Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA MATN YARATISHNING AHAMIYATI VA O‘RNI'

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA MATN YARATISHNING AHAMIYATI VA O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

3051
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang„ich sinf / zamonaviy fikrlaydigan / matn yaratish / ta'lim va tarbiya berish / kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish / nutqiy vaziyat / og„zaki nutq / so„z va iboralar / nutqiy mahorat. / Elementary class / modern thinking / text creation / education and upbringing / development of communicative literacy / speech situation / oral speech / words and phrases / speaking skills.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Manzura Saparboyevna Ernazarova, Muqaddas Said Qizi Jo‘rayeva

Ushbu maqola ona tilida matn yaratish orqali boshlang„ich sinf o„quvchilarida ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsuli og„zaki va yozma shakllarda tog„ri, ravon ifodalash ko„nikmalarini shakllantirish lozimligi haqida. Boshlang„ich sinf ona tili mashg„ulotlarida asosiy e‟tibor o„quvchilarga tilning grammatik qurilishini emas, balki ularning so„z boyligini oshirish, so„zdan to„g„ri va o„rinli foydalanish, fikrini sharoitiga mos ravishda ifodalay olish ko„nikmalarini kengaytirishga qaratishimiz zarurligi haqida ma‟lumotlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE AND PLACE OF TEXT WRITING IN PRIMARY SCHOOL MOTHER TONGUE LESSONS

This article discusses the need for primary school students to develop creativity, independent thinking, and the ability to express ideas fluently and fluently in oral and written forms by creating a text in their native language. In primary school mother tongue lessons, the focus is not on the grammatical structure of the language, but on increasing students' vocabulary, correct and appropriate use of words, and the ability to express their thoughts in a contextual manner. 'We need to focus on expanding our skills.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA MATN YARATISHNING AHAMIYATI VA O‘RNI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-686-689

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA MATN YARATISHNING

AHAMIYATI VA O'RNI

Manzura Saparboyevna Ernazarova

Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti, Boshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri, f.f.d.

(DSc)

Muqaddas Said qizi Jo'rayeva

Navoiy davlat pedagogika institute, Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) mutaxassisligi 2-kurs magistranti jurayevamuqaddas @mail.ru

ANOTATSIYA

Ushbu maqola ona tilida matn yaratish orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsuli og'zaki va yozma shakllarda tog'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish lozimligi haqida.

Boshlang'ich sinf ona tili mashg'ulotlarida asosiy e'tibor o'quvchilarga tilning grammatik qurilishini emas, balki ularning so'z boyligini oshirish, so'zdan to'g'ri va o'rinli foydalanish, fikrini sharoitiga mos ravishda ifodalay olish ko'nikmalarini kengaytirishga qaratishimiz zarurligi haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Boshlang'ich sinf, zamonaviy fikrlaydigan, matn yaratish, ta'lim va tarbiya berish, kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish, nutqiy vaziyat, og'zaki nutq, so'z va iboralar, nutqiy mahorat.

THE IMPORTANCE AND PLACE OF TEXT WRITING IN PRIMARY SCHOOL

MOTHER TONGUE LESSONS

ABSTRACT

This article discusses the need for primary school students to develop creativity, independent thinking, and the ability to express ideas fluently and fluently in oral and written forms by creating a text in their native language. In primary school mother tongue lessons, the focus is not on the grammatical structure of the language, but on increasing students' vocabulary, correct and appropriate use of words, and the ability to express their thoughts in a contextual manner. 'We need to focus on expanding our skills.

Keywords: Elementary class, modern thinking, text creation, education and upbringing, development of communicative literacy, speech situation, oral speech, words and phrases, speaking skills.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-686-689

KIRISH

Yangi O'zbekistonni buyuk davlatga aylanishida ta'lim-tarbiya ishlarini oqilona yo'lga qo'yish, o'quvchilarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan doimiy ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini manaviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatliyoshlar hal qiladi. Shuning uchun, mamlakatimiz tomonidan ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg'or xorijiy tajribani o'rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalalariga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga har tomonlama puxta ta'lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masalalardan biridir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Boshlang'ich sinflarda ona tili ta'limini o'rganishdan asosiy maqsad grammatik va kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish, mustaqil, erkin va ijodiy fikrlay oladigan, qiroat va chiroyli so'zlash san'atidan xabardor bo'lgan, yozma va og'zaki nutq hamda matn yaratish ko'nikmalarini mukammal egallagan, ma'naviyati yuksak barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirishdan iborat.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida ona tili ta'limining asosiy maqsadi o'quvchilarning kommunikativ savodxonlik darajasini oshirish, ularni mustaqil va ijobiy fikrlashga yo'naltirish, fikr mahsulini to'g'ri, ravon, o'rinli ifodalashga o'rgatish ekan, uni amalga oshirishning ishonchli omillaridan biri - matn yaratishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish, uni o'quv amaliyotiga izchil joriy etish, o'quvchini muammoli o'quv topshiriqlari orqali izlanish va kashf qilishga yo'naltirish, o'quvchi lug'at boyligini kengaytirish jarayonida nutqiy faoliyatini shakllantirish, (so'zning lug'aviy ma'nolarini sharhlash) fikr ifodalash (og'zaki nutq va matn yaratish)da so'zni tanib va tanlab ishlatishni talab qiluvchi o'quv topshiriqlari, nutqiy madaniyatni yuksaltiruvchi ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdir. Boshlang'ich sinfda matn yaratishning asosiy maqsadi - matn ustida ishlash bilan esa matnning tili, mantiqiy va uslubiy shakllanganlik darajasi o'rganiladi, o'quvchining kommunikativ

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-686-689

savodxonlik darajasi esa, matn yaratish mahoratini aniqlash jarayonida o'z yechimini topadi.

Boshlang'ich sinlarda ona tilining yangi - yangi ifoda imkoniyatlarini izlab topish va uni dars jarayoniga tadbiq etish o'quvchilarning ijodiy tafakkur, hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez, tanlash, guruhlash, yaratish kabi bilish qobiliyatlarini takomillashtirib, ularda milliy mafkura, mustahkam e'tiqod, milliy dunyoqarashini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Turli til xodisalari (so'z va iboralarni) ma'nosini to'liq anglash va uni xususiy nutqda qo'llashga intilish - ulardan nutqiy vaziyatga mosini tanlash o'z fikrini ixcham, aniq va ravon ifodalash malakalarining shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi.

"Ona tili ta'limi mazmuni" o'quv-metodik qo'llanmasi mualliflari H.Ne'matov, A.G'ulomovlar o'quvchilarni ijodiy yozma ish - matn ustida ishlashga o'rgatishda egallangan bilimlarni quyidagi ko'nikma va malakalar bilan mustahkamlashni tavsiya qiladilar.1

Tilshunos E.Qilichev "Matnning lingvistik tahlili" nomli kitobida "Matn -hamma elementlari o'zaro zich aloqada bo'lgan va avtor nuqtai nazaridan ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan nominativ-estetik axborotni ifodalovchi murakab tuzilma» degan ta'rifni beradi. I.Rasulov esa matnni quyidagicha ta'riflaydi: "Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo'lib, u fikran va sintaktik jihatdan o'zaro bog'liq bo'lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to'liq bo'ladi".

Ta'limning rivojlanuvchi va takomillashib boruvchi texnologiyasi boshqa fanlar qatori ona tili ta'limida ham keng miqyosdagi umumpedagogik vazifani bajaradi. Boshlang'ich sinf o'quvchisi nutqiy mahoratining yuksalib borishi - ona tili ta'limi mazmuni, o'quv jarayoni va uning to'g'ri shakllantirilishiga bog'liqligi isbot talab qilmaydigan haqiqat bo'lsa, nutq tilning ifoda vositalaridan foydalangan holda voqyeylikka aylangan fikrdir. U nutq a'zolarining ongli harakati jarayonida paydo bo'ladi. Ruhiy hodisa bo'lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o'tgach, haqiqatga aylanadi.

Demak, nutqning vazifasi - ong, xotira va tafakkurning uyg'unlikdagi faoliyati mahsulini barcha uchun tushunarli, adabiy me'yoriy shaklga kiritish, uni moddiylashtirish (axborotga aylantirishdan) va tinglovchiga yetkazishdan iborat.

Tilda har bir unsurning o'z vazifasi, ma'no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan boglanish qonuniyatlari bor. Ana shu qonunityalardan mukammal boxabar

1 Fуломов А., Неъматов X,. Она тили таълим мазмуни, Т., "Укитувчи", 1995.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 688 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-686-689

o'lgan, so'z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar paydo qila oladi. Shunda kitobxon asarning nafaqat g'oyasi, balki go'zal tilining asiriga aylanadi. Bunda umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik ma'nolar hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Matn - nutq ko'rinishi bo'lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir. Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo'lib, u og'zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi.

XULOSA

Matn so'z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham o'z kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn so'zining lug'aviy ma'nosida birikish, bog'lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o'zaro qaysidir boglovchilar yordamida birikishni o'rganish "Matn tilshunosligi" sohasining asosiy muammolaridan biridir.

Shu bois, boshlang'ich ta'lim davri o'quv-tarbiya jarayonidagi eng mas'uliyatli davrdir. Bu paytda o'quvchining savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarning intellektual salohiyati, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlari, tafakkurini rivojlantirish, egallagan bilimlarini amaliyotda qo'llay olishlari, amaliy ko'nikma va malakalarini hosil etishga matn yaratishning o'rni beqiyosdir.

REFERENCES

1. To'xliyev B, Niyozmetova R, Boltayeva I. "Darsliklar ustida ishlash" Toshkent "Fan" nashriyoti 2007 yil.

2. Ziyodova T., "O'quvchi kitobi", A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 2002. 130-bet.

3. Ziyotova T "Matn yaratish texnologisi" Toshkent, "Fan" 2007 yil.

4. Hamroyev A. Boshlang'ich sinf ona tili ta'limi jarayonida kognitiv - pragmatik usul elementlaridan foydalanish xususida. Pedagogik mahorat. 2014. 140 b.

5. Otaxonova Nasiba. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini matn tuzish orqali nutqini o'stirish. Bitiruv malakaviy ish. Nukus. 2018. 58 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.