Научная статья на тему 'INKLYUZIV YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHILARDA MUSIQA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI'

INKLYUZIV YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHILARDA MUSIQA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
546
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inklyuziv ta’lim / inklyuziya / musiqiy tafakkur / pedagogik tamoillar / mezonlar / natija / uslub / imkoniyati cheklangan o‘quvchilar. / inclusive education / inclusion / musical thinking / pedagogical principles / criteria / outcome / style / students with disabilities.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jo‘Raboyeva, Dilobar

Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan, nogironligi mavjud o‘quvchi yoshlarni inklyuziv ta’lim orqali musiqiy madaniyatini shakllantirishning pedagogik psixologik xususiyatlari atroflicha yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL PRINCIPLES OF FORMING MUSIC CULTURE IN STUDENTS BASED ON INCLUSIVE APPROACH

This article describes in detail the pedagogical and psychological features of the formation of musical culture of students with disabilities through inclusive education.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHILARDA MUSIQA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

INKLYUZIV YONDASHUV ASOSIDA O'QUVCHILARDA MUSIQA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan, nogironligi mavjud o'quvchi yoshlarni inklyuziv ta'lim orqali musiqiy madaniyatini shakllantirishningpedagogik psixologik xususiyatlari atroflicha yoritilgan.

Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, inklyuziya, musiqiy tafakkur, pedagogik tamoillar, mezonlar, natija, uslub, imkoniyati cheklangan o'quvchilar.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ФОРМИРОВАНИЯ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ ИНКЛЮЗИВНОГО ПОДХОДА

В данной статье подробно описаны педагогические и психологические особенности формирования музыкальной культуры учащихся с ограниченными возможностями здоровья посредством инклюзивного образования.

Ключевые слова: инклюзивное образование, инклюзия, музыкальное мышление, педагогические принципы, критерии, результат, стиль, учащиеся с

PEDAGOGICAL PRINCIPLES OF FORMING MUSIC CULTURE IN STUDENTS BASED ON INCLUSIVE APPROACH

ABSTRACT

This article describes in detail the pedagogical and psychological features of the formation of musical culture of students with disabilities through inclusive education.

Keywords: inclusive education, inclusion, musical thinking, pedagogical principles, criteria, outcome, style, students with disabilities.

Dilobar Jo'raboyeva

Farg'ona davlat universiteti Musiqiy ta'lim va madaniyat kafedrasi o'qituvchisi dilobarjurabaeva5@gmil.com

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ОВЗ.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

O'zbekistonning yangi taraqqiyoti bosqichida mamlakatimizda bo'layotgan o'zgarishlar va yangilanishlar mustahkam ma'naviy-axloqiy qadriyatlar negizida amalga oshirilayapdi. Bu esa yoshlarning yuksak fazilatlarni shakllantirishda, shu bilan birga, ularning ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishda ta'limning o'rni va roli muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar ta'lim-tarbiyasi va ularning ijtimoiy hayotga moslashuviga qulay sharoitlar yaratib berilmoqda. Ularni jamiyatga integratsiya qilish, avvalo imkon qadar salomatligini tiklash maqsadida "Imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumiy ta'lim loyihasi" asosida ish yuritib kelinmoqda. Bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan bir qator ishlar alohida tahsinga sazovordir. Xususan, 2020 yil 13-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4360-son "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi [1] Qarori respublika bo'yicha rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning inklyuziv ta'lim-tarbiya olishi uchun bir qator afzalliklar yaratib berishga xizmat qilmoqda.

Inklyuziv ta'limni o'rganish pedagogika fanida yangi, eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Muammoga doir tadqiqot ishlarini o'rganish, ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish asosida ma'lum bo'ldiki, imkoniyati cheklangan yoshlarning tarbiyaviy muhiti hamma vaqt yaxshi, mo'tadil bo'lishi, hamisha alohida e'tiborda tutilishi, kattalarning nazaridan chetda qolmasligi lozim.

Inklyuziv ta'lim - davlatimiz tomonidan yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan asosiy masalalarning kun tartibidan o'rin olganligi bilan va bu jarayonning o'qituvchi-pedagoglar oldiga qo'yilgan vazifalardan biri ekanligi, ta'lim yo'nalishini joylarda amalga oshirish o'zining yangiligi bilan namoyon bo'lib kelmoqda. Olib borilayotgan tadqiqot bugungi kun uchun yangi hamda o'z natijalarini ochish borasida o'qituvchi-pedagoglar oldida turgan muammolar echimini isbotlashga qaratilganligi bilan diqqatlidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Bugungi kunda mamlakatimizda joylardagi XTVning halqaro YUNESEF tashkiloti bilan hamkorlikda "Inklyuziv" ta'lim orqali bolaga do'stona munosabat muhitini shakllantirish" loyihasi amalga oshirilmoqda. Jumladan, 11ta tumanda jami 110 ta maktabda 210 nafar imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv tarzda ta'lim olishi aniqlangan. Manitoring natijalarining tahlillaridan bilish mumkinki,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hozirgi kunda inklyuziv sinflari mavjud maktablar soni mamlakatimizda 117 ta bo'lib, inklyuziv sinflardagi imkoniti cheklangan o'quvchilar soni 378 nafarga etgan.[1]

G'arbiy Evropa mamalakatlari va AQSHda inson psixologik xususiyatlari bilan bog'liq tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo'nalishlar vujudga keldi. Bu nazariyalar ma'lum darajada imkoniyati cheklangan bolalarning pedagogik psixologiyasining rivojlanishiga turtki bo'ladi. Bu borada J.Bruner, J.Piaje, A.Vallon, S.Xoll, E.Meyerman, K.Byuler, E. Dyurkgeym, D.Lokk [2] va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e'tirof etish mumkin.

Jumladan, amerikalik psixolog olim S.Xoll "Har qanday bola o'zining individual taraqqiyotida filogenezni ontogenezda takrorlaydi, shu bois bolalarga ibtidoiy instinktlarni og'riqsiz, engil kechishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish zarur", - deb ataydi.[3;9] J.Bruner esa "SHaxsning tarkib topishi bilan ta'lim o'rtasida o'zaro aloqa mavjudligini ta'kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o'qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtiradi", - deb uqtiradi.

SHuningdek, rus olimlaridan L.S.Vigotskiy, I.I.Mamaychuk, L.P.Koskovoy, O.S.Nikol'skaya, V.C.Manova-Tomova, YU.S.Alyonina, V.S.Muxina, A.A.Bodalyov kabi olimlar o'zlarining ilmiy ishlarida imkoniyati cheklangan bolalarni pedagogik-psixologik korreksiyalash masalalari bo'yicha tadqiqot ishlarini olib borganlar. [3.16]

O'rta Osiyo mutafakkirlari Imom Buxoriy, Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Mirzo Ulug'bek, YUsuf Xos Hojib, Imom G'azzoliy, Bahovuddin Naqshband, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Avaz O'tar kabi allomalarning asarlarida oila va jamiyatda yoshlar tarbiyasi va uning kamolotida pedagogik-psixologik yondashuv muammosi to'g'risidagi ilmiy va ilmiy pedagogik mushohadalari bizgacha etib kelgan. [4]

Hozirgacha mamlakatimizda ta'lim muassasalarida nuqsonli bolalarga ta'lim-tarbiya berishda inkyuziv ta'lim muammolarini G'.B.SHoumarov, R.SHomahmudova, A.Berdieva, O.U.Ablaev, D.S.Qaxarova kabi olimlarning tadqiqot ishlarida muammolar nazariy jixatdan o'rganilgan.

Inklyuziv ta'lim joriy qilingan maktablarda imkoniyatlari cheklangan bolalarning individual ehtiyojlari hisobga olingan holda o'quv jarayoni barcha uchun birdek yo'lga qo'yilishi natijasida nogiron bolalar o'z qobiliyat va iqtidorlarini ro'yobga chiqarish, shuningdek, nogiron va sog'lom bolalar o'rtasidagi to'siqlarni bartaraf etish, maxsus ta'limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko'ra nogiron bo'lgan) o'smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qiyinchiliklardan qat'iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo'naltirilgan umumta'lim jarayoniga qo'shishni ifodalovchi ta'lim tizimini yo'lga qo'yish va ularga yordam berish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni ilmiy-nazariy jihatdan asoslashdir.

Inklyuziv ta'limni qo'llab-quvvatlagan holda O'zbekiston hukumati ta'lim barcha va har kim uchun ekanligi to'g'risidagi xalqaro huquqning tarafdori ekanligini isbotlamoqda. Imkoniyati cheklangan bolalarning individual ta'lim ehtiyojlarini qondirish zaruriyati va har bir bolaning yuzaga chiqishini ta'minlanishi imkoniyatlarini namoyon etish - jamiyat hayotidagi ishtiroki maqsadini amalga oshirishning muhim tamoyili hisoblanadi. Ushbu metodologiya inklyuziv ta'limga boshlang'ich sinf va boshqa fan o'qituvchilarini, maktabgacha ta'lim muassasalarining tarbiyachilarini, shuningdek, unga mos keluvchi ta'lim dargohining talabalarini o'qitish hamda o'qituvchilar, tarbiyachilar, maktab xodimlarini malakasini oshirish uchun ishlab chiqilgan. Metodologiya maxsus ta'lim ehtiyoji(maxsus ta'lim ehtiyoji)ga muhtoj bolalarga BMTning imkoniyati cheklangan kishilarning huquqlari to'g'risidagi Konvensiya, BMTning bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyalarining to'la ta'lim hamda bolalarni ijtimoiy himoya qilish milliy siyosatimizga muvofiq, shuningdek, "Ta'lim barcha uchun" Milliy dasturi doirasi asosida o'qitish va ta'lim berilishiga asos bo'ladi.

Metodologiyada inklyuziv ta'limni ta'lim tizimiga, asosan, boshlang'ich va maktabgacha ta'lim muassasalariga kiritish yo'lining muhim jihatlari hamda tamoyillari berilgan. Metodologiya uslubiy o'qitish Paketining birinchi qismi hisoblanadi. Paket quyidagi qismlardan iborat:

- Maktabgacha ta'lim muassasalari va boshlang'ich ta'limda inklyuziv ta'lim metodologiyasi

I uslubiy qo'llanma - Inklyuziv bolalar bog'chalari va bolalar yoshi 2-7 yosh bo'lgan boshqa maktabgacha ta'lim muassasalari uchun;

II uslubiy qo'llanma - Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun (7-10 yoshli bolalarga).[12;29]

Uslubiy ta'lim berish paketining maqsadi, o'qituvchilar, ta'lim muassasalarida o'quvchilarni tayyorlash yoki malakasini oshirish,shuningdek, inklyuziv boshlang'ich sinf hamda maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat olib boruvchilarning har bir bolaning o'ziga xos jihatlarini hisobga olishlari, ayniqsa, maxsus ta'limga ehtiyojmand bolalarga sifatli ta'lim berishlari uchun yordam ko'rsatishdir. Paketda bolalarni qiziqtirish, diqqatini jamlash va o'qishlaridagi muvafaqqiyatlarini qanday baholashga doir tavsiyanomalar bor. Ikki uslubiy qo'llanma metodika va aniq

565

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

misollar, qisqa hikoyalar hamda amaliy tavsiyalarni o'z ichiga oladi. Metodika o'qituvchilarga o'quvchilarning kuchli jihatlari va maxsus ehtiyojlari bilan ishlashga yordam beradi. O'qituvchi va yordamchi xodim inklyuziv sinflarda ushbu materiallardan foydalanishlari mumkin bo'lgan holda har bir bolaning, maxsus ta'limga ehtiyojmand turli toifadagi - imkoniyati cheklangan bolalar, mayda etnik qatlamning farzandlari, qochoqlar, ruhiy-hissiy buzilishlarga ega bolalar, avval ilk va boshlang'ich ta'lim olmagan bolalar bilan ishlash jarayonida foydalanib, ta'lim sifatini yaxshilashlari mumkin. Metodologiya milliy va evropa ekspertlari tomonidan milliy qonunchilikni tavsifi va tahlili hamda amaliyotda qo'llanilishi; inklyuziv ta'lim sohasida milliy, evropa va xalqaro eng yaxshi tajribalarni qo'llashni davomli muhokamalar qilish orqali ishlab chiqilgan. Paket asosiy hamkorlar (RBIMM va XTV) hamda boshqa muvofiq keluvchi tomonlar tarafidan muhokama qilingan va tasdiqlangan, komponentga ko'ra maxsus maktab va resurs markazlarida boshqarilgan, shuningdek,o'qituvchilarga mo'ljallangan.

NATIJALAR

Imkoniyati cheklangan bolalarni umumta'lim sharoitida o'qitish ularni o'ziga xos xususiyatlari, nuqson turi, darajasi va sinfdagi bolalar sonini e'tiborga olgan holda tashkil qilinadi. Avvalo shuni ta'kidlash joizki, o'quvchilarning yoshlari bir xil bo'lsada, lekin ular bir birlariga o'xshamaydilar. Barcha bolalarning individual psixologik shaxs xususiyatlari, qabul qilish darajasi, zehn va idroki turlichadir. SHu bois maxsus ehtiyojga ega bo'lgan bola ta'lim olayotgan inklyuziv sinflardagi o'quv tarbiya jarayonini tashkil etish masalasi yanada murakkabroq muammolarni hal etishni talab etadi. Inklyuziv sinfda o'qituvchi bolalarning ikoniyatini e'tiborga olib, darslarni shunga muvofiq rejalashtira olsa, bolalarning nogironligi bilim olishiga qanday ta'sir qilishini bilib, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning uslubiy yo'llaridan foydalansa, maktab va oila hamkorligini to'la yo'lga qo'ya olsa hamda nogiron bolaning kelajagiga ishonch bilan qarasagina dars jarayoni muvaffaqiyatli kechishiga erishish mumkin. Har bir bola o'z imkoniyat darajasida rivojlanadi, buni L.S.Vigotskiyning ilmiy qarashlariga ko'ra "Har qanday ruhiy yoki jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot davom etadi"[16.43] fikri bilan ham tasdiqlash mumkin.

CHunki alohida ehtiyojli bolalar inklyuziv ta'limining samarali tashkil etilishi natijasida:

- imkoniyati cheklangan farzandlari mavjud bo'lgan oilalarning moddiy va ma'naviy muammolariga barham beriladi va mahallarda ajratish iskanjasidan qutulishga imkon yaratiladi;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- imknoniyati cheklangan bolalami maktablar va jamoatchilik orasida kamsitishlarning oldi olinadi, bolalar o'rtasida teng huquqlilik ta'minlanadi, do'stona munosabatlar shakllanadi;

- maxsus ehtiyojli bolaning o'z oilasi va jamiyat davrasida bo'lishdek ulkan imkoniyat yaratiladi;

- jamiyatning yanada inklyuzivlashuviga olib keladi;

- barcha uchun ta'lim sifati yanada yaxshilanadi;

- imkoniyati cheklangan bolalar sog'lom tengdoshlari orasida tabiiy sharoitlarda yashash va mehnat qilishga moslashadilar;

- imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy jamiyatga erta va samarali moslashishlari ta'minlanadi, ya'ni jamiyatda boshqalar ko'magiga qaramlar soni kamayadi.

MUHOKAMA

Inklyuziv ta'limga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, tashkiliy va uslubiy islohotlarni talab etadi. Maxsus ta'limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida ehtiyojlari qondirilmayotgan bolalardir. SHu sababdan maktablar barcha bolalarning turli xildagi va umumiy maqsadlari, intilishlari, qiziqishlariga javob berishi va ularning bilim olishlarini ta'minlashi lozim.

Inklyuziv ta'limni rivojlantirish uchun umumiy ta'lim tizimiga tarkibiy o'zgartirishlar kiritish muhimdir. "Umum ta'lim" va "maxsus ta'lim" o'rtasidagi to'siqlar olib tashlanishi kerak. Maxsus ta'lim oddiy ta'limning bir qismi bo'lishiga qaramasdan, o'zining o'quvchilari, o'qituvchilari, boshqaruv jamoasi va ta'minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta'lim tizimi amalda qo'llanilib kelinmoqda. Barcha o'quvchilarning talablariga javob beruvchi "Inklyuziv maktab"da bunday tizimga ehtiyoj qolmaydi.

Islohotlar ta'lim maqsadlarining amaliyotini boshqarish mumkin, lekin ularning pedagogik amaliyotini to'g'ridan-to'g'ri boshqara olmaydi. SHu sababdan samarali bo'lishi uchun islohotlar yaxshi muhokama qilinishi va ta'lim tizimi boshqaruvchilar hamda uni amalda qo'llovchilar tomonidan ko'rib chiqilishi kerak.

YUqorida ta'kidlagandek, imkoniyati cheklangan bolalar bilan bog'liq ishlarning ahvoli etarli maktablarda muvofiqlashtirilmaganligi turli davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini yanada faollashtirish zarurligini ko'rsatadi. Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy ko'niktirish bilan bog'liq bo'lgan, ular hayotini me'yorga keltirish muammolar echimlarini topishda quyidagilarni amalga oshirish kerak deb o'ylaymiz:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- tug'ma nogironlikni oldini olish, ota-onalarning bunday bolalardan voz kechishi va internat muassasalariga ularning yoppasiga jalb qilinishining oldini olish;

- bu toifadagi bolalarni internat muassasalarni belgilangan yoshga to'lishi munosabati bilan bitirib chiqishi (yoki o'zining oilasiga qaytishi, vasiylik yohud homiylikka berilishi, farzandlikka olinishi, boshqa shakllarda oilaga joylashtirilishi) bilan bog'liq masalalar;

- yaxshilash, imkoniyati cheklangan bolalarni kasb-hunarga o'rgatish uchun o'quv-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish, ishga joylashtirishning huquqiy asoslarini hamda nogiron oila sharoitida tarbiyalanayotgan imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy integratsiyasini ta'minlash, ularga har tomonlama ijtimoiy ko'mak berish ko'lami va sifatini muttasil ko'paytirish hamda kengaytirish;

- imkoniyati cheklangan o'quvchilarning ma'naviy, ma'rifiy va ijtimoiy rivojlanishiga e'tiborni kuchaytirish, ularni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasining huquqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy yordamni tashkil etishni takomillashtirish;

- ijtimoiy joylashtirilishi shaklidan qat'iy nazar, mazkur toifadagi o'quvchilarni jamiyatga qo'shilishi, ijtimoiy hayot kechirishning mo'tadil shakllariga yaqinlashishiga halaqit beradigan to'siqlarni bartaraf qilish, mustaqil hayot kechirish, iloji boricha me'yordagi ijtimoiy va oilaviy muhitga ega bo'lishini ta'minlaydigan shart-sharoitlarni vujudga keltiruvchi huquqiy dasturlar ishlab chiqilishi kerak.

Bu borada, barcha davlat va jamoat tashkilotlarining faoliyati mazkur muammo va vazifalarni samarali hal etishga yo'naltirilishi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi muassasalarda imkoniyati cheklangan o'quvchilar bilan ishlash uchun mutaxassislarni tayyorlovchi maxsus guruhlar tashkil etish, maxsus adabiyotlar va o'quv qo'llanmalar bilan ta'minlashni ularga oid bo'lgan qonun hujjatlariga amal qilish zarurati barcha ijtimoiy xodimlarning faoliyatida o'z o'rnini topishi kerak.

Inklyuziv ta'lim bu barcha o'quvchilar, shu jumladan imkoniyati cheklanganlar ham o'z tumanlaridagi umumta'lim maktablarida oddiy sinflarda, yoshlariga muvofiq bilim olish uchun kerak bo'lgan yordamni olganlari va maktab hayotidagi barcha jabhalarda ishtirok etishlari hamda o'zhissalarini qo'shishlarini anglatadi.

Islohotlar ta'lim maqsadlarining amaliyotini boshqarishi mumkin, lekin ularning pedagogik amaliyotini to'g'ridan-to'g'ri boshqara olmaydi. SHu sababdan samarali bo'lishi uchun islohotlar yaxshi muhokama qilinishi va ta'lim tizimi boshqaruvchilari hamda uni amalda qo'llovchilar tomonidan ko'rib chiqilishi kerak.

Inklyuziv ta'limni iloji boricha oldinroq boshlangani ma'quldir. Asosiy ehtiyoj boshlanganligi zahoti, aralashuv uchun darrov chora ko'rish kerak. Bu bilan tuzilma

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

rivojlanishining kelgusi buzilishlarini oldi olinadi. YUqori malakali o'qituvchilar yaxshi yo'lga qo'yilgan qo'llab-quvvatlash tizimi va moliyalashtirishning muvofiq mexanizmlarida halqiluvchi ahamiyatga ega.

Inklyuziv ta'limning asosiy maqsadi - imkoniyati cheklangan o'quvchilarga samarali bilim olish uchun sharoit yaratishdir. Ushbu sharoitda imkoniyati cheklangan o'quvchilarga integratsiyalash va reabilitatsiya qilish, har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos samarali inklyuziv ta'lim turini tanlash lozim.

Hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyatimizda barcha uchun ta'lim olish imkoniyati mavjuddir. SHunday bolalar borki, ularning jismoniy imkoniyati cheklangan bo'lishiga qaramay iste'dodi, qobiliyati, aqliy salohiyati e'tiborga loyiqdir. SHuning uchun ularning kelajagiga befarq qaramaslik, ularni jamiyatimizga, davlatimizga munosib farzandalar qilib tarbiyalash biz pedagoglarning sharafli vazifamizdir.

эх,тоёжлари булган болаларга таълим-тарбия бериш тизимини янада такомиллаштириш чора тадбирлари туFрисида"ги К,арори

2. КахароваД.С. Инклюзив таьлим технологияси. Монография -Т.: 2014. -Б. 9

3. А.Авлоний "Туркий Гулистон ёхуд ахлок" -Т.: 2000 йил

4. Ahrorova, R. U. (2021). SEMANTIC ANALYSIS OF PHRASEOLOGICAL UNITS REPRESENTING "YOUTH" IN FRENCH AND UZBEK LANGUAGES. Theoretical & Applied Science, (7), 122-126.

5. Akhrorova, R. (2022, April). LEXICAL-SEMANTIC EXPRESSION OF EARLY YOUTH/JEUNESSE IN FRENCH. In МЕЖДУНАРОДНЫЕ НАУЧНЫЕ КОНФЕРЕНЦИИ С ВЫСШИМИ УЧЕБНЫМИ ЗАВЕДЕНИЯМИ (Vol. 2, No. 18.03, pp. 617-620).

6. Nurmuhammadovich, R. O., & Nurullaevna, N. M. (2021). Social And Spiritual Importance of Lessons of Musical Culture.Journal of Pedagogical Inventions and Practices,2(2), 50-52.

7. Nasritdinova, M., & Khokimova, K. (2021, October). LANGUAGE IS THE MIRROR OF THE NATION. InArchive of Conferences(pp. 92-94).4.Nurmamatovich, D. S. (2022). The Role of Modern Technologies in the Learning Process.Journal of Ethics and Diversity in International Communication,1(8), 6-9.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Узбекистан Республикаси Президентининг ПК,-4360-сон "Алохида таълим

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. Nurullayevna, N. M., & Muhlisa, T. (2021, December). SOME PROBLEMS AND SHORTCOMINGS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM. InArchive of Conferences(pp. 61-62).

9. Sultonali Mannopov, A., AbdusalomSoliev, U., & TokhirShokirov, R. (2021). Development of Uzbek National Singing Art during Independence. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6845-6853.

10. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

11. 1 O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tantanali tabrik nutqi.

12. Respublikamiz Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 17-noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori.

13. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat MirziyoevNING 3 aprelb kuni yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlari.

14. "Navodir ush-shabob". 4-jild. 85-g'azal. 64-bet.

15. Karimov I.A. "Istiqlol va ma'naviyat" T.: "O'zbekiston", 1994 y.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

16. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

17. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

18. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

19. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриети.

20. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

21. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

22. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

23. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

0

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

24. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., & Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing, Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-2413.

25. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

26. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

27. Dilorom, N., & Tohirovna, A. Z. (2022). BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI. Science and innovation, 1(C2), 3638.

28. Mannopov, S., Karimov, A., Ataboeva, S., Ergashev, A., & Usmanova, S. (2021). Development Of Symphonic Music in Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 53-56.

29. Ergashev, A., Ataboyeva, S., Djalalova, N., & Usmonova, S. (2021). THE ROLE OF COMPOSERY IN THE ART OF NATIONAL SINGING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 863-867.

30. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.