Научная статья на тему 'NUQSONLI O‘QUVCHILARNING INKLYUZIV TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI'

NUQSONLI O‘QUVCHILARNING INKLYUZIV TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2867
130
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eshitishi zaif / Nutqida kamchiligi bor / Ko‘rish qobiliyati zaif / Aqli zaif bolalar. / hearing impaired / Speech impaired / Visually impaired / Mentally retarded children.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — D. Tohirova

Ushbu maqolada Inklyuziv ta’lim tizimida Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishida nihoyatda yuqori e’tiborni talab qiluvchi inklyuziv ta’limini tashkil etishning maqsad va vazifalari haqida tavsiya keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GOALS AND OBJECTIVES OF ORGANIZING INCLUSIVE EDUCATION FOR STUDENTS WITH DISABILITIES

In this article, there is a recommendation about the goals and tasks of organizing inclusive education, which requires extremely high attention in the education of children with disabilities in the inclusive education system.

Текст научной работы на тему «NUQSONLI O‘QUVCHILARNING INKLYUZIV TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

NUQSONLI O'QUVCHILARNING INKLYUZIV TA'LIMINI TASHKIL ETISHNING

MAQSAD VA VAZIFALARI Tohirova Dilfuza Osimjonovna

Sirdaryo viloyati Guliston shahar 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi Boshlang'ich sinf o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7378445

Annotatsiya. Ushbu maqolada Inklyuziv ta'lim tizimida Imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim olishida nihoyatda yuqori e 'tiborni talab qiluvchi inklyuziv ta'limini tashkil etishning maqsad va vazifalari haqida tavsiya keltirilgan.

Kalit so'zlar: eshitishi zaif, Nutqida kamchiligi bor, Ko'rish qobiliyati zaif, Aqli zaif bolalar.

ЦЕЛИ И ЗАДАЧИ ОРГАНИЗАЦИИ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ СТУДЕНТОВ С ИНВАЛИДНОСТЬЮ

Аннотация. В данной статье дана рекомендация о целях и задачах организации инклюзивного образования, что требует крайне повышенного внимания при обучении детей с ОВЗ в системе инклюзивного образования.

Ключевые слова: слабослышащие, слаборечевые, слабовидящие, умственно отсталые дети.

GOALS AND OBJECTIVES OF ORGANIZING INCLUSIVE EDUCATION FOR

STUDENTS WITH DISABILITIES

Abstract. In this article, there is a recommendation about the goals and tasks of organizing inclusive education, which requires extremely high attention in the education of children with disabilities in the inclusive education system.

Keywords: hearing impaired, Speech impaired, Visually impaired, Mentally retarded children.

Zamonaviy o'qituvchini shakllantirishi, har bir o'qituvchi o'z ustida muntazam ishlab, malakasini oshirib, o'z tajribalarini o'quvchilar ta'lim- tarbiyasiga qaratishi lozim.

Inklyuziv ta'limning asosiy maqsadi ta'limni boshlash imkoniyatiga ega bo'lgan barcha bolalar, shu jumladan alohida yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni umumta'lim jarayoniga qamrab olishdir. Inklyuziv ta'lim alohida yordamga muhtoj bolalarga ta'lim olishni taqdimetishi bilan katta ahamiyatga ega. Bu ana shunday bolalarni uzluksiz umumiy ta'lim tizimiga kiritishni bildiradi. Ushbu jarayon o'zining quyidagi huquqiy, ijtimoiy asoslariga ega bo'lmog'i zarur. Ya'ni:

- Har bir bola ta'lim olish uchun asosiy huquqga ega va kerakli darajada bilim olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.

- Har bir bola o'z xosliklariga, qiziqishlariga, qobiliyat va o'quv ehtiyojga ega.

- Ta'lim yuzasidan alohida ehtiyojga ega bo'lgan ommaviy maktablarda o'qish imkoniyatiga ega bo'lishlari, bu yerda ularning ehtiyojlarini qondirish maqsadga yo'naltirilgan pedagogik metodlar asosida sharoit yaratish zarur.

- Barcha yoshdagi bolalar atrofida yashayotgan va ishlayotgan bolalar bilan bir xil sharoitda o'qishlari va kamol topishlari zarur.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- Inklyuziv sinflar o'quvchilar va pedagoglarga jamiyatga va maktabga yangicha qarashni rivojlantirish orqali jamiyatning eng yaxshi a'zolari bo'lishlari uchun yordam berishga yo'naltirilishi zarur.

- Inklyuziv ta'lim umumta'lim maktablari o'quvchilari, direktorlari, ota-onalar va maxsus pedagoglarni bitta guruhda hamkorlik qilishlarini talab qiladi. Ko'p hollarda alohida yordamga muhtoj bolalarning ota-onalari o'z bolalarining ta'limga oid huquqlari va boshqa imkoniyatlari haqida noto'g'ri tushunchaga ega bo'lganlari natijasida bu bolalarga to'g'ri ta'lim berishni talab qilmaydilar.

Ota-onalar o'z bolalaridagi nuqsonlar tufayli uyalish va o'zini yo'qotib qo'yish kabi to'siqlarni engishlari haqida ma'lumotga ega bo'lishlari kerak. Hamma ota-onalarga inklyuziv ta'limning mazmuni nimalardan iboratligi va bu bolalarga qanday imkoniyatlar berishi haqida batafsil ma'lumot berilishi zarur.

Ota-onalarning o'z bolalariga ta'limli yordam ko'rsatishini cheklamaslik bilan bir jihatdan kengaytirish zarur. Shunday yo'l bilan ota-onalar bolalarni o'quv muassasalariga joylashtirish va o'quv dasturlarini aniqlik, shuningdek o'quv jarayonini uyda yoki boshqa joyda davom ettirishga oid muhokamalarga jalb qilishi zarur.

Har qanday bola kamol topib sog'lom o'ssa, uning bilim faoliyati, sezgi qobiliyatlari mukammal rivojlanib borsa, bunday bolalar 6-7 yoshdan boshlab maktabga qabul qilinishga tayyor bo'ladi.

Lekin umumta'lim maktab o'quvchilari orasida o'quv dasturlarinio'zlashtirishda qiyinchilikni boshdan kechirayotgan bolalar uchrab turadi. Bolaning hoh ona qornida, hoh tug'ilgandan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo'lgan ma'lum shartlarning bo'lishi natijasida jismoniy va ruhiy, aqliy nuqsonlar kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Bunday bolalarda eshitishda, ko'rish qobiliyatida, nutqiy va aqliy faoliyatida nuqsonlar paydo bo'ladi.

Hozirgi vaqtda bunday bolalarni o'z sog'lom tengqurlari qatorida umumta'lim maktablarida o'qishni inklyuziv ta'limi yo'lga qo'yilmoqda. Umumta'lim maktablaridagi nuqsonli o'quvchilarning inklyuziv ta'limini tashkil qilishda o'qituvchilar nimalarga e'tibor berishlari lozim. Quyidagi ayrim nuqsonli o'quvchilarni umumta'lim maktablarida nimalarga e'tibor berishi haqida to'xtalib o'tmoqchimiz.

I. Eshitishi zaif bolalarni yetarli savod olishlari uchun o'qituvchilar oldida quyidagi vazifalar turadi:

- Qulog'i yaxshi eshitmaydigan bolalarni nutqida, ruhiyatidagi o'zgarishlarni o'z vaqtida bilish lozim.

- Bolaning eshitish qobiliyati darajasini bilish maqsadida zarur bo'lsa davolash uchun mutaxassis ottolorengolog oldiga yuborish lozim.

- Eng muhimi sinfda qulog'i uncha yaxshi eshitmaydigan bola borligini hamisha esda tutish va bunday bolalarni 1-partaga o'tqazib qo'yish kerak.

- O'qituvchi sinf o'quvchilarigamavzuni tushuntirayotganda, diktant matnini o'qiyotganda o'quvchini mavzuni qanchalik fahmlaganini ko'rishi lozim.

- Qulog'i yaxshi eshitmaydigan bolalarning ishini baholayotganda, xatolar sifatini tahlil qilganda, qulog'i yaxshi eshitmasligi tufayli xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa, bahoni pasaytirmaslik lozim.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- O'qituvchi bolaning ota-onasiga bolaning o'qishda uchraydigan qiyinchiliklarining xususiyatlarini tushuntirish, o'quvchiga uy topshiriqlarini tayyorlashda qay tariqa to'g'ri yordam ko'rsatishi kerakligini o'qitish.

II. Nutqida kamchiligi bor o'quvchilar bilan ishlash

o'qituvchi quyidagilarga e 'tibor berishi zarur:

- O'qituvchi noto'g'ri talaffuz qiladigan o'quvchilarga alohida e'tibor qilish, hamda logoped mutaxassislaridan maslahat olishlari kerak.

- Bolaning o'qish va yozishdagi xatolari uchun past baho qo'yib ranjitmaslik, unga dalda berish, uning hulq atvoridagi ijobiy jihatlarga tayanish, unga qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin degan fikrni singdirish mihimdir.

III. Ko'rish qobiliyati zaif o'quvchilar bilan ishlashda o'qituvchining vazifasi

- Agar sinfda ko'zi yaxshi ko'rmaydigan o'quvchi bo'lsa birinchi navbatda ota-onasiga murojaat qilib, uni ko'z vrachi mutaxassisga ko'rsatishni tavsiya qilish kerak.

- Ba'zida bolaning ota-onasi ko'zi ojizligini yashirishga harakat qiladilar. Oddiy maktab sharoitida ko'zga zo'r berish qanday oqibatlarga olib kelishini o'ylamaydilar. O'qituvchi bu tomonlarini ham ota-onalarga tushuntirib o'tishi lozim.

- Ko'zi yaxshi ko'rmaydigan bolalarni o'z vaqtida aniqlamaslik, ularning ulgurmasligiga, so'ngra esa ta'lim-tarbiyadagi buzilishlarga olib kelibgina qolmay, balki busiz ham ko'zdagi nuqsonni yanada og'irlashtirib yuborishiga sabab bo'lishi mumkin.

- Shuni unutmaslik kerakki, umumta'lim maktab o'quvchisi uchun oddiy bo'lgan ko'pgina mashg'ulotlar masalan egilish, qattiq sakrash, jismoniy tarbiya darsida og'irliklarni ko'tarish kabilar ham bolaning ko'rish qobiliyatiga zarar etkazishi mumkin.

- O'qituvchu sinfda ko'zi ojiz borligini nazarda tutgan holda bunday bolalar uchun alohida ko'rgazmalar tayyorlab, dars o'tishi lozim.

- Bolaning ko'rish qobiliyatini himoya qilish uchun ota-onalar bilan hamkorlikda ko'zoynak taqishni tashkillashtirish lozim.

IV. Aqli zaif bolalar bilan ishlashda o'qituvchining vazifasi

- Umumta'lim maktablarida o'qiyotgan aqli zaif bolalarni bilish faoliyati bilan sog'lom bolalar bilish faoliyatlarini farqlay bilish lozim.

- Sog'lom bolaga qo'yilgan o'quv-dastur talabini aqli zaif bolaga qo'llamaslik.

- Dars jarayonlarida aqli zaif bolalarni o'zlashtirish qobiliyatiga mos keladigan vazifalar berib boorish lozim.

- Bolani darslarni o'zlashtirmasligi uchun o'quvchilar o'rtasida izza qilmasdan, balki uning ayrim yutuqlarini hisobga olib rag'batlantirish choralarini ko'rish.

- Umumiy aqli zaif bolalarni umumta'lim maktablarida o'qitish ishi o'qituvchi oldida ancha murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o'rinda o'qituvchilarimiz ularning ota-onalari bilan hamkorlikda ish olib borishi, bolalarini xarakter xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan dars jarayonida ish olib borish muhim ahamiyatlidir.

Olib borilgan ishlar natijasida imkoniyati cheklangan bolalar ta'limiga jamoatchilik tashkilotlarning munosabati o'zgardi, ota-onalarning bolalarga e'tibori ortdi, ta'lim olishlari uchun qiziqa boshladilar. Eng ahamiyatlisi bola tenqurlari kabi ta'lim olishga erishildi.

Inklyuziv ta'limni amaliyotga joriy etish ustida olib borilgan tajribalardan shu narsa o'z isbotini topdiki, har qanday imkoniyati cheklangan bolalarni nuqsonini ilk yoshdan o'z vaqtida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

aniqlab mutaxassislarga murojaat qilinsa va maktabga tayyorgarlik ishi o'z vaqtida olibib borilsa abatta ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Ya'ni inklyuziv ta'limning samarasi yuqori darajada bo'ladi.

Olib borilayotgan ishlar natijasida imkoniyati cheklangan bolalar ta'limga jamoatchilik tashkilotlarining munosabati o'zgardi, ota-onalarning bolalariga e'tibori ortdi, ta'lim olishlar uchun qiziqishlari yanada ortdi.

O'zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarni umumta'lim mussasalariga jalb etish, integrasiya asosida ta'limni tashkil etishning o'ziga xos muammolari va qiyinchilaklari bo'lsada u barcha mintaqalarda rivojlanib bormoqda. Imkoniyati cheklangan bolalarga ta'lim berishning noan'anaviy boshqa shakllarini tashkil etishga ham harakat qilinmoqda.

Xulosa qilib aytgada umumta'lim maktablarida o'z sog'lom tengqurlari qatorida o'qiydigan bolalarga o'qitish va ta'limni to'g'ri tashkil qila bilish har bir o'qituvchini mas'uliyatli burchi bo'lib qolishi kerak. Nuqsonli bolalarni hayotda o'z o'rnini topishi, kelajakda o'z mehnati evaziga hayot kechirish ko'nikmasiga ega bo'lish, o'qituvchilarimizning oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi.

REFERENCES

1. Ozbekiston Respublikasining "Ta'lim to,g,risida"gi yangi qonuni. 23 sentabr, 2020 yil Sh. Mirziyoyev.

2. "Alohida yordamga muhtoj bolalarni ma'naviy va estetik rivojlantirish" mavzusidagi ilmiy -nazariy konferensiya materiallari. Toshkent-"Uzinkomsentr"-2002 yil.

3. "Maktablarin olqishlab-inklyuziv maktablardagi nogiron o'quvchilar"-YuNESKO - 1999

yil.

4. «Inklyuziv ta'lim» muvaqqat Nizomi. 2005 yil.

5. Imkoniyati chyeklangan bolalar va o smirlar uchun inklyuziv ta'limni tashkil etish to'g'risida muvaqqat NIZOM. ORXTV T.,19 syentyabr, 2005.

6. gazeta .uz..

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.