Научная статья на тему 'OPTIKA BO'LIMINI O'QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH'

OPTIKA BO'LIMINI O'QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
727
142
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot / texnologiya / kompyuter / model / jarayon / tamoyil / dastur / harakat / taqdimot / audio / video / annimasiya. / information / technology / computer / model / process / principle / program / action / presentation / audio / video / animation.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Gulnaz Janabergenova

Ushbu maqolada fizika fanining optika bo'limini o'qitishda zamonaviy innovatsion metodlarni qo'llashnining ahamiyati va afzalliklari haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INNOVATIVE METHODS IN TEACHING OPTICAL DEPARTMENT

This article provides information on the importance and advantages of using modern innovative methods in teaching the optics department of physics.

Текст научной работы на тему «OPTIKA BO'LIMINI O'QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH»

OPTIKA BO'LIMINI O'QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN

FOYDALANISH

Gulnaz Janabergenova

NDPI magistranti

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada fizika fanining optika bo'limini o'qitishda zamonaviy innovatsion metodlarni qo'llashnining ahamiyati va afzalliklari haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: axborot, texnologiya, kompyuter, model, jarayon, tamoyil, dastur, harakat, taqdimot, audio, video, annimasiya.

USE OF INNOVATIVE METHODS IN TEACHING OPTICAL DEPARTMENT

Gulnaz Janabergenova

Master of NSPI

ABSTRACT

This article provides information on the importance and advantages of using modern innovative methods in teaching the optics department of physics.

Keyowrds: information, technology, computer, model, process, principle, program, action, presentation, audio, video, animation.

KIRISH

Bugungi kunda jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri yangicha tafakkur, ijodiy fikrlash, intellektual salohiyatga ega bo'lgan barkamol avlodni tarbiyalashdir. Fizika fanini o'qitishni takomillashtirish o'quvchilarning faolligini oshirish, ularning aql zaxirasidagi bilimlar doirasini chuqurlashitirish va yangi imkoniyatlarga tayanuvchi samarali usullarni joriy qilish dolzarb masala bo'lib kelmoqda. Fizika darslarida kreativ texnologiyalardan foydalanish va shu orqali o'quvchilarning mustaqil fikrlash hamda ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish hamda tayyorlanayotgan kadrlarning bu sifatlarini rivojlantirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Mazkur texnologiya tadqiqotchilik xarakteriga ega bo'lib, u asosan o'quvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan. Fikrning ravonligi, uni maqsadga muvofiq yo'llay olish, o'ziga xoslik, qiziquvchanlik, farazlar yaratish qobiliyati kabilar kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlardir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Fizika fani-eksperimental fan. Fizikani o'qish, o'rganish, o'zlashtirish jarayonida o'quvchilar birmuncha qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Bu vaqtda o'quvchilarda o'z bilimiga ishonchsizlik paydo bo'lib, oqibatda fandan zerikish kabi salbiy holat yuzaga kelishi mumkin.

O'qituvchi o'tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi kerak. Darsni yangi pedagogik texnologiyalar, axborot vositalari, ko'rgazma qurollari asosida tashkil qilsak, bu dars qiziqarli, sifatli chiqadi va ta'lim samaradorligi kafolatlanadi.

Bugungi kun fizika o'qituvchisi oldida turgan dolzarb muammolardan biri ta'limning zamonaviy texnologiyalarini loyihalash va uni o'qitish amaliyotida qo'llashdir. Fizika o'qituvchisi o'quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg'ota olishlari kerakki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga erishilsin.

O'qituvchi o'tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi, bugungi o'tiladigan dars kechagisiga nisbatan mukammal bo'lishi kerak.

Darsni yangi pedagogik texnologiyalar : axborot vositalaridan foydalanib; ko'rgazmali qurollari yordamida; interfaol metodlarni qo'llash orqali;

va h.k.lardan foydalanib tashkil etsak, bu dars o'quvchi ongiga yaxshi yetib boradi va xotirasidan joy oladi. O'quvchining ilmiy dunyoqarashi kengayib, bilim darajasi ortadi.

An'anaviy ta'limdan farqli zamonaviy ta'limni tashkil etishdan maqsad ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish , shuningdek o'quvchilar faoliyati, bilimini nazorat qilish, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash fizika fani o'qituvchisidan katta pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi.

Hozirgi kunda dunyoning ko'plab rivojlangan mamlakatlarida o'quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda ta'lim-tarbiya jarayoninig samaradorligini kafolatlovchi yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba to'plangan. Shu tajriba asosini tashkil qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilib, bu metodlarni dars jarayoniga qo'llay bilish bugungi zamon fizika o'qituvchisi zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifadir.

Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natija(samara)ning kafolatlanishi o'qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va darsda ularni to'g'ri baholay olishiga bog'liqdir.

Har bir o'tiladigan darsda ta'limning aniq maqsadining belgilanishi o'qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri sanaladi. Bunda fan mavzulari bo'yicha o'qitishning tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi.

Fizika fan sifatida o'tilgan vaqtdan boshlab fanning ma'lumotlar bazasi ko'payib katta hajmni tashkil etmoqda va u yuqori tezlikda yil sayin boyib boryapti.

Shu sababdan fizikani o'tish jarayonida faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o'quvchining o'zlashtirish qobiliyatlariga mos holda ma'lumotlar hajmini miqdoriy o'lchamga keltirish zarur.

MUHOKAMA

Fizika fanlarini o'qitishda amaliy mashg'ulotlarning bajarilishi nazarda tutilganligi bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Tajribalarning kompyuterli variantlaridan ko'ra, laboratoriya sharoitida tajribalarni bajarish ma'qulroq. Biroq, ekologik muammolar nuqtai-nazardan, salomatlikka ta'sir etadigan moddalar bilan ishlash, masalan, galogenlar, oson alanganlanuvchi moddalar bilan tajribalar o'tkazishdan ko'ra virtual tajribalar orqali xavflarsiz mashg'ulotlarni amalga oshirish ancha qulayliklar yaratadi. Tajriba jihozlarining yetishmaslik holatlarida kompyuter bu kamchiliklarni osonlik bilan to'ldiradi. Bundan tashqari barcha virtual tajribalarni osonlik bilan ko'p marotaba takrorlash imkoniyatlari kompyuterli o'qitish usulining afzalliklaridan biri ekanligi yaqqol ko'rinadi.

Quyida fizika fanining optika bo'limini o'qitishga doir bir nechta innovatsion metodlarni keltirib o'tamiz.

Optika bo'limini o'qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan "Keys", "Insert", "Klaster", "Venn diagrammasi", "Aqliy hujum", "Kichik guruhlarda ishlash", "Atamalar zanjiri", "Atamalar varag'i", tezkor va o'yin mashqlarning turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi. Optika bo'limining muammoli masalalarni o'qitishda "Keys"dan foydalanish yuqori samara beradi. "Keys" □ "case studies" ingliz tilidan olingan bo'lib, "jarayon yoki vaziyat" degan ma'noni beradi. Dastlab bu texnologiyadan biznesmen va tadbirkorlarni o'qitishda foydalanilgan bo'lib, hozirgi paytda o'qitiladigan fanning mazmunidan kelib chiqqan holda, tirik organizmlarda boradigan jarayonlaming tashqi va ichki, obyektiv va subyektiv omillari yuzasidan muammoli vaziyatlar yaratilib ularni hal etish uchun o'quv munozaralari tashkil etiladi. Ta'lim-tarbiya jarayonida keysdan foydalanish uchun o'qituvchi darslikdagi muammoli mavzularni aniqlashi, shu mavzularni o'qitish uchun muammoli savol-topshiriqlar tuzishi, dars davomida muammoli savol-topshiriqlarning qiyinchilik darajasiga ko'ra yakka tartibda yoki o'quvchilarning kichik guruhlarida mustaqil ishlarni tashkil etilishini aniqlashi, o'quvchilarning bilish faoliyatini mazkur muammolarni hal etish, o'quv munozaralari

www.scientificprogress.uz

orqali bahsda qatnashtirish yo'llarini rejalashtirishi,muammoli savol-topshiriqlar asosida tashkil etilgan o'quv munozaralarida yakuniy fikrni vujudga keltirishi lozim.

NATIJA

Darslikdagi faqat faktik materiallami o'rganish nazarda tutilgan mavzularda Insertdan foydalanish tavsiya etiladi. Insert - lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo'lib, o'quvchilar tomonidan o'quv materialidagi asosiy g'oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish maqsadida qo'llaniladi.O'quvchilarni Insert yordamida ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun ularga o'rganiladigan o'quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi.O'quvchilar har bir jumlani o'rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi. Agar jumlada berilgan ma'lumot shu kungacha o'zlashtirgan bilimlariga mos kelsa, "Bilaman" (V), agar ma'lumotlar tushunarli va yangi bo'lsa, u holda "Ma'qullayman" (+), agar ma'lumotlar o'quvchilar o'zlashtirgan bilimlariga mos kelmasa, u holda "O'rganish lozim" (—), o'quvchilar o'quv materiallarini o'zlashtirishda qiyinchilik his etsa, u holda "Tushunmadim" (?) belgisini qo'yadi.O'qituvchi o'quv materiali asosida tuzilgan savol-topshiriqlari va kichik guruh a'zolarining jadvaldagi belgilari asosida o'quv bahsini tashkil etishi lozim. Insert bilan ishlashning afzallik tomoni avval kichik guruh a'zolari o'rtasida, so'ng kichik guruhlar bilan o'zaro o'quv bahsi o'tkazilishi, bahsda o'quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklarni to'ldirish, bilimidagi bo'shliqlarni to'ldirish yuzasidan o'qituvchi tomonidan berilgan axborot ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi.

XULOSA

Bo'limni o'qitishda o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamligini ta'minlash maqsadida Klasterdan foydalanish ham muhim o'rin tutadi. "Klaster" "cluster" ingliz tilida "shajara" degan ma'noni anglatadi. Ushbu lokal texnologiya o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan va o'zlashtiradigan g'oya, nazariya, qonuniyat hamda tushunchalar o'rtasidagi bog'lanishni anglash, bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib tahliliy-tanqidiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.

Bugungi kunda o'qitishning an'anaviy ko'rinishidan farq qiladigan zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash yuqori samaradorlikka erishishga imkoniyat yaratadi.

REFERENCES

1. Suyarov K.T. O'quvchilarning fizikadan olgan ekspremental bilimi, o'quvi va ko'nikmasini tekshirishning darajalari va ularni amalda qo'llash //Ta'lim, fan va innovatsiya. 2016.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

2. Abdalova S. Mustaqil ta'limni boshqarish va o'quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda kreativ texnologiyalar ning o'rni //Ta'lim menejmenti.-Toshkent, 2011.

3. Abdullayev G.A. Fizika. "O'qituvchi"-1989.

4. Bandarkova A. Kreativnaya pedagogicheskaya texnologiya formirovaniya professionalnoy kulturi uchashixsya // Nauchno-metodicheskiy jurnal.-Moskva, 2008.

5. Sadriddinov N., Rahimov A., A.Mamadaliyev, Z.Jamolova.Fizika o'qitish uslubi asoslari. T.: 0'zbekiston-2005.

6. Ta'limiy pedagogik texnologiyalar. Uslubiy qo'llanma.Samarqand-2013. A.G'.G'aniyev va boshqalar. Fizika I qism.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun.t.:2010.

7. Shodiyev N.Sh. Yangi pedagogik texnologiyalar.(ma'ruzalar matni) Samarqand-2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.