aloqa mavjud bo'ladi. O'n birinchi qonuniyat. Pedagogik jarayonda kutilgan natijaga o'zaro aloqadorlik asosida belgilangan vazifalar, ta'lim (tarbiya) mazmuni, shakli, metod va

vositalarining maqsadga to'la mos kelgandagina erishiladi.

September, 2022

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, zamonaviy taraqqiyot o'tgan asrning boshlarida jamiyat hayotining barcha sohalarida texnologiyalarning qo'llanilishiga zamin yaratdi. Mazkur holat bilan bog'liq ravishda ta'lim muassasalari, aniqrog'i, oliy o'quv yurtlarida "Pedagogik texnologiya" o'quv fanini o'qitishga bo'lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Ta'lim texnologiyasi o'quv faoliyatini samarali, muvaffaqiyatli tashkil etishga, ulaming pedagog bilan o'zaro hamkorlikda o'quv materiallarini puxta o'zlashtirishi uchun zarur sharoitlami yaratishga xizmat qiladi. "Pedagogik texnologiya" o'quv fani ham o'zining texnologik yondashuv, texnologik madaniyat, pedagogik jarayon, loyihalash, pedagogik jarayonni loyihalash, modul, ta'lim maqsadi, tarbiya maqsadi, texnologik tizim, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, pedagogik tashxis, interfaol metod, texnologik pasport, texnologik xarita hamda pedagogik mahorat elementlari kabi asosiy kategoriyalariga ega. Suhbat, anketa, intervyu, pedagogik tahlil, pedagogik kuzatish, modellashtirish, bolalar ijodini o'rganish, test (predmetli va psixologik testlar), ta'lim muassasasi hujjatlarini o'rganish, pedagogik tajriba, ekspert baholash, matematik-statistik tahlil kabi ilmiy-pedagogik metodlar pedagogik texnologiya masalalarini o'rganishga yordam beradi. Barcha o'quv fanlari singari "Pedagogik texnologiya" fani ham Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi, Xususiy metodika (xususiy fanlami o'qitish), Ta'lim menejmenti, Kreativ pedagogika, Hamkorlik pedagogikasi, Pedagogik innovatsiya, Falsafa, Etika (Axloqshunoslik), Sotsiologiya hamda Psixologiya fanlari kabi o'quv fanlari bilan o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikda o'rganiladi.

REFERENCES

1. Ro'ziyeva D. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. -Toshkent: "INNOVATSIYA-ZIYO", 2019. 43-b.

2. Пoдкacиcтoгo И. Пeдaгoгикa. -Mocraa, 2002. - C. 18.

3. Бecпaлькo В.Г. ^araeMbie пeдaюгичecкoй тeхнoлoгии. - MocRba: Пeдaгoгикa, 1989. - C.6.

4. Taлызинa Н.Ф. Упpaвлeниe пpoцeccoм ycвoeния знaний. - MocRвa: Изд-вo, 1984. -C.13.

5. Иcлaмгyлoвa C.K. Teхнoлoгичaция пpoцecca oбyчeния в шкoлe: Teopra и oпыт -Алмaты: Tвopчecкaя пeдaгoгикa, 2003. - C.23.

6. Inovatov U., Mushmov A., Usmonbove M., Inog'omova U. Pedagogika 1000 ta savolga 1000 ta javob. - Toshkent: Nizomiv nomidagi Toshkent davlat pedagogika umversiteti, 2012. 64-68 b.

7. Ro'ziyeva D. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. -Toshkent: "INNOVATSIYA-ZIYO", 2019, 16-b.

8. Shukruna B. O'zbek tilining izohli lug'ati".5-jildli. Beshinchi jild. - Toshkent: O'zbekiston Milliy ensiklopodivasi, 2008. 332-b.

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

172

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.