Научная статья на тему 'MODERNIZATSIYALASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING KASBIY-AXLOQIY, HUQUQIY VA MA’NAVIY MADANIYATINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI'

MODERNIZATSIYALASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING KASBIY-AXLOQIY, HUQUQIY VA MA’NAVIY MADANIYATINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
11
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Modernizatsiya / kasbiy-axloqiy madaniyat / huquqiy madaniyat / ma’naviy madaniyat / davlat / jamiyat / dunyoqarash / bilim / axloq / o‘z-o‘zini anglash / vatanparvarlik / tarbiya.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Xaydarova Larisa Sunnatovna

Modernizatsiyalashuv jarayonida yoshlarning kasbiy-axloqiy, huquqiy va ma’naviy madaniyatini oshirish, jamiyatning huquqiy madaniyat, qonuniylik prinsipiga rioya etish, qonunlarga bo‘ysinish, huquqning amal qilish mexanizmlarida ishtirok etish, fuqorolarning qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan huquqlarining kafolatlanganligidadir. Yoshlardagi huquqiy madaniyatni rivojlantirishning muhim jihatlaridan biri o‘z-o‘zini anglash bilan ham bog‘liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MODERNIZATSIYALASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING KASBIY-AXLOQIY, HUQUQIY VA MA’NAVIY MADANIYATINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI»

MODERNIZATSIYALASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING KASBIY-AXLOQIY,

HUQUQIY VA MA'NAVIY MADANIYATINI OSHIRISHNING DOLZARB

MASALALARI Xaydarova Larisa Sunnatovna

"Gumanitar fanlar va huquq" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10885830

Annotatsiya. Modernizatsiyalashuv jarayonida yoshlarning kasbiy-axloqiy, huquqiy va ma'naviy madaniyatini oshirish, jamiyatning huquqiy madaniyat, qonuniylik prinsipiga rioya etish, qonunlarga bo'ysinish, huquqning amal qilish mexanizmlarida ishtirok etish, fuqorolarning qonun bilan mustahkamlab qo'yilgan huquqlariningkafolatlanganligidadir. Yoshlardagi huquqiy madaniyatni rivojlantirishning muhim jihatlaridan biri o'z-o'zini anglash bilan ham bog'liq.

Kalit so'zlar: Modernizatsiya, kasbiy-axloqiy madaniyat, huquqiy madaniyat, ma'naviy madaniyat, davlat, jamiyat, dunyoqarash, bilim, axloq, o'z-o'zini anglash, vatanparvarlik, tarbiya.

Kirish

Yangilanayotgan O'zbekiston taraqqiyotini belgilaydigan islohotlar va modernizatsiya jarayonlari jamiyat hamda uning barcha tizimlari oldiga ulkan vazifalar qo'ymoqda. Bugungi dunyo yoshlari - son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq". Demak, yoshlar tarbiyasiga yetarli darajada e'tibor berish orqali biz kelajagimiz uchun mustahkam tamal toshini qo'ygan bo'lamiz diya ta'kidlaydi, Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so'zlagan nutqida. Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo'lidan borishi, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha davlatda yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga chambarchas bog'liq. Shu ma'noda, O'zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Zero, yoshlar tarbiyasi-muhim, bir vaqtning o'zida, dolzarb masala. Shu sabab, mamlakatimizda ham.

O'zbekiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'naviy rivojlantirishning muhim omili bo'lgan yoshlar tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor darajasiga ko'tarilgan. Chunki jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik jihatdan qanchalik taraqqiy etmasin, har bir tarixiy davr inson ma'naviy-ma'rifiy kamoloti, yoshlar tarbiyasi borasida yangidan-yangi, murakkab masalalarni ko'ndalang qo'yaveradi. Aslida bugungi globallashgan jarayonda ham o'sib kelayotgan yosh avlod ma'naviy olamini yuksaltirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgidek murakkab sharoitda milliy o'zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga begona bo'lgan xurujlar, yoshlarning ongi hamda qalbini egallashga qaratilgan g'arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani har birimizdan yanada hushyor va ogoh bo'lishni talab etmoqda. Yoshlar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish masalalari har doim dolzarb bo'lib kelgan.

Bugungi globallashuv jarayonida dunyoning har qarich yerida inson ongi va tafakkuri uchun jiddiy kurash ketayotgani ayni haqiqatdir. Birda yovuz, birda madaniy ko'rinishdagi bu kurash har birimizdan atrofga teran nazar tashlash, jahonda kechayotgan turfa jarayonlarni aql va tafakkur bilan sarhisob etishga undaydi.

Bugungi kunda mamlakat aholisining 32 foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi. Yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentabrda yangi tahrirda qabul qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" gi qonunida belgilab berilgan. Ushbu qonun hujjati asosida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari ishlab chiqilishi bilan birga, uni ro'yobga chiqarishni amalga oshiruvchi organ va muassasalarning ham mas'ulligi aniq belgilab berilgan. Mazkur qonun bugungi kunda yoshlar kundalik hayoti bilan bog'liq muammo va kamchiliklarni hal etishda birinchi darajali manba vazifasini o'tamoqda. Shuningdek, "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida, "yoshlar (yosh fuqarolar) - o'n to'rt yoshga to'lgan va o'ttiz yoshdan oshmagan shaxslar" ekanligi belgilab qo'yilgan. Shu bois Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko'p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BMT minbarida Yoshlar huquqlari to'g'risidagi BMT konvensiyasini ishlab chiqish taklifi xalqaro jamoatchilikka bildirdi.

Prezidenti tomonidan ilgari surilgan bu taklif xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. Prezident bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xalqaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o'sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi. Yoshlar masalasi umumsayyoraviy ahamiyatga egaligi bois qator jahon tashkilotlari ham mazkur ijtimoiy qatlam haqida doimo qayg'uradi, ularga yordam qo'lini cho'zadi. 1945 yilning 29 oktabr - 10 noyabr kunlari London shahrida

Butunjahon yoshlar Konferensiyasi munosabati bilan 10 noyabr - "Butunjahon

yoshlar kuni" sifatida nishonlanib kelinmoqda. Shuningdek, 17 noyabr -"Butunjahon talabalar kuni", 24-aprel "Xalqaro yoshlar birdamligi kuni", 12 - avgust "Xalqaro yoshlar kuni" sifatida jahon miqyosida keng nishonlanib kelinmoqda. Bugungi kunda O'zbekistonda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

O'zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yoshlarimiz o'rtasida huquqiy madaniyat, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga qaratilgan ishlarni samarasini oshirishni bugungi davrni o'zi talab qilmoqda" deya bildirgan mulohazalari alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, yoshlar tushunchasi va masalasida ko'plab tadqiqotchilar o'zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o'tganlar. Bu borada mahalliy tadqiqotchilardan G.Tulenova, M.Mirahmedova, R.Ubaydullaeva, M.Hasanova, M.Yuldasheva, B.Mirzaolimov, Ya.Kadirova, J.S. Umarov xorijiy olimlardan esa I.Kon, V.T.Lisovskiy, S. Ikonnikova, V. Pavlovskiy, Yu.Vishnevskiy, V.Shapko, A.Vishnyak, A.Roslavskiy, Maks Rubner,

D.Bouglarning mulohazalari alohida ahamiyatga ega Yoshlar muammolarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilgan G.Tulenova yoshlarga "hamisha ilg'or g'oyalar tarqatuvchisi", yoshlar - o'sish va ulg'ayishni boshidan kechirayotgan alohida ijtimoiy-demografik guruh bo'lib, uning holati jamiyatning ijtimoiy-siyosiy ahvoli bilan belgilanadi, - deya ta'rif bergan. Yoshlar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish, ularning moddiy va ma'naviy qadriyatlarga munosabati oshirish masalalarini pedagogik jihatdan R.Mamatqulova tadqiq etgan. Z.Kasimova tadqiqot ishida talaba yoshlarda mafkuraviy immunitetni

shakllantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqishga urg'u beriladi. H.Hasanov esa, yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirish jarayonlari, yoshlarning huquqiy ongi va tafakkuri tushunchalari izohlanib, mustaqillik yillarida yoshlar huquqiy madaniyatining shakllanish bosqichlari va unga ta'sir qiluvchi omillar sotsiologik tahlil asosida o'rganilgan. Y.Kadirova yoshlar masalasida sub'ektli-axloqiy yondashuv asosida yoshlarning huquqiy immunitetini rivojlantirish, huquqning asosiy tamoyillari, normalari haqidagi bilimlarni rivojlantirish texnologiyalari jahon ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida yoshlarni ijtimoiy hayotga psixologik tayyorlash, yoshlarda fuqarolik immunitetini, huquqiy savodxonlikni rivojlantirish, yoshlarni destruktiv ta'sirlardan himoyalash, odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda oilaviy tarbiya tamoyillarini takomillashtirishda pedagogik ta'sirning effektini oshirish bo'yicha, J.S. Umarov yangilanayotgan O'zbekiston sharoitida talaba-yoshlarlarning fuqarolik savodxonligini rivojlantirish yuksak ma'naviy ahloqiy ruhda tarbiyalash ularda ma'naviy jasorat tuyg'ularini rivojlantirish ma'naviy tahdidlardan himoya qilishning muhim omillariga e'tibor qaratadi. Hozirgi globallashuv sharoitida fuqarolarning keng qatlami, ayniqsa yoshlarda milliylikka sodiqlik, vatanparvarlik tuyg'usi, yuksak ma'naviy-axloqiy qarashlarni tarbiyalash, ularda ma'naviy immunitetni rivojlantirishning dolzarbligi yanada oshmoqda. Chunki jahonda axborot xuruji, ommaviy madaniyat niqobi ostida ma'naviy savodxonlikka tahdidlar tobora kuchaymoqda. Shunday ekan, mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan shunday ma'naviy xurujlardan asrab-avaylash uchun ham yoshlarning fuqarolik bilimlarini oshirish davr taqozosidir.

Xulosa

Yoshlar huquqiy madaniyatni shakllantirishda ijtimoiy-ma'naviy muhitga moslashishlarida yoshlarning ijtimoiy turmush tarzi va ularning mustaqil o'ziga xos bo'lgan fikri muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlardagi huquqiy madaniyati insonning o'z-o'zini huquqiy, axloqiy va siyosiy qobiliyatini kamolga yetkazishda insonning integrativ rivojlanishidir. Demak fuqarolikning asosiy elementlariga axloqiy va huquqiy madaniyat kiritilib, u insonlardan o'z davlatiga tegishli bo'lgan har bir ishda doim mas'uliyatli munosabatda bo'lish va boshqa insonlarga hurmat bilan qarashida ifodalanadi. Uning tarkibiy elementlari esa axloqiy tarbiya, vatanparvarlik tarbiyasi, huquqiy tarbiya kabi to'yg'ulardan iborat bo'lib, ular o'zaro bog'lik holda tarkib topadi. Yoshlarda huquqiy madaniyat davlatning ob'ektiv holatiga, jamiyatda demokratiya va insonparvarlikning rivojlanish darajasiga, har bir fuqaro nuqtai nazarining, o'z-o'zini anglashining rivojlanishiga bog'liq. Yoshlarda huquqiy madaniyati fuqarolik va bu holatni ifoda etuvchi sifatlar mohiyatini chuqur anglay olinishi asosida shakllanadi. Yoshlar va milliy etnik, huquq masalalari ijtimoiy madaniyat fenomeni sifatida bir qancha ilmiy yo'nalishlarda dolzarb ahamiyat kasb etib, antropologiya, etnologiya, sotsiologiya, pedagogika fanlarida alohida o'rin egallaydi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz (1-jild). - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 592 b.

2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-Toshkent: 0'zbekiston,2017.-48b.

3. Farsaxonova D.R. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarini ma'naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasi // Ta'lim, fan va innovatsiya. 2019, №1.- B.77-81.

4. Azarov Yu.P. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.-Toshkent: O'qituvchi,1991.-67 b. 5. Quronov M. Milliy tarbiya. - Toshkent: Ma'naviyat, 2007. - 240 b

5. Tulenova G.J. "Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ma'naviy omilning roli" (Ijtimoiy falsafiy tahlil) Toshkent. 2006.

6. Kasimova. Z. X Talaba yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning pedagogic asoslari (oliy o'quv yurtlari ma'naviy-ma'rifiy ishlari misolida). Toshkent, 2004

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.