ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1002-1005
BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA OT SO'Z TURKUMINI O'RGATISHNING INTERFAOL USULLARI
Tohirjon G'aniyev
Andijon davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Ta'limning yangi mazmuni boshlang'ich sinf o'quvchilarini ona tili darslarida savodxon, bilimli, nazariyani amaliy ishlarda tushuntira oladigan, o'quvchi o'z ehtiyoji talab qilgan darajadagi o'quv materialini o'zlashtiradigan darajada tarbiyalab berishni nazarda tutmoqda. O'quvchilarni faollikka undashda darsda interfaol usullardan samarali foydalanish yaxshi natija beradi.
Kalit so'zlar: ona tili, boshlang'ich ta'lim, ot so'z turkumi, interfaol usullar, zinapoya, klaster, izohli lug'at, muammoli ta'lim usullari.
ABSTRACT
The new content of education is aimed at teaching elementary school students in their native language lessons to the extent that they will be literate, knowledgeable, able to explain theory in practice and assimilate the level of educational material required by the student. Effective use of interactive methods in the classroom can be very effective in motivating students to be active.
Keywords: native language, primary education, nominal phrase, interactive methods, ladder, cluster, glossary, problem teaching methods.
KIRISH
O'qituvchi nuqtai-nazardan turib yondashish o'quvchilarda o'quv-biluv faoliyati mustaqilligini ta'minlashga xizmat qiladi.
O'quvchilar boshlang'ich sinflarda o'zlashtirgan bilim, ko'nikmalardan amaliy faoliyatlarida foydalanadilar. Mashqlarni aniq bajarish usulari va texnikalarning chuqurroq o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
O'quvchilar bilan o'qituvchi o'rtasida yo'l qo'yilishi lozim bo'lgan amaliy mashq usullaridan bir bu yozma bahs usulidir. Bunday usulda muloqat o'rnatish natijasida o'quvchilarning erkin tarzda mustaqil fikrni ifodalash imkoniyati kengayadi, yozma nutqi rivojlanadi. Og'zaki muloqat jarayonida bayon qila olmagan fikrlar bemalol yozma shaklda bildirish uchun sharoit yaratiladi.
Ona tili darslarida so'z turkumlarini chuqur o'zlashtirishda hmkorlikda o'qitish usullari bizga yaqindan yordam beradi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1002-1005
O'qituvchi o'quv dsturidan o'rin olgan «Ot» mavzusini o'tishda o'quvchilar guruhi uchun materialini mustaqil ishlab o'rganishlariga imkon beradigan o'quv topshiriqlarini tuzadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ona tili darsini boshlashdan oldin o'quvchilarni bir necha guruhga ajratib, mavzu bo'yicha tuzilgan o'quv topshiriqlari asosida ularning mustaqil va ijodiy ishlarini tashkil qilish mmkin. Har bir topshiriq bo'yicha savol-javob o'tkazilib, o'quvchilarning javoblari tegishli ballar bilan baholab boriladi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining guruhlarda o'qitish usulidan foydalanib, o'tiladigan darsning borishini quyidagicha loyihalash tavsiya etiladi:
I. Tashkiliy qism:
II. O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash:
III. O'quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.
IV. Yangi mavzuni o'rganish:
A) o'quvchilarni guruhlarga ajratib, guruh a'zolari tomonidan belgilangan o'quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish:
B) o'quv materialini yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish.
V. Yangi mavzu yuzasidan guruhlar o'rtasida savol-javob, o'quv bahsi o'tkazish.
VI. Mavzu matnida berilgan o'quv mashg'ulotini uyushtirish.
VII. Test savollari yordamida o'quvchilar bilimini nazorat qilishva baholash.
VIII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
IX. Uyga vazifa berish. Guruhlar o'rtasidagi o'quv bahsi, munozara o'quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi.
«Maqollarda antonimlar» usuli. Ma'lumki, o'zbek xalq maqollarida antonimlar ko'proq uchraydi. Shu bois bu shartda o'quvchilar navbatma-navbat ot antonimlar ishtirok etgan maqollaridan aytadilar. Masalan, «yaxshiga yondash, yomondan qoch», «do'st achitib gapirar, dushman kuldirib gapirar», «kattaga hurmatda bo'l, kichikka izzatda» va x.k.
«Zinapoya» usuli. O'quvchilar ikki guruhga bo'linadi. So'ng xattaxtaga ma'lum bir shaklda «zinapoya» chiziladi. Ma'lumki, antonimlar o'z juftliklariga ega. Shun dan kelib chiqib, ushbu juftlikning bittasi «zinapoya» ga yozib qo'yiladi, ikkinchisini esa guruhlardagi o'quvchilarning o'zlari topadi, ular zinalardan bosh zinaga chiqib borishadi. Bunda o'quvchilarda tezkorlik talab etiladi. Chunki qaysi guruh o'quvchilari birinchi bo'lib bosh zinaga chiqsa, ular g'olib bo'ladi. Sinfda nechta o'quvchi bo'lsa, zinalar soni shuncha bo'ladi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1002-1005
«Izohli lug'at» usuli. Buning uchun o'quvchilar ikki guruhga bo'linadilar.l-guruh ishtirokchilari so'z birikmasi, frazeologik birikma yoki tasviriy ifodalarni aytadilar. 2-guruhdagi o'quvchilar esa 1- guruhdagilar aytgan so'z va birikmalar ma'nosini tezkorlik bilanizohlab beradilar. Shartni bajara olmagan guruh mag'lub hisoblanadi.
Bu o'yinlarni ona tili darslarida 4-sinflarda o'tkazish maqsadga muvofiq. Bunday o'yinlar faqat bir mavzu doirasida cheklanib qolmay bir qancha mavzularda, ko'proq takrorlash darslarida o'tkazilishi mumkin.
«Klaster» usuli. Bu usulda biror mavzu yoki matn tanlanib, o'quvchining diqqati aynan shu mavzuga qaratish yuzasidan markazga yoziladi. O'quvchilar mavzuga oid barcha fikrlarini markazning atrofiga joylashtirib yozadilar. Fikrlar bayon etilgandan so'ng har bir fikr yoki so'zni toifalarga ajratib chiqadilar. Usulning maqsadi:
- o'quvchilar so'z boyligini oshirish;
- yozma nutqni takomillashtirish;
- fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
- toifalarga ajrata olish qobiliyatini rivojlantirish.
«Klaster» usuli-bu pedagogik strategiya bo'lib, o'quvchilarning u yoki bu mavzu bo'yicha erkin va bemalol o'ylashga yordam beradi. U faqat g'oyalar orasidagi bog'lanishlarni fikrlashni ta'minlash imkoniyatini beradigan tuzilmani aniqlab olishni talab qiladi. «Klaster» usulidan axborotlarni chorlash bosqichida ham, fikrlash bosqichida ham foydalaniladi. U muayyan mavzu sinchiklab o'rganilguncha fikrlash faoliyatini ta'minlashda foydalanish mumkin.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Muammoli ta'lim o'quvchilarning ijodiy qobiliyatini o'stirishga qaratilgan. Ijodiy qobiliyatlarini o'stirishga qartilgan ta'lim esa rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib sanaladi.
Muammoli ta'lim ana shu fikrlash qobiliyati va bilish ehtiyojini vujudga keltiradigan asosiy vosita sanaladi. Muammoli o'qitish yo'li bilan o'quvchilar faoliyatini faollashtirish bilimlarni tayyor holda berish orqali ular faoliyatini faollashtirishdan farqi qiladi.
Muammoli ta'lim yo'li bilan o'quvchini faollashtirish natijasida biz uning muayyan bir tizimda fikrlashiga erishamiz.
Izlanuvchanlikka asoslangan faoliyat muammo yartish muammoli vaziyatni vujudga keltirish bilan boshlanadi. Yaratilgan qiyinchilikni engishi uchun o'quvchida mavjud bilimlar etishmay qoladi.
U nama'lum bilimlarni egallash uchun izlanishga, ijodiy faoliyat ko'rsatishga majbur bo'ladi. Izlanish o'quvchida faollikni vujudga keltiradi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1002-1005
Ona tili darslarida ot so'z turkumini muammoli ta'lim imkoniyatlaridan foydalanish orqali biz o'quvchilarni mantiqiy-lingvistik ish usullarini muvaffaqiyatli bajarishga o'rgatamiz, ularni aqliy hamda amaliy faoliyat usullari bilan qurollantiramiz, turkumning qonun qoidalari hamda so'z, so'z birikmasi, gap va matn bilan mustaqil ishlash ko'nikmalarini singdiramiz, til xususiyatlari va uning qonunlarini ijodiy o'zlashtirish va uni yozma hamda og'zaki nutqida ijodiy qo'llash malakalarini shakllantiramiz.
Ona tili darslarida qo'llanilgan muammoli ta'lim o'quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantiradi. Ijodiy tafakkur esa o'quvchilarga noma'lum bo'lgan til hodisalarini bilib olish jarayonini faollashtiradi, egallangan bilimlarining puxtaligini ta'minlaydi, o'quvchilarning til materiallariga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Ijodiy tafakkur shubhasiz, ijodiy izlanish mahsuli bo'li u muammo yoki savol qo'yish bilan boshlanadi. Bu esa muammoli vaziyat vujudga keltiradi.
Ona tili darslarida ot so'z turkumini o'rgatishda muammoli vaziyatni vujudga keltirishda o'quvchilarning o'quv imkoniyatini ham hisobga olish zurur. Har bir o'quvchini o'zlashtirish imkoniyatiga qarab muammoli topshiriqning murakkablik darajasi belgilanadi.
XULOSA
Muammoning mohiyatini anglash muammoli ta'limnin g birinchi bosqichidir.
Keyingi bosqichlar muammoni yechish natijani hisobga olish ana shu birinchi bosqichda o'zlashtirish bo'sh o'quvchilarni muammoli vaziyatga olib kirish o'qituvchiga ancha murakkablik tug'diradi. Buning uchun o'qituvchi differentsial ta'lim imkoniyatlaridan unumli foydalanishi kerak.
REFERENCES
1. Ro'ziboeva O'. va boshq. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o'stirish. - T.: O'zbekiston, 2001.
2. Qosimova K. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi. -T.: O'qituvchi, 1995.
3. G'ulomov A. Ona tili o'qitish printsiplari va metodlari. - T.: O'qituvchi, 1992.