Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SIFAT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SIFAT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

9495
670
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik / ta’lim / boshlang‘ich sinf / ta’lim texnologiyalari

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sayfutdinova Durdona

Maqolada zamonaviy ta'lim berish jarayonida Ona tili fanining “Sifat so‘z turkumi” ni o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning metodik asosi yoritilgan. Mazkur maqola umumta’lim maktablarining ona tili darslarida foydalanish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SIFAT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-159-163

BOSHLANG'ICH SINFLARDA SIFAT SO'Z TURKUMINI O'QITISHDA MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARI

Sayfutdinova Durdona

Andijon davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada zamonaviy ta'lim berish jarayonida Ona tili fanining "Sifat so'z turkumi" ni o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning metodik asosi yoritilgan. Mazkur maqola umumta'lim maktablarining ona tili darslarida foydalanish uchun manba bo'lib xizmat qiladi

Kalit so'zlar: pedagogik, ta'lim, boshlang'ich sinf, ta'lim texnologiyalari.

KIRISH

Yangi pedagogik bilimlar ko'lami Ta'lim to'g'risida"gi Qonun talablari asosida kengayib bormoqda, tadqiqot yo'nalishlari erkin shaxsni shakllantirish muammolariga qaratilyapti. Bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonida ta'limning turli o'qitish metodlaridan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Ona tili darslari innovatsion texnologiya asosida tashkil qilinganda, asosan, o'quvchilarda hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi, umumiy vazifalar yechimini topishda bir-birlariga ko'mak beradilar, o'quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlash malakalari tarkib topadi, o'quvchilar o'z ishlari natijasiga, o'qishga, ta'lim olishga shaxsan mas'ullikni his qiladilar.

Ayni paytda har qanday o'quv maskanlarida muammoli o'qitish texnologiyasi samarador hisoblanadi. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish bo'lib u ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Muammoli o'qitishning mohiyatini o'qituvchi tomonidan o'quvchilarning o'quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o'quv vazifalarini, muammolarini hamda savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi.

Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:

- o'quvchida notanish faktning mavjud bo'lishi;

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-159-163

- vazifalarni bajarish uchun o'quvchiga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.

Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya'ni — nima noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog'langan.

Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo'lsak, u, avvalombor, o'quvchilarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U o'quvchini intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so'z bilan ifodalash, ya'ni — faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o'rinda izchillik yorqin ko'rinadi: avvalo, muammoli vaziyat yuzaga keladi, so'ng o'quv muammosi shakllanadi. O'qitish jarayonida o'quv muammosining muhim belgilari ham mavjud.

O'quv muammosining muhim belgilari quyidagilar:

- yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma'lumning qo'shilishi;

- o'quvchilarda noma'lumni topish yo'lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan muayyan bilim zahirasining bo'lishi.

O'quv muammosini yechish jarayonida o'quvchilar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning yechilish usulini o'ylab topishga oid farazlar, g'oyalar qo'yish hamda uni asoslashdir.

O'quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bunda har bir savol uning hal qilinishida bir bosqich bo'lib xizmat qiladi.

Muammoli o'qitishda o'qituvchi o'quvchilaming bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina o'quvchilar fanlarni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo'lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi.

Muammoli o'qitish natijasida o'quvchilarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyati shakllanadi hamda mavzu bo'yicha turli g'oyalar topish, uni isbotlash orqali yangi aqliy harakat usullarini topish va bilimlarni bir muammodan boshqasiga ko'chirish ko'nikmasi hosil bo'ladi.

O'quvchilarda diqqat va tasavvurlari rivojlanadi, o'quv materiallarini idrok qilish orqali ularning bilish faolligi oshadi.

Boshlang'ich sinflarda sifat turkumini o'rganish tizimi o'quv materialini leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko'zda tutadi. O'quvchilar savod o'rgatish davridan boshlab, to 4- sinfga qadar belgi bildiruvchi so'zlarning — sifatning leksik va grammatik ma'nolarini boshlang'ich sinf ona tili dasturi hajmida o'rganadilar. Savod o'rgatish davrida belgi bildirgan so'zlarning ma'nolarini o'qituvchining "Mazasi qanday olma? Rangi qanday olma? Hajmi qanday olma?" kabi savollari asosida kuzatish orqali amaliy bilib boradilar.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-159-163

1-sinfda va 2-sinfda "Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so'zlar" mavzusi o'rgatilayotganda o'quvchilar belgi bildirgan so'zlarni ma'nolariga ko'ra guruhlash ishlarini bajaradilar, ya'ni - ularni so'roqlar yordamida gap va matnda shaxs, narsa, harakat, miqdor bildirgan so'zlardan farqlash ko'nikmasini egallaydilar. Bunda o'qituvchi oldida turgan muhim vazifa o'quvchilarning narsa va shaxsning belgilar i xilma-xil bo'lishini, ya'ni narsa rangi, mazasi, shakli, hidi, hajmi, xususiyatlariga ko'ra farqlanishini, bular narsa va shaxsning belgilari ekanini anglashlariga erishish, nutqda ulardan samarali foydalanish orqali o'quvchilar nutqini belgi bildirgan so'zlar bilan boyitish va nutqini o'stirishdir. Ayniqsa, o'quvchilarga narsa va shaxslarni belgilariga ko'ra tavsiflashga doir mashqlarga va bunga oid o'quv topshiriqlariga katta ahamiyat berish lozim.

3-4-sinflarda esa sifat atamasi bilan tanishtirilgach, mazkur atama bilan elementar nazariy ma'lumotlarga ega bo'ladilar.

3-4-sinfda o'quvchilarning sifatlarning o'ziga xos leksik-grammatik xususiyatlari haqidagi bilimlari va ko'nikmalariga asoslanib, og'zaki va yozma ijodiy ishlar — maktab bog'i yoki istirohat bog'iga sayohat uyushtirib, u yerda kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab, kichik hikoya tuzish kabilarga alohida o'rin beriladi. Buni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ona tili va o'qish darslarida ma'nodosh va zid ma'noli sifatlar, sifatning o'z va ko'chma ma'nolarda ishlatilishini kuzatishga, sifat yasashga doir leksik-semantik va grammatik mashqlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ona tili va o'qish darslarida o'quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma'lum bo'lgan sifatlarning ma'nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatlar bolalar nutqini va tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Sifatlar narsa va hodisalarni aniq tasvirlash, ifodalash imkonini beradi. Bu imkoniyatdan foydalanib, ijodiy matn tuzishga o'rgatish o'quvchilarning fikrini aniqlashtiradi, nutqining ta'sirchanligini oshiradi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Sifatni o'rgatishda yana rangli rasmlardan foydalanish juda katta samara beradi. Rasm bolalar sezgisiga ta'sir etib, uning hayot tajribasida hali uchramagan tomonlarini ochadi, ularga tanish bo'lgan hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi.

Masalan, tabiat tasvirlangan rangli rasm o'quvchilar diqqatiga havola etilib, quyidagi:

l.Rasmda rassom qaysi ranglardan foydalangan? Daftaringizga ranglar deb ikki nuqta qo'ying va ranglarni ifodalovchi so'zlarni yozing

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-159-163

2.Osmon qanday tasvirlangan? Uni tasvirlovchi so'zlarni "osmon" so'zi bilan birga qo'llab yozing.

3.Tog' qanday tasvirlangan? Uni tasvirlovchi so'zlarni "tog'" so'zi bilan birga qo'llab yozing.

4.Rasmda qaysi hayvonni ko'ryapsiz? Hayvonning sifatlarini uning nomi bilan birga yozing.

5.Daraxtlarni kuzating. Unda nimani sezyapsiz? Shamolning xususiyatiarini qaysi so'zlar bilan ifodalash mumkin?

kabi topshiriqlar berilsa, bolalar ko'rsatilgan rasmlar asosida sifatlar to'plamini yaratadi.

Masalan:

1-topshiriq asosida o'quvchilar quyidagi sifatlar to'plamini yaratishi mumkin. Ranglar: oppoq, ko'k, ko'm-ko'k, jigar rang, sariq, sap-sariq, qizg'ish, qora, yashil.

2- topshiriq asosida esa: tiniq osmon, bulutli osmon, ko'm-kok osmon, musaffo osmon, qora bulutli osmon, oq bulutli osmon, tinch osmon.

3- topshiriq: baland tog', qorli tog', archali tog', qoyali tog', qorsiz tog', cho'qqili tog'.

4- topshiriq: yirtqich ayiq, qo'ng'ir ayiq, beso'naqay ayiq, oq ayiq, beozor ayiq, masxaraboz ayiq va nihoyat,

5- topshiriq asosida: yoqimli shamol, sovuq shamol, qattiq shamol, mayin shamol, iliq shamol, tonggi shamol, kechki shamol, tog' shamoli.

Bir so'z asosida bir necha sifatli birikmalar tuzdirish o'quvchilar so'z boyligining qay darajada ekanligini ko'rsatib beradi.

Ular tuzgan birikmalar asosida "Sifat - so'z turkumi" tushuntiriladi:

- Rasm asosida to'plagan rang bildiruvchi so'zlarni qanday so'zlar degan edik?

- Osmon, tog', shamol, ayiq so'zlari qaysi turkumga kiradi?

- Shu so'zlar orqali oldingi so'zlarga so'roq bering. Ular 1-2- sinflarda qanday so'zlar deb o'rganilgan?

- Belgi bildirgan so'zlarni bir so'z bilan nima deb nomlash mumkin?

Bu savollar o'quvchilarni muammoli vaziyatga soladi va ularda muammoni hal qilishga qiziqish uyg'otadi va intilishni yuzaga keltiradi.

Asosiysi, o'quvchilar mustaqil va amaliy izlanadilar. Til birliklarini o'zlari qidiradilar, topadilar va o'zlashtiradilar.

Natijada, "Sifatlar nimaning belgisini bildiradi? Ular qaysi so'zlar bilan bog'lanib keladi?" kabi savollarga bemalol javob beradilar.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-159-163

Ular tushunchalarini yanada aniqiash maqsadida ta'limiy o'yinlar tashkil qilinadi.

XULOSA

O'quvchilar matn yaratishga bosqichma-bosqich: so'z ustida ishlash, gap va uning mantiqiy bog'lanishi ustida ishlash, og'zaki hikoya tuzish va uni yozma shakllantirish tarzida maxsus tayyorlab boriladi.

Shunday qilib, muammoli o'qitishning vazifasi o'quvchilar tomonidan bilimlarni puxta o'zlashtirish va aqliy hamda amaliy, mustaqil faoliyatlarini samarali bo'lishiga hamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo'llash malakasini shakllantirishdan iborat.

REFERENCES

1. Avliyakulov N.X., Namozova N.J. Muammoli o'qitish texnologiyalari. - T.: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2008. - 80 b.

2. G'afforova T.Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar: O'quv qo'llanma. Toshkent. Tafakkur, 2011.

3. Muslimov N. va boshqalar. Innovatsion ta'lim texnologiyalari - Toshkent: 2015. -208 bet.

4. Qosimova K. va boshq. Ona tili o'qitish metodikasi. Toshkent-2009.

5. Saidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.