Научная статья на тему 'O`QITISH JARAYONIGA INNOVATSION TA`LIM TEXNOLOGIYALARINI QO`LLASHDA YONDASHUVLAR'

O`QITISH JARAYONIGA INNOVATSION TA`LIM TEXNOLOGIYALARINI QO`LLASHDA YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2334
205
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
texnologiya / innovatsion ta’lim / innovatsion texnologiya / axborot texnologiyalari / metod va vositalari. / technology / innovative education / innovative technology / information technology / methods and tools.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ozodaxon Zohidjon Qizi Abdujabborova

Ushbu maqolada innovatsion ta’lim texnologiyalar, uning umumiy o ‘rta ta’lim maktablari ta’lim jarayonida o‘quvchilani kasb-hunarga yo`naltirish, o‘rni va ahamiyati masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPROACHES TO THE EDUCATIONAL PROCESS IN THE APPLICATION OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES

This article highlights the issues of innovative educational technologies, their role and importance in the formation of creative approach of students to the process of education in General education.

Текст научной работы на тему «O`QITISH JARAYONIGA INNOVATSION TA`LIM TEXNOLOGIYALARINI QO`LLASHDA YONDASHUVLAR»

OQITISH JARAYONIGA INNOVATSION TALIM TEXNOLOGIYALARINI

QOLLASHDA YONDASHUVLAR

Ozodaxon Zohidjon qizi Abdujabborova

Farg'ona davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada innovatsion ta'lim texnologiyalar, uning umumiy o 'rta ta'lim maktablari ta'lim jarayonida o'quvchilani kasb-hunarga yo'naltirish, o'rni va ahamiyati masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: texnologiya, innovatsion ta'lim, innovatsion texnologiya, axborot texnologiyalari, metod va vositalari.

APPROACHES TO THE EDUCATIONAL PROCESS IN THE APPLICATION OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES

Ozodakhon Zohidjon kizi Abdujabborova

Master student of Fergana State University

ABSTRACT

This article highlights the issues of innovative educational technologies, their role and importance in the formation of creative approach of students to the process of education in General education.

Keywords: technology, innovative education, innovative technology, information technology, methods and tools.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tabdirlari to'g'risida"gi PQ-2909-sonli qarorida ilg'or xorijiy tajribalarning tahlili asosida bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini o'quv reja va dasturlari tuzilishi va mazmunini takomillashtirish, o'quv rejalardagi fanlar bloklarini optimallashtirib o'quv soatlari hajmini taqsimlash, ta'lim sifatini tubdan yaxshilash masalalari qo'yilgan[1-3].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shundan kelib chiqqan xolda "Texnologiya" fani o'qituvchisini yangi davlat ta'lim standarlari, o'quv reja va dasturlari asosida yosh avlodning mantiqiy fikr qila olish, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashini, kommunikativ qobiliyati, savodxonligi va

o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishga, erkin fikrlay olish, o'zgalar fikrini anglash, o'z fikrini og'zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish ko'nikmalarini egallashlari, o'quvchilarda kreativ yondashuvni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlashga tayyorlash lozim[4-7].

"Texnologiya" fani o'qituvchisi dars jarayonida o'quvchilarning bir qolipga tushib qolmasligi uchun ilg'or pedagogik va innovatsion texnologiyalarini keng joriy etish bilan birga, o'zining kompetentligini namoyon qilishi orqali o'quvchilarda kreativ yondashuvni shakllantirishni ta'minlaydi.

Zamonaviy - kompetentli o'qituvchi kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar,nazariyalar, konsepsiyalaming muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisi sifatida o'quvchilarda berilayotgan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga kreativ yondashuvni shakllantiruvchisidir[8].

Zamonaviy - kompetentli o'qituvchi tomonidan dars mazmunidagi asosiy ma'lumotlar va o'quv materiali shunday taqdim etilishi kerakki, u o'quvchining vizual idrok qilish qobiliyatini osonlashtirsin. Zero, o'qituvchi ta'lim islohotining bosh ijrochisidir. Bunda har bir o'qituvchini qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi axborot to'plamini o'zlashtirish, qayta ishlash va amalda qo'llay olishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. Uni hal qilishda o'qituvchiga o'qitishning an'anaviy usullari bilan birga innovatsion texnologiyalari jumladan, mediatexnologiyalardan foydalanish yordam beradi. Darsda mediatexno-logiyalardan foydalanish o'qitish jarayonini qiziqarli olib borish, har bir o'quvchiga individual-kreativ yondashish imkonini beradi.

"Texnologiya" fanidan umumta'lim maktablarida mediatexnologiyalarni qo'llash-fanlararo bog'liqlikni kengaytiradi, mavzularni qo'shimcha ma'lumotlar bilan boyitishni ta'minlaydi[9]. Umumta'lim maktablari o'quvchilarida aqliy qobiliyatlarini jadal rivojlantirish jarayoni kechadi, ularning intellektual salohiyati rivojlanishi uchun asos yaratiladi. O'quv jarayonida innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanish "Texnologiya ta'limi"ning dolzarb masalalarini samarali echish uchun imkoniyat yaratadi.

Bunda:

-o'quv jarayonini qiziqarli va natijaviyligini ta'minlash hisobiga ta'lim oluvchida o'quv materialini ongli ravishda o'zlashtirish va anglab olish motivatsiyasi ortadi;

-mustaqil izlanish, ishlash va o'z-o'zini nazorat qilish ko'nikmasi rivojlanadi;

-o'quv mashg'ulotlarining sifat va samaradorligini, har bir o'quvchining o'tilgan mavzuni to'liq o'zlashtirishini ta'minlaydi;

- ta'lim oluvchining mustaqil fikrlashini, bilishva o'zlashtirish hissiyotini, maqsadga erishishga intilishlarini, ijodiy tasavvurlarini rivojlantirish hisobiga faol rivojlanishga erishiladi;

- sinfdagi barcha o'quvchilarning faol faoliyat yurishi ta'minlanadi.

MUHOKAMA

Innovatsion va axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilishni zamonaviy axborot dunyosining jadal rivojlanishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb xarakterlash mumkin. Media vositalarning (kompyuter, proektor, elektron doska, 3 D printer va h.k.) ta'lim-tarbiya jarayoniga faol kirib kelishi o'qituvchilar kasbiy faoliyatida o'qitishning innovatsion metodlarini, vositalarini, turlarini, shakllarini, umuman, pedagogik texnologiyalarini zudlik bilan joriy etish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Innovatsion ta'lim texnologiyalarini qo'llashda muhim natijalardan biri - ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni ta'lim oluvchilarga etkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, ta'lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha kreativ yondashuvni talab etadi.

Innovatsion ta'lim texnologiyalarini majburan qo'llash orqali maqsadga erishib bo'lmaydi. Aksincha, tajribali o'qituvchilar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo'llanilayotgan ilg'or texnologiyalardan foydalanish bilan birga ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion texnologiyalardan foydalanish ta'lim oluvchining o'quv jarayonida mustaqil ishlash, o'z-o'zini tarbiyalash, o'qitish, o'z faolligini oshirish, mustaqil qaror qabul qilish ko'nikmalarini shakllantiradi. Bundan ko'rinib turibdiki, o'qitishning yangi pedagogik texnologiyalari qatoriga mediatexnologiyalarini kiritish zarurati kundan-kunga oshib bormoqda.

Ta'lim-tarbiya jarayonidagi innovatsiyalar, ilg'or pedagogik texnologiyalar, yangiliklar, dars o'tishning interfaol usullari o'z-o'zidan ta'limga kirib kelmaydi. Demak, o'qituvchidan bilim, ijodiy mehnat va kasb mahorat talab qilinadi. Chunki o'qituvchi faoliyati yangilanmasa, ta'limda samaradorlikka erishib bo'lmaydi. O'qituvchi tomonidan o'quvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr yuritishga yo'naltiruvchi ta'lim shakli, metod va vositalarining to'g'ri tanlanishi darslarning qiziqarli, bahs-munozaralarga boy bo'lishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki bo'ladi. Mana shu holatdagina o'quvchilar tashabbusni o'z qo'llariga oladilar, o'qituvchining zimmasida esa ularning faoliyatini ma'lum yo'nalishga solib yuborish, faoliyatni umumiy nazorat qilish, murakkab vaziyatlarda yo'l-

yo'riq ko'rsatish, maslahatlar berish hamda ular faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi.

NATIJA

Bugungi kunda texnologiya ta'limda innovatsion texnologiyalardan foydalanishga alohida e'tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:

Birinchidan, innovatsion texnologiyalardan foydalanishda shaxsni rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish imkoniyatining kengligi.

Ikkinchidan, innovatsion texnologiyalardan foydalanish o'quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini berishi.

Uchinchidan, innovatsion texnologiyalardan foydalanish o'qituvchini ta'lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab samarali natija olgunga qadar bo'lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undashi.

To'rtinchidan, innovatsion texnologiyadan foydalanish yangi vositalar va axborot usullarini qo'llashga asoslanganligi sababli, ularning qo'llanilishi Kadrlar tayyorlashga qo'yiladigan zamonaiiy talablarini amalga oshirishni ta'minlashi.

Beshinchidan darslarda innovatsion ta'lim texnologiyalardan foydalanish o'qitish jarayonini qiziqarli olib borish, har bir o'quvchiga individual-kreativ yondashish imkonini berishi.

XULOSA

Har qanday innovatsion texnologiyaning o'quv-tarbiya jarayonida qo'llanilishi shaxsiy harakterdan kelib chiqqan holda, o'quvchilarni kim o'qitayotganligi va o'qituvchi kimni tarbiyalayotganiga bog'liq. Innovatsion texno logiya asosida o'tkaziladigan mashg'ulotlar talabalarning muhim hayotiy yutuq va muammolar shaxsiy munosabatlarini bildirishiga, ularni fikrlashga, o'z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham ta'lim jarayonida o'quvchilarda kreativ yondashuvni shakllantirishida innovatsion ta'lim texnologiyalarning o'rni va ahamiyati beqiyosdir[10].

Shu bois ta'lim tizimiga yangi o'quv dasturlarini joriy etish, o'qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish bilan birga innovatsion ta'lim texnologiyalari qo'llashga ham muntazam ravishda e'tibor qaratib borish zarur.

REFERENCES

[1].A.Karimov. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: Sharq, 1998. 63 b.

[2]. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T.: O'zbekiston, 2008. -173 b.

[3]. Sh.M.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir

rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lish kerak.O'zbekiston. 2017 y.

[4]. Q.T.Olimov. Kasb ta'limi uslubiyati. o'quv qo'llanma. -T.: 2006.

[5]. SH. SHodmonova, N.S. Mirsagatova, G.N. Ibragimova, M.T. Mirsolieva. Pedagogik texnologiyalar. Metodik kullanma T.: "Fan va texnologiyalar", 2011.

[6]. L.V. Golish, D.M. Fayzullaeva. Pedagogik texnologiyalarni loyixalashtirish va rejalashtirish. -T. 2010 y.

[7]. Mamadalyevich, A. M. (2021). Fundamentals Of Development Of Creative Abilities Of Students In Professional Training. The American Journal of Applied sciences, 3(01), 54-57.

[8]. Axmedov, M. M., Hojikarimova, G. T., Boybabayev, R. H., & Safarova, G. M. (2021). Supporting innovative approaches in the education system. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 38-41.

[9]. Hojikarimova, G., & Safarova, G. (2020). O'QUVCHILAR IJODKORLIK FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH SHART-SHAROITLARI. Збiрник наукових праць АОГОХ, 56-58.

[10]. Авазбоев, А., & Хожикаримова, Г. (2019). СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ КРЕАТИВНОСТИ УЧАЩИХСЯ. Вестник науки, 5(6), 150-153.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.