Научная статья на тему 'CHET TILLARINI O'QITISHDA MADANIYATLARARO MULOQOTNI RIVOJLANTIRISH'

CHET TILLARINI O'QITISHDA MADANIYATLARARO MULOQOTNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
587
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chet tillari / madaniyat / muloqot / metodika / ta’lim tizimi

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yusupova Oygul G‘ofurjon Qizi, Qodirova Xaticha Po‘latboyevna

Mazkur maqolada chet tillarini o`qitishda madaniyatlararo muloqotni takomillashtirish to‘g‘risida fikr-mulohzalar yurutilgan. Shuningdek, chet tillari dars jarayonida madaniy muloqotlar xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARINI O'QITISHDA MADANIYATLARARO MULOQOTNI RIVOJLANTIRISH»

CHET TILLARINI O'QITISHDA MADANIYATLARARO MULOQOTNI

RIVOJLANTIRISH

Yusupova Oygul G'ofurjon qizi Qodirova Xaticha Po'latboyevna

Xorazm viloyati Yangiariq tumani 13-son umumiy o'rta ta'lim maktabi

Ingliz tili fani o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7423802

Annotatsiya: Mazkur maqolada chet tillarini o'qitishda madaniyatlararo muloqotni takomillashtirish to'g'risida fikr-mulohzalar yurutilgan. Shuningdek, chet tillari dars jarayonida madaniy muloqotlar xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: chet tillari, madaniyat, muloqot, metodika, ta'lim tizimi.

Til o'rganish nafaqat alifbo, lug'at va grammatikani o'z ichiga olgan murakkab jarayon bo'lib, matn mazmunini, masalan, xulq-atvor va madaniy me'yorlarini o'rganishni o'z ichiga qamrab olishi zarur. Yangi axborot texnologiyalari tufayli ish jarayonlari, kundalik hayot tarzi, ta'lim va kundalik muloqot jarayonlarida madaniyatlararo o'zaro ta'sirning barcha xususiyatlari ko'z o'ngimizda o'zgarib bormoqda. Masalan, o'quvchilar qandaydir yangi tilni o'rganayotganlarida yangi til mazmuni haqida va bu tilni o'rganish jarayonida ushbu til xususiyatlari bilan birgalikda madaniyat bilan ham bevosita muloqot qilish qobiliyatiga ega bo'ladilar. Har qanday tilni o'rganish uchun ular nafaqat tilni, balki u bilan bog'liq barcha xususiyatlarni: joy, makon, tarix va madaniyatni o'rganish jarayonidan o'tadilar. Shunday qilib, ular tilda gaplashish orqali o'sha til madaniyatiga, ya'ni til va madaniyat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik kuchi va mohiyatiga avtomatik ravishda singib ketishlari mumkin. Shuning uchun Gao, Tang va Xu kabi tilshunoslar "Til - bu madaniyat va bu ikki atama bir-biri bilan chambarchas bog'liq" degan qat'iy fikr bildirgan edi. Brok va Nagasaka kabi boshqa mutaxassislar til o'rganishning barcha bosqichlarida madaniyatlararo yoki pragmatik kompetensiyani hisobga olish kerakligini ta'kidlaydilar. Ushbu dastur o'rganilayotgan xorijiy til o'rganuvchilarni ijtimoiy ko'nikmalarga ega qila oladi, chunki o'quvchilar bu ko'nikmalar orqali ijtimoiy aloqa o'rnata oladilar va bu borada muvaffaqiyatga erisha oladilar.

Til aloqa vositasi va madaniyat birligi sifatida qo'llaniladi. Ingliz tili o'qitish tizimi sohasida til va madaniyat o'rtasidagi munosabatlarga oid ikki qarama-qarshi nuqtai nazar mavjud: birinchi qarashda til va madaniyat uzviy bog'liqligi ta'kidlanadi. Ushbu fikr Biram va Grandi tomonidan 2003-yildagi maqolasidan olingan. "Biroq ikkinchi nuqtai nazarga ko'ra, ingliz tilini o'qitish madaniy kontekstlaridan individual ravishda o'rganish kerak", - deb ta'kidlanadi Sardining

2002- yildagi kitobida. Ushbu mashhur munozaralar til va madaniyat tushunchalari bir- biriga bog'langan yoki bog'lanmaganligini ko'rib chiqadi. Til va madaniyat ajralmas tushunchalardir. Madaniyat tushunchasini o'quv dasturining asosiy mavzusi sifatida tushunmaslik kerakligi haqida berilgan eng so'nggi bahs 2003-yilda Bennet va boshqalar tomonidan taqdim etilgan. Ushbu olimlar madaniyat tushunchasini til o'qitish jarayonidan chetlatish uchun bir nechta noto'g'ri fikrlarni sanab o'tishgan. Birinchidan, ular til o'quv dasturlari allaqachon ishlab chiqilgani va uni butunlay o'zgartirib bo'lmasligini aytishadi. Shunday ekan, xorijiy til o'quv dasturiga madaniyat tushunchasini kiritish uchun o'quv dasturida qo'shimcha joy yo'q deb hisoblashadi. Ikkinchidan, ko'pgina o'qituvchilar uchun biror bir xalqning madaniyatini o'rgatish til o'rgatishdan ko'ra qiyin tuyuladi. O'qituvchilar odatda madaniyatlararo kompetensiyani o'rgatishga tayyor emasliklarini his qiladilar, shu tufayli madaniyat bilan bog'liq holatda o'qitish tajribasi deyarli yo'q. "Ular tajribaga ega bo'lgan taqdirda ham madaniyat tushunchasi va u haqidagi fikrlar o'zgarib turadi ", deya fikr yuritadi Korbet.

Uchinchidan, ba'zi oliy ta'lim muassasalari ham madaniyat va tilni chambarchas holda o'qitishni ma'qul ko'rishmaydi va ular ko'pincha o'quvchilarni universal yoki milliy testlarda yuqori ball olishga tayyorlash kabi ta'limga oid ko'nikmalarni rivojlantirish bilan shug'ullanadilar va shu sababli o'quvchilar o'rtasida madaniyat haqida yetarlicha ko'nikma hosil bo'lmaydi. Shuni ta'kidlash lozimki, yuqoridagi ma'lumotlar Bennet tomonidan emas, balki boshqa o'qituvchilar va amaliyotchilar tomonidan ham aytilgan dalillarga asoslangan. Til va madaniyat doirasida tildan tashqari, real dunyoda mavjud bo'lgan madaniy voqelikda qo'llaniladigan lingvistik shakllar emas, balki boshqa ramziy tizimlar mavjuddir: biz madaniyat deb ataydigan odatlar, e'tiqodlar, yodgorliklar va madaniy hodisalar shular jumlasidandir. Madaniyatga aylanish uchun tildagi har bir tarkibiy qism ma'noga ega bo'lishi kerak. Bu xuddi biz kundalik turmushimizda hayotimiz uchun zarur bo'lgan narsalarga e'tibor qaratganimizdek gap", - deb munozara qiladi Kramsh.

Til o'rganish va o'qitishning dasturlari boy pedagogik tajribalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak:

❖ muloqotga kirishuvchi sifatida orttirilgan tajribasi;

❖ o 'quv jarayonida vositachilik qobiliyati;

❖ o'quvchilarning ma'lumot qabul qilish jarayoni yoxud o'quvchining o 'quv uslubini aniqlash;

❖ til va madaniyatni o'qitish jarayonida texnologiyalardan foydalanish;

❖ sinfda turli xil faol jamoalar tashkil etish;

❖ ta'lim va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish;

- vositalar (asboblar va texnologiyalar), faoliyat tizimlari va jamoalardagi amaliyot jarayonini o'z ichiga oladi. Til o'rganish orqali o'quvchilar bir vaqtning

o'zida kamida ikkita til va shu til tizimida madaniyat bilan hamohang tarzda ishlashni o'rganadilar. Xorijiy til o'rganish jarayonlariga ijtimoiy- madaniy yondashuv o'quvchilarning amaliyotda o'zlarining tajribalari, ishtiroklari, vositachiliklaridan foydalanishlariga yordam beradi.

Ijtimoiy-madaniy nuqtai nazar o'quvchilarning o'quv muassasalarida yangi akademik "madaniyatlar" (harakat qilish, o'zaro ta'sir o'tkazish, tilni, obyektlar va jarayonlarni baholash va ulardan foydalanishning yangi usullari)ni o'rganish jarayonida ta'sir qiladi.

Madaniyat va til o'qitish-fikrlash doirasini o'zgartirish. Til foydalanuvchining muloqot qilish qobiliyati va barcha ijtimoiy kompetensiyalari tomonidan shakllantiriladi, shuning uchun bularning barchasi kommunikativ kompetensiyaning aspektlari sifatida qaralishi mumkin. Umumiy kompetensiyalarga deklarativ bilimlar ko'nikma va nou-xau, amaliy va madaniyatlararo ko'nikma, ekzistensial kompetensiya va o'rganish qobiliyati kiradi. Kommunikativ til kompetensiyalari ga lingvistik kompetensiyalar, sotsiolingvistik kompetensiyalar (ijtimoiy munosabatlarning lingvistik belgilari, xushmuomalalik qoidalari, xalq donoligi ifodalari, farqlarni qayd etish, dialekt va urg'u) va pragmatik kompetensiyalar kiradi. Xorijiy til o'qituvchilari va tadqiqotchilari yuqorida sanab o'tilgan barcha toifalarda u yoki bu tarzda mavjud bo'lgan boshqa bir kompetensiyaga, ya'ni madaniy qobiliyat mavjudligiga butunlay ishonishadi. Masalan, Bardos Kanal va Sveyn tomonidan ishlab chiqilgan modelga beshinchi kompetensiya sifatida madaniyat tushunchasi qo'shildi. Ularning fikricha, madaniyat boshqa barcha kompetensiyalarda mavjud va uning ajralmas bir qismidir. Xorijiy til o'rgatish jarayonidagi madaniyat maqomi, ahamiyati va mazmuniga oid yana bir qancha mulohazalar va qarashlar shakllantirilib, bu masalaning qay darajada murakkab ekanligini ko'rsatadi. Ushbu keltirilgan talqinlar Rivers, Biram va Silayga tegishlidir. Riversning so'zlariga ko'ra, "Biz o'quvchilarga dars mazmunini o'zlashtirishga yordam beradigan mos rejaga ham, ijodkorlik qobiliyatiga ham e'tibor qaratishimiz kerak. Jarayonlar o'quvchilarni til muhitidan tashqariga chiqishga undashi kerak, shunda ular so'zlovchilarning madaniyat darajalarini chuqurroq idrok eta boshlaydilar. Bu jarayon hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki u o'quvchilarning o'rganilayotgan chet tilida turli xil oldingi tajribasi va malakalarini hamda o'quvchilarning muayyan tilda ona tili sifatida so'zlashishlari yoki munosabatlarini ko'rsatadi.

Bir qancha tilshunos olimlar xorijiy til o'qitish uslublarini til o'rganuvchilarning mahalliy va xalqaro madaniyatga kirishuvchanlik qobiliyatlari bilan birgalikda hisobga olgan holda ushbu jadvalni yaratishadi. Bu orqali nafaqat chet tili o'rganuvchilarining muvaffaqiyatga erishuv jarayonlari, balki foydali maslahatlar ham berib o'tiladi. Quyidagi jadvalda chet tilini o'rganish va o'rganilayotgan til

madaniyatiga bevosita aralasha olish to'g'risida amalda sinalgan ma'lumotlar keltiriladi:

Mulohaza o'quvchilarda til va madaniyatning muloqotdagi roli haqida tushunchani rivojlantirishga yordam beradi. Bilimlarni rivojlantirish,o'quv uslublarini yangilash va mulohaza yuritish orqali o'quvchilar madaniyat va til o'rtasidagi tafovutlar va o'xshashliklarni oson anglaydilar. Bu Kramshning "Bugun o'qituvchilar uchun mavzuni qay tarzda o'quvchiga yetkazishni bilish yetarli emas ular qo'shimcha o'quv uslublarini yaratish amaliyotini o'rganishlari kerak"-degan fikriga mos keladi. Ular nafaqat bilimni rivojlantirish va undan foydalanishni o'rganadilar, balki til, madaniyat va undan foydalanish haqida meta-ongni rivojlantiradilar. Bu meta-ong asta-sekin o'z-o'zini, o'z tilini, o'z madaniyatini anglashga aylanadi. O'quvchilar o'quv dasturi davomida ijtimoiy aloqa o'rnatishlari va ta'lim maqsadlarini tushunishlari kerak va bu ma'nolar har doim talqin qilish uchun zarurdir. O'quvchilar mavzu haqida berilgan sharh bilan birga keladigan mulohaza, talqinlar, taxminlar, istiqbollar, pozitsiyalar xilma-xilligini o'rganadilar. Bu muloqotda almashinadigan narsa nafaqat faktik bilimlar, mavzular va g'oyalar, balki tajriba almashishda ishtirok etayotganlarning barchasining tajribasi, ijodkorona fikrlari va dunyoqarashini o'z ichiga oladi.

Xulosa o'rnida shuni ayta olamanki, ushbu maqola til va madaniyat o'rtasidagi munosabatlarga e'tibor qaratishga urinish,nega madaniyatni o'qitish chet tili o'quv dasturining ajralmas qismi bo'lishi kerakligini tushunish haqida ma'lumot beradi. Adabiyotlarni chuqur tahlil qilish madaniyat va uning chet tillarini o'rganish jarayonidagi ahamiyatli jihatlarni yaxshiroq tushunishga hissa qo'shishga qaratilgan edi. Til o'rganish yoki o'qitish o'quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, u faqat o'rganilayotgan chet tilining grammatik, leksik va fonologik xususiyatlarini bilish va tushunish bilan cheklanib qolmasligi, balki o'sha til madaniyatini o'rganish yoki o'rgatish bilan ham shug'ullanishi kerak.Politzer va Brusk kabi ba'zi olimlarning fikricha, "Til va madaniyat bir xil tushunchalardir" O'qituvchilar nafaqat o'z o'quvchilariga madaniyatlararo muloqot qanday sodir bo'lishini taqdim etishlari va tavsiflashlari kerak, balki madaniyatlararo muloqotda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan o'yinlar yoki simulyatsiyalar kabi amaliy vositalarni ham qo'llashlari zarur. Madaniyatlararo va shaxslararo (o'zaro) samarali muloqotni ular haqida yetarlicha tushunchaga ega bo'lmasdan amalga oshirish mumkin emas. Xorijiy tilni madaniyat bilan birgalikda o'rganishdan maqsad - muloqot masalalarini asosan til va madaniyatga e'tibor bergan holda tahlil qilishdan, farqli madaniyatlar orasidagi kommunikatsiyani osonlashtirish va to'qnashuvlarni oldini olishdan iborat. Til va madaniyat tushunchalari o'zaro bog'liq bo'lib, bir-biridan ajratilmaydi, chunki tilning o'zi madaniyatdir. Madaniyatni o'qitish o'quvchilarga odamlarning turmush tarzi, qarashlari, e'tiqodlari va qadriyatlarini va til

ko'nikmalari haqidagi bilimlarini oshirishga imkon beradi. Dalillar shuni ko'rsatadiki, agar o'qituvchilar til o'qitish metodiga madaniyat tushunchasini targ'ib qilsalar, o'quvchilar til o'rganishda muvaffaqiyat qozonishlari mumkin, ya'ni o'quvchilar bu bilan nafaqat til bo'yicha, balki o'rganayotgan tillari haqida barcha zarur manbaalarga ega bo'ladilar. Zero, madaniyat til yuzaga kelishidan oldin paydo bo'lgan tushunchadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bardos Canale va Swain."Language" 1980 54-55-b

2. Brock &Nagasaka . Pragmatic Content in Global and Local Textbooks. 2005; 34-40-b // ["Til o'qitish asoslari" - 2005. 12-23]

3. Byram & Gerundy. Context and Culture in Language Teaching and Learning. 2003 - yildagi maqola - 57-b

4. Cefr, "Diskuss kompetensiyasi va fuksional kompetentsiya"-2002- 101-130-b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.