Научная статья на тему 'TALABALARDA MENTAL DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI VA BOSQICHI'

TALABALARDA MENTAL DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI VA BOSQICHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson / qalb / ong / talabalar / qadriyat / ilm-fan / sport / madaniyat / axloq va maʼrifat / g‘oya-mafkura / ozodlik / demokratik / erkin fuqarolik. / Человек / душа / разум / ценности / наука / спорт / культура / нравственность и просвещение / идея-идеология / свобода / демократия / свободное гражданство

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xushbaqov Qurbonmurodovich Dilmurod

Ushbu maqolada hozirgi vaqtda talabalarda mental dunyoqarashni rivojlantirish tamoyillari va bosqichi yondashuvdan foydalanishning tahliliy bayon etildi. Mental dunyoqarashni rivojlantirish tamoyillari va bosqichi yondashuvdan foydalanish orqali O‘zbekiston Respublikasi kompleks ijtimoiy siyosatining ajralmas qismi sifatida, jismoniy tarbiya va sport bilan bandlik, talaba yoshlarning ma'naviyaxloqiy sifatlarini oshirish sohasiga yo‘naltirilganligi bilan muhim ahamiyatga e

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье аналитически описаны принципы и этапы развития мировоззрения у студентов. Принципы и этапы развития мировоззрения важны как составная часть комплексной социальной политики Республики Узбекистан посредством использования физического воспитания и спорта, а также развития духовно-нравственных качеств студенческой молодежи

Текст научной работы на тему «TALABALARDA MENTAL DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI VA BOSQICHI»

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

NationalUnive^^

TALABALARDA MENTAL DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISH

TAMOYILLARI VA BOSQICHI

Xushbaqov Qurbonmurodovich Dilmurod

O'zbekiston Milliy univerateti tayanch doktoгanti

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada hozirgi vaqtda talabalarda mental dunyoqarashni rivojlantirish tamoyillari va bosqichi yondashuvdan foydalanishning tahliliy bayon etildi. Mental dunyoqarashni rivojlantirish tamoyillari va bosqichi yondashuvdan foydalanish orqali O'zbekiston Respublikasi kompleks ijtimoiy siyosatining ajralmas qismi sifatida, jismoniy tarbiya va sport bilan bandlik, talaba yoshlarning ma'naviy-axloqiy sifatlarini oshirish sohasiga yo'naltirilganligi bilan muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: Inson, qalb, ong, talabalar, qadriyat, ilm-fan, sport, madaniyat, axloq va ma'rifat, g'oya-mafkura, ozodlik, demokratik, erkin fuqarolik.

АННОТАЦИЯ:

В данной статье аналитически описаны принципы и этапы развития мировоззрения у студентов. Принципы и этапы развития мировоззрения важны как составная часть комплексной социальной политики Республики Узбекистан посредством использования физического воспитания и спорта, а также развития духовно-нравственных качеств студенческой молодежи.

Ключевые слова: Человек, душа, разум, ценности, наука, спорт, культура, нравственность и просвещение, идея-идеология, свобода, демократия, свободное гражданство.

ABSTRACT:

In this article, the principles and stages of the development of mental outlook among students are analytically described. The principles and stages of development of mental outlook are important as an integral part of the complex social policy of the Republic of Uzbekistan by using physical education and sports, as well as the development of spiritual and moral qualities of students.

Keywords: Man, soul, mind, students, value, science, sports, culture, morals and enlightenment, idea-ideology, freedom, democratic, free citizenship.

Insonning qalbi va ongiga jo bo'lgan milliy ma'naviy-axloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bo'lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qo'shishga, o'zining ongli va erkin mushohada qiluvchi

May 2024

286

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. O'z vaqtida mamlakat rahbari Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Bizning o'z oldimizga qo'ygan maqsadimiz esa, bunday ulug' zotlarning hayot yo'li va qoldirgan merosini to'liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma'rifat, ilmu fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o'zida uyg'unlashtirgan xalqimizning ma'naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini isbotlab berishdan iboratdir".

Ilmiy ishlanmalarida talaba yoshlarning manaviy-axloqiy sifatlarini tadqiq etgan olimlar (M.Quronov, Sh.Mardonov, Sh.Abdullaeva) fikrlariga ko'ra "talaba yoshlarning manaviy-axloqiy sifatlari insonlar bilan muloqatida, jamiyatning rivojlanishiga bog'liq holda, davlatning ma'naviyat va marifatni samarali boshqara olish qobiliyatiga bog'liq shakllanadi. Bunday holda manaviy-axloqiy sifat darajasi rivojlanadi",- deb takidlanadi. O'z qarashlari bilan manaviy-axloqiy sifatlarning rivojlanishiga hissa qo'shgan olimalar Mirsolieva M., Ibragimova G. "ma'naviy-axloqiy sifat ijtimoiy kategoriya sifatida yoshlarning shaxsiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, rivojlanishga bo'lgan shaxsiy manfaatlarini ro'yobga chiqarish maqsadida yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari, ya'ni shaxsiy rivojlanish yuzasidan bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarni ifodalaydi" deb ma'naviy-axloqiy sifat tushunchasiga kengroq ta'rif berishgan.

Manaviy-axloqiy sifat tushunchasiga kategoriya sifatidagi fikrlar pedagog olimlar Ishmuhammedov R,Yuldashev M. tadqiqotlarida "ma'naviy-axloqiy sifatlar yoshlarning shaxsiy va ijtimoiy extiyojlarini qondirish bilan bog'liq, ularga manaviy barkomollik keltiradigan faoliyati, bunda ma'naviy sohada yoshlarning ma'nan o'sishiga talaba va yoshlarning manaviy o'sishlari uchun taklifning miqdor va sifat jihatidan mutanosibligi darajasini aks ettiruvchi ijtimoiy munosabatlarning paydo bo'lishi" deb tariflashgan.Talabalarda mental dunyoqarashni rivojlantirishda ma'naviy -ma'rifiy diterminantlarning mohiyatini o'rganish uchun biz qator dissertatsiya ishlarini tahlil qildik.

Ma'naviy-axloqiy sifatlarning rivojlanishini, jismoniy tarbiya va sport bilan bog'liq holda tadqiq etgan, aksariyat rus pedagog olimlari asarlarida manaviy-axloqiy sifatlar ijtimoiy kategoriya sifatida yoritilgan. Vilenskiy M.Ya., A.G. Gorshkovlar "ma'naviy-axloqiy sifatlarning rivojlanishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish muntazamligiga ko'ra, yoshlarning sport bilan bandligi va atrof muhit faoliyatidagi ishtiroki natijasidagi munosabatlar tizimi" deb tarif berishgan.

Shuningdek I.B.Akimov "ma'naviy-axloqiy sifatlarni ijtimoiy hayotda mavjud bo'lgan ma'lum bir meyoriy daraja va hajmdagi malum shartlarga bog'liq mashg'ulotlar bilan band bo'lgan yoshlar o'rtasidagi mutanosiblik" deb tariflaydi.

287

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui

Ma'naviy-axloqiy sifatlar mashg'ulotlar bilan band bo'lgan yoshlarning, mashg'ulotlar malum bir shartlariga nisbatan harakatlarini nazarda tutgan holda, o'z fikrini rivojlantirib, manaviy-axloqiy sifatlar rivojlanishi nafaqat yoshlarning ma'lum bir mashg'ulotda band bo'lishi, balki yashash jarayonining tabiiy uo'rinishini ifodalaydi deb hisoblaydi.

Yoshlarimizning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma'naviy-axloqiy kamoloti, g'oyaviy chiniqishiga, har hil buzg'unchi g'oya va mafkuralarga qarshi murosasiz kurashuvchi ruhida tarbiyalashga mas'uliyat bilan yondashishga undaydi. Aynan farzandlarning kamoloti - ertangi kunda barchamizning tinch hayotimizni ta'minlaydi. Buning uchun ularni milliy g'oya ruhida tarbiyalash, ularga hurlik, ozodlik, demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasini 2022-2026 yillarda taraqqiyot strategiyasi" haqidagi ma'ruzasi. "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi". Tashkent 2021y. 267 b.

2. Mirziyoev Sh.M. —Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko=taramizll. T.: «O'zbekiston» - 2017. 29-b

3. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi.Tashkent 2021y. 267 b.

4. Gapparov B.N., Akramova M.A. —Intenational Conference on Learning and Teaching! mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferenqiya. 28.02.2022. 146-148 betlar.

5. Ishmuhammedov R., Yuldashev M. Ta'lim va tarbiyada innnavasion pedagogik texnologiyalar, (ta'lim tizimi xodimlari, metodistlar, o'qituvchilar, tarbiyachi va murabbiylar uchun o'quv qo'llanma). -Toshkent, 2013.-277-b.

6. M.Quronov «Mustaqillik sharoitida xalqimizning g'oyaviy tarbiyalanishining dolzarb masalalari» mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari 5 may 2020 yil, 9-13 betlar

288

May 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.