Научная статья на тему 'ONA TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARNING AMALIY AHAMIYATI'

ONA TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARNING AMALIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1518
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interfaol metodlar / dars samaradorligi / innovatsion ta‟lim texnologiyalari / o„quv jarayoni / ko„nikma / malaka / dars jarayoni / intellektual salohiyat. / интерактивные методы / эффективность урока / инновационные технологии обучения / процесс обучения / навыки / компетенции / процесс обучения / интеллектуальный потенциал.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdushukur Musayevich Shofqorov, Dilnoza Shuhrat Qizi Tadjibayeva

Ushbu maqolada ta‟lim jarayonida yangi interfaol metodlarni qo„llash dars sifati samaradorligini oshirishga xizmat qilishi, o„qitish jarayonida zamonaviy yondashilganda o„quvchilarning hamkorlikda ishlashiga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o„zlashtirish haqida mushohada yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРАКТИЧЕСКАЯ ЗНАЧЕНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ОРГАНИЗАЦИИ УРОКОВ РОДНОГО ЯЗЫКА

В этой статье обсуждается использование новых интерактивных методов в учебном процессе для повышения качества урока, совместная работа студентов с современным подходом к обучению и получение большого количества информации за короткое время.

Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARNING AMALIY AHAMIYATI»

ONA TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARNING AMALIY AHAMIYATI

Abdushukur Musayevich Shofqorov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti, f.f.n.

Dilnoza Shuhrat qizi Tadjibayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ta'lim jarayonida yangi interfaol metodlarni qo'llash dars sifati samaradorligini oshirishga xizmat qilishi, o'qitish jarayonida zamonaviy yondashilganda o'quvchilarning hamkorlikda ishlashiga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o'zlashtirish haqida mushohada yuritilgan.

Tayanch so'zlar: interfaol metodlar, dars samaradorligi,innovatsion ta'lim texnologiyalari, o'quv jarayoni, ko'nikma, malaka, dars jarayoni, intellektual salohiyat.

ПРАКТИЧЕСКАЯ ЗНАЧЕНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ОРГАНИЗАЦИИ УРОКОВ РОДНОГО ЯЗЫКА

Аннотация: В этой статье обсуждается использование новых интерактивных методов в учебном процессе для повышения качества урока, совместная работа студентов с современным подходом к обучению и получение большого количества информации за короткое время.

Ключевые слова: интерактивные методы, эффективность урока, инновационные технологии обучения, процесс обучения, навыки, компетенции, процесс обучения, интеллектуальный потенциал.

PRACTICAL SIGNIFICANCE OF INTERACTIVE METHODS IN THE ORGANIZATION OF MATHER TONGUE LESSONS

Abstract: The use of new interactive methods in the educational process will help to increase the effectiveness of lesson quality, a modern approach to the teaching process focused on students working together and assimilating large amoounts of information in a shortperiod of time.

Keywords: interactive methods, lesson effectiveness, innavatie learning process, skill, competence, lesson process, intellectual potential.

Mustaqillik sharofati bilan respublikamizda yangilanish, rivojlanish davri boshlanib, ijtimoiy hayotimiz umumjahon andozalariga mos taraqqiyot yo'nalishlariga jadal sur'atlar bilan kirib bormoqda. "XXI asr yoshlarini har tomonlama rivojlangan, yetuk dunyoviy fikr yuritadigan, bilimli barkamol shaxslarni jahon ta'lim standartlariga mos ravishda tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir" [1; 93].

Yangi asr o'qituvchisini tayyorlashda uning pedagogik - psixologik jihatdan chuqur bilimga egaligi, intellektual salohiyatning yuksak darajadaligi, innovatsion ta'lim texnologiyalari, ta'limning interfaol usullari va ilg'or samarali metodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. O'quv jarayoniga tatbiq etilayotgan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda umumiy o'rta ta'lim muassasalari uchun yaratilgan "Davlat ta'lim standarti"da o'quvchilarning bilishlari zarur bo'lgan majburiy bilimlar hajmi aniq ko'rsatilgan. Ularni o'quvchilarga yetkazish, o'quvchilarni faqat puxta bilim olibgina qolmay, balki mustaqil ravishda o'qib olish va ijodiy izlanishga yo'naltirish, o'zlaridagi qobiliyatni rivojlantira borish ko'nikmalarini orttira olish uchun o'qituvchilar yangi pedagogik texnologiya asosida pedagogikaning turli shakl va usullaridan foydalana olishlari zarur bo'ladi.

Hozirgi kunda barcha ta'lim muassasalarida o'qitish jarayonida interfaol usullardan foydalanishga erishilmoqda. Bu esa interfaol ta'lim asosida tashkil etilayotgan pedagogik jarayonlarning mazmun-mohiyatini to'liq tushunib yetishga va ularni samarali, qiziqarli, sifatli bo'lishini ta'minlashga ko'maklashadi. "Interfaol usullaridagi darslar o'quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi. Interfaollik - bu o'zaro ikki kishi faolligi, ya'ni bunda

o'quv-biluv jarayoni o'zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter yordamida) yoki o'quvchining o'zaro muloqotiga asosan kechadi" [2; 68].

Interfaol ta'lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi. Talim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish, ta'lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o'zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar interfaol metodlar sanaladi. Ona tili darslarida zamonaviy usullardan foydalanish o'quvchilarning mustaqil fikrlash qobilyatini shakllantirish hamda mavzuni o'zlashtirishda yaxshi samara beradi.

Fikrimizning dalili sifatida 7-sinf ona tili darsligidagi "Olmosh" mavzusining o'rganilishi bo'yicha "Olmoshning ma'no turlari" mavzusidagi klasterni quyidagicha shakllantirish mumkin. Bu metod darsning chaqiruv pog'onasida

INSERT JADVALI

V + _ ?

o'quvchilarning diqqat-e'tiborini o'ziga qaratish va darsga bo'lgan qiziqishni oshirish maqsadida qo'llanadi. O'tilgan mavzularni takrorlash va esga olishda klaster metodidan foydalanilsa samarali natija beradi. Bu metodni mantiqiy ketma-ketlikda, mantiqiy tizimlashgan holda bog'lab ketishi kerak.

Mavzuni "Insert jadval" metodi asosida o'rganish va mustahkamlah ham maqsadga muvofiq. Bu metod mustaqil o'qish, ma'ruza tinglash jarayonida olinadigan ma'lumotlarni bir tizimga keltirishga imkoniyat yaratadi. Xususan, "Olmoshlar va uning qo'llanishi" mavzusini berilgan jadval bo'yicha o'quvchilar olgan bilimlari asosida mustahkamlash mumkin!

(V)- bilaman (+)- yangi axborot (-) - to'g'ri kelmadi ( ? )- tushunmadim

Shuningdek, 8-sinf ona tili darsligining "So'z birikmasi sintaksisi" mavzusini o'rganishda "Aqliy hujum" metodini foydalanish mumkin. Bu metod barcha o'quvchilarni darsga jalb etadi, munozara olib borish madaniyati shakllanadi eng asosiysi mavzuga qiziqish uyg'onadi. Bunda sinf o'quvchilarini 4 guruhga bo'lib, har biri guruh sardorlari mavzu yuzasidan savollarga javob berishlari kerak bo'ladi. Savollarni quyidagi tartibda shakklantirish lozim:

1. Ikki va undan ortiq mustaqil so'z grammatik va ma'no jihatdan birikib, qanday birikma hosil bo'ladi?

2. So'z birikmasi qanday so'zlardan tuziladi?

3. So'z birikmasi hokim so'zning qaysi turkumga oid so'z bilan ifodalanishiga qarab, necha guruhga bo'linadi?

4. Otli so'z birikmasida hokim so'z qanday so'zlar bilan ifodalanadi?

Keyingi topshiriq tushirib qoldirilgan so'zlarni tez va to'g'ri yozish bo'ladi.

Bunda o'quvchilar guruh bilan bajarishadi. Har bir o'quvchining o'z fikrini

tengdoshlariga yetkaza olish va jamoaviy ishlash qobiliyati rivojlanadi. Topshiriq quyidagicha beriladi:

1. So'z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so'zning hech qanday qo'shimchasiz, faqat ohang va ma'nosiga ko'ra bog'lanishi ... deyiladi.

2. Tobe so'zning hokim so'zga tushum, jo'nalish, o'rin-payt va chiqish kelishigi qo'shimchalari yoki ko'makchilar yordamida bog'lanishi ... deyiladi.

3. Tobe so'zning hokim so'zga qaratqich kelishigi qo'shimchasi yordamida, hokim so'zning esa tobe so'zga egalik qo'shimchalari yordamida bog'lanishi ... deyiladi.

4. Bir so'zning boshqa bir so'zga bo'ysunishi orqali bog'lanishi ...

diyiladi.

Umuman olganda interfaol metodlar ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi hamkorlikni ta'minash, yagona maqsad sari intilish, o'quvchilarning ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishda katta amaliy ahamiyatga ega.

1. Ta'lim jarayonida interfaol metodlarni qo'llash dars sifati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

2. O'qitish jarayonida zamonaviy yondashilganda o'quvchilarning hamkorlikda ishlashiga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o'zlashtirishiga imkon tug'iladi.

3. Interfaol metod asosida ta'lim jarayoni qatnashchilarining faolligi ta'minlanadi.

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi kabi mashqlarni amalda qo'llashda ona tili fanining o'zaro integratsiyasi grammatik tushunchalarni o'zlashtirishni zerikarli ishdan faollikka undovchi qiziqarli ishga aylantiradi. Ona tili darslarida mustaqil ishlarni tashkil etishda tanlangan mashqlar har tomonlama ta'limiy va tarbiyaviy yo'nalishda, rang-barang mavzularda, shaklan va mazmunan mukammal, mantiqan to'g'ri, tili sodda va ravon, o'quvchi uchun tushunarli bo'lish maqsadga muofiqdir. Ana shundagina matn, matn yaratish va matn tahlil qilish o'quvchi uchun zarur bo'lgan natijani beradi hamda kommunikativ savodxonlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug' va kelajagi farovon bo'ladi. T.: "O'zbekiston", 2019.

2. Yo'doshev J., Yo'ldosheva F., Yo'ldosheva G. Interfaol ta'lim - sifat kafolati. -Toshkent, 2008.

3. Ro'ziyev D., Usmonboyeva M., Xoliqova Z. "Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi. - Toshkent, 2013. 146-b.

4. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Darslik. - Toshkent, "O'ME" 2009. 324-b.

5. Sapayev Q. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Darslik. - Toshkent, "O'ME" 2009. 243-b.

6. Tadjibayeva D.Sh. Ona tili o'qitishda zamonaviy ta'lim metodlari // The journal of academic researcg in educational sciences. 2021. maxsus son. 486-488 betlar.

7. Tadjibayeva D.Sh. "5-sinf ona tili darslarining adabiyot fani bilan o'zaro integratsiyasi". // Tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlar: Muammo va yechimlar. Xalqaro amaliy konfrensiya. Andijon, 2020. 136-139-betlar.

8. Tolipov O'.Q. Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. - T., "Fan", 2006. 364-b.

9. To'xliyev B. O'zbek tili o'qitish metodikasi. - Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2006. 232-b.

10. To'xliyev B., Oxunjonova O., Jumashev D. O'zbek tili o'qitish metodikasi (Amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari). - T.: "O'zbekiston" 2011. - 145 bet.

11. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-11-sinflari ona tili darsliklari.

12. Usmonova K. Adabiy ta'limda ilg'or pedagogik texnologiyalar. - Toshkent, 2004, 186-bet.

13. Yo'doshev J., Yo'ldosheva F., Yo'ldosheva G. Interfaol ta'lim - sifat kafolati. Toshkent, 2008. 246-b.

14. G'afforov Ya. Maxsus fanlarni o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari. - Toshkent, 2021. 156-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.