Научная статья на тему 'XOREOGRAFIK TA’LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

XOREOGRAFIK TA’LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
231
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
dars / fan / texnologiya / ta’lim / xoreografiya / pedagogika / metod / natija.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shavkat Ataxonov

mazkur maqolada ilg‘or pedagogik texnologiyalarni xoreografik ta’lim jarayonlarida tadbiq etish haqida sо‘z boradi. Shuningdek, “О‘zbek raqs” fanini bо‘yicha о‘tkaziladigan dars jarayonida interfaol texnologiyalardan foydalanishning ijobiy samarasi atroflicha yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XOREOGRAFIK TA’LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

XOREOGRAFIK TA'LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Shavkat Ataxonov [email protected] O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

Annotatsiya: mazkur maqolada ilg'or pedagogik texnologiyalarni xoreografik ta'lim jarayonlarida tadbiq etish haqida so'z boradi. Shuningdek, "O'zbek raqs" fanini bo'yicha o'tkaziladigan dars jarayonida interfaol texnologiyalardan foydalanishning ijobiy samarasi atroflicha yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: dars, fan, texnologiya, ta'lim, xoreografiya, pedagogika, metod, natija.

THE USE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN CHOREOGRAPHIC EDUCATION

Shavkat Atakhanov [email protected] Uzbekistan State Academy of Choreography

Abstract: The article deals with the application of advanced pedagogical technologies in the process of choreographic education. The positive effects of the use of interactive technologies in the process of teaching the subject "Uzbek dance" are also described in detail.

Keywords: lesson, science, technology, education, choreography, pedagogy, method, result.

Bugungi kundagi eng dolzarb masala va vazifa ta'lim standartlarini o'quv jarayoniga tadbiq etishdan iborat. Xoreografiya sohasi ta'limi mazmunini isloh qilib, uni jahon ta'lim sandartlariga muvofiqlashtirishda ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga alohida e'tibor berilmoqda. Xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida "o'quv jarayonini ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash" zarurligi ham alohida ko'rsatib o'tilgan.

Pedagogik texnologiya hozirda barcha pedagogik kasblar hamda ta'lim - tarbiya jarayonini tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog'liq kasblarning asosini tashkil qiladi. Zamonaviy badiiy pedagogik texnologiyalardan barcha xoreografiya ta'lim sohasi pedagoglari xabardor bo'lishlari zarur.

I ibiSi^^Bl ^02 http://oac.dsmi-qf.uz/

Zamonaviy badiiy xoreografik ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy va amaliy bilimlarni o'quvchi va talabalarga yetkazib berish, ularda raqs bo'yicha ko'nikma va malakalarni xosil qilish, shuningdek, o'quvchilarning sahnadagi faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma va malakalar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

Hozirgi kunda badiiy xoreografik ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. "O'zbek raqs" fani doirasida ham bir qator amaliy ishlar kuzatilmoqda. Dars mobaynida o'zlashtirilayotgan biror bir milliy raqsni video lavhalar orqali tomosha qilish va mazkur xatti - harakatlarni talabalar tomonidan o'zlashtirilishi kabi interfaol uslublarni doimiy qo'llash zarur.

Shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi, talaba faqat tayyor bilimlarni egallashga jalb etilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishga, mustaqil o'rganishga, tahlil qilishga xatto yakuniy xulosani ham o'zi chiqarishga o'rgatilmoqda. "O'zbek raqs" fani o'qituvchisi esa bu jarayonda talabani ijodkor sifatida rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratib beruvchi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchi, yo'naltiruvchi shaxs sifatida auditoriyaga kirib kelmoqda xolos. Shuning uchun xoreografiya ta'limida zamonaviy badiiy xoreografik ta'lim va o'qitish metodlari, interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni kuchaytirilib borilmoqda.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, har qanday texnologiya badiiy xoreografik ta'limning yangi mazmunini shakllantiruvchi tamoyillarga asoslanadi va o'quvchi shaxsini tarbiyalash, unda mehnat va muayyan yo'nalishlarda ijodiy ko'nikmalarni hosil qilishga qaratiladi. Badiiy xoreografik ta'lim jarayonining faol subyektlari o'qituvchi va o'quvchi yoki talaba bo'lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu (masalan, o'zbek milliy raqslari) bo'yicha kam kuch va vaqt sarflangan holda nazariy, ijodiy va amaliy bilimlarni chuqur o'zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy mohiyatini tavsiflaydi.

O'qituvchining faol, samarali faoliyat ko'rsatishiga yo'naltirilgan badiiy xoreografik ta'lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, badiiy, ijodiy ta'limning pedagogik texnologiyasi o'quvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o'qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda muayyan ijodiy asarni o'zlashtirishga sharoit yaratadi. Masalan, biror milliy raqsni o'zlashtirish davomida barcha to'plangan axborotlarni o'quvchiga taqdim etadi.

Sahnalashtirish jarayoniga nisbatan ijodiy yondashuv muayyan sohalarda islohotlarni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini ta'minlash, erishilgan yutuqlarni boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida namoyon bo'ladi.

Badiiy asarni sahnalashtirish, masalan biror raqsni yaratilishida zamonaviy, ilg'or, yuksak texnologiyalarning tatbiq etilishi bir qator shartlar asosida kechadi, xususan, ilm-fan hamda raqsshunoslikning so'nggi yutuqlariga tayanish, moliyaviy ta'minot va yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega malakali mutaxassislarning mavjudligi bu boradagi yutuqlarni kafolatlaydi.

"O'zbek raqs" fanini olib borishda qo'llaniladigan pedagogik texnologiya o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, ularning axborotlar bilan tanishganlik va amaliy tayyorgarligiga moslangan bo'lishi lozim. Fanni olib borishda o'quvchilarning bilim orttirish faoliyatini kuchaytirish usullari, asosan u yoki bu muammoni yechish yo'llarini izlashda taxminiy erkin fikr almashinish diologi asosida ko'riladi.

Ayniqsa keng tarqalgan va o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan ta'limning faol usullariga quyidagilar kiradi: suhbat, munozara, ta'limiy o'yinlar, loyihalash usuli, muammoli usul, miyaga xujum va bosh.

Interaktiv (Interactive) - dialogli ta'limda o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi (talaba va kompyuter) o'zaro harakatni amalga oshiruvchi dialogli ta'lim. Interfaollik darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, badiiy-xoreografik ta'lim jarayoni ham shunchalik samarali bo'ladi.

Zamonaviy metodlar yoki interfaol usullar, o'qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o'quvchilarda mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, bo'lajak yetuk mutaxassis bo'lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo'lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

O'qituvchi fanni olib borishda qo'llagan interfaol metodlarni tanlash mezoni -ularning ta'lim va tarbiya, rivojlantirish masalalarini yechishga yuqori yo'nalganligidir. Bu mezon turli xil metodlarni u yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo'li bilan joriy etiladi, chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o'zlashtirishda ularning imkoniyatlari turlichadir.

Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.

Bugungi kunda bir qator mamlakatlarda o'quvchilarning o'quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta'lim tarbiya jarayonini samaradorligini kafolatlovchi interfaol metodlarni qo'llash borasida katta tajriba to'plangan bo'lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan kiritilmoqda. Quyida ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so'z yuritamiz:

I icclT^^^^H 204 http://oac.dsmi-qf.uz/

Interfaol uslubda dars jarayonini tashkil etilganda:

- o'quvchining o'zaro faolligi oshadi, hamkorlik, ijodkorlikda ishlash ko ' nikmalari shakllanadi.

- o'quv, reja, dastur, darslik, standart. meyor, qo'llanmalar, mavzu mazmuni bilan ishlash malakalari shakllanadi.

- ta'lim mazmunini, ma'ruzasini mustaqil mutoola qilish, ishlash, o'zlashtirish kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi.

- o'quvchi erkin fikr bildirish, o'z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi.

- eng muhimi o'quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi.

Ya'ni, o'quvchining ehtiyoji, hoxish-istagi qondiriladi. O'qish-o'rganish jarayonida uning manfaatdorligi oshadi. Bu holat o'quvchini o'quv maqsadlariga erishishda yuqori bosqichga ko'taradi. O'qitish mazmuni yahshi o'zlashtirishga olib keladi. O'z vaqtida o'qituvchi va o'quvchilar orasida ta'limiy aloqalar o'rnatiladi. O'qitish usullari badiiy-xoreografik ta'lim jarayonida turli xil ko'rinishlarda kechadi.

O'quv jarayonida o'quv ehtiyojini qondirish bilan birgalikda yuqori motivatsiyaga ega bo'ladi. O'quvchilarda o'zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o'quv materiali yahshi o'zlashtiriladi.

Talabada o'zaro muloqotga kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko ' nikmalari shakllanadi.

O'quv jarayonida - o'quvchining o'z-o'ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi. O'quvchi uchun dars qiziqarli va mazmunli o'qitilayotgan fanga aylanadi, o'qish jarayoniga ijodiy va mustaqil yondashishga harakat qiladi va har bir daqiqani g'animat deb biladi. Muhimi ularda:

- o'quv mehnatiga o'zida hoxish-istak uyg'ota olishga;

- har qanday vaziyatda faollik ko'rsata olishga;

- ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbaalaridan unumli foydalana olishga ko'nikmalari shakllanadi. Shuning uchun ham, hozirgi kunda o'quvchining o'z-o'zini rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogika va didaktika fanlari oldida o'z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardandir.

Badiiy-xoreografik ta'lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning amaliy asoslari, pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining umumiy mohiyati, interfaol darslarda o'quvchilarning bilim olish faoliyatlarini tashkil etish yo'llari, interfaol metodlar va ulardan badiiy-xoreografik ta'lim jarayonida foydalanish tajribalari keng yoritib berilgan.

Interfaol darslarda o'quv-biluv faoliyatini guruhlarda tashkil etishning o'ziga xos hususiyatlari, interfaol metodlar va ularning turli usullari trening asosida o'rganilgan.

Interfaol metodlarni ta'lim jarayonlarida qo'llash, avvalo o'qituvchilarni shu jarayonga tayyorlash va malakasini oshirishdan boshlanadi. Buning uchun o'qituvchilarni tayyorlashda, interfaol seminar, trening, maxsus maqsadli kurslar, doimiy xarakatdagi ta'lim jarayonlarini tashkil qilish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Avdeyeva L.A. Ozbek Milliy raqsi tarixidan. -TomKeHT: Mukarrama Turgunboeva nomidagi "O'zbekraqs" milliy raqs birlashmasi, 2001 y.

2. Sayfullaeva D., Kazakbaeva Z. O'zbek raqs san'ati tarixi va raqs sahnalashtirish sirlari. -Toshkent: "Voris nashriyoti", 2006y.

3. R. Dosmetova N.Abraykulova Raqs darslik- T.: «Barkamol fayz media», 2017,160 bet.

4. A6paHKynoBa H. Pa;c ^aMoacu 6unaH umnam ycny6ueTH. -T.: A6gynna KognpHH HOMHgarn xan; Mepocu HampueTH, 2003 h.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.