Научная статья на тему '“JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA USLUBIYATI FANINI O„QITISHDA INNAVATSION TALIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH”'

“JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA USLUBIYATI FANINI O„QITISHDA INNAVATSION TALIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH” Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

1909
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Innovatsion pedagogika / innovatsion maktab / innovatsion texnologiya / ilmiy ijtimoiy vosita / rivojlanish / natija / pedagog / boshqaruv / ta‟lim berish / uslub shakl. / Innovative pedagogy / innovative school / innovative technology / scientific social media / development / result / pedagogical / management / teaching / style form.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — R. R. Pirnapasova, Sh. R. Xasonova

Innovatsion pedagogikaning vujudga kelishi, uning ilmiy va ijtimoiy jihatlari, pedagogik innovatsiya mundarijasi va yo„nalishining asosiy negizi, mohiyatlari, o„qish faoliyatining innovatsion tuzilishi, o„qitishning muqobil vositalari, pedagogikada innovatsiya tushunchasiniig shakllanishi, innovatsion maktab rivojlanishini ta‟minlashda ekologik me‟yoriy huquq o„zlashtirishni mukammallashtirish va texnologiyani ishlab chiqish jarayoni tavsiflab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The appearance of innovational pedagogy, its scientific and social peculiarities, the content of pedagogic innovation, and the basis of department, the structure of study, the alternative methods of teaching, the development of innovation in pedagogy, producing technology and perfection of assimilation of ecological normal rights in providing development of innovational schools are defined.

Текст научной работы на тему «“JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA USLUBIYATI FANINI O„QITISHDA INNAVATSION TALIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH”»

" JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA USLUBIYATI FANINI

O'QITISHDA INNAVATSION TALIM TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH"

R. R. Pirnapasova

Urganch davlat universiteti Akadem litsey

Sh. R. Xasonova

Urganch davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Innovatsion pedagogikaning vujudga kelishi, uning ilmiy va ijtimoiy jihatlari, pedagogik innovatsiya mundarijasi va yo'nalishining asosiy negizi, mohiyatlari, o'qish faoliyatining innovatsion tuzilishi, o'qitishning muqobil vositalari, pedagogikada innovatsiya tushunchasiniig shakllanishi, innovatsion maktab rivojlanishini ta'minlashda ekologik me'yoriy huquq o'zlashtirishni mukammallashtirish va texnologiyani ishlab chiqish jarayoni tavsiflab berilgan.

Kalit so'zlar: Innovatsion pedagogika, innovatsion maktab, innovatsion texnologiya, ilmiy ijtimoiy vosita, rivojlanish, natija, pedagog, boshqaruv, ta'lim berish, uslub shakl.

ABSTRACT

The appearance of innovational pedagogy, its scientific and social peculiarities, the content of pedagogic innovation, and the basis of department, the structure of study, the alternative methods of teaching, the development of innovation in pedagogy, producing technology and perfection of assimilation of ecological normal rights in providing development of innovational schools are defined.

Keywords: Innovative pedagogy, innovative school, innovative technology, scientific social media, development, result, pedagogical, management, teaching, style form.

KIRISH

Mustaqil O'zbekiston Respublikasining dunyo taraqqiyoti darajasidagi istiqbolini ta'minlash iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma'daniy sohalarida katta o'zgarishlar bo'lishi bilan bog'liq. Bunday o'zgarishlarda ishtirok etish insonlardan yuqori darajadagi umumiy va maxsus bilimlar, yuksak tarbiya, ma'naviyat va keng

dunyoqarashni talab etadi. Ta'lim tizimini shu talablar asosida qayta qurish -jamiyatning kelajak avlod tarbiyasi sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o'qituvchi faoliyati va o'quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko'rsatiladi. Shu ma'noda ilg'or pedagogik texnologiyalarni amalda joriy etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta'sir etuvchi va uning samaradorligini, bir butunligini va muvaffaqiyatini belgilab beruvchi omillardan hisoblanadi. O'zbekiston ta'lim tizimining insonparvarlashuvi, demokratlashuvi va yangi texnologiyalarning kiritilishi pedagogika fani oldiga ta'limning mazmuni, tuzilishi, rivojlanish darajasi, imkoniyatlari va texnologiyasini aniqlashdek murakkab vazifalarni qo'ydi. Bu vazifalarni hal qilish bir qancha muammolarni keltirib chiqardi.

METODOLOGIYA

Ta'limga yangicha, texnologik yondashish haqida fikr yuritilishi tasodifiy hol emas. Interfaol uslublar asosida o'qitishni yo'lga qo'yish, ta'lim jarayonini o'quvchilar uchun tushunarli va qiziqarli sohalarini yaratish uchun tinimsiz izlanish o'qituvchining muhim vazifasi bo'lib qolmoqda. Shunday qilish kerakki, o'quvchilar pedagogik jarayonning faol subektlariga aylansinlar. Barcha ta'lim turlari kabi jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati darslarida ham interfaol metodlarni qo'llash muhim ahamiyatga egadir. Chunki darslar jarayonida talabalarning aqliy rivojlanishini ta'minlaydi, o'quvchilarni faollashtirish, mustaqil ishlashga o'rgatish, ta'limning keyingi bosqichlarida talabalarning ta'lim jarayonining faol subektlariga aylanishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin pedagogik adabiyotlarda jismoniy tarbiya darslari ta'lim texnologiyasi masalalariga kam e'tibor berilgan. Bularni qo'llashda jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi darsining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish muhimdir.

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanini o'qitishda innavatsion talim texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslarini o'rganish, ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsad qilingan.

Ushbu maqsaddan kelib chiqib ishda quyidagi vazifalar belgilab olindi:

- Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasini o'qitishga oid pedagogik, psixologik va uslubiy adabiyotlarni o'rganish;

- pedagogik nazorat qilishni interfaol va ilg„or xorijiy tajribalar asosida tahlil

qilish;

O'quv modulni yaratish jarayonida qo'lga kiritilgan ilmiy-uslubiy ma'lumotlarni jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani dars mashg'ulotlari jarayonini takomillashtirish muammolariga taalluqli vazifalarni yechishda qo'llash mumkin.

Pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, "Natijalar", "O'quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish", "Texnologiya"lardan iborat. Ular berilgan rasmdagi Pedagogik tizim modelida ko'zga tashlanadi. Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz sikl tashkil etiladi. Maqsadlarning natija bilan to'la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o'lchov ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o'z maqsad va tuzilishlariga ega.

Maqsadga mos kelish

Natija

Pedagog

Boshqaruv

Ta'lim berish

Texnalogiya

Mazmun

Uslub shakl

Vosita

Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida uni alohida omillar birligi ekanligini ta'kidlagan holda ko'pincha, o'quv tarbiya jarayonining texnologiyasini ko'rsatadilar. Bunday yondashish pedagogik tizim ko'zlangan mahsadga erishishni ta'minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo'ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir. Ana shu belgisi bo'yicha pedagogik tizimni tarkibiy qismlar ixtiyoriy "To'plamidan" ajratib olish osondir. Texnologiya - bu qat'iy tashkiliy mantiqqa bo'ysunuvchi imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir.

Shu bilan birga topshiriqni baholash darajasining o'zidayoq, texnolog ma'lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. Ma'lum jarayonlar muvaffaqiyat ifodasi dalili sifatida foydalaniladi, ajoyib hodisalar natijalari esa yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga oshiriladi. O'quv texnologiyalarni loyihalashtirish metodik "Tajribalarni umumlashtirishdan" farqli "Mumkin emas" xulosasini bilmaydi. Texnolog uchun bu faqatgina vaqt va xarajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi ma'lum, tekshirib ko'rilgan, asoslangan, shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. Texnolog tajribalar o'tkazmay, aniq ko'zlangan natijalar bilan ish olib boradi. Texnologiya variantlikka yo'l qo'ymaydi, uning asosiy vazifasi -aniq kafolatlangan natija

olishdir, u har doim ham asosiy yyechimida oddiydir. Asosiy yyechimni tushunish qolgan hammasini, o'zaro zarur elementlar sistemasi tartibini mazmunini ochib beradi. Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab bo'lmaydi, u yerda ortiqchasi bo'lmaydi, bo'lishi mumkin emas. Bu juda murakkab holat, har ikkinchi o'qituvchi izlash - tadqiqotchilik tartibida ish olib boradi, shu bilan bolaning maktabdagi hayoti natijasi noaniqligini kuchaytiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Pedagogik tizimda innovatsion tuzilmalarining bosh yo'nalishi: -yaxlit pedagogik tizim; -o'quv yurti; -pedagogik nazariya; -o'qituvchi; -o'quvchilar; -pedagogik texnologiya; -mazmun; -shakl, metodlar, vositalar; -boshqaruv; -maqsad va natijalar.

Tizim osti tuzilmalarining chuqurligi bo'yicha innovatsion yangi kiritmalarning mohiyati, sifati va maqsadga muvofiqligi haqida xulosa qilish mumkin.

Texnologik jadvali

Vazifalari Pedagogik munosabat va pedagogik faoliyatni umumiy texnologiyasini takomillashtirish innovatsion faoliyat texnologayasini o'zlashtirish.

Mazmuni Mualliflik dasturlarini tuzatish metodikasini o'zlashtirish. Tajriba bosqichlarini rejalashtirish, tatbiq etiladigan yangilikni tahlil, prognoz qilish, rivojlantirish yangilikni pedagogik jarayonga tatbiq etish, tuzatish, tajriba ishlari natijalarini kuzatish

Texnologiyalari Tashkiliy - faoliyat o'yinlari. Refleks-innovatsion amaliyot mualliflik konsepsiyalarini o'rganish. Mualliflik dasturlarini tuzish. Innovatsion turdagi o'quv yurtlarida amaliy ishlar, turli xil malaka oshirishda ishtirok etish. Pedagogik ustaxonalar.

Daraja Psixologik tayyorgarlik metodologik tus oladi, refleksiv-analitik mahorat yuqori mas'uliyat, ijodiy faoliyat rivojlanadi.

Ilgari aytilganidek, muhokama qilinayotgan texnologiyalarni tatbiq etish innovatsion sharoit maktab muammolarini dolzarblashtirishdan boshlanadi. Buning asosi innovatsion pedagogika bo'lib, u talabalarni innovatsiya asosiy bo'limlari bilan tanishtiradi. Bular: neologiya, aksiologiya, varaksiologiya. Bu kursning asosiy vazifasi faqatgina o'qituvchi innovatsion faoliyatining sabab, omil, to'siqlarini ochib berish emas, balki yangilikni qabul qilish uchun psixologik tayyorgarlikni yuzaga keltirish, pedagogik innovatsiyalarni qabul qilishni ham

rivojlantirdi. Ijodiy faoliyat psixologik qonuniyatlarini yechish, izlash, tanlash mexanizmini o'rganish, tryningli ta'lim sharoitida amalga oshiriladi. Dasturning asosi shaxsning o'zini ijodiy rivojlantirish tamoyilidan iborat. Qachonki sub'ekt o'z faoliyatida faqatgina namoyon bo'lib va ko'rsatibgina qolmay, balki ijodkorlik qilsa va aniqlasa, uning faoliyati yo'nalishiga qarab uning o'zini aniqlash va shakllantirish mumkin. (S .L.Rubinshteyn).

Informatsion xabardorligi darajasi taklif etilgan yechimni turlicha yo'llar bilan o'zgartirish, ularni turli yo'llar bilan tiklash darajasi yo'li bilan o'rgandi. Yuzaga keltiruvchi tajribalar, innovatsion amaliyot davrida munosabatlar tartib-qoidalariga solinmagan sharoitlar yaratilishi, informatsion ma'lumotlar ko'pligi, kreativ namunalar ko'rsatib berilganligidan iborat bo'ldi. Tajriba yakunlangandan so'ng sinov va tajriba guruhlari yakuniy test o'tkazish bilan taqqoslanib ko'rildi. Tajribaning boshlanishi, o'rtasi va oxirida biz talabalar innovatsion munosabatlari va kreativlik darajasini, o'rtacha ko'rsatkichlar ifodalarini baholadik.

Kreativlik boshlang'ich darajadagi talabalarda kreativlik yuzaga kelishi dinamikasi turlari (% da) kreativlik boshlang'ich darajasi 1 2 3

Ilgarigi tenglikni tiklash Yangi mustahkamlikka ega bo 'lish Dinamika ning yo 'qligi

yuqori 33 59 8

o'rta 49 20 3

past 27 15 48

Tajribalar natijalari tekshirilayotgan uchta ko'rsatkichlar uch turi bo'yicha katta farqlar borligini ko'rsatdi.

Birinchi bosqichda shaxsni sabablar ko'rsatkichi o'sdi, ikkinchi bosqichda shaxsiy sabablilik va mahsuldorlik, uchinchi bosqichda mahsuldorlik, refleksiv ko'rsatkichlar yuqori bo'ldi. Shu bilan birga innovatsion faoliyatning shaxsiy sabablilik ko'rsatkichining o'sib borishi shaxsiylik darajasining yanada chuqurroq o'zgarishlari haqida gapiradi, xususan: izlash jarayoniga emotsional ishtiroki maktab muommolarini qo'yish va tushunish o'sadi, amaliy ishlarda mashg'ulotlarni davom ettirish istagi yuzaga keladi, erishilgan sabablilik darajasini qo'llab-quvvatlash mahsuldorlik faoliyati darajasi ham o'sadi deb xulosa qilish mumkin.

O'qituvchi o'quv jarayonida qo'llashi kerak bo'lgan holatlar:

O'qituvchi va talaba o'rtasidagi munosabatlarning o'zgarishi (hamkorlik pedagogikasi); Faqat "quloq solish" emas, balki "ishtirok etish" yo'li orqali o'qitish; Faqat natijaga emas, balki jarayonga ham qarash; O'qitishning zamonaviy yo'llari va usullarining keng "repertuariga" ega bo'lish; Empatiya va refleksiyani qo'llash; Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish usullarini qo'llash; Shaxsga yo'naltirilgan, gumanistik pedagogikani o'zlashtirish va unga amal qilish; Talabalarni o'qishga undash va faollashtirishning zamonaviy usullarini qo'llash; Aniq mashg'ulot o'tkazish jarayonida, jumladan yaratish va izlanish-ijodiy darajalarida o'qitishning zamonaviy texnologiyalari va usullarini qo'llashning xilma-xilligi; O'qitish natijalarini baholashning zamonaviy tizimini qo'llashni namoyish qilish.

Pedagogning zamonaviy metodik salohiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi: U faqat boshqalarni o'qitish bilan cheklanmasdan, o'zining mustaqil ta'limi bilan ham shug'ullanadi. Uning ishi faqatgina o'quv dasturida ko'zda tutilgan ma'lumotni talabalarga yetkazib berish bilan cheklanmaydi, balki turli usullarni qo'llab, talabalarni o'quv jarayonida faol qatnashishga undaydi. Buning uchun u o'zining hatti-harakatining an'anaviy modelini o'zgartirishi, o'zi ko'proq interaktiv bo'lishi kerak; O'qituvchi innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalana olishi lozim, chunki hamma yangi o'quv usullari va shakllari ular bilan bog'liqdir; O'quv jarayonini tashkil etish ba'zi bir muomala ko'nikmalarini, kommunikativlikni, o'zgaruvchanlikni, mustaqil qarorlarni qabul qilishni, o'z faoliyatining natijalarini tanqidiy baholashni talab qiladi; Internet, masofaviy ta'lim rivojlanishi va ulardan foydalanuvchilarning soni ko'payishi bois, ularni o'qita oladigan maxsus mutaxassis - pedagoglar kerak bo'ladi.

Ma'lumotni qabul qilish, o'zlashtirish, qayta ishlashda talabaning intellektual imkonini hisobga olish:

-verbal-lingvistik, so'z va til bilan bog'liq (yozma va og'zaki) qobiliyati; -mavzuiy-mantiqiy, deduktiv fikrlash, son va abstrakt belgilar bilan bog'liq; -shaxsning o'z ichki refleksini qamrab olgan xususiyati, ma'naviy mavjudotni, o'zining "men"ligi ichki holatini anglashi; -insonlararo munosabatlar, asosan muomala bilan bog'liq;

-fazoviy idrok, ob'ektiv ko'rib, u haqda aqliy zohiriy tasavvur hosil qilish xususiyati; -fizik harakat va tanani boshqarish, jumladan harakatlarni nazorat qiluvchi miya mexanizmi bilan aloqador bo'lgan jismoniy-kinetik xususiyat; -o'z ichiga ohangdorlik namunalarini jamlagan, uning ritmini his etishi bilan bog'liq musiqiy-ritmik xususiyat.

Ta'limda an'anaviy va zamonaviy yondashuvlarni qiyoslash:

An'anaviy yondashuv Zamonaviy yondashuv

1. Asosiy e'tibor o'qitish mazmuniga qaratilgan. Asosiy e'tibor o'qitishning mazmuniga va jarayoniga qaratilgan

2. O'qituvchi - boshqaruvchi, talaba -boshqariluvchi Talaba o'quv jarayonining faol ishtirokchisi

3.O'quv maqsadlari oldindan aniqlashtirilgan O'quv maqsadlari muzokarada aniqlanib, kutilayotgan natija orqali aks ettiriladi.

4. O'qituvchi bilimlarini monolog orqali yetkazadi O'qituvchi o'quv jarayonining ishtirokchisi, dialog, poliloglarni qo'llaydi.

5. "Men bilamanki..." yondoshuviga urg'u beriladi "Men qanday bilaman" yondoshuviga urg'u beriladi.

6. Talaba axborotni passiv holatda qabul qiladi Talabalar bilimlarni faol qabul qiladi va o'zlashtiradi.

7. O'qituvchi to'g'ri javobni shakll holatda talab qiladi. O'qituvchi savolga turli xil javoblarni rag'batlantiradi.

8.Mashg'ulotlarning "dasturlanganligi" va qat'iy tuzilmasiga amal qilinishi Mashg'ulotlar talabalarning imkoniyat va talablari doirasida tashkil etilishi

9. Xatolarga "yuqoridan pastga" qarashadi Xatolarning ikki tomonlama taxlili va tajribaning o'shishi.

10. O'qituvchi faoliyati asosan avtoritar. Pedagog faoliyatining usuli rag'batlantiruvchi, demokratik.

11. Asosiy e'tibor nazariyaga qaratilgan Asosiy qismi amaliyotga asoslangan nazariy e'tibor

12. O'qitishga o'quv fan-funktsional yondashuv O'qitishga muammoviy-fanlararo yondashuv

13. Faoliyatning yetarli bo'lmagan produktiv barqaror stereotiplari Qo'llanilayotgan pedagogik usulning turli-tumanligi

O'qitishning vazifalarini tekshirish va baholash maqsadida quyidagi qadamlarni qo'llang: Har bir vazifalar guruhini "Dars yakunida talabalar quyidagilarni bajara olishlari lozim ..." - deb boshlang; Vazifalarni alohida raqamlang; Beriladigan vazifalarni quyidagi fe'llardan boshlang: sanab o'ting, eslang, so'zlab bering, ko'rsatib bering, tanlang, hisoblang va hokazo; Har bir vazifani talaba so'zi bilan qo'ying (o'qituvchi atamasida emas); Topshiriqlar xilma-

xilligidan qat'iy nazar faqat bitta natijani ko'zlasin; Dars bosqichlarini shunday rejalashtiringki, toki u o'qituvchining o'tadigan dars bosqichlarini emas, balki "talabaning o'zini keyinchalik qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin"; Muammolarni shunday qo'yingki, uning yechimini mezonlash va qanday qilib maqsadga erishilganligini aniqlash mumkin bo'lsin; Ular buni qila oladilarmi? -degan savol topshiriq berishdan oldin ishlatiladi (kerakli test topshiriqlarini tuzishda).

XULOSA

1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati fanini o'qitishda innavatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanish mavzusiga oid pedagogik, psixologik va uslubiy adabiyotlarni o'rganishdan shu narsa ma'lum bo'ldiki innavatsion ta'lim texnologiyalari orqali talabalarga mavzularni ochib berishda yaxshi samara beradi. Muammoli o'qitishda pedagogik faoliyatning xususiyatlari o'quv axborotlari mazmunini muammoli vazifalar va muammoli vaziyatlarga ko'chirish orqali maqsadlarni oydinlashtirish jarayonidan iborat bo'ladi. Muammoli o'qitishni qo'llash, bilishni tushunishni shakllantirishga yordam beradi, pedagogik ijod va kasbiy mahoratni rivojlantirishga psixologik va kasbiy tayyorligini shakllantiradi.

2. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati darslarini o'tkazish uslublarini o'rgatishga qo'yiladigan pedagogik talablar hamda mezonlarni ilmiy tadqiq etishda o'rgatish metodlarining har qaysisi, o'zining ijobiy tomonlari borligiga qaramasdan, tez va samarali o'rgatishni to'la-to'kis ta'minlay olmaydi. Shuning uchun amalda hamma metodlar ayrim-ayrim ham, bir vaqtning o'zida birga ham qo'llanadi va ko'proq talabaning faolligiga tayanish kerak ya'ni uning o'zini imkoniyat darajasida xatolarni to'g'irlashi kerak. Bunda tayyorgarlik vositalari turli xil vaziyat va sharoitlarda ekspremental ta'sir xarakteristikasiga ega bo'lishi aniqlandi.

3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati darslarini o'tkazish uslublarini o'rgatishda interfaol metodlarni qo'llash jarayonida birinchi o'ringa o'qituvchi emas, balki har bir talabaning qobiliyatlari va tayyorgarlik darajasi, uning imkoniyatlari, o'rganilayotgan uslublarning murakkabligi yotadi.

4. O'qituvchlarning pedagogik mahorati, tarbiya jarayoni kabi ko'p qirralidir. Mutaxassisda pedagogik mahorat shug'ullanuvchilarni malakali o'qitish harakat faoliyatida mustaqil fikr yurita bilishni rivojlantirishda aqlni sinchkovligini va metodlarga o'rgata bilishda; talabalarning individual xususiyatlari, xatti-harakat motivlarini ustalik bilan tushunib olishda, va qiziqishlari, talablari, ehtiyoj va intilishlarini mohirlik bilan yo'lga qo'ya bilishda namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1.Abdumalikov R. Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat va sport tarixi. O'quv qo'llanma Toshkent 1993 y.

2.Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. O'quv qo'llanma Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 2002 yil.

3.Salomov R.S. Sport mashg'ulotning nazariy asoslari - Toshkent., O'quv qo'llanma O'zDJTI, 2005 yil - 238 b.

4.Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., darslik "Iqtisod -moliya" 2008 yil - 300 b.

5.Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halkimiz bilan birga kuramiz.Toshkent "O'zbekistan" - 2017 y.

6. Sh.Mirziyoev Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. "O'zbekiston" NMIU, 2016 y.

7. Sh.Mirziyoev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalk faravonligining garovi."O'zbekiston" NMIU,2016y.

8. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

9. Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. o'quv qo'llanma, Toshkent., O'z DJTI, 2005 y - 171 b.

10. Mahkamdjonov K, Tulenova X.B. Maktabgacha ta'lim muassasalari uchun umumiy va kengaytirilgan "Jismoniy tarbiya" dasturi. Ilm-ziyo Toshkent., 2006 y

11. Xoldorov T, Tulenova X.B. Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, turizm, xalq milliy o'yinlarining nazariy va amaliy asoslari. TDTU bosmaxonasi, 2007 y.

12. Tulenova X.B. Malinina N.N., Umumrivojlantiruvchi mashqlarni o'rgatish metodikasi, o'quv qo'llanma TDPU, 2005 y.

13. Abdullaev A., Xonkeldiev Sh. Jismoniy tarbiya nazariyasi va bslubiyoti. o'quv qo'llanma Toshkent., O'zDJTI, 2005 yil - 300 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.