BO'LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA
PEDAGOGIK TIZIM MAZMUNI
Zilola Durdimurotovna Rasulova
Buxoro davlat universiteti Texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchisi, Pedagogika fanlari
bo'yicha falsafa doktori (PhD)
ANNOTATSIYA
Maqolada pedagogik jarayonlarning mohiyatini chuqur anglash, ularni tizimli tadqiq qilish pedagogik jarayon va qonuniyatlarini alohida va yaxlitlikda o'rganishning mazmuni yoritilgan. Bo'lajak texnologiya o'qituvchisining shakllanishi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmasi, maqsadga yo'naltirilgan pedagogik faoliyati asosida, tizimli yondashuv yordamida uning o'z faoliyatini o'zi tashkil etishi orqali rivojlanishi kabi masalalar haqida so'z borgan.
Tayanch tushunchalar: "Tizimli yondashuv", "Majmuali yondashuv" "Bir tartibga keltirish", "Tartibga solish", pedagogik jarayon, shakl, vositalar, kasbiy faoliyat, uslubiy tayyorgarlik.
CONTENT OF THE PEDAGOGICAL SYSTEM IN THE TRAINING OF FUTURE TECHNOLOGY TEACHERS
ABSTRACT
The article provides an in-depth understanding of the nature of pedagogical processes, the content of the systematic study of them, the study of the pedagogical process and its laws separately and as a whole. There was talk of issues such as the knowledge and skills that a future technology teacher should develop, based on goal-oriented pedagogical activity, and the development of her through self-organization through a systematic approach.
Keywords: "System approach", "Integrated approach", "Unification", "Regulation", pedagogical process, form, tools, professional activity, methodological training.
KIRISH
O'zbekiston taraqqiyotida xalqning boy ma'naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so'nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta'lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimining muhim bosqichi bo'lgan oliy ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu esa, bo'lajak o'ituvchilarni tayyorlash sifati va samaradorligiga katta talablar qo'ymoqda.
Ba'zi olimlar, ilm-fan namoyondalari tomonidan "Tizimli yondashuv" deb yuritilsa, ba'zi olimlar tomonidan esa "Majmuali yondashuv" "Bir tartibga keltirish", "Tartibga solish" singari iboralar orqali ifoda etilmoqda. Ijtimoiy voqelikka oid qo'llanilayotgan bunday murakkab ilmiy tushunchalar nisbatini qiyosiy solishtirsak, ko'pchilik tomonidan "Tizimli yondashuv" qabul qilinganligi ma'lum bo'lmoqda. Oliy ta'lim uchun o'ziga xos xususiyat hisoblangan o'quv-tarbiya jarayonini, shu jarayon amalga oshiriladigan muhit elementlari o'zaro bir-biri bilan ma'lum bir aloqa va munosabatda bo'lgan bir qancha komponentlardan tashkil topgan murakkab tizim sifatida qarash mumkin.Tizimli yondashuv ta'limning miqdoriy darajasigina emas, balki sifat darajasini ham namoyon etadi. Shuningdek, u ta'limga nisbatan kundan-kunga ortib borayotgan jamiyat talablarini va fandagi sifatli siljishlarni, hamma darajadagi ta'lim mazmuni va usullarini hisobga olgan holda ta'limni tashxis qilishga yordam beradi.
Pedagogik tadqiqotlarda tizimli yondashuvni ta'lim jarayoniga qo'llanilishini T.A.Ilina, M.Ochilov, N.A.Muslimov, J.A.Hamidov tadqiqotlarida ko'rishimiz mumkin Tizimli yondashuv asosida ta'lim oluvchilarda faoliyatni o'zi tashkil etish va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Talabaga ta'lim berish va uni tarbiyalashga sinergetika tamoyillari nuqtai nazaridan yondashishda quyidagi g'oya ilgari suriladi: talabada shakllanishi lozim bo'lgan bilim va ko'nikma nafaqat o'qituvchining maqsadga yo'naltirilgan pedagogik faoliyati asosida, balki o'qituvchi yordamida uning o'z faoliyatini o'zi tizimli tashkil etishi orqali ham shakllanadi [1-30]. Ta'lim tizimiga tizimli yondashuvni tadbiq etish tajribalarini pedagog-olimlardan S.T.Turg'unovning tadqiqotlarida ham ko'rish mumkin. Uning ta'kidlashicha, yaxlit ta'lim jarayonini rivojlantirishda tizimli yondashuv, refleksiv yondashuv, shaxs-faoliyat yondashuvi, vaziyatli yondashuv, muvofiqlashtirilgan yondashuv, natijalar bo'yicha boshqaruv muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayonlarning yaxlit tizim sifatida bir-biriga bog'liq hodisalarning sabab va oqibatlari tarzida rivojlanishini K.Zaripov o'z tadqiqotlarida e'tirof etgan.
ASOSIY QISM
Ta'lim-tarbiya jarayonidagi pedagogik hodisalar ma'lum qonuniyatlar asosida o'zaro bog'liq bo'ladi. Ularni bilish ta'lim-tarbiyaning ilmiy asoslarini egallash uchun juda muhimdir. Har bir pedagogik hodisa ma'lum sabablarga ko'ra vujudga kelib, muayyan natijaga olib keladi. U yoki bu pedagogik jarayon yoki hodisani keltirib chiqargan sabablarni aniqlash, ularni faqat bilibgina qolmasdan, ijobiylarining ta'siridan foydalanish, salbiylarining oldini olish imkoniyatini beradi. Natijada pedagogik jarayonni ilmiy asosda boshqarish imkoniyati kuchayadi. Pedagogik jarayonlarning mohiyatini chuqur anglash, ularni tizimli tadqiq qilish pedagogik jarayon va qonuniyatlarini alohida va yaxlitlikda o'rganishni zaruriyatga aylantirdi.
Pedagogik holat o'z xususiyatiga ko'ra katta miqdordagi turli hil ta'sir va nufuzlarga uchraydigan murakkab holat hisoblanadi. Bu holat va ta'sirlarning bir qismini boshqarish mumkin, ob'ektiv mavjud bo'lgan boshqalari esa quyidagi tizimning boshqaruv markazi ta'siriga aloqador bo'lmaydi, lekin shu bilan birga tizimli yondashuvni amalga oshirishda ularni inobatga olish lozim.
Masalan, o'quv jarayoni ko'pgina tashkil etuvchi o'zaro faoliyatdagi tizim sifatida ko'pgina omillar ta'siriga uchraydi, bular: jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, ishlab chiqarish kuchining rivojlanish darajasi. Ular ko'rib chiqilayotgan tizimning boshqaruv markazining ta'siriga berilmaydi, lekin ularning ta'sirini albatta inobatga olish lozimdir, chunki bu omillar ta'lim va tarbiya jarayonida ta'lim maqsadi, mazmuni va usullarini tanlash uchun omil bo'lib xizmat qiladi.
Pedagogik faoliyat natijasini nihoyatda aniqlik bilan hisoblash juda mushkul, chunki pedagogik tizim ko'p sonli va nochiziqiy bog'lanishlardan iborat. Ta'lim tizimini o'z-o'zini tashkil etishga qodir ochiq turdagi tizim sifatida qarab, natijalarning nisbiyligini e'tiborga olish va ta'lim jarayonini tashkil etish mazmuni, shakli va metodlarini tanlashda, eng muhimi, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda bir tomonlama qarashlardan voz kechish zarur. Bizning nazarimizda, tizimli yondashuv ta'lim tizimini boshqarishning metodologik asosi hisoblanadi. Undan foydalanish ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
N.A.Muslimov o'z tadqiqotlarida tizimning mohiyatini aniqlash uchun tizimsizlik holatlarini chuqur tahlil qilib, shunday g'oyani ilgari surgan: «muhit barcha tizimlarning mujassamlashuvi - metatizimni ifodalaydi. U tadqiq qilinayotgan, ajratib olingan va ayni vaqtda atrofimizni o'rab turgan olamning bizni qiziqtirayotgan qismidan tashqarida yotadi. Tizim - bu qandaydir yo'l bilan muhitdan ajratib olingan ob'ektlar to'plamidir. Muhit va tizim o'rtasida cheksiz ko'p o'zaro aloqalar mavjud bo'lib, ular vositasida muhit va tizimning o'zaro ta'sirlashuvi amalga oshadi.
Tahlillar ko'rsatadiki, pedagogik tadqiqotlarga "Tizimli yondashuv" ta'lim jarayonining faqat sonli emas, balki sifat nuqtai nazardan o'sishini aniqlashga imkon beradi.
Jamiyatning ta'limga nisbatan o'sib borayotgan talabini va fandagi sifat siljishlarni hamda uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlaridagi ta'lim mazmuni va usullarini hisobga olgan holda ta'lim jarayonini tashxislash tizimli yondashuv asosida amalga oshirilganda samara beradi.Pedagogikada ta'lim jarayoniga tizimli yondashuvning asosiy vazifasi tadqiq etilayotgan ob'ektni namoyish etishning konseptual vositalarini, tizimning tasnifi va pedagogik modeli ko'rinishida ishlab chiqishdan iborat.
Pedagogikada ta'lim jarayoni tizimlarini ilmiy-uslubiy tadqiq qilish va ulardan jarayonlarni boshqarishda foydalanish ko'pgina muhim muammolarning echimini topish imkonini yaratadi, bular:
- rejalashtirilgan ta'lim jarayonini chuqur tahlil qilish;
- rejalashtirilayotgan ta'lim jarayonining elementlari va komponentlari, sifat ko'rsatkichlari to'plamini yaratish va ularni sinflarga ajratish;
- ko'rsatkichlar orasidagi bog'lanishlarni o'rganish, bog'lanish qonuniyatlarini o'rnatish va ular ichidan asosiylari va ikkinchi darajalilarini ajratish kabi muammolar echimi oson hal bo'ladi.
Ilmiy tadqiqotlarning metodologiyasiga asoslangan holda, biz quyida ana shu tizimli tahlil bosqichlarini bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlash misolida qarab o'tamiz. Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak o'qituvchilarni tizimli yondashuv asosida tayyorlash jarayonida kasbiy faoliyatning mazmuniy ko'rsatkichlari asosida pedagogik shart-sharoitlar va vositalar tizimini aniqlab olish, ta'lim jarayonini samarali hamda to'g'ri tashkil etish shakl va metodlarini aniqlash talab etiladi. Buning uchun, eng avvalo, pedagogik tizim mohiyatini asoslash, tizimli yondashuvning xususiyatlarini, asosiy tavsifiy belgilari (tuzilma hamda funksiyalari)ni, ularga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash zarur.
Tizimli yondashuvni amalga oshirish uchun ta'lim maqsadlari hamda metodlarini shakllantirish, tizimning maqsadga muvofiq faoliyat ko'rsatishini ta'minlovchi elementlari (ta'limni tashkil etish shakli va vositalari) va ular orasidagi munosabatlarni aniqlash talab etiladi. Tizimli yondashuv ilmiy bilish hamda ijtimoiy amaliyot metodologiyasining yo'nalishi bo'lib, uning asosida ob'yektlarni tizim sifatida ko'rib chiqish talab etiladi. Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayoni - ob'yektga tizimli yondashuv, uning yaxlitligini ochib berish, tashkil etuvchilari (komponentlari) o'rtasidagi aloqalarini aniqlash, amalga oshirish shartlarini aniqlash, bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini tizimli yondashuv asosida tayyorlashda muammoli ta'lim metodlarini qo'llash masalalarini yoritish muammosi tadqiqot ishimizning navbatdagi vazifasi etib belgilandi.
Pedagogikada ta'lim jarayoniga tizimli yondashuvning asosiy vazifasi tadqiq etilayotgan ob'yektni namoyish etishning konseptual vositalarini, tizimning tasnifi va pedagogik modeli ko'rinishida ishlab chiqishdan iborat.
Pedagogikada ta'lim jarayoni tizimlarini ilmiy-uslubiy tadqiq qilish va ulardan jarayonlarni boshqarishda foydalanish ko'pgina muhim muammolarning echimini topish imkonini yaratadi, bular:
- rejalashtirilgan ta'lim jarayonini chuqur tahlil qilish;
- rejalashtirilayotgan ta'lim jarayonining elementlari va komponentlari, sifat ko'rsatkichlari to'plamini yaratish va ularni sinflarga ajratish;
- ko'rsatkichlar orasidagi bog'lanishlarni o'rganish, bog'lanish qonuniyatlarini o'rnatish va ular ichidan asosiylari va ikkinchi darajalilarini ajratish kabi muammolar echimi oson hal bo'ladi.
Bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarni tayyorlash jarayonida pedagogic tizim
strukturasi
Ilmiy tadqiqotlarning metodologiyasiga asoslangan holda, biz quyida ana shu tizimli tahlil bosqichlarini kasbiy ta'lim o'qituvchilarini tayyorlash misolida qarab o'tamiz. Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak texnologiya o'qituvchisini tizimli yondashuv asosida tayyorlash jarayonida kasbiy faoliyatning mazmuniy ko'rsatkichlari asosida pedagogik shart-sharoitlar va vositalar tizimini aniqlab olish, ta'lim jarayonini samarali hamda to'g'ri tashkil etish shakl va metodlarini aniqlash talab etiladi. Buning uchun, eng avvalo, pedagogik tizim mohiyatini asoslash, tizimli yondashuvning xususiyatlarini, asosiy tavsifiy belgilari (tuzilma hamda funksiyalari)ni, ularga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash zarur.
Tizimli yondashuvni amalga oshirish uchun ta'lim maqsadlari hamda metodlarini shakllantirish, tizimning maqsadga muvofiq faoliyat ko'rsatishini ta'minlovchi elementlari (ta'limni tashkil etish shakli va vositalari) va ular orasidagi munosabatlarni aniqlash talab etiladi.
Tizimli yondashuv ilmiy bilish hamda ijtimoiy amaliyot metodologiyasining yo'nalishi bo'lib, uning asosida ob'ektlarni tizim sifatida ko'rib chiqish talab etiladi.
Bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlash jarayoni - ob'yektga tizimli yondashuv, uning yaxlitligini ochib berish, tashkil etuvchilari (komponentlari) o'rtasidagi aloqalarini aniqlash, amalga oshirish shartlarini aniqlash, bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini tizimli yondashuv asosida tayyorlashda muammoli ta'lim metodlarini qo'llash masalalarini yoritish muammosi tadqiqot ishimizning navbatdagi vazifasi etib belgilandi.
Texnologiya o'qituvchilarini tizimli yondashuv asosida tayyorlash muammosiga kasbiy-pedagogik bilimlarni o'zlashtirishning barcha tomonlarini, ya'ni mazmuni, shakli, metod va vositalari, kasbiy faoliyatni tashkil qilish yo'llari, ta'lim natijalarining monitoringi, ta'lim sifatini baholash va boshqarishni qamrab oluvchi integrativ jarayon sifatida qarash mumkin. Bunda texnologik ta'limning asosiy tarkibiy tashkil etuvchilarini integratsiyalash (kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish), shaxsga yo'naltirilgan aksiologik-rivojlantiruvchi (ijodiy faoliyat tajribasi asosida) va tarbiyalovchi vazifalarining (haqiqatga his-qadriyatli munosabat asosida) birligini ta'minlaydi.
Bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlash sifati asosan ta'lim tizimining samaradorlik ko'rsatkichiga bog'liq bo'lib, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- ta'limga tizimli yondashish ko'lami va muqobilligi;
- ta'limning ko'rgazmaliligi, o'qituvchi tushuntirishlarining aniq va maqsadga yo'naltirilganligi;
- hamkorlikda o'qitish texnologiyasining sifati (ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi).
XULOSA
Tizimli yondashuv bo'lajak texnologiya o'qituvchilarining uslubiy tayyorgarligi nazariy asoslar negizidagi metodologik bilim hamda kasbiy-amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan ta'lim tizimi orqali amalga oshiriladi. Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarining uslubiy tayyorgarligi yaxlit tizimni tashkil etadi va katta tizimlarga xos bo'lgan quyidagi xususiyatlarni o'zida saqlaydi: yaxlitlilik, tuzilmaviylik, boshqa tizimlar bilan o'zaro bog'langanlik, poydevoriylik. Shu bilan birgalikda, o'quv-tarbiyaviy faoliyat ko'p qirrali o'ziga xos dinamik xususiyatlarga ega bo'lgan, murakkab jarayon ekanligini inobatga olgan holda bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlashda har bir bo'g'in alohida tizim sifatida o'rganilishi, har bir bo'g'inga o'ziga xos yondashuvni joriy etish zaruriyatini tug'diradi. Demak, tizimli yondashuv ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo'nalishi sifatida universal tavsifga ega bo'lib, pedagogikada keng qo'llaniladi. Ta'lim jarayoniga tizimli yondashuvni qo'llash ta'lim-tarbiya jarayonining har bir bo'g'ini alohida pedagogik tizim sifatida qarash
imkoniyatini beradi va ular orasida bog'liqliklar umumiy ta'lim samaradorligiga olib keladi.
REFERENCES
1. Dilova N.G. (2017). Opportunities of Pupils' Complex Development on the Bases of Modernization the Content of Primary Education. Eastern European Scientific Journal. No. 1, pp. 1-4.
2. Rasulova Z.D. (2020). Pedagogical peculiarities of developing socio-perceptive competence in learners. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 8:1, pp. 30-34.
3. Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. (2016). Формирование профессионально-педагогической компетентности будущих специалистов на основе информационных технологий. Молодой учёный, №8 (112), С. 977-978.
4. Дилова Н.Г. (2014). Значение процесса педагогического сотрудничества в формировании личности учащихся начальных классов. Сборники конференций НИЦ Социосфера. № 26, С. 190-193.
5. Расулова З.Д. (2020). Дидактические основы развития у будущих учителей креативного мышления. European science, vol. 51, no. 2-2, pp. 65-68.
6. Каххоров С.К., Расулова З.Д. (2020). Роль дистанционного обучения а развитии творческих навыков студентов. Проблемы педагогики. 49:4, С. 26-29.
7. Расулова З.Д. (2018). Значения обучающих технологий направленной личности на уроках трудового обучения. Ученые ÄÄI века, T. 47, № 12, С. 34-35.
8. Dilova N.G. (2017). Activity Areas of Primary School Teachers. Eastern European Scientific Journal. No. 6, pp. 1-6.
9. Rasulova Z.D. (2020). Conditions and opportunities of organizing independent creative works of students of the direction Technology in Higher Education. International Journal of Scientific and Technology Research. 9:3, pp. 2552-2155.
10. Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. (2016). Инновационная деятельность педагога в образовании. Молодой учёный, № 8 (112), С. 978-979.
11. Аноркулова Г.М., Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. (2015). Методологические основы системного подхода при подготовке учителей профессионального обучения. Молодой учёный, 93:13, С. 588-590.
12. Аноркулова Г.М., Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. (2015). Модель подготовки учителей профессионального образования на основе системного подхода. Молодой учёный, 93:13, С. 590-592.
13. Кулиева Ш.Х., Хамроева Х.Ю., Расулова З.Д. (2013). Учебный процесс как педагогическая система в процессе подготовки учителей профессионального обучения. Молодой учёный, 56:9, С. 383-385.
14. Каххоров С.К., Расулова З.Д. (2020). Компьютерные технологии обучения как важный фактор для улучшения процесса преподавания. Современные инновации. 36:2, С. 44-46.
15. Расулова З.Д., Содикова А.Х. (2020). Возможности использования компьютерных технологий в технологическом образовании. Вестник науки и образования. 19 (97), часть 2, С. 68-71.
16. Kakhkhorov S.K., Rasulova Z.D. (2020). Methodology of improving the professional activity of the future teacher of technology on the basis of modern educational technologies. Universal J. of Educational Research. 8:12, pp. 7006-7014.
17. Расулова З.Д. (2020). Эффективность дистанционной организации процессов обучения в высшем образовании. Academy. 62:11, С. 31-34.
18. Каримова М.Н., Расулова З.Д. (2020). Использование учебных инструментов в развитии творческого мышления учащихся. Проблемы педагогики, № 5 (50), С. 19-22.
19. Расулова З.Д. (2020). Наука и образование в период пандемии. Наука, техника и образование. № 11 (75), С. 101-104.
20. Rasulov T.H., Rasulova Z.D. (2019). Organizing educational activities based on interactive methods on mathematics subject. Journal of Global Research in Mathematical Archives, 6:10, pp. 43-45.
21. Расулова З.Д. (2021). Технологии развития творческих способностей будущего учителя. Наука, техника и образование. 77:2-1, С. 34-37.
22. Расулова З.Д. (2021). Роль электронного учебно-методического комплекса в оптимизации учебных процессов. Academy. № 3 (66), С. 27-30.
23. Дилова H.F. (2017). Укувчи шахсини ривожлантиришда хдмкорлик педагогикасининг урни. Замонавий таълим. 1-сон.
24. Расулова З.Д. (2021). Технологии развития творческих качеств студентов. Наука и образования сегодня. 60:1, С. 34-37.
25. Расулова З.Д. (2020). Программные инструменты - важный фактор развития творчества учащихся. Вестник науки и образования. № 21 (99), часть 2, С. 37-40.
26. Rasulova Z.D. (2014). Investigations of the essential spectrum of a model operator associated to a system of three particles on a lattice. J. Pure andApp. Math.: Adv. Appl., 11:1, pp. 37-41.
27. Rasulova Z.D. (2014). On the spectrum of a three-particle model operator. Journal of Mathematical Sciences: Advances and Applications, 25, pp. 57-61.
28. Расулова З.Д., Хамроева Х.Ю. (2014). Числовой образ модели Фридрихса с одномерным возмущением. Молодой учёный. 61 (7), С. 27-29.
29. Расулова З.Д., Хамроева Х.Ю. (2014). Number and location of the eigenvalues of a 2x2 operator matrix. Молодой учёный. 66 (7), С. 7-9.
30. Dilova N.G. (2015). Situation of cooperation and the problems solved in it.
Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. 2: 13, pp. 102-103.