Научная статья на тему 'XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA MADANIYATLARARO MULOQOTNI SHAKLLANTIRISH AHAMIYATI'

XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA MADANIYATLARARO MULOQOTNI SHAKLLANTIRISH AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1522
604
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyat / ijtimoiy aloqa / madaniy aloqalar / kommunikativ kompetensiya / madaniyatlararo aloqa / lingvistik kompetensiya / sotsiolingvistik kompetensiya / ekzistensial kompetensiya. / culture / social communication / cross-cultural communication / communicative competence / intercultural relations / linguistic competence / sociolinguistic competence / existential competence.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ibrohimova, Marhabo Ulug’Bek Qizi

“Madaniyat” so'zi turli fanlarda turli xil ma'nolarni anglatadi va hayotdagi dastlabki ijtimoiylashuvimizning bir qismi sifatida madaniyat orqali har birimiz dunyoda muloqot qilish, harakat qilish, fikrlash, obyektlar va vositalardan foydalanish usullarini o'rganamiz. Ushbu maqolada til, madaniyat, madaniyatlar tipologiyasi, kommunikatsiya turlari, og’zaki muloqot, madaniyatga moslashish, madaniaytlararo to’siqlar va to’qnashuvlar kabi masalalar yoritilgan. Hozirgi kunda tilshunoslik ilmida barchaning e’tiborini tortayotgan til va madaniyat tushunchasi bilan bog’liq bo’lgan ligvokulturologiya masalalari ko’pchilik olimlar tomonidan tadqiq etilayotgan bo’lsa-da, biroq o’z yechimini topgan emas. Mazkur maqolamiz ayni mana shu masala – tilshunoslikning yangi sohasi chet tilini o’qitish jarayonida madaniyatlararo munosabatiga qaratilganligi bilan e’tiborlidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF FORMING INTERCULTURAL COMMUNICATION IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING

The word “culture” has different meanings in different disciplines, and as part of our socialization in life, by means of culture each of us learns ways to communicate, move, think, use objects and tools in the world. This article addresses issues such as language, culture, typology of cultures, types of communication, oral communication, cultural adaptation, and intercultural barriers and conflicts. Linguoculturological issues related to the concept of language and culture, which are currently attracting everyone’s attention in linguistics, have been studied by many scholars, but have not been resolved. It is noteworthy that this article focuses on this issue a new field of linguistics intercultural relations in the process of teaching a foreign language.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA MADANIYATLARARO MULOQOTNI SHAKLLANTIRISH AHAMIYATI»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

XORIJIY TILLARNI O'QITISHDA MADANIYATLARARO MULOQOTNI SHAKLLANTIRISH AHAMIYATI

https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-693-701

Ibrohimova Marhabo Ulug'bek qizi

Ilmiy rahbar: Shukurova Shohsanam Qaxramon qizi

Til madaniyatning xaritasidir. U bizga millatning tarixi va kelajagi haqida

so'zlaydi.

(R.M.Braun)

ANNOTATSIYA

"Madaniyat" so'zi turli fanlarda turli xil ma'nolarni anglatadi va hayotdagi dastlabki ijtimoiylashuvimizning bir qismi sifatida madaniyat orqali har birimiz dunyoda muloqot qilish, harakat qilish, fikrlash, obyektlar va vositalardan foydalanish usullarini o'rganamiz. Ushbu maqolada til, madaniyat, madaniyatlar tipologiyasi, kommunikatsiya turlari, og'zaki muloqot, madaniyatga moslashish, madaniaytlararo to 'siqlar va to 'qnashuvlar kabi masalalar yoritilgan. Hozirgi kunda tilshunoslik ilmida barchaning e'tiborini tortayotgan til va madaniyat tushunchasi bilan bog'liq bo'lgan ligvokulturologiya masalalari ko'pchilik olimlar tomonidan tadqiq etilayotgan bo 'lsa-da, biroq o 'z yechimini topgan emas. Mazkur maqolamiz ayni mana shu masala - tilshunoslikning yangi sohasi - chet tilini o 'qitish jarayonida madaniyatlararo munosabatiga qaratilganligi bilan e'tiborlidir.

Kalit so'zlar: madaniyat, ijtimoiy aloqa, madaniy aloqalar, kommunikativ kompetensiya, madaniyatlararo aloqa, lingvistik kompetensiya, sotsiolingvistik kompetensiya, ekzistensial kompetensiya.

THE SIGNIFICANCE OF FORMING INTERCULTURAL COMPETENCE IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING

ABSTRACT

The word "culture" has different meanings in different disciplines, and as part of our socialization in life, by means of culture each of us learns ways to communicate, move, think, use objects and tools in the world. This article addresses issues such as language, culture, typology of cultures, types of communication, oral communication, cultural adaptation, and intercultural barriers and conflicts. Linguoculturological issues related to the concept of language and culture, which are

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

currently attracting everyone's attention in linguistics, have been studied by many scholars, but have not been resolved. It is noteworthy that this article focuses on this issue - a new field of linguistics - intercultural relations in the process of teaching a foreign language.

Keywords: culture, social communication, cross-cultural communication, communicative competence, intercultural relations, linguistic competence, sociolinguistic competence, existential competence.

Til va madaniyat o'rtasidagi aloqalar. Til o'rganish nafaqat alifbo, lug'at va grammatikani o'z ichiga olgan murakkab jarayon bo'lib, matn mazmunini, masalan, xulq-atvor va madaniy me'yorlarini o'rganishni o'z ichiga qamrab olishi zarur. Yangi axborot texnologiyalari tufayli ish jarayonlari, kundalik hayot tarzi, ta'lim va kundalik muloqot jarayonlarida madaniyatlararo o'zaro ta'sirning barcha xususiyatlari ko'z o'ngimizda o'zgarib bormoqda. Masalan, talabalar qandaydir yangi tilni o'rganayotganlarida yangi til mazmuni haqida va bu tilni o'rganish jarayonida ushbu til xususiyatlari bilan birgalikda madaniyat bilan ham bevosita muloqot qilish qobiliyatiga ega bo'ladilar. Har qanday tilni o'rganish uchun ular nafaqat tilni, balki u bilan bog'liq barcha xususiyatlarni: joy, makon, tarix va madaniyatni o'rganish jarayonidan o'tadilar. Shunday qilib, ular tilda gaplashish orqali o'sha til madaniyatiga, ya'ni til va madaniyat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik kuchi va mohiyatiga avtomatik ravishda singib ketishlari mumkin. Shuning uchun Gao, Tang va Xu kabi tilshunoslar ["Madaniyat va til"- 2009. 101-129 ] "Til - bu madaniyat va bu ikki atama bir-biri bilan chambarchas bog'liq" degan qat'iy fikr bildirgan edi. Brok va Nagasaka ["Til o'qitish asoslari" - 2005. 12-23] kabi boshqa mutaxassislar til o'rganishning barcha bosqichlarida madaniyatlararo yoki pragmatik kompetensiyani hisobga olish kerakligini ta'kidlaydilar. Ushbu dastur o'rganilayotgan xorijiy til o'rganuvchilarni ijtimoiy ko'nikmalarga ega qila oladi, chunki o'quvchilar bu ko'nikmalar orqali ijtimoiy aloqa o'rnata oladilar va bu borada muvaffaqiyatga erisha oladilar. Til aloqa vositasi va madaniyat birligi sifatida qo'llaniladi. Ingliz tili o'qitish tizimi sohasida til va madaniyat o'rtasidagi munosabatlarga oid ikki qarama -qarshi nuqtai nazar mavjud: birinchi qarashda til va madaniyat uzviy bog'liqligi ta'kidlanadi. Ushbu fikr Biram va Grandi tomonidan 2003-yildagi maqolasidan olingan. "Biroq ikkinchi nuqtai nazarga ko'ra, ingliz tilini o'qitish madaniy kontekstlaridan individual ravishda o'rganish kerak", - deb ta'kidlanadi Sardining 2002- yildagi kitobida. Ushbu mashhur munozaralar til va madaniyat tushunchalari bir- biriga bog'langan yoki bog'lanmaganligini ko'rib chiqadi. Til va madaniyat

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

ajralmas tushunchalardir. Madaniyat tushunchasini o'quv dasturining asosiy mavzusi sifatida tushunmaslik kerakligi haqida berilgan eng so'nggi bahs 2003-yilda Bennet va boshqalar tomonidan taqdim etilgan. Ushbu olimlar madaniyat tushunchasini til o'qitish jarayonidan chetlatish uchun bir nechta noto'g'ri fikrlarni sanab o'tishgan. Birinchidan, ular til o'quv dasturlari allaqachon ishlab chiqilgani va uni butunlay o'zgartirib bo'lmasligini aytishadi. Shunday ekan, xorijiy til o'quv dasturiga madaniyat tushunchasini kiritish uchun o'quv dasturida qo'shimcha joy yo'q deb hisoblashadi. Ikkinchidan, ko'pgina o'qituvchilar uchun biror bir xalqning madaniyatini o'rgatish til o'rgatishdan ko'ra qiyin tuyuladi. O'qituvchilar odatda madaniyatlararo kompetensiyani o'rgatishga tayyor emasliklarini his qiladilar, shu tufayli madaniyat bilan bog'liq holatda o'qitish tajribasi deyarli yo'q. "Ular tajribaga ega bo'lgan taqdirda ham madaniyat tushunchasi va u haqidagi fikrlar o'zgarib turadi", - deya fikr yuritadi Korbet [2003-54/64]. Uchinchidan, ba'zi oliy ta'lim muassasalari ham madaniyat va tilni chambarchas holda o'qitishni ma'qul ko'rishmaydi va ular ko'pincha talabalarni universal yoki milliy testlarda yuqori ball olishga tayyorlash kabi ta'limga oid ko'nikmalarni rivojlantirish bilan shug'ullanadilar va shu sababli talabalar o'rtasida madaniyat haqida yetarlicha ko'nikma hosil bo'lmaydi. Shuni ta'kidlash lozimki, yuqoridagi ma'lumotlar Bennet tomonidan emas, balki boshqa o'qituvchilar va amaliyotchilar tomonidan ham aytilgan dalillarga asoslangan. Til va madaniyat doirasida tildan tashqari, real dunyoda mavjud bo'lgan madaniy voqelikda qo'llaniladigan lingvistik shakllar emas, balki boshqa ramziy tizimlar mavjuddir: biz madaniyat deb ataydigan odatlar, e'tiqodlar, yodgorliklar va madaniy hodisalar shular jumlasidandir. Madaniyatga aylanish uchun tildagi har bir tarkibiy qism ma'noga ega bo'lishi kerak. Bu xuddi biz kundalik turmushimizda hayotimiz uchun zarur bo'lgan narsalarga e'tibor qaratganimizdek gap", - deb munozara qiladi Kramsh.

Til o'rganish va o'qitishning dasturlari boy pedagogik tajribalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak:

• muloqotga kirishuvchi sifatida orttirilgan tajribasi;

• o'quv jarayonida vositachilik qobiliyati;

• o'quvchilarning ma'lumot qabul qilish jarayoni yoxud o'quvchining o'quv uslubini aniqlash;

• til va madaniyatni o'qitish jarayonida texnologiyalardan foydalanish;

• sinfda turli xil faol jamoalar tashkil etish;

• ta'lim va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish;

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

• vositalar (asboblar va texnologiyalar), faoliyat tizimlari va jamoalardagi amaliyot jarayonini o'z ichiga oladi. Til o'rganish orqali talabalar bir vaqtning o'zida kamida ikkita til va shu til tizimida madaniyat bilan hamohang tarzda ishlashni o'rganadilar. Xorijiy til o'rganish jarayonlariga ijtimoiy- madaniy yondashuv o'quvchilarning amaliyotda o'zlarining tajribalari, ishtiroklari, vositachiliklaridan foydalanishlariga yordam beradi.

Ijtimoiy-madaniy nuqtai nazar o'quvchilarning o'quv muassasalarida yangi akademik "madaniyatlar" (harakat qilish, o'zaro ta'sir o'tkazish, tilni, obyektlar va jarayonlarni baholash va ulardan foydalanishning yangi usullari)ni o'rganish jarayonida ta'sir qiladi. [Ji, 2008: 100].

Madaniyat va til o'qitish-fikrlash doirasini o'zgartirish. Til foydalanuvchining muloqot qilish qobiliyati va barcha ijtimoiy kompetensiyalari tomonidan shakllantiriladi, shuning uchun bularning barchasi kommunikativ kompetensiyaning aspektlari sifatida qaralishi mumkin. Umumiy kompetensiyalarga deklarativ bilimlar (zamonaviy texnologiyalarni qo'llay olish mahorati, ijtimoiy madaniy bilimlar va madaniyatlararo xabardorlik), ko'nikma va nou-xau, amaliy va madaniyatlararo ko'nikma, ekzistensial kompetensiya va o'rganish qobiliyati (tilni bilish va muloqotga kirishish, umumiy fonetik tushuncha va ko'nikmalar, o'rganish qobiliyatlari va ijodkorlik qobiliyatlari) kiradi. Kommunikativ til kompetensiyalariga lingvistik kompetensiyalar (leksik, grammatik, semantik, fonologik, orfografik va orfoepik), sotsiolingvistik kompetensiyalar (ijtimoiy munosabatlarning lingvistik belgilari, xushmuomalalik qoidalari, xalq donoligi ifodalari, farqlarni qayd etish, dialekt va urg'u) va pragmatik kompetensiyalar kiradi [CEFR 2002: 101-130]. Xorijiy til o'qituvchilari va tadqiqotchilari yuqorida sanab o'tilgan barcha toifalarda u yoki bu tarzda mavjud bo'lgan boshqa bir kompetensiyaga, ya'ni madaniy qobiliyat mavjudligiga butunlay ishonishadi. Masalan, Bardos Kanal va Sveyn [1980: 23-32] tomonidan ishlab chiqilgan modelga beshinchi kompetensiya sifatida madaniyat tushunchasi qo'shildi. Ularning fikricha, madaniyat boshqa barcha kompetensiyalarda mavjud va uning ajralmas bir qismidir. Xorijiy til o'rgatish jarayonidagi madaniyat maqomi, ahamiyati va mazmuniga oid yana bir qancha mulohazalar va qarashlar shakllantirilib, bu masalaning qay darajada murakkab ekanligini ko'rsatadi.Ushbu keltirilgan talqinlar Rivers [1981:78], Biram [1989: 98] va Silay [1993: 67] ga tegishlidir. Riversning so'zlariga ko'ra, "Biz o'quvchilarga dars mazmunini o'zlashtirishga yordam beradigan mos rejaga ham, ijodkorlik qobiliyatiga ham e'tibor qaratishimiz kerak. Jarayonlar o'quvchilarni til muhitidan tashqariga chiqishga

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

undashi kerak, shunda ular so'zlovchilarning madaniyat darajalarini chuqurroq idrok eta boshlaydilar. Bu jarayon hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki u o'quvchilarning o'rganilayotgan chet tilida turli xil oldingi tajribasi va malakalarini hamda o'quvchilarning muayyan tilda ona tili sifatida so'zlashishlari yoki munosabatlarini ko'rsatadi. Talabalarning til o'rganish jarayonida har xil darajada bo'lishlari ularning o'rganish uslublari har xil ekanligini anglatadi. Shunday qilib, tillarni o'rganish bo'yicha pedagogikani ishlab chiqishda o'qituvchilar o'rganish uslublari va talabalarning qobiliyatlarini, shuningdek, eng muhimi, til va madaniy xilma-xillikni hisobga olishlari kerak" [1981. 314]. "Chet tilini o'rgatish ta'lim sifatida mening o'quvchi va o'qituvchi sifatidagi tajribamda ham, pedagogik falsafamda ham o'z milliy yashash muhiti va madaniyati chegarasidan xalos bo'lishdir" [Byram 1989: 8]. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, o'rganilayotgan xorijiy tildan ona tilida so'zlashuvchi sifatida foydalanadigan odamlarning madaniyatini til o'rgatishda e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi.

Bir qancha tilshunos olimlar xorijiy til o'qitish uslublarini til o'rganuvchilarning mahalliy va xalqaro madaniyatga kirishuvchanlik qobiliyatlari bilan birgalikda hisobga olgan holda ushbu jadvalni yaratishadi. Bu orqali nafaqat chet tili o'rganuvchilarining muvaffaqiyatga erishuv jarayonlari, balki foydali maslahatlar ham berib o'tiladi. Quyidagi jadvalda chet tilini o'rganish va o'rganilayotgan til madaniyatiga bevosita aralasha olish to'g'risida amalda sinalgan ma'lumotlar keltiriladi:

1 .Til haqidagi nuqtai nazar

Tilning Amaliyotd Ijtimoiy

strukturaviy va a tildan aloqa amaliyotni ishlab

grammatik tizimi; vositasi sifatida chiqish; faqat jarayonni

kod. foydalanishning emas, balki til va

turli madaniyat

kontekstlari. tushunchasini

amaliyotdagi va

^_^ muloqotdagi ma'nosi.

Amaliyot Amaliyot

ishtirokchilari ishtirokchilari nafaqat

chet tilini o'rganish

jarayonida birgalikda

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

tajriba orttirishlari, balki muayyan til doirasidagi tajribalarini madaniyat haqidagi bilimlar bilan ham kengaytira olishlari lozim.

2.Madaniyat haqidagi nuqtai nazar

Madaniy faktlar,artifaktlar < x > < x > Nafaqat xilma- xil amaliyotlari,balki madaniy amaliyotlarni odamlar orasida talqin qilishlari,yangiliklar yaratish jarayonida o'rganilayotgan xorijiy til madaniyatiga ham e'tibor qaratishlari lozim.

3.O' rganish j arayoni.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Yangi < >< > O'zlashtiril < >< > O'rganish

bilimlarni gan bilimlardan jarayonida

o'zlashtirish qanday foydalanishni bilish. mantiqiy fikrlash,tushunish jarayonida o'quvchilar o'zlarining til a madaniyati orqali bilimlarni boshqalarga va o'zlariga o'zaro qanday izohlashlari,undan qay tarzda foydalanishlari va fikr yuritishni o'z ichiga oladi.

Mulohaza o'quvchilarda til va madaniyatning muloqotdagi roli haqida tushunchani rivojlantirishga yordam beradi. Bilimlarni rivojlantirish,o'quv uslublarini yangilash va mulohaza yuritish orqali talabalar madaniyat va til o'rtasidagi tafovutlar va o'xshashliklarni oson anglaydilar. Bu Kramshning "Bugun o'qituvchilar uchun mavzuni qay tarzda o'quvchiga yetkazishni bilish yetarli emas ular qo'shimcha o'quv uslublarini yaratish amaliyotini o'rganishlari kerak"-degan fikriga mos keladi [ 2006: 251] . Ular nafaqat bilimni rivojlantirish va undan foydalanishni o'rganadilar, balki til, madaniyat va undan foydalanish haqida meta-ongni rivojlantiradilar. Bu meta-ong asta-sekin o'z-o'zini, o'z tilini, o'z madaniyatini anglashga aylanadi. [TfEL Frameworkning 1-domeni: 2012]. Talabalar o'quv dasturi davomida ijtimoiy aloqa o'rnatishlari va ta'lim maqsadlarini tushunishlari kerak va bu ma'nolar har doim talqin qilish uchun zarurdir. O'quvchilar mavzu haqida berilgan sharh bilan birga keladigan mulohaza, talqinlar, taxminlar, istiqbollar, pozitsiyalar xilma-xilligini o'rganadilar. Bu muloqotda almashinadigan narsa nafaqat faktik bilimlar, mavzular va g'oyalar, balki tajriba almashishda ishtirok etayotganlarning barchasining tajribasi, ijodkorona fikrlari va dunyoqarashini o'z ichiga oladi. [Liddikout va Sarino: 2013].

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Xulosa o'rnida shuni ayta olamanki, ushbu maqola til va madaniyat o'rtasidagi munosabatlarga e'tibor qaratishga urinish,nega madaniyatni o'qitish chet tili o'quv dasturining ajralmas qismi bo'lishi kerakligini tushunish haqida ma'lumot beradi. Adabiyotlarni chuqur tahlil qilish madaniyat va uning chet tillarini o'rganish jarayonidagi ahamiyatli jihatlarni yaxshiroq tushunishga hissa qo'shishga qaratilgan edi. Til o'rganish yoki o'qitish talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, u faqat o'rganilayotgan chet tilining grammatik, leksik va fonologik xususiyatlarini bilish va tushunish bilan cheklanib qolmasligi, balki o'sha til madaniyatini o'rganish yoki o'rgatish bilan ham shug'ullanishi kerak.Politzer va Brusk kabi ba'zi olimlarning fikricha, "Til va madaniyat bir xil tushunchalardir". O'qituvchilar nafaqat o'z o'quvchilariga madaniyatlararo muloqot qanday sodir bo'lishini taqdim etishlari va tavsiflashlari kerak, balki madaniyatlararo muloqotda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan o'yinlar yoki simulyatsiyalar kabi amaliy vositalarni ham qo'llashlari zarur. Madaniyatlararo va shaxslararo (o'zaro) samarali muloqotni ular haqida yetarlicha tushunchaga ega bo'lmasdan amalga oshirish mumkin emas. Xorijiy tilni madaniyat bilan birgalikda o'rganishdan maqsad - muloqot masalalarini asosan til va madaniyatga e'tibor bergan holda tahlil qilishdan,farqli madaniyatlar orasidagi kommunikatsiyani osonlashtirish va to'qnashuvlarni oldini olishdan iborat. Til va madaniyat tushunchalari o'zaro bog'liq bo'lib, bir-biridan ajratilmaydi, chunki tilning o'zi madaniyatdir. Madaniyatni o'qitish o'quvchilarga odamlarning turmush tarzi, qarashlari, e'tiqodlari va qadriyatlarini va til ko'nikmalari haqidagi bilimlarini oshirishga imkon beradi. Dalillar shuni ko'rsatadiki, agar o'qituvchilar til o'qitish metodiga madaniyat tushunchasini targ'ib qilsalar, o'quvchilar til o'rganishda muvaffaqiyat qozonishlari mumkin, ya'ni o'quvchilar bu bilan nafaqat til bo'yicha, balki o'rganayotgan tillari haqida barcha zarur manbaalarga ega bo'ladilar. Zero, madaniyat til yuzaga kelishidan oldin paydo bo'lgan tushunchadir.

REFERENCES

1. Bardos Canale va Swain."Language" 1980 54-55-b

2. Brock &Nagasaka . Pragmatic Content in Global and Local Textbooks. 2005; 34-40-b // ["Til o'qitish asoslari" - 2005. 12-23]

3. Byram & Gerundy. Context and Culture in Language Teaching and Learning. 2003// GAO, 2006// Jiang, 2000// Malmaud, 2015// Tang, 2009// Xu, 2009; 210-b

4. Byram & Gerundy. Context and Culture in Language Teaching and Learning. 2003 - yildagi maqola - 57-b

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

5. Cefr, "Diskuss kompetensiyasi va fuksional kompetentsiya"-2002- 101-130-b

6. E.Sheyn."Til" // " Madaniy elementlarni e'tiborsiz qoldirishga moyil bo'lgan til o'rgatish muammosi" 2004-32-76

7. Gee. Discover Book. 2008; 100- b

8. Kramsch. Language and Culture. 2006.- 101-b

9. Sardi, "Teaching Techniques of Culture and language" -2002-23-54 South Australian Teaching for Effective Learning-TfEL Frameworking -1- domen.

10. Khasanova, Gulsanam Khusanovna MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/main-trends-in-the-development-of-education-and-professional-training-in-the-world (дата обращения: 05.01.2022).

11. Khusanovna, Khasanova Gulsanam. "Essential features of vocational education systems in Uzbekistan and Japan." European science review 3-4 (2018).

12. Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.

13. Хашимова С. НЕКОТОРЫЕ ГРАММАТИЧЕСКИЕ И СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УДВОЕНИЯ В ЯПОНСКОМ ЯЗЫКЕ. - Страны. Языки. Культура. - С. 334-338.

14. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

15. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ ^Ш" CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

16. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.

17. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.