Научная статья на тему 'ONA TILINI O`QITISHNING UMUMDIDAKTIK VA O`ZIGA XOS PRINSIPLARI'

ONA TILINI O`QITISHNING UMUMDIDAKTIK VA O`ZIGA XOS PRINSIPLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7753
481
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ona tili / ta’lim / prinsip / tarbiyaviy

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umida Bekjonovna Bobojonova, Nazokat Bekturdiyevna Hasanova

O’quvchilarning o’zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirishi, mustaqil fikrlash, fikr-mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko’nikmasini shakllantirish, ya’ni interfaol tushunchasini yuzaga keltirishi kerak. Bu usulda o’quvchi o’zi faol ishtirok etgan holda, yakka juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so’zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo’yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o’quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzuni o’zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondosha oladi. O’qituvchi faqat yorug’ ko’rsatuvchi, kuzatuvchi vazifasini bajaradi, xolos.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILINI O`QITISHNING UMUMDIDAKTIK VA O`ZIGA XOS PRINSIPLARI»

ONA TILINI O QITISHNING UMUMDIDAKTIK VA O ZIGA XOS

PRINSIPLARI

Umida Bekjonoyna Bobojonoya Nazokat Bekturdiyevna Hasanova

Xorazm viloyati Qo'shko'pir tuman 27-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili fani

o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

O'quvchilarning o'zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirishi, mustaqil fikrlash, fikr-mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko'nikmasini shakllantirish, ya'ni interfaol tushunchasini yuzaga keltirishi kerak. Bu usulda o'quvchi o'zi faol ishtirok etgan holda, yakka juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so'zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo'yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o'quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzuni o'zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondosha oladi. O'qituvchi faqat yorug' ko'rsatuvchi, kuzatuvchi vazifasini bajaradi, xolos.

Kalit so'zlar: ona tili, ta'lim, prinsip, tarbiyaviy

Modomiki, maktab ta'limida ona tili eng asosiy va etakchi o'quv fanlardan ekan, oily ta'limning bakalavr tizimida "Ona tili o'qitish metodikasi" ham huddi shunday mavqega ega.

Ta'lim prinsiplari jamiyatimizning maktab oldiga qo'ygan talablaridan kelib chiqadi. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, o'qitish prinsiplarini amalda qo'llash bilan chambarchas bog'langan.

O^qitish prinsipi nima? "Prinsip" lotincha so'z bo'lib, asos, qoida, talab singari manolarni ifodalaydi. "Oqitish prinsipi" deganda dars samaradorligini ta'minlash, qoidalar tushuniladi. O'qituvchi ta'lim ishini tashkil etar ekan, ana shu qoida va talablardan kelib chiqadi va ular o'rtasidagi uzviy bo'gliqlikni ta'minlagan holda amalda tadbiq etish orqali ko'zlangan maqsadga erishadi.

Ta'lim jarayonida darsni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda o'quvchi va o'qituvchi faoliyatiga qo'yiladigan talablar, didaktik qoidalar ta'lim prinsiplaridir. Mazkur prinsiplar har bir o'quv predmetida o'ziga xos tatbiq etiladi.

Ta'limning tarbiyaviyligi prinsipi.

Ta'limning tarbiyaviyligi prinsipi yosh avlodni har tomonlama kamolotga etkazishni nazarda tutadi. Ona tilini o'rganish jarayonida o'quvchilarga milliy g'oya, ona Vatanga sadoqat, tabiatga muhabbat, kishilarga hurmat, ehtirom, yaxshilik, adolatli bo'lish kabi ijobiy xususiyatlar singdiriladi.

Ona tili darslarida yoshlarni tarbiyalash yo'llari ko'p:

- har bir mavzu va bo'limning ta' limiy imkoniyatlarini to'la ishga solish;

- tanlangan matnlarning o'rganilayotgan til hodisasiga va sharqona tarbiya yunalishlariga to'la moslashtirish;

- darslikda berilayotgan ma'rifiy matnlar ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishini ta'minlash shular jumlasidandir.

Ona tilini oqitishda ta^lim, tarbiya va rivojlantirishning uyg^unligi prinsipi. Maktabda o'quvchilar ona tilining fonetikasi, leksikasi va garammatikasi yuzasidan o'ta zarur bol'gan ilmiy bilimlar silsilasi bilan qurollantiriladi. Ular ona tili imlosi, talaffo'zi, yozma nutqda tinish belgilarni to'gri ishlatish yuzasidan zarur ko'nikma va malakalar bilan taminlanadi. Ayni vaqtda ona tili mashg'ulotlari o'quvchi shaxsini tarbiyalash va uni rivojlantirish vositasi hamdir.

Ona tilini oqitishda ilmiylik va tushunarlilik prinsipi. Ta'limning ilmiyligini va bolalar uchun tushunarli bo'lishi prinsiplari o'zaro bog'langan, bir-birini to'ldiradigan didaktik kategoriyalardir.

Ona tilini oqitishda sistemativiylik va izchillik prinsipi. Ma'lumki, ona tili o'quv predmeti sifatida malum sistemadan iborat. Bu sistema o'zbek tilining fonetik, leksik, grammatik, tomonlarini o'z ichiga oladi. Ana shu til tizimini tashkil qilgan unsurlarning har bir o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishi bilan bir qatorda, ular bir-biri bilan uzviy va chambarchas bog'langan. Maktabda tilning fonetikasini o'rganmasdan uning grammatikasini o'rganish mumkin emasligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Fonetika va grafikani etarli darajada o'zlashtirgan o'quvchigina leksikani puxta o'zlashtiradi. Leksika puxta o'rganilgach, so'z turkumlarini o'rganish osonlashadi. Shuning uchun til hodisalarini o'zaro uzviy aloqadorlikda o'rganish uning samaradorligini ta'minlovchi asosiy vosita sanaladi.

Ta'limda izchillik prinsipi sistemalilik prinsipi bilan uzviy bog'lanan. Kishining kundalik faoliyatida ham, o'quv ishlarida ham mustaqillik muntazamlilik bo'lishi shart. Akademik I.T. Pavlov: "Ishning boshlanishidayoq o'zingizni fan asoslarini izchil egallashga o'rgating. Fanning eng yuksak cho'qqilarini egallashdan oldin uning ibtidosini o'rganing. Oldingilarini o'zlashtirmasdan turib, keyingilarini o'rganishga utmang", -deb o'quvchilarga maslahat beradi.

Ona tilini oqitishda nazariyani amaliyot bilan bog^lash prinsipi. Ona tili o'qitishda nazariyani amaliyotga bog'lash daganda o'quvchilardan tildan egallayotgan ilmiy-nazariy bilimlarini amalda qo'llashini ta'minlash, ularni mustaqil turmush uchun zarur bo'lgan amaliy ko'nikmalar bilan qurollantirishni tushunamiz. Nazariyani amaliyotga bog'lash ona tilini o'qitishni foydali maqsadlarga burish. Urganilayotgan til hodisalarini o'quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishga buysundirish, til ta'limini hayot bilan, kundalik turmush bilan, odamlaring mehnat faoliyati bilan bog'lash demakdir.

Ona tilini o qitishda onglilik, faollik va mustaqillik prinsiplari. Didaktik adabiyotlarda onglilik deganda o'rganilayotgan mavzuga oid axborot mazmunini asosli

egallash, xulosa va umumlashmalarni chuqur va atroflicha fahmlash, mavzu yuzasidan bilimlarni sistemali va to'g'ri bayon qilish, egallangan bilimlarning ishonch va e'tiqodga aylanishi, o'rganilgan bilimlardan turmushda mustaqil foydalana olish tushuniladi. Bu prinsip til hodisalarining mohiyatini anglab, tushunish, ongli o'zlashtirishni talab qiladi.

Onglilik prinsipi. Onglilik bilimlarni ongli ozlashtirishga yo'naltirilgan prinsipdir. U quyidagi xususiyatlarga ega:

- ta limning asosiy maqsadi, hayot uchun zaruriyligini aniglash;

- daliliy materiallarni ongli egallash va o'zaro farqlay olish;

- bilimlarni o'rganish, mustahkamlash, takrorlash;

- egallangan va o'zi erishgan natijalarni baholay bilish xususiyatlarini tarbiyalaydi.

Demak, ona tilini o'qitish metodikasida onglilik prinsipiga asoslanish mano va mazmunni anglab, amaliy vazifalar - so'rash, tinglash, o'qish, yozish kabilarni bajarishda o'zlashtirilgan konikma va malakaga, ijodiy tashabbuskorlikka, mustaqillikni oshirishga imkon beradi.

Ona tili talimi ongliligi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

1. So'z boyligini oshirish va manaviy guruhlar ustida ishlash.

2. Fikr bildirishda mantiqiy izchillikni taminlash.

3. Tilning ifoda imkoniyatlaridan to'g'ri va o'rinli, nutqiy vaziyatlardan mos ravishda foydalana olish.

4. Mustaqil va ijodiy mushohada malakalarini shakllantirish. Ijodiy tafakkur kurtaklarini rivojlantirish.

5. Kommunikativ savodxonlik, zamonaviy texnik vositalardan tik o'rganish jarayonida unumli foydalanishning turli usul va vositalarini bilish.

Lingvopsixologik o'quv topshiriqlari tizimini ona tili talimiga joriy etish, o'quvchi ongida mustaqil mushohada yuritish, so'z tanlash va fikr bildirish ehtiyojini hoil qilishga, konikma va malakalarini shakllantirishga, nutqiy faoliyat ko'lamini kengaytirishga xizmat qiladi.

Oquvchi - talim - o'qituvchi tizimida o'zaro munosabatlar tasnifi quyidagicha: DTS talabiga ko'ra o'quvchi talim jarayonining faol sub'ekti sifatida o'zi izlanishi, til hodisalarini kuzatish, farqlashi, tahlil va tasnif qilishi, xulosalashi lozim. Shunday usullar bilan ishlash orqaligina biz oquvchilarda mustaqil va ijodiy tafakkurni shakllantirishimiz, rivojlantirishimiz mumkin.

Yangilangan talimning mazmuni, mohiyati, tarkibiy shakllanishi asoslarini quyidagicha belgilasa bo'ladi:

1. Anglash, baholash, amaliy qo'llay olish zarur bo'lgan til vositalari,

imkoniyat va me'yorlarning izchil tizimini dars jarayoniga tatbiq etish.

2. Nutqiy faoliyatni bosqichma-bosqich shallantirishda og'zaki va

yozma nutq malakalarini hosil qilish va rivojlantirish.

Shundagina o'quvchi fikr bildirishga shoshmaslikka, mustaqil mushohada yuritishga, so'zlashdan oldin har bir so'zni o'ylab ko'rishga, sharoitga mos so'z tanlash va oz nutqida o'rinli ishlatishga o'rganadi. Unda so'zga mas'ullik hissi paydo bo'ladi, ixcham, ravon va raso so'zlashga odatlanadi.

Mustaqillik va faollik prinsipi.

Mustaqillik va faollik orqaligina o'quvchi talimining faol sub'ektiga aylanadi. Mustaqillik faollik uchun sharoit yaratsa, faollik mustaqillikni tarbiyalashga asos bo'ladi.

"Agar bolalar erkin fikrlashni o'rganmasa, berilgan talim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta bilim kerak. Ammo bilim oz yo'liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylik", - deb takidlaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov.

Kishining mustaqil aqliy faoliyat ko'rsatishi mustaqil fikrlashi orqaligina amalga oshirilishi hech kimga sir emas. A.Disterverg aytganidek: "Mustaqil faoliyatga etaklovchi talim haqiqatga, go'zallikka, ezgulikka xizmat qiladi, xarakter va ishonchli tarbiyalaydi"

Mashg'ulotlarda mustaqil ishlarni tashkil etish, qo'yilgan muammo, savol, topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqib, o'quv jarayonini boshqaradi, yosh avlodda mustaqillik va faollikni tarbiyalaydi. Bu esa:

- o'zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda foydalanish konikmalarini shakllantiradi va o' stiradi;

- o'quvchilar oz kuchiga, oz bilim imkoniyatlariga ishonchni mustahkamlaydi;

- bilim, hissiy aniq tasavvur hosil qilish bilan birga tarifu-tasniflarning mohiyatini anglashga, tasavvurni tushuncha darajasida o'zlashtirishga olib boradi.

Ona tili mashg'ulotlarida asosiy e'tibor o'quvhilardagi ijodiy fikr mahsulini mustaqil va izchil bayon etishga, so'z boyligini oshirishga qaratilishi lozim.

Oquvchi har bir mashg'ulotda mustaqil va ijodiy ishlashi, tilning mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalanishi, so'z boyligini oshirishi, so'zning manosi, urg'usi mohiyatiga qarab oz nutqida qo'llashi, ravon va tiniq so'zlash malakasini egallashi darkor.

Masalan: 1-topshiriq ...il, ...ul, ...ol so'zlari oldiga bir undosh qo'shib, yangi so'zlar yasang.

Bil, dil, jil, zil, yil, nil, sil...

Bul, gul, kul, pul, tul, shul, kul...

Bol, lol, mol, tol, fol, pol, hol, kol...

2-topshiriq hosil bo'lgan so'zlarning manodosh va uyadoshlarini toping.

Namuna: bil-o'rgan..., bul, shul, ushal, bol-asal.

Ularning manolarini sharhlash orqali o'quvchining nutqiy malakasini shakllantiradi.

3-topshiriq o'quvchilar ozlari topgan so'zlar ishtirokida so'z birikmalari hosil qiladilar, matn yaratadilar.

Til mashg'ulotlarida bunday o'yin - topshiriqlardan foydalanish yoshlarni mustaqil fikrlashga, darsda faol qatnashishga undaydi. Mustaqillik va faollik prinsiplarini amalda qo'llash talim tizimini takomillashtirishda, o'quvchilarning bilish faoliyatini, mustaqilligini tarbiyalashda yaxshi natija beradi.

O^quvchilarni yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o^quv imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi. TaTim jarayonida o'quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o'quv imkoniyatlarini hisobga olish didaktikaning eng muhim prinsilaridan biri bo'lib, u ona tili o'qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu prinsipga amal qilmay turib, til hodisalarini puxta va ongli o'zlashtirishga erishib bo'lmaydi.

Masalan: "Ko'chirma va o'zlashtirma gap" mavzusini o'rganishda quyidagi tarbiyaviy mantdan foydalansa boTadi.

Ogri.

Bir boyning tillasi yuqolibdi. U qoziga borib arz qilibdi. Qozi davogarning uyidagi hamma xizmatkorlarni to plab, har biriga bittadan tayoq beribdi. Qozi davogarning uyidagi hamma xizmatkorlarni to'plab, har bittadan tayoq beribdi. Ularga: "Kimda kim pul o'g'irlagan bo'lsa, uning tayog'i ertaga bir enli uzayib qoladi: -debdi.

Hamma tarqalib oz ishi bilan mashg'ul bo'libdi. Lekin o'g'ri vahimaga tushibdi: tayog'i uzayib, siri ochilib qolishdan qo'rqibdi. Natijada u tayog'idan bir enlikcha yerini qirqib tashlabdi.

Topshiriq. 1. Matnni tugating. Boshqa sarlavha toping.

2. 1-2 gaplar shaklini o'zgartiring.

3. Qozi aytgan gapning mazmuniga e'tibor bering.

Uni oz so'zingiz bilan ayting.

4. Tilla, pul, qozi so'zlariga manodoshlar toping.

Masalan: "Gapning uyushiq bo'laklari" mavzusini o'rganishda Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asaridan keltirilgan matndan foydalanish mumkin. "Men turklar, turkmanlar, ug'izlar, chigillar, yag'molar, qirg'izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko'p yillar kezib chiqdim, lug'atlarni to'pladim, turli so'z xususiyatlarini o'rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganligim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik fikrni ham aniqlash uchun qildim. Ularga shunchalik diqqat qildimki, bu tillar butunlay dilimga jo bo'ldi. Ularni har tomonlama puxta, bir asosda tartibga soldim".

Topshiriq. 1. Matnni diqqat bilan o'qing va sarlavha toping.

2. Men bu ishlarni mazkur tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim",- degan gapning mazmuniga diqqat qiling.

3. Gap shakllarini o'zgartirib, oz so'zingiz bilan ayting.

Ona tili darsligi uchun tanlangan mantlar talimiy va tarbiyaviy yo'nalishda, rang-barang mavzularda, shaklan va mazmunan mukammal, mantiqan togri, tili soda va ravon, o'qituvchi uchun tushunarli bo'lishi maqsadga muvoviqdir. Ana shundagina matn, matn yaratish tizimi va matn tahlili oquvchi uchun zarur bolgan natijani beradi -kommunikativ savodxonlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Metodikada ilmiylik prinsipi - o'quv predmetlarini hozirgi fan yutuqlari zaminida bayon qilishi talab etsa, tushunarlilik prinsipi o'quv predmetlarini bolalarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari, hayotiy tajribalari, tayyorgarlik darajasiga moslashtirishni, yani oddiydan murakkabga, xususiydan umumiyga borishni taqozo qiladi.

Ona tili o'qitish metodikasida ilmiylik va tushunarlilik prinsiplariga bir-birini to'ldiradigan va dars samaradorligini taminlaydigan yagona prinsip sifatida qaraladi. Bu ikki prinsipni parallel ravishda amalga oshirishda.

- til fanidagi tushuncha va atamalarning manosini sharhlash, atroflicha, atroflicha tahlil qilish, puxta o'zlashtirishni taminlash;

- til sathlarini o'zaro aloqadorlikka o'rganish;

- til va nutqni farqlab o'rganish usul va vositalarini topish va amaliyotda qo'llash.

- o'quvchilarning yosh imkoniyatlarini, zehni, iqtidorlarini hisobga olish, mustaqil ijodiy fikrlash, uning mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki va yozma tarzda to'g'ri, sodda, ravon ifodalash konikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga yo'naltirilgan lingvopsixologik o'yin-topshiriqlardan foydalanish kozda tutiladi.

Masalan: kecha va kunduz so'zlarining uxshash va farqli tomonlarini aniqlang va sharhlang.

1. Uxshashlik: berilgan kucha va kecha so'zlar:

- harflar sonining tengligi;

- bir xil undosh bilan boshlanishi;

- talaffuz ohangidagi yaqinlik;

- oxirgi bug'unning - cha bilan tugallanishiga ko'ra bir-biriga yaqin talaffuz qilinadi.

2. Farqi: birinchi bug'undagi ikki xilligi;

- lug'aviy manosi; kecha-tun, oqshom; kucha-aholi yashaydigan joylarda yulovchilar o'tib turadigan, transport qatnaydigan yo'l.

Izchillik prinsipi.

Talim izchilligi uchun tizimlilik o'lchov hisoblanadi. Bu haqda Ya.A.Komenskiy aytadi: "Mashg'ulotlarni shunday o'tkazish kerakki, unda keyin

o'rganiladigan hodisa o'rganilganlarga asoslansin, hozirgisi keyingilarini o'rganishda mustahkamlansin"

Haqiqatdan ham, o'quvchilarning nutqiy tayyorgarligiga tayanish, ularning oldingi sinflarda hosil qilgan bilimlarini hisobga olish, o'rganilgan va o'rganiladigan bilimlar urtasida aloqadorlikni ta'minlashga izchillik prinsipi orqali erishiladi.

Masalan: ot, uning ma'nosi, suroklari, birlik va ko'plikda, kelishik, egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishi kabi boshlang'ich ma'lumotlarga tayanib, o'quvchilar ot so'z turkumi vositasida so'z birikmalari va gaplar kurishni o'rganishi tizimli va izchil bilim olishga zamin hozirlaydi.

Korsatmalilik va onglilik prinsiplari.

Ta'limda ko'rsatmalilikdan foydalanish o'tiladigan mavzuni zoxiriy ifodalash va egallangan bilimlarni takrorlash va mustahkamlash yuzasidan belgilanadi. Boshlang'ich sinflarda uyunchoqlar, rasmlar, narsa buyumlarni bevosita kuzatish, ushlash va ularning mantiq-mohiyatini chuqurroq anglashga, qurilganlarni og'zaki ifodalash ehtiyoji esa o'quvchida boyitish, mustaqil mushohada ko'nikmasini rivojlantirishga, birlamchi nutqiy malakalar hosil bo'lishiga yordam beradi.

Yuqori sinflarda xususan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ko'rgazmalilikni yanada kengroq qamrovda tashkil qilish maqsadga muvofiq. Turli timsoliy belgilar, rangli jadvallar, lingafon , magnitafon, diktafon, radio va televideniya ko'rsatuvlari, o'quv - o'rgatuv texnikasining so'ngi yutug'lari: kopmyuter, multimediya, kolidoskop, vodeoglaz singarilardan unumli va samarali foydalanish o'quvchining ijodiy va nutqiy barkamolligini tanlash, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishga shart-sharoit yaratadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Zamonaviy darslik va o'quv qo'llanmalarini takrorlash, umumlashtirish, egallangan buyumlarni mustahkamlashga qaratilgan grammatik jadvallar, kompyuterda ishlashga yunaltirilgan dasturlar, fikrlash jarayonini jadallashtirishga qaratilgan o'quv topshiriqlari, ijodiy tafakkur doirasini kengaytiruvchi savol, topshiriq va boshqotirmalar bilan boyitilishi maqsadga muvofiq.

O'quvchi shaxsida nutqiy tadbirkorlik, notiqlik san'ati kurtaklarini rivojlantirish, og'zaki va yozma matn yaratish malakasini shakllantirish e'tibordan chetda qolib ketmasligi lozim.

Til hodisalarini o'rganishda eng samarali va sinalgan grammatik vositalardan biri ko'rgazmali kommunikativ jadvallardir.

Kommunikativ jadvallar ishlatilishi maqsadiga ko'ra turlicha bo'ladi:

1. Leksik jadvallar.

2. Fonetik jadvallar.

3. Grammatik jadvallar.

4. Imloviy (orfografik) jadvallar.

5. Stilistik uslubiy jadvallar.

6. Aralash jadvallar (imlo va so'z yasalishi fonetika va so'z tarkibi)

Jadvallar yasalgan materialiga ko'ra ikki xil ko'rinishda bo'ladi.

1. Bosma (grafik) jadvallar (har xil hajmli oq qog'oz yoki materialga ishlanadi)

2. Slayd jadvallar (rangsiz kleyonkaga rangli tasvirda tushuriladi)

Bundan tashqari hozirgi o'zbek adabiy tilini o'rganishda zamonaviy texnika vositalari bo'lmish:

1. Lingafondan foydalanish yani eshituv azolari orqali to'g'ri talaffuzki, qiroat san atini o'rganish;

2. Video kurs: o'zbek tilining talaffuz me'yorlari audio-video muloqotini o'rganish.

3. Kommunikativ savodxonlikni taminlashga qaratilgan kompyuter o'quv dasturlaridan foydalanish yaxshi natijalarga olib keladi. Masalan:

- imloviy dasturlar (bunda o'quvchining imlo savodxonligini oshirishga qaratilgan o'quv mashqlari disketlarga joylanadi);

- fonetik hodisalar kompyuter dasturi (bunda fonetika bo'yicha o'quv mashqlari disketlarga beriladi);

- Grammatik dastur (morfoligiya va sintaksis o'quv topshiriqlari tuzilib, disketlarga j oylashtiriladi);

- Stilistik (uslubiy) dastur. Bunda o'quvchining uslubiyat bo'yicha egallagan bilim va konikmalarini shakllantirish, so'z tanlash, gapni kengaytirish va ixchamlashtirish, berilgan matnni davom ettirish va matn yaratishning bosqichli tizimi (MYaBT) ustida ishlash uchun mo'ljallangan savol va topshiriqlar, mashqlar, marifiy hamda topshiriqli rasmlar (mustaqil matn yaratish uchun) beriladi.

- Audio-vedio dasturlar. Ularda muayyan bir sharoitda bo'lib o'tgan uchrashuvlar, ilmiy-amaliy kengash va anjumanlar, marosimlar (yubiley, to'y, kelin salom, beshik to'yi); bayramlar - Mustaqillik kuni, Navro'z taronalari, yangi yil oqshomi, bitiruvchilar kechasi (oqshom) tasvirlari videotasmalarga tushirilib, videokassetalarga tartib bilan joylahtiriladi.

Yuqorida keltirilgan o'quv dasturlaridan 1-, 2-, 3 - si so'z boyligini oshirish, fonetika, orfoefiya, leksikologiya, morfologiya, va sintaksis yuzasidan egallangan bilim, malaka va konikmalarni mustahkamlash uchun tavsiya etilgan bo'lsa, 4- va 5- dasturlar o'quvchining yozma va og'zaki nutqini shakllantirish, matn yaratish malakalarini rivojlantirish uchun mo'ljallangan.

Bundan tashqari hozirgi o'zbek adabiy tilini o'rganish jarayonini kodoskop, multimedia, "Videoglaz" kabi zamonaviy va zaruriy o'quv texnikasi bilan taminlanishi, ularning o'quv muassasalarida mavjud bo'lishi hamda amaliyotga tatbiq etilishi bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.

Hozirgi kunda o'zbek tili o'qitish metodikasi fanini yutuqlari bilan boyitilmoqda, yangi avlod darslik va o'quv qo'llanmalari yaratilmoqda.

Ulardan biri Sizning e'tiboringizga havola qilinayotgan "Hozirgi o'zbek adabiy tilini o'rganishda kommunikativ jadvallardan foydalanish" nomli yangi o'quv qo'llanmasidir. Unda asosiy e'tibor so'z boyligini oshirish, egallangan Grammatik bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va umumlashtirish, so'zlash va so'z tanlash mahoratini, matn yaratish hamda nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.

Qo'llanmaga ilova qilingan kommunikativ ko'rgazmali jadvallar o'zbek adabiy tilida qo'llaniladigan barcha til hodisalarini qamrab olgan bo'lib, test topshiriqlari tuzish va uni echishda zaruriy ashyo vazifasini o'taydi.

Ona tili darslarida, kodoskop va videoglaz singari o'quv texnikasidan samarali foydalanish mumkin. Chunonchi, kodoskop yordamida slayd - jadvallarni maxsus ekranga tushirish mumkin bo'lsa, videoglaz barcha tasviru - yozuvlarni, ko'zga ko'rinadigan barcha jonzotu mavjudotlarni, test topshiriqlaridan tortib, insho matnlarigacha teleekranga chiqarib berishi mumkin.

"Videoglaz" ga nisbatan kodoskopning imkoniyatlari ancha chegaralangan. Kodoskop faqatgina shaffof plyonkadagi tasvirlarni ekranga chiqarishga moslashtirilgan. Oq qog'ozdagi tasvir kodoskopda ko'rinmaydi. Shuning uchun ekranga tushirilishi lozim bo'lgan har bir tasvir (test, yozuv, shakl) rangsiz (shaffof) plyonka varrakchalarga rangli flomasterlarda yozilishi maqsadga muvofiq.

Uyga berilgan topshiriqni plyonkada bajarib kelgan o'quvchi o'z ijodiy ishini ekranga tushirib, o'rtoqlari muhokamasiga tashlashi, o'z fikri va yaratgan yangiligini himoya qilishi, to'g'ri yoki noto'g'riligi aniq bir xulosa va echimga kelihi mumkin.

Ta'lim texnologiyasida "portlash" effektini beradigan eng yangi texnika vositasi bu- "Videoglaz". Uning ishlatilishi ko'lami, ichki imkoniyatlari benihoya keng bol'ib, o'qituvchidan katta ijodiy tajriba va pedagogic mahoratini talab qiladi.

"Videoglaz" ning qulayligi, benuqsonligi shundaki, u videokameraga uxlash ko'z vazifasini o'taydi. Unda hamma narsa bevosita teleekran yoki ko'chma ekranga qayta tasvir uchun uzatilaveradi. Bu ta'lim jarayonida tafakkurning mutlaq tantanasiga, inson aqlu zakovatining turli qirralarini ochib beruvchi, bolaga o'z iqtidorini namoyish qilish imkoniyatini yaratib beruvchi omilga aylantiradi.

Ona tili o^qitishning o^ziga xos prinsiplari.

Tilshunoslik fanida o'rganiladigan bilimlarning asoslari, ularning o'ziga xos xususiyatlari batafsil bayon etiladi.

Tilda nimani qanday, qancha, o'rganish, o'zlashtiriladigan bilimlar hajmi va mazmuni kabi masalalar bilan metodika fani shug'ullanadi.

Demak, til o'qitishning metodik prinsiplari ham tilshunoslik, ham uslubshunoslikning o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra belgilanadi.

Ijodiy tafakkurni rivojlantirish

Ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish mustaqil fikrlash orqali rivojlanadi.

Natijada:

- o'quvchidagi nomalum bolgan til hodisalarini bilish jarayoni faollashadi;

- egallangan bilimlarning puxtaligi va qiziqarliligi taminlanadi.

- Til materillarini qilishga qiziqish ortadi.

Demak, tafakkurni o'stirish til mashg'ulotlarida til hodisalarini kuzatish, takrorlash, tasnif qilish, umumlashtirish, uxlash vositalardan eng qulayini to'g'ri tanlay olish konikmalarini shakllantirish asosida yuzaga keladi.

Til ta limi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri nutq madaniyatini rivojlantirishdir. Nutqning ifodaliligi va tasirchanligini (so'z urg'usi va mantiqiy urg'u, pauza va ovoz tembri, nutq surati, tovush, bug'un, so'z, gaplarni ravon aytish, gap mazmuniga ko'ra darak, so'roq, buyruq, undov ohangi bilan ayta olish) taminlashda konikma va malakalar ham ona tili mashgulotlarida shakllanadi.

Tilning barcha bolimlari ham nutqiy rivojlantirishda keng imkoniyatga

ega.

Masalan: "Fonetika" ni o'rganishda so'zdagi malum bir tovushni uzgartirib, tovushdosh, so'zlar hosil qilish, shuningdek, o'zakdosh, qo'shimchadan qofiyadosh, ohangdosh so'zlar yasash, ularning lug'aviy manolari hamda mano guruhlari ustida ishlash o'quvchi so'z boyligini oshiradi, nutqiy malakalarini shakllantiradi.

1-topshiriq. Berilgan so'zni zinapoya shaklida kengaytirib, yangi so'zlar yasang. Har bir so'z oldingisidan bir tovush bilan farqlansin.

O L

O L A

O L A M

O L I M A

O L I N M A

1.2. Hosil qilingan so'z manosini sharhlang.

1.3. Ulardan so'z birikmalari hosil qiling.

1.4. Mazkur birikmalar ishtirokida gap tuzing.

"Leksikologiya" ni o'rganishda so'zning oz va kochma manosini farqlash, ko'p manoli, manodosh, uyadosh, shakldosh so'zlar ustida ishlash so'z boyligini oshirish va boyitishga xizmat qiladi. Yosh avlod qalbida oz ona tili bilan faxrlanish, unga muhabbat hissini tarbiyalaydi.

1-topshiriq quyida berilgan gaplarni o'qing. Bosh so'zi qaysi manoda ekanligini aniqlang.

1. Oybekning boshi og'ridi. 2. Oybekning boshi yaxshi ishlaydi. 3. Urushda qancha bahodirlarning boshi ketdi. 4. Fermerga o'n bosh qora mol berildi.

2-topshiriq. Gaplarni o'qing. Qaysi so'z oz manosida, qaysisi kochma manoda ishlatilganini ayting.

1. Navoiy asarlarini o'qiyman - Navoiyni o'qiyman.

2. A.Oripov she'rlaridan yod oldim - A.Oripovdan yod oldim.

3. Samovarda suv qaynaydi. - Samovar...........

Ona tili darslarida lingvopsixologik topshiriqlar ustida ishlash aqliy faoliyatni rivojlantiradi, oquvchilarda diqqat, xotira, tafakkur kabi intellectual qobiliyatlarni o'stiradi, mustaqil va ijodiy izlanishga urgatadi.

REFERENCES

1. X.Ne'matov, O.Bozorov. Til va nutq. Toshkent. " Oqituvchi" 1993 yil.

2. X.Ne'matov, A.G'ulomov. Maktabda til sathlarini o'zaro bogTab o'rganish. Toshkent. 1992 yil.

3. E.Agzamov. Ona tilidan muammoli dars, " Til va adabiyot taTimi" jurnali. 1993 yil 3-4 qo'shma soni. 27-30 betlar.

4. Yu. K.Babanskiy. Hozirgi zamon umumiy taTim maktabida, o'qitish metodlari. Toshkent. " Oqituvchi" 1990 yil.

5. M.Mahmutov. Maktabda muammoli taTimni tashkil qilish. Toshkent. "Oqituvchi" 1981 yil.

6. M.Saidov. Muammoli korgazmalardan foydalanish. " Til va adabiyot taTimi" jurnali. 1993 yil. 5-6 qo'shma soni. 13-14 betlar.

7. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.