Научная статья на тему 'TALABALARDA MENTAL DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISHDA MA'NAVIY -MA'RIFIY DETERMINANTLARNING MOHIYATI'

TALABALARDA MENTAL DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISHDA MA'NAVIY -MA'RIFIY DETERMINANTLARNING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

8
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Students / enlightenment / spirituality / culture / value / science / sports / ethics.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilmurod Qurbonmurodovich Xushbaqov

In the article, the spiritual and educational foundations of the development of the mental worldview of students were analytically described. Improving the spiritual and moral qualities of students, i.e. health, as an integral part of the complex social policy of the Republic of Uzbekistan, is important because it is directed to the field of physical education and sports, improving the spiritual and moral qualities of students.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA MENTAL DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISHDA MA'NAVIY -MA'RIFIY DETERMINANTLARNING MOHIYATI»

TALABALARDA MENTAL DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISHDA MA'NAVIY -MA'RIFIY DETERMINANTLARNING MOHIYATI

Dilmurod Qurbonmurodovich Xushbaqov

O'zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti

ABSTRACT

In the article, the spiritual and educational foundations of the development of the mental worldview of students were analytically described. Improving the spiritual and moral qualities of students, i.e. health, as an integral part of the complex social policy of the Republic of Uzbekistan, is important because it is directed to the field of physical education and sports, improving the spiritual and moral qualities of students.

Keywords: Students, enlightenment, spirituality, culture, value, science, sports, ethics.

АННОТАЦИЯ

В статье аналитически описаны духовно-воспитательные основы развития психического мировоззрения учащихся. Повышение духовно -нравственных качеств студенческой молодежи, то есть здоровья, как составная часть комплексной социальной политики Республики Узбекистан, имеет важное значение, поскольку направлено на сферу физического воспитания и спорта, повышение духовно-нравственных качеств студенческой молодежи.

Ключевые слова: Студенты, просветление, духовность, культура, ценность, наука, спорт, этика.

ANNOTATSIYA

Maqolada talabalarda mental dunyo qarashni rivojlantirishning ma'naviy -ma'rifiy negizlari tahliliy bayon etildi. Talaba yoshlarning ma'naviy-axloqiy sifatlarini- ya'ni salomatlikni oshirish O'zbekiston Respublikasi kompleks ijtimoiy siyosatining ajralmas qismi sifatida, jismoniy tarbiya va sport bilan bandlik, talaba yoshlarning ma'naviy-axloqiy sifatlarini oshirish sohasiga yo'naltirilganligi bilan muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: Talabalar, ma'rifat, ma'naviyat, madaniyat, qadriyat, ilm-fan, sport, adob-axloq.

Jamiyat ijtimoiy rivojlanishning eng muhim ijtimoiy xususiyatlaridan biri, talaba yoshlarning ma'naviy-axloqiy sifatlarini oshirish orqali sog'lom turmush tarzini

27-mart, 2024

121

ta'minlash hisoblanadi. Bu yo'nalishda yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida Prezident Sh.M.Mirziyaev ma'naviyat haqida quyidagi tarifni keltirdi: "ma'naviyat -insonlar o'rtasidagi o'zaro ishonch, hurmat va etibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yo'lidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir. Boshqacha aytganda manaviyat - jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir". Ilmiy ishlanmalarida talaba yoshlarning manaviy-axloqiy sifatlarini tadqiq etgan olimlar (M.Quronov,Sh.Mardonov, Sh.Abdullaeva) fikrlariga ko'ra "talaba yoshlarning manaviy-axloqiy sifatlari insonlar bilan muloqatida, jamiyatning rivojlanishiga bog'liq holda, davlatning ma'naviyat va marifatni samarali boshqara olish qobiliyatiga bog'liq shakllanadi. Bunday holda manaviy-axloqiy sifat darajasi rivojlanadi",- deb takidlanadi. O'z qarashlari bilan manaviy-axloqiy sifatlarning rivojlanishiga hissa qo'shgan olimalar Mirsolieva M., Ibragimova G. "ma'naviy-axloqiy sifat ijtimoiy kategoriya sifatida yoshlarning shaxsiy va manaviy ehtiyojlarini qondirish, rivojlanishga bo'lgan shaxsiy manfaatlarini ro'yobga chiqarish maqsadida yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari, ya'ni shaxsiy rivojlanish yuzasidan bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarni ifodalaydi" deb manaviy-axloqiy sifat tushunchasiga kengroq ta'rif berishgan.Manaviy-axloqiy sifat tushunchasiga kategoriya sifatidagi fikrlar pedagog olimlar Ishmuhammedov R., Yuldashev M. tadqiqotlarida "manaviy-axloqiy sifatlar yoshlarning shaxsiy va ijtimoiy extiyojlarini qondirish bilan bog'liq, ularga manaviy barkomollik keltiradigan faoliyati, bunda ma'naviy sohada yoshlarning ma'nan o'sishiga talab va yoshlarning manaviy o'sishlari uchun taklifning miqdor va sifat jihatidan mutanosibligi darajasini aks ettiruvchi ijtimoiy munosabatlarning paydo bo'lishi" deb tariflashgan.Talabalarda mental dunyoqarashni rivojlantirishda ma'naviy -ma'rifiy diterminantlarning mohiyatini o'rganish uchun biz qator dissertatsiya ishlarini tahlil qildik. Manaviy-axloqiy sifatlarning rivojlanishini, jismoniy tarbiya va sport bilan bog'liq holda tadqiq etgan, aksariyat rus pedagog olimlari asarlarida manaviy -axloqiy sifatlar ijtimoiy kategoriya sifatida yoritilgan. Vilenskiy M.Ya., A.G. Gorshkovlar "ma'naviy-axloqiy sifatlarning rivojlanishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish muntazamligiga ko'ra, yoshlarning sport bilan bandligi va atrof muhit faoliyatidagi ishtiroki natijasidagi munosabatlar tizimi" deb tarif berishgan. Ushbu ta'rifni qo'llab-quvvatlab Zakrevskaya N.G. "manaviy-axloqiy sifatlarning rivojlanishi yoshlarning sport bilan shug'ullanishlariga sharoitlar yaratilishi va ularning sportdagi ishtiroeiga oid ijtimoiy munosabatlar yig'indisi" deb tariflagan. Ma'naviy-axloqiy sifatlar va sport bilan shug'ullanish muammolarini tadqiq etgan olim yer makov V.A. fikriga ko'ra "manaviy-axloqiy sifatlarning rivojlanishiga nafaqat yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan o'ug'ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar, balki

27-mart, 2024

122

ularning shug'ullanishlari uchun zarur bo'lgan motivatsion faktorlarni yuzaga keltirish va taminlashdan iboratdir" deb takidlagan.Pedagog olimlardan biri I.B.Akimov "manaviy-axloqiy sifat" tushunchasini faqat jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga bog'lamaslik zarurligini aytib, "manaviy-axloqiy sifatlar yoshlarning muntazam sport va boshqa mashg'ulotlar bilan mashg'ul bo'lib, o'z hayotiy maqsadlarini ro'yobga chiqarishga qaratilgan harakatlari va u yoki bu sabablarga ko'ra mashg'ul bo'lish jarayonlarining cheklanmaganidan iborat qarama-qarshiliklarni o'z ichiga olgan ijtimoiy holat yoki ijtimoiy munosabatlarning bir turi" shaklida tavsiflaydi. Shuningdek I.B.Akimov "ma'naviy-axloqiy sifatlarni ijtimoiy hayotda mavjud bo'lgan ma'lum bir meyoriy daraja va hajmdagi malum shartlarga bog'liq mashg'ulotlar bilan band bo'lgan yoshlar o'rtasidagi mutanosiblik" deb tariflab, manaviy-axloqiy sifatlar mashg'ulotlar bilan band bo'lgan yoshlarning, mashg'ulotlar malum bir shartlariga nisbatan harakatlarini nazarda tutgan holda, o'z fikrini rivojlantirib, manaviy-axloqiy sifatlar rivojlanishi nafaqat yoshlarning ma'lum bir mashg'ulotda band bo'lishi, balki yashash jarayonining tabiiy uo'rinishini ifodalaydi deb hisoblaydi.Ma'naviy-axloqiy sifatlarning rivojlanishini sport va boshqa mashg'ulotlarda ishtirok etish sifatida tadqiq etgan Akchulpanova R.K. "ma'naviy-axloqiy sifatlarning rivojlanishi, yoshlarni sport va boshqa etnik ma'daniy yondoshuv asosida mashg'ulotlarga jalb qilish va ularning sport va etnik ma'daniy mashg'ulotlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, shuningdek yoshlarni mashg'ulot turlari bilan taminlash" deb tariflaydi. Olima Alkarova F.N. O'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini faollashtirish vaziyatlari o'quv- biluv jarayonini oldindan loyihalashtirish imkonini beradi deb hisoblaydi va o'z fikrini rivojlantirib, "Metodlar, usullar yig'indisi va ularning izchilligi qo'yilgan maqsadga erishish uchun o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini faollashtirish jarayonlarini muayyan maqsadga yo'naltirib: o'qituvchi va o'quvchilarning sub'ekt-sub'ekt munosabatlari; o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorlikka asoslangan ko'ptomonlama aloqalari; o'quvchilarning mayllari va ehtiyojlariga yaxlit tarzda ta'sir ko'rsatish; o'quvchilarning hissiy-ixtiyoriy hamda kognitiv sohalarini rivojlantirish; o'quvchilarning bilimlarini oldindan loyihalashtirish; o'z-o'zini baholash va teskari aloqa imkoniyatlaridan foydalanish; o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini faollashtirishga urg'u berish uchun qulay pedagogik shart-sharoitlarni yaratadi," deb takidlaydi. Alkarova F.N.. ilmiy tadqiqot ishida tadqiq etilayotgan muammoning yechimini topish davrida o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini faollashtirish vaziyatlarini tashkil etishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon modelini taklif etgan.

Ma'lumki, jamiyat madaniyatsi ma'naviy axloqiy qadriyatlarsiz yasha olmaydi. Bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ma'naviy merosimizni chuqur

27-mart, 2024

123

o'rganish hamd rivojlantirishdir. Chunki mustaqill sharofati ila milliy qadriyatlarim tiklanib, dunyoviy va diniy bilimlarga ega bo'lish uchun barcha imkoniyatla eshigi ochildi. Shunday ekan, borada oila, ayollar mahalla maktab, jamoatchilik tashkilotlar hamkorlikda o z faoliyatlar samaradorligini oshirishlari darkor. Mustaqillik yillaridan boshlab milliy qadriyatlarni tiklash, uni rivojlantirish millatning o'z-o'zini anglashi, milliy g'ururni shakllantirish, vatanparvarlikni tarbiyalash bilan ozviy tarzda amalga oshirilmoqda. Shuning uchun bugungi kunda har bir oila o'z muqaddas qadriyatlarini e'zozlab, undan o'rinli foydalansa, bu qutlug dargoh ajoyib tarbiya maskani bola oladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyaevning O'zbekiston Respublikasini 2022-2026 yillarda taraqqiyot strategiyasi haqidagi ma'ruzasi. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. Tashkent 2021y. 267 b. 2 . Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi.Tashkent 2021y. 267 b.

3. Abdullayeva, G. A. (2021). Quality of educational work in the general secondary education system as a problem. Экономика и социум, (11-1 (90)), 35-39.

4. Ахрарова, З. Б. (2021). ТАЛАБАЛАРНИ ИЛМИЙ-ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТГА ЙУНАЛТИРИШДА ФАН ТУГАРАКЛАРИНИНГ УРНИ. In Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1) (pp. 315-317).

5. Ахрарова, З. Б. (2021). УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМДА ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ КУЛЛАШ ЖАРАЁНЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 190-194.

6. Ахророва, З. Б. (2023). МА^МУДХУЖА БЕХ,БУДИЙНИНГ МАЪНАВИЙАХЛОКИЙ ТАРБИЯГА ОИД КАРАШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 201-206.

7. Ishmuhammedov R., Yuldashev M. Ta'lim va tarbiyada innnava^on pedagogik texnologiyalar, (ta'lim tizimi xodimlari, metodistlar, o'qituvchilar, tarbiyachi va murabbiylar uchun o'quv qo'llanma). -Toshkent, 2013.-277-b.4 Ibrohimov А. va boshq. Vatan tuyg'usi / А.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jo'raev. //-T.; «O'zbekiston», 1996. - 96 b.

8. Yo'ldoshev J.G'. Ta'lim maqsadlarini tashxislash.- T.;"O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati", 2007. - 210 b.

9. Turdiqulova, N. T. L. Q. (2023). KITOBXONLIK BUYUK KELAJAK POYDEVORI. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 698-703.

124

27-mart, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.