Научная статья на тему 'LUG‘AT USTIDA ISHLASH MASHG‘ULOTLARIDA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH'

LUG‘AT USTIDA ISHLASH MASHG‘ULOTLARIDA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4388
189
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
og‘zaki nutq / so‘z ma’nosi / o‘zlashma so‘zlar / lug‘at ishi / etimologiya / orfogragik savodxonlik / orfoepik savodxonlik / oral speech / word meaning / vocabulary / vocabulary / etymology / orthographic literacy / orthoepic literacy

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nodiraxon Adxamjon Qizi Erkaboyeva

Maqolada o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, o‘zlashma so‘zlar ma’nosini tushunishda lug‘at ustida ishlash mashg‘ulotlarining ahamiyati haqida ta’kidlangan. Lug‘at ishini tashkil etish bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION OF INDEPENDENT WORK IN DICTIONARY WORKSHOPS

The article highlights the importance of vocabulary training in developing students' connected speech and understanding the meaning of the words they are learning. There are practical guidelines and recommendations for elementary school teachers on how to organize vocabulary work.

Текст научной работы на тему «LUG‘AT USTIDA ISHLASH MASHG‘ULOTLARIDA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021

ISSN: 2181-1601

LUG'AT USTIDA ISHLASH MASHG'ULOTLARIDA MUSTAQIL ISHLARNI

TASHKIL ETISH

Nodiraxon Adxamjon qizi Erkaboyeva

O'zbekiston tumani 5-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi

[email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada o'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirish, o'zlashma so'zlar ma'nosini tushunishda lug'at ustida ishlash mashg'ulotlarining ahamiyati haqida ta'kidlangan. Lug'at ishini tashkil etish bo'yicha boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun amaliy ko'rsatma va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: og'zaki nutq, so'z ma'nosi, o'zlashma so'zlar, lug'at ishi, etimologiya, orfogragik savodxonlik, orfoepik savodxonlik.

ORGANIZATION OF INDEPENDENT WORK IN DICTIONARY

WORKSHOPS

ABSTRACT

The article highlights the importance of vocabulary training in developing students' connected speech and understanding the meaning of the words they are learning. There are practical guidelines and recommendations for elementary school teachers on how to organize vocabulary work.

Keywords: oral speech, word meaning, vocabulary, vocabulary, etymology, orthographic literacy, orthoepic literacy.

Boshlang'ich ta'lim bilimli, yetuk, komil insonlarni voyaga yetkazishda mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi. Ta'lim va tarbiyaning shu bosqichidan boshlab o'quvchilar mustaqil, erkin fikrlashga o'rgatiladi. O'quvchilarning mustaqil fikrlash ko'nikma va malakalarini shakllantirishda o'quv rejada belgilangan barcha fanlar, shuningdek, ona tili, o'qish darslari o'zining maqsad va vazifalariga ko'ra asosiy o'rinni egallaydi.

Umumiy o'rta ta'limning boshlang'ich sinflari o'quv rejasidagi adabiyot fani -"O'qish" predmeti og'zaki va bog'lanishli nutqini o'stirishga, lug'atini boyitishga, to'g'ri va ifodali o'qishga o'rgatish bilan ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflardayoq o'quvchilarning matnni o'qish va uni tushunish darajasini aniqlash bo'yicha Xalqaro tadqiqot metodlari (PIRLS) doirasida o'qish savodxonligini rivojlantirishda mazkur fan muhim ahamiyatga ega.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida izohtalab so'zlar ma'nosi bilan tanishtirish, lug'at ustida ishlashning zamonaviy usullarini o'rgatish boshlang'ich ona tili o'qitish metodikasining oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, bilimli, yetuk, barkamol, tafakkuri keng, nutqi ravon, mustaqil fikrli o'quvchilarni tarbiyalash bugungi ta'lim sohasining vazifasidir.

O'zbek tilining boy tarixi, undagi ro'y berayotgan o'zgarishlar, lug'at tarkibidagi yangi so'zlarning paydo bo'lishi, turli iboralar ma'nosi, so'z etimologiyasini bilish har bir o'quvchi uchun juda qiziqarli.

Dars jarayonida lug'at ustida ishlash mashg'ulotlarini tashkil etishni to'g'ri yo'lga qo'yish har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisidan yuksak mahorat va izlanish talab qiladi. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida izohtalab so'zlarga oid bilimlarni shakllantirishda fanning ilg'or yutuqlaridan, xususan, maqsadli, tizimli, texnologik yondashuvlar, boshlang'ich sinf maktab o'qituvchisining metodik tayyorgarligi, o'quvchilarning bilish faoliyatlarini uni rejali boshqarish asosida faollashtirilishi, o'quvchilarni o'qitish metodlari, uslub va vositalarining maktab sharoitiga moslanganligi kabi ko'pgina amaliy ishlarni tashkil etish orqali erishiladi.

So'z ma'nosini tushuntirish bilan birga bu so'zlarni o'quvchilar faol lug'atiga kiritish uchun har bir darsda rejalashtirilgan so'z ustida izchil, puxta, doimiy ish olib borib, quyidagicha metod va topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

"Izohini top". Xattaxtaga lug'at ishida o'rganilgan so'zlar yoziladi. O'quvchilardan shu so'zlar mazmunini izohlab berishlari so'raladi.

"To'g'ri yozdim rag'bat oldim" Ikki o'quvchi yoki jamoa o'tilgan notanish so'zlarni imlo xatolarisiz yozish bo'yicha musobaqalashadilar. To'g'ri yozgan o'quvchi yoki jamoaga rag'bat kartochkalari tarqatiladi.

"So'zdan marjon tuzamiz" O'quvchilar guruhlarga bo'linadi. Avvaldan 2 yoki 3 ta so'z yozilgan A4 formatdagi qog'oz tarqatiladi. O'quvchilar belgilangan vaqt davomida so'zlardagi bo'g'in, harflar yordamida so'z hosil qiladilar. Ko'p so'z yoza olgan guruh rag'batlantiriladi.

"Bu so'z meniki". O'quvchilarga so'zlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O'qituvchi kartochkalarga yozilgan so'zning mazmuniga mos jumla, ma'nodosh so'z o'qiydi. O'qilgan ma'lumot kimning kartochkasidagi so'zga mos kelsa, "Bu so'z meniki" deb javob beradi.

"Yashiringanini izlab top va izohla" Guruhlarga konvert tarqatiladi. Konvertga 5 ta gap va shu gapda ishtirok etgan bir so'z mazmunini izohlovchi 5 ta jumla yoziladi. O'quvchilar shu izohga mos so'zni gapdan topadilar, yoddan aytib beradilar.

"Ha" yoki "Yo'q". So'zlar o'quvchilarga izohi bilan birga o'qituvchi tomonidan o'qib eshittiriladi. O'quvchilar izoh to'g'ri bo'lsa, "Ha", noto'g'ri bo'lsa, "Yo'q" deb javob beradilar va noto'g'ri izohni to'g'rilaydilar.

"Juftini top". So'zlar ma'nodosh va qarshi ma'noli so'zlarni aniqlashda qo'llaniladi.

"Chala xat". O'quvchilarga xat yozilgan qog'oz tarqatiladi. o'quvchilar xatdagi tushirib qoldirilgan so'zlarni yozishlari kerak bo'ladi. Xat mazmuni o'quvchilar yoshiga mos, o'tilayotgan fan mavzusidan kelib chiqib tanlanadi.

"Topib va tushunib o'qi" Sinfdan tashqari o'qish darslarida o'tkaziladi. O'quvchilar yangi mavzuda o'rganiladigan izohtalab so'zlar ma'nosini avvaldan aniqlaydilar va dars davomida shu so'zning o'rnida qo'llaydilar. O'qituvchi tomonidan so'zlar kartochkalarga yoziladi, qaysi lug'atdan foydalanish mumkinligi aytiladi.

"O'quvchilar pochtasi". O'quvchilar qaysi so'zning ma'nosini tushunib olishga qiynalsalar, shu so'zni yozib qutiga tashlaydilar. Hafta oxiridagi darsda shu so'zlar ma'nosi, imlosi, izohi ustida ishlanadi.

BBB. Metod o'quvchilarga muayyan mavzular bo'yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Uni qo'llashda o'quvchilar guruh yoki jamoada ishlashlari mumkin. Guruhda ishlashda mashg'ulot yakunida guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinadi.

Guruhlar faoliyati quyidagi ko'rinishda tashkil etilishi mumkin:

Har bir guruh umumiy sxema asosida o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi; mashg'ulot yakunida loyiha bandlari bo'yicha guruhlarning munosabatlari

umumlashtiriladi

Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo'yicha o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarib,

g'oyalarni umumlashtiradi

O' quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog'ozida o'z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi:

Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim

Bosqichlar bo'yicha amalga oshirilgan harakatlarning tafsiloti quyidagicha:

r

1) o'quvchilar kichik guruhlarga biriktiriladi;

2) o'quvchilarning yangi mavzu bo'yicha tushunchalarga egalik darajasi o'rganiladi;

3) o'quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi;

4) o 'quvchilarning yangi mavzu bo'yicha mavjud bilimlarini boyitishga b o ' l gan e htiyojlari o'rganiladi;

5) o'quvchilarning ehtiyojlari sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib qo'yiladi;

6) o'qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma'lumotlardan o'quvchilarni xabardor qiladi;

7) o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan yangi tushunchalar aniqlanadi;

8) bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning 3-bandiga yozib qo'yiladi;

9) mashg'ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi

V J

Matndagi biror so'zning ma'nosini tushunmaslik shu darsdan ko'zda tutilgan maqsadlarning to'laqonli amalga oshishiga to'siq bo'ladi. Ma'nosi tushunarsiz so'z matn uchun muhim ahamiyatga ega bo'lsa, uning mazmunini to'la tushunmaslik, bu bilan bog'liq holda asar g'oyasini tushunmaslikka olib keladi yoki o'qish darsining o'quvchilarni so'z boyligini oshirish maqsadi amalga oshmaydi. O'qish darsliklaridagi izohtalab so'zlar ma'nosini o'rganishda alohida tayyorgarlik ishlarini olib borish o'quvchilar uchun talay afzalliklarga ega:

1) borliq va undagi hodisalar xususidagi tasavvuri kengayadi;

2) so'z boyligi ortadi;

3) talaffuz imkoniyati kengayadi;

4) muayyan so'zning imlosi bilan tanishadilar;

5) adabiy til me'yorlaridan to'g'ri foydalana oladilar;

6) so'zlarni ma'nodosh, ziddiga ko'ra izohlay oladilar;

7) o'tkaziladigan ta'limiy va tekshiruv diktantlarida lug'at ishida o'rganilgan ma'lumotlarni amaliy qo'llay oladilar;

8) boshqa tillarni oson o'zlashtirishga zamin yaratiladi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021

ISSN: 2181-1601

REFERENCES

1. Qosimova K., Matchonov S. va boshq. Ona tili o'qitish metodikasi. - Toshkent: Noshir, 2009. - 352 b.

2. Umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturi. O'qish. - Toshkent, 2018.

3. O'zbek tilining izohli lug'ati. - Toshkent: OME, 2006-2008. - 5 tomli.

4. Muhamedov X. O'. va boshq. Ta'limni tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar / T., 2016. - 45 b.;

5. G'afforova T. Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar / Toshkent: Tafakkur, 2011. - 160 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.