Научная статья на тему 'PEDAGOGIK FAOLIYATNI TEXNOLOGIYALASHTIRISH – IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA'

PEDAGOGIK FAOLIYATNI TEXNOLOGIYALASHTIRISH – IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
578
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
pedagogik faoliyat / texnologiyalashtirish / ehtiyoj / texnologiya / ta`lim jarayoni / texnik vosita / dasturiy vosita. / pedagogical activity / technologicalization / need / technology / educational process / technical means / software.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh. Yormatova, F. Nazirova, M. Muhammadjonova

Maqolada pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish ijtimoiy zaruriyat ekanligi, uning ahamiyati, rivojlanish tarixi va bosqichlari haqida ma`lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY OF PEDAGOGICAL ACTIVITY AS A SOCIAL NEED

The article provides information about the social necessity of technologicalization of pedagogical activity, its importance, history and stages of development.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK FAOLIYATNI TEXNOLOGIYALASHTIRISH – IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA»

PEDAGOGIK FAOLIYATNI TEXNOLOGIYALASHTIRISH - IJTIMOIY

ZARURIYAT SIFATIDA

Sh. Yormatova F. Nazirova M. Muhammadjonova

Qo'qon davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish ijtimoiy zaruriyat ekanligi, uning ahamiyati, rivojlanish tarixi va bosqichlari haqida malumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: pedagogik faoliyat, texnologiyalashtirish, ehtiyoj, texnologiya, talim jarayoni, texnik vosita, dasturiy vosita.

TECHNOLOGY OF PEDAGOGICAL ACTIVITY - AS A SOCIAL NEED

Sh. Yormatova F. Nazirova M. Muhammadjonova

Kokand State Pedagogical Institute

ABSTRACT

The article provides information about the social necessity of technologicalization of pedagogical activity, its importance, history and stages of development.

Keywords: pedagogical activity, technologicalization, need, technology, educational process, technical means, software.

KIRISH

XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida yuz bergan inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak surhati moddiy ishlab chiqarish jarayonini nazariy (g'oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishini tahminlaydi. Xizmat ko'rsatish sohalarining paydo bo'lishi, yangicha turmush tarzi kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ehtiyojlarning yangilanib hamda ortib borishi o'z navbatida ularning qisqa muddatda va sifatli qondirilishini tahmin etuvchi faoliyatning yo'lga qo'yilishini taqozo etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ijtimoiy zaruriyat mahsuli bo'lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt oralig'ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini berdi. Moddiy ishlab chiqarish, hom-ashyoni qayta ishlash sohalari (qishloq xo'jaligi, sanoat, transport, maishiy xizmat ko'rsatish va boshqalar)da

maxsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuv anhanasi yuzaga keldi. Texnologik yondashuv ishlab chiqarish jarayonining umumiy tavsifini yoritishga xizmat qiladi. Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom-ashyoni tanlash (dastlabki bosqich)dan mahsulotni istehmolchiga yetkazib berishga bo'lgan (so'nggi bosqich) davrni o'z ichiga olgan jarayon texnologik jarayon sifatida ehtirof etiladi. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv muayyan sohalarda islohotlarni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini tahminlash, erishilgan yutuqlarni boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida namoyon bo'ladi.

Moddiy ishlab chiqarish sohalariga zamonaviy, ilg'or, yuksak texnologiyalarning tatbiq etilishi bir qator shartlar asosida kechadi, xususan, ilm-fan hamda texnikaning so'ngi yutuqlariga tayanish, yirik moliyaviy mablag'lar va yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega malakali mutaxassislarning mavjudligi bu boradagi yutuqlarni kafolatlaydi.

Moddiy ishlab chiqarish sohalarida ilg'or texnologiyalarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib borishga erishish ekanligini ham anglanadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot bir-biri bilan uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik tamoyili asosida rivojlanib boradi. Jamiyat ijtimoiy hayotida yetakchi o'rin tutgan g'oya va qarashlar iqtisodiy ishlab chiqarish va rivojiga o'z tahsirini o'tkazsa, o'z navbatida, iqtisodiy o'sish aholining madaniy turmush tarzining yaxshilanishiga olib keladi.

MUHOKAMA

Insoniyat tsivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta'lim berishga yo'naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo'lsa, bugungi kunga kelib ta'lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o'ta qathiy hamda murakkab talablar qo'yilmoqda. CHunonchi, murakkab texnika bilan ishlay oladigan ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini to'laqonli anglash imkoniyatiga ega, favqulodda ro'y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy h al eta oluvchi malakali mutaxassisni tayyorlashga bo'lgan ijtimoiy ehtiyoj ta'lim jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etishni taqozo etmoqda.

Shu bois, ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan pedagogika fanining vazifalari doirasi kengayib bormoqda.

Ayni vaqtda, Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko'lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor surhatda qabul qilib olish, ularni taxlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o'quvchiga yetkazib berishni yo'lga qo'yish ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.

Ta'lim tizimini texnologiyalashtirish g'oyasi o'tgan asrning boshlarida G'arbiy Yevropa hamda AQSh ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini tahminlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o'rtaga tashlandi. Mazkur g'oya 30- yillarda ta'lim jarayoniga "pedagogik texnika" ("ta'lim texnikasi") tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda "pedagogik (ta'lim texnika)"si tushunchasi "o'quv mashg'ulotlarni aniq va samarali tashkil etishga ko'maklashuvchi usul va vositalar yig'indisi" tarzida talqin etildi hamda o'quv jarayoniga o'quv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko'rgazmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar ta'lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir, deya baholanadi.

NATIJA

XX asrning 50-yillarida ta'lim jarayonida texnik vositalarni qo'llash "ta'lim texnologiyasi" yo'nalishini belgilab beruvchi omil deya ehtirof etildi, asosiy ehtibor o'quvchilar auditoriyasini kengaytirish, texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarining imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig'imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta'lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning obhekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o'quv jarayonini "texnologiyalashtirish"ning tashkiliy jihatlarini o'rganishga alohida urg'u berildi.

XULOSA

60-yillarning boshlarida ta'limni dasturlash asosida ta'lim jarayonini tashkil etish "texnologiya" tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko'rila boshlandi. Dasturiy ta'lim o'quvchilarga muayyan bilimlarning alohida qism holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi. Ta'lim jarayonini yaxlit, maqbul dasturga muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQSh da faoliyat yurita boshlagan. "Dasturiy ta'lim va o'rgatuvchi mashinalar bo'yicha birlashgan Qo'mita" tomonidan ilgari surilgan. Dasturiy ta'lim o'zida ta'lim maqsadlari, ularni o'zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta'lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi. Bu esa o'zgartirish majmuasini to'laligicha qayta tashkil etish tushunchasi mazmuniga mos keladi

REFERENCES

1. Sh. M. Mirziyoyev tanqidiy tahlil, qatiy tartib - intizom va shahsiy javobgarlik - har Ыг гaxbaг faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi keгak.- Toshkent - O'zbekiston - 2017

yil.

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, "Kadгlaг tayyoriash Milliy dastuгi" 1997yil. 29 avgust.

3. O'.Q.Tolipov., M.Usmonxo'jaeva "Pedagogik texnologiyalaming tatbiqiy asoslaгi" T-"FAN" 2006 yil.

4. N.Saidahmedov "Pedagogik mahoгat va pedagogik texnologiya" T-2002 yil.

5. J.G'.Yo'ldoshev., F.Yo'ldosheva., G.Yo'ldosheva "Interfaol ta'lim -sifat kafolati" Toshkent-2008 yil.

6. T.G'affarava "Boshlang'ich ta'lim da zamonaviy pedagogik texnologiyalaf' Toshkent - "Tafakkuf' 2011 yil.

7. "Ta'lim va texnologiya" (Ilmiy-uslubiy hadislaг to'plami) Toshkent - 2007 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.