Научная статья на тему 'O‘SMIRLARDA DAXLDORLIK FAZILATINI NAMOYON BO’LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

O‘SMIRLARDA DAXLDORLIK FAZILATINI NAMOYON BO’LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
322
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
daxldorlik / taʼlim / tarbiya / motiv / ustanovka / fazilat / xususiyat / psixologik omil axloq / illat / tahdid / maʼnaviyat / maʼrifat / актуальность / образование / воспитание / мотив / институт / качество / особенность / психологический фактор / нравственность / порок / угроза / духовность / просвещение

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Aribjanova Umida Abdurashitovna

Mazkur maqolada o‘smirlarda daxldorlik fazilatini namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari jumladan o‘quvchilarni maktab taʼlim, oiladagi odat va islohotlarga bo‘lgan daxldorligi o‘rganildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПРОЯВЛЕНИЯ У ПОДРОСТКОВ КАЧЕСТВА ПРИЧАСТНОСТИ

В данной статье изучены психологические особенности проявления у подростков качества причастности, в том числе, причастности учащихся к школьному образованию, семейным обычаям и реформам.

Текст научной работы на тему «O‘SMIRLARDA DAXLDORLIK FAZILATINI NAMOYON BO’LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Aribjanova Umida Abdurashitovna,

Andijon davlat universiteti "Umumiy psixologiya" kafedrasi tayanch doktoranti

O SMIRLARDA DAXLDORLIK FAZILATINI NAMOYON BO LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

УУК: 159.922.7-053.6(043.3) DOI: 10.34920/SO/VOL_2022_ISSUE_12_2

ARIBJANOVA U.A. O SMIRLARDA DAXLDORLIK FAZILATINI NAMOYON BO LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYA TLARI

Mazkur maqolada o'smirlarda daxldorlik fazilatini namoyon bo'lishining psixologik xususiyatlari jumladan o'quvchilarni maktab ta'lim, oiladagi odat va islohotlarga bo'lgan daxldorligi o'rganildi.

Tayanch so'z va tushunchalar: daxldorlik, ta'lim, tarbiya, motiv, ustanovka, fazilat, xususiyat, psixologik omil axloq, illat, tahdid, ma'naviyat, ma'rifat.

АРИБЖАНОВА У.А. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПРОЯВЛЕНИЯ У ПОДРОСТКОВ КАЧЕСТВА ПРИЧАСТНОСТИ

В данной статье изучены психологические особенности проявления у подростков качества причастности, в том числе, причастности учащихся к школьному образованию, семейным обычаям и реформам.

Ключевые слова и понятия: актуальность, образование, воспитание, мотив, институт, качество, особенность, психологический фактор, нравственность, порок, угроза, духовность, просвещение.

ARIBJANOVA U.A. PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF EXEMPLIFICATION OF THE ATTITUDE CHARACTER IN ADOLESCENTS

In this article, the psychological characteristics of the manifestation of the quality of involvement in adolescents, including the involvement of students in school education, family customs and reforms, were studied.

Key words and concepts: involvement, education, training, motive, institution, virtue, characteristic, psychological factor, morality, vice, threat, spirituality, enlightenment.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

Kirish. Bugungi kunda Xalqaro tashkilotlar, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti, BMT Xavfsizlik Kengashi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo'yicha tashkiloti Parlament assam-bleyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlar aksilterror markazi, Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va treninglar markazi, YUNESKO kabi dunyoning yetakchi ilmiy-tadqiqot hamda ta'lim muassasal-arida olib borilayotgan tadqiqotlarda "daxldorlik", "ogohlik", "hushyorlikni oshirish" masalalari yetakchi o'rinni egallaydi.

Ushbu masala o'nlab xalqaro tadqiqot marka-zlari va dunyoning yirik ilmiy-tadqiqot insti-tutlari tomonidan muntazam izlanishlar olib borilmoqda. Bu esa o'smirlarning jamiyatdagi voqea va hodisalarga ijtimoiy faol munosabatda bo'lish, daxldorlik fazilatini rivojlantirish bo'yicha istiqbolli yo'nalishlarni amalga oshirishga bev-osita bog'liqdir.

Qolaversa mamlakatimizda yosh istiqbolli avlodning jismoniy, intellektual va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish, ularni qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyat-larga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ustuvor yo'nalishlarni keng targ'ib qilishga qaratil-gan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Maz-kur masalada O'zbekiston Respublikasi Vazir-lar Mahkamasininig 2019 yil 31-dekabrdagi 1059-sonli qarorida1 yoshlarda "daxldorlik" va "mas'uliyat" kabi tayanch kompetensiyaviy fazilatlarni maktab yoshidan boshlab shakllanti-rish bo'yicha aniq ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek mazkur masalada zamonamizda mafkuraviy, g'oyaviy va informatsion kurash kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tah-likali davrda turli xil ichki va tashqi, ochiq va yashirin tahdidlarga nisbatan o'smirlarimizda daxldorlik fazilatini shakllantirish ishlarini yangi bosqichga ko'tarish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilishning psix-ologik omillarini tadqiq qilish, o'smirlarda yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga nisbatan daxldorlik fazilatini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borishga qaratilgan

1 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlar to'g'risida"gi 1059-sonli qarori.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator Qarorlarini2, 3, 4 qabul qilinishi ham jami-yatda mazkur masalani nechog'lik muhim aha-miyatga ega ekanligini ko'rsatmoqda.

Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asar-lari qisqacha tahlili: Daxldorlik masalasi Sharq mutafakkirlari Alisher Navoiy, Abu Nasr Foro-biy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriylarning asarlari o'rganilgan.

Mahalliy tadqiqotchilar E.G'oziev, M.Quronov, N.Safaev, F.Nabiev, Q.Nazarov, Sh.To'raev, A.Xolbekov, S.Mamashokirov, V.M.Karimova, A.Jabborov, A.Erkaev, O.Bozorov, N.Majidov, Sh.Abdullaeva, O.Musurmonova, S.Nishonova, U.Mahkamov, F.Ravshanov, X.Jabborov va E.Shermonov kabilarni tadqiqotlarida daxldorlik fazilating g'oyaviy, siyosiy, falsafiy, pedagogik va psixologik jihatlari o'rganilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari olimlaridan, E.B.Pirogova, L.I.Sokolova, Y.S. Mishenko, S.V. Ponomarev, A.T.Kamzanova, Ye.Koloskova, Z.A. Semenova, T.P. Nester-ova, R.A. Doljenko, T.Karapetyan, S.Maddi, D.A.Leontev, T.Yu.Bazarov, B.L.Eremin, O.B.Antonov, N.I.Shatalova, G.Latfullin, O.Gromova, S.Ogursov, A.N.Suxov, A.A.Derkach, N.G.Maloshonoklarning tadqiqotlarida yosh-larning g'oyaviy-siyosiy dunyoqarashi xususi-yatlarini ilmiy pedagogik-psixologik jihatdan o'rganganlar.

Xorijlik tadqiqotchilar E.Fromm, J.Russo, K.Tomson, A.Astin, E.Klinger, Uilyam Kan, V.Shaufeli, A.B. Bakker, M.P.Leiter, T.Schwartz, S.D.Saleh, J.Hosek, W.A.Kahn, Dj.Meyer, N.Allen, K.Maslax, L.Feyerbax, R.Peysa, D.N.Prokofev, P.L.Landsberg, E.Mune, V.F.Gegel, K.Yaspers, R.Peysa, V.Tinto, E.Paskarelli, S.Kleyna, Dj.Rayanlarning ishlarida daxldorlik fazilatining tarkibiy sifatlari, daxldorlik fazilatini shakllan-

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida"gi PQ-3160-sonli qarori.

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4307-sonli qarori.

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040 qarori.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

1-rasm. Respondentlarning "Sizningcha maktabda yanada a'lo baholarga o'qishingizga nimalar salbiy ta'sir o'tkazmoqda?" degan savolga bergan javoblari.

60,00 50,00 40,00 30,00 20,00 10,00 0,00

55,00

47,37

38,24 38,24

33,33 33,33

Vi Ii ' I, fl

iioo fcoo t; jjoo fei t^oo4д;

8 sinf

lOsinf

Qiz bolalar

О g'il bolalar

I Foydalanadigan kitoblarning qiziqar li emasligi Maktab dar sliklar ining o ta ilrniy va murakkab tilda yozilganligi I Ijtirrioiy tar rrioqda va PlayStation o'yinlar i

I Oilaviy sharoitim og ir ligi sabab nnustaqil pul topishga nnajbur bo layotganligim

Kelajakdagi tanlamoqchi bo'lgan kasbirn bo'yicha aniq yo'nalishdagi fan re p i ti tori a rig a borayotganligim tufayli I Boshqalar

tirish masalasini ma'lum darajadagi jihatlarni ko'rish mumkin.

Tadqiqot maqsadi o'smirlarda daxldor-lik fazilatini namoyon bo'lishining psixologik xususiyatlarini o'rganishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: daxldorlik fazilatini shakllanishi muammo-siga oid ilmiy manbalarni tahlil qilish va tadqiqot maqsadiga mos ravishda tizimlashtirish;

o'smirlarda islohotlarga daxldorlik fazilatini shakllanishiga ta'sir qiluvchi psixologik xususi-yat va omillarni aniqlash (yosh, jins, hudud kes-imida);

o'smirlarning islohotlarga daxldorlik fazilat-lariga bog'liq bo'lgan shaxsliylik xususiyatlari, irodaviy sifatlar, kognitiv jarayonlarning rivo-jlanganlik darajasi, shaxs yo'nalganligi, refleksiya darajalari bilan o'zaro bog'liqligini o'rganish;

o'smirlarda islohotlarga nisbatan daxldorlik fazilatini shakllanganlik darajalarini aniqlash;

o'smirlarda daxldorlik fazilatini shakllan-tirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik trening dasturlarini ishlab chiqish va uning samarador-ligini baholash;

o'smirlarda daxldorlik fazilatini shakllanishi bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Maqolaning ilmiy mohiyati. Mazkur tadq-iqotda biz o'quvchi yoshlarni davlatimizda bo'layotgan islohotlar jumladan oilada, ta'limda bo'layotgan o'zgarishlarga munosabatini o'rganish orqali ularda daxldorlik fazilatlarini shakllanganlik darajalarini bilishni maqsad qildi.

Tadqiqotning ob'ekti. Mazkur tadqiqotim-izda Namangan hamda Andijon viloyatidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil olayot-gan 8 va 10 sinf o'quvchilaridan jami 610 nafar o'quvchi ishtirok etdi. Qo'lga kiritilgan empirik ma'lumotlar quyidagicha natijalarni qayd qildi. Quyidagi ma'lumotda 8-sinflardan (n=340), 10 sinflarda (10-sinf (n = 270) 610 nafar qatnash-gan bo lib, ulardan 290 nafar qiz bola, 320 nafari o'g'il bolalarni tashkil etgan.

Tadqiqotning usullari. Biz tadqiqotimizda aynan o'quvchilar guruhi uchun aynan ushbu metoddan foydalandik. Shuningdek o'quvchilarni o'zini o'zi idora qilgan holda yagona maqsadga erishish vositalarini amalda sinab ko'rishni tatbiqiy maqsad sifatida belgiladik1.

Ilmiy manbalarda keltirilishisha, "korporativ uyushma", "korporativ tashkilot" kabi tushunchalar o'rnida ilgari "ijtimoiy normalar", "guruhning ma'naviy muhiti", "boshqaruv muhiti" kabilar ishlatilgan.

Natijalar va amaliy misollar. O'quvchilarga 1-savol "Sizningcha maktabda yanada a'lo baholarga o'qishingizga nimalar salbiy ta'sir o'tkazmoqda?" savol berildi va quyidagicha natijalar qo'lga kiritildi (1-rasm).

1 Hop^oBa Н.Т. Аффилиaция мйтиви - тaлaбaлaр мaънaвий к1иёфacини шaкллaнтиpувчи ижтимйий-психслсгик ймил. Психслйгия фaнлapи нймзйди илмий дapaжacини йлиш учун ёзилган диccepтaцияcи. - Тйш-кент - 2016. - 350 б.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

2-rasm. Respondentlarning "Siz qaysi ijtimoiy tarmoqlarni ko'proq kuzatib borasiz?" degan savolga bergan javoblari

2-SAVOL "SIZ QAYSI IJTIMOIY TARMOQLARNI KO'PROQ KUZATIB BORASIZ?"

^r tn

on

.Il ■

rsl

I

I

8 sinf 10 sinf Qiz bolalar O'g'il bolalar

■ Whatsapp 2,1 0 0 2,5

■ Facebook 4,2 0 0 5,0

■ Instagram 35,4 34,4 27,5 42,5

■ Telegram 39,6 43,8 55,0 27,5

Tiktok 8,3 12,5 5,0 15,0

■ Boshqalar 10,4 9,4 12,5 7,5

Yuqoridagi natijalardan ko'rinib turib-diki В sinf o'quvchilarining 26,3% Ю sinflarning 55% maktabda yanada a'lo bahol-arga o'qishinga foydalanadigan kitoblarn-ing qiziqarli emasligini ko'rsatishdi. Mazkur qo'lga kiritilgan empirik natijalar ichida yana ko'zga yaqqol tashlangan ko'rsatkichlar kelaja-kdagi tanlamoqchi bo'lgan kasbim bo'yicha aniq yo'nalishdagi fan repititorlariga boray-otganligi В sinf o'quvchilarida 47,3% В sinf o'quvchilarida esa 15% ni tashkil qilgan. Shun-ingdek mazkur tahlildan ko'rish mumkinki o'quvchilarni yanada a'lo baholarga o'qishiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan omillar maktab dars-liklarining o'ta ilmiy va murakkab tilda yozilgan-ligini qiz bolalarni 17.6% va o'g'il bolalarni 25% takidlashgan. Tavsiya: Tegishli mutasaddi tash-kilot va vaziliklarga maktab darsliklarini qiziqa-rli va maktab yoshiga mos ravishda soddaroq va didaktik tamoyillar asosida yaratish bo'yicha tak-lif kiritish.

O'quvchilarga 2-savol "Siz qaysi ijtimoiy tarmoqlarni ko'proq kuzatib borasiz?" savol berildi va quyidagicha natijalar qo'lga kiritildi (2-rasm).

Yuqoridagi empirik natijalarni tahlil qiladi-gan bo'lsak o'quvchilarni aksariyati jumladan В sinf o'quvchilarini 39.6% va Ю sinflarni 43.8% "Telegram" ijtimoiy tarmog'ida, o'g'il bolalarn-ing 42.5% va qiz bolalarning 27.5% "Insta-gram" ijtimoiy tarmoqlarini ko'proq kuzatishla-rini aytishgan. Shuningdek o'quvchilar "What-

sapp", "Facebook", "Tiktok" kabi ijtimoiy tarmoqlarini ham ma'lum darajada kuzatib borish-larini ta'kidlashgan.

Tavsiya: Yoshlarning aksariyat qismi "Telegram" va "Instagram" ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanishadi shuning uchun yoshlar siyosati, yoshlar tarbiyasiga qaratilgan ishlarni aynan shu tarmoqlarda kuchaytirish va ayna shu tarmo-qlarda targ'ibot ishlarini kuchaytish maqsadga muvofiq.

O'quvchilarga 3-savol "Siz kelajakda qaysi kasb egasi bo'lmoqchisiz?" savol berildi va quyidagicha natijalar qo'lga kiritildi (3-rasm).

Yuqoridagi jadvalni tahlili qiladigan bo'lsak o'quvchilarning aksariyati biznesmen kasbini tanlashgan, ya'ni В sinf o'quvchilarining 18,1%, Ю sinf o'quvchilarining 20%, qiz bolalarning 18,9% va o'g'il bolalarning 29,6% shu kasb egasi bo'lishini ta'kidlashgan. Tashvishli signal-lardan biri o'g'il bolalarni birortasi o'qituvchilik kasbini tanlamagan,biroq В sinf qizlarining 27,2% va Ю sinf qizlarining 8% o'qituvchilik kasbini tanlagan. Kasblar ichida qizlar harbiy kasbini tanlamaganligi ko'zga tashlandi.Tavsiya: O'quvchilar orasida vatanparvarlikka qaratilgan targ'ibot ishlarini kuchaytish, yigitlar orasida o'qituvchilik, qiz bolalar orasida harbiy kasbi bo'yicha ma'lumotlarni kengaytirish va mazkur kasblarga nisbatan o'quvchilarda ijobiy munosa-batni shakllantirish lozim.

O'quvchilarga 4-savol "Siz o'qiyotgan maktabda qaysi sport to'garaklari bo'lishini xoh-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2G22, 12 (121)

3-rasm. Respondentlarning "Siz kelajakda qaysi kasb egasi bo'lmoqchisiz?" degan savolga bergan javoblari.

3-SAVOL "SIZ KELAJAKDA QAYSI KASB EGASI

Bp'LMOQCHISIZ?" m -

r- Tt- ^ rn ri 1 00 r-i » ri 1Л in rf -f !" 1 00 rsj * 1 rvj rv| ■ li.l ¡1 3 , I я a «- îi 1 <N СО 1 ri ri 1 ^ П ri 1 ri ri —1 *4 II

8 sinf 10 sinf qiz bolalar o'g'il bolalar

■ Shifokor 13,64 16 16,22 11,11

■ O'qituvchi 27,27 8 21,62 0

■ Xuquqshunos 4,55 4 5,41 0

■ Xarbiy 0 12 0 11,11

Biznesmen 18,18 20 18,92 29,63

■ Aytichnik (dasturchi); 4,55 12 5,41 14,81

■ Boshqalar 31,82 28 32,43 33,33

4-rasm. Respondentlarning "Siz o'qiyotgan maktabda qaysi sport to'garaklari bo'lishini xohlar edingiz?" degan savolga

bergan javoblari.

lar edingiz?" savol berildi va quyidagicha nati-jalar qo'lga kiritildi (4-rasm).

Yuqoridagi tahlillardan aniq bo'ldiki 15 va 324 maktablarida qiz bolalar orasida Tennis (25%), Kikboks (40.6%), o'g'il bolalar orasida Futbol

(31.5%), Boks (13.6%) sport to'garaklariga ehti-yoj kattaligi ta'kidlangan. Mazkur so'rovdan ayon bo'ldiki 8 sinflarni 8.1%, 10 sinflarni 20%, o'g'il bolalarning 7.8% va qiz bolalarning 18.8% sport bilan shug'ulanmayotganligini ta'kidlashgan.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

5-rasm. Respondentlarning "Siz o'qiyotgan maktabda qaysi fan to'garaklari bo'lishini xohlar edingiz?" degan savolga bergan javoblari.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Tavsiya: O'quvchilar tomonidan ehtiyoj sezilayotgan sport to'garaklarini ochish bo'yicha amaliy yordamlashish, qiz bolalar orasida sport faoliyati bilan shug'ullanishga qaratilgan targ'ibot ishlarini kuchaytish bo'yicha chora-tad-birlar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

O'quvchilarga 5-savol "Siz o'qiyotgan maktabda qaysi fan to'garaklari bo'lishini xohlar edingiz?" savol berildi va quyidagicha natijalar qo'lga kiritildi (5-rasm).

Tadqiqot natijalarning ishonchliligi: Maz-kur jadvaldagi ko'rsatkichlarni tahlil qiladigan bo'lsak o'quvchilarni aksariyati o'z maktablarida chet tilini o'rgatishga qaratilgan fan to'garaklari ochilishini xohlashlarini ta'kidlashgan. Jum-ladan 8 sinf o'quvchilarining 47.7% va 10 sinf o'quvchilarini 43.4% chet tilidan to'garaklar ochilishini yo'qlashgan. Ushbu tahlillarga ko'ra qiz bolalar (58.3%) o'g'il bolalar (32.2%)ga nis-batan chet tili bo'yicha fan to'garaklarini ochil-

ishini yo'qlab ovoz berishgan. Mazkur savolno-madan xavf signali bo'yicha 8 sinf o'quvchilarini 11.3%, 10 sinflarni 21.7%, qiz bolalarni 8.3% va o'g'il bolalarni 22.5% fan to'garaklari bo'yicha hali o'ylab ko'rmaganliklari tashvishli holat hiso-blanadi.

Tavsiya: Mazkur maktablarda chet tili, matematika, fizika, tarix, kompyuter dasturchisi kabi fan to'garaklarini tashkil etish maqsadga muvofiq. O'quvchilarni 25% ortig'i hali fan to'garaklari haqida fikrlarini yo'qligi bu tashvishli signal hisoblanadi. Shuning uchun mazkur maktablarda o'quvchilarni o'quv faoliyatiga nisbatan motivlarini oshirish bo'yicha hamkorlikdagi sem-inar-treninglarni tashkil etish maqsadga muvo-

fiq.

O'quvchilarga 6-savol "Maktabni tamomlag-andan keyin nima bilan shug'ullanmoqchisiz?"

savol berildi va quyidagicha natijalar qo'lga kiritildi (6-rasm).

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

6-rasm. Respondentlarning "Maktabni tamomlagandan keyin nima bilan shug'ullanmoqchisiz?"degan savolga bergan

javoblari.

6-savol. Maktabni tamomlagandan keyin nima bilan shug'ullanmoqchisiz?

I Ishlab pul topmoqchiman

O'qishga kiramoqchiman

I Armiyaga ketamoqchiman

I Oila quramoqchiman

Hali rejalashtirmadim

i Chet elga ketmoqchiman

i Boshqalar

I,

Qiz bolalar CTg'il bolalar

20,5 33,3

12,8 2,6 23,1 0,0

7-rasm. O'quvchilarning o'quv faoliyatiga daxldorligi va mas'uliyat darajasi.

Yuqoridagi tahlillar o'quvchilarni aksari-yati maktabni tugatganidan so'ng oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishlari maqsad-lari ustuvor ekanligini ko'rsatdi. Jumladan 8 sinf o'quvchilarini 47,6%, 10 sinflarni 48,3% maktabni tugatganidan so'ng oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishlarini ta'kidlashgan. Mazkur ko'rsatkichlarda tashvishli signallar ham bor jumladan o'g'il bolalar (33,3%) qiz bolalar (65,6%)ga nisbatan oliy ma'lumotli bo'lish istak-lari pastligini ko'rsatdi. Maktabni tugatib chet elga ketish istagi qiz bolalar(15,6%)ga nisbatan o'g'il bolalar(23,1%)da ustuvor maqsadlardan biri ekanligi ham aniqlandi.

Tavsiya: O'g'il bolalar orasida oliy ma'lumot bilan bog'liq targ'ibot ishlarini kuchaytirish, hamkorlikda o'quvchilar orasida ilm olish, ma'rifatli bo'lish, kasbiy ustanovkalar bo'yicha seminar-treninglar tashkil etish maqsadga muvofiq.

Yuqoridagi 6 ta savol asosida o'quvchilarni o'quv faoliyatiga daxldorligi va mas'uliyat darajasi aniqlandi (7-rasm).

Yuqoridagi 6 ta savol asosida o'quvchilarni islohotlarga nisbatan daxldorligi darajasi aniqlandi (8-rasm).

Tadqiqotimizni so'ngi bosqichi o'quvchilarni oiladagi voqeliklarga daxldorligini o'rganish

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

8-rasm. O'quvchilarning islohotlarga nisbatan daxldorligi daxldorligi darajasi.

70% 60% 50% 40% 30% 20% 10% 0%

■ Yahshi Qoniqarsiz

9-rasm. O'quvchilarning oiladagi voqeliklarga nisbatan daxldorligi darajasi.

■ Oiladagi voqeliklarga daxldorligi yaxshi ■ Oiladagi voqeliklarga daxldorligi qoniqarsiz

80% 70% 60% 50% 40% 30% 20% 10% 0%

dorlik fazilatini tayanch psixologik xususiyatla-rini mas'uliyatlilik, tashabbuskorlik, jur'atlilik, mustaqillik, matonatlilik, qat'iylik, g'ayratlilik, e'tiborlilik, maqsadga intiluvchanlik kabilar tash-kil etadi va biz ularni daxldorlik fazilati bilan a'loqasini ham o'rgandik.

Mazkur metodika shaxsdagi mas'uliyatlilik, tashabbuskorlik, jur'atlilik, mustaqillik, matonatlilik, qat'iyatlilik, g'ayratlilik, e'tiborlilik, maqsadga intiluvchanlik kabi irodaviy sifatlarn-ing shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratil-gan. Ushbu metodikani qo'llashimizdan maqsad o'quvchilarning irodaviy sifatlari bilan axloqiy-ma'naviy jarayonlarning o'zaro aloqadorligini aniqlashdan iboratdir.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

bo'ldi va biz quyidagicha qiziq empirik nati-jalarni qo'lga kiritdik [3]. O'quvchilardan sizning-cha "Ota-onalaringizni sizga yaxshi tarbiya beri-shi uchun nima xalaqit beryapti deb o'ylaysiz?" deb berilgan savoliga 28%i, ota-onalar tarbiya metodlarini yaxshi bilmaydi, 18%i tarbiyadagi oilaning mas'uliyatini anglamaydi deb, 22% i far-zandi bilan muloqot qilmasligi deb javob berish-gan bo'lsa 32%i mazkur savolga bilmayman deb javob bergan, bu ko'rsatkichlar ota-onalarning farzand tarbiyasiga e'tibor borasida masalani jiddiy o'ylab ko'rishlarini taqozo qiladi.

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Biz tadqiqot davomida o'quvchilarni daxldorlik fazilatlarini psixologik xususiyatlarini ham tadqiq qildik. Jumladan bizningcha daxl-

V____

1-jadvaI. Shaxs irodaviy sifatlarini o'rganish metodikasi bo'yicha olingan dastlabki umumiy ma'lumotlar

№ Omillar Yigitlar N=320 Foizi Qizlar N = 290 Foizi

1. Mas'uliyatlilik 48 15,2 41 14,1

2. Tashabbuskorlik 52 16,5 32 11,3

3. Jur'atlilik 39 12,1 26 8,6

4. Mustaqillik 50 15,4 36 12,3

5. Matonatlilik 16 5,1 34 12,0

6. Qat'iylik 18 5,6 23 7,9

7. G'ayratlilik 37 11,5 29 10,1

в. E'tiborlilik 39 12,1 42 14,4

9. Maqsadga intiluvchanlik 21 6,5 27 9,3

Jami: 320 100 290 100

2-jadvaI. O'zini o'zi nazorat qilish turlari bo'yicha sinaluvchilar ko'rsatkichlarining taqsimoti

O zini o zi nazorat qilish turlari Statistik ko'rsatkichlar

M - o'rtacha arifmetik qiymat S2 - standart og'ish darajasi

Emotsional holatlarda o'zini o'zi nazorat qilish 12,91 7,65

Faoliyat jarayonida o'zini o'zi nazorat qilish 17,64 14,03

Ijtimoiylashuv jarayonida o'zini o'zi nazorat qilish 17,71 11,05

Endi, maktab o'quvchilarining axloqiy-ma'naviy hamda shaxsiy xususiyatlari va fazilat-lariga ta'sir etuvchi irodaviy sifatlarning namo-yon bo'lishi ko'rsatkichlari bo'yicha gender far-qlarining umumiy sharhiga to'xtalib o'tamiz.

Maqsad - irodaviy sifatlar o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni hamda o'zini o'zi idora qilish komponentlari qaysi irodaviy sifatlar bilan bog'liqligini aniqlash edi.

Yigitlarda irodaviy sifatlar bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichlar "tashabbuskorlik" 16,5 %, "mustaqillik" 15,4 %, "mas'uliyatlilik", 15,2 % bo'lsa, quyi ko'rsatkichlar "maqsadga inti-luvchanlik" 6,5 %, "qat'iylik" 5,6 "matonatli-lik" esa 5,1 % ni tashkil etdi. Bu shuni anglata-diki, maktab o'quvchilarining axloqiy sifatlarida muhim xususiyatlardan hisoblangan "maqsadga intiluvchanlik", "qat'iylik", "matonatlilik" sifat-lari nisbatan kam miqdorlarda shakllangan ekan. Qizlarning ushbu metodika bo'yicha natijalariga nazar tashlaydigan bo'lsak, bunda eng yuqori ko'rsatkichlar "mas'uliyatlilik" 14,1 %, "e'tiborlilik" 14,4 % va "mustaqillik" 12,3 % bo'lsa, quyi ko'rsatkich esa "maqsadga intiluvchanlik" 9,3 %, "jur'atlilik" 8,6 %, "qat'iylik" 7,9 % ko'rsatkichlar miqdorida namoyon etildi.

Keltirilgan natijalarga ko'ra, o'smirlar guruhida emotsional holatlarda o'zini o'zi nazorat qilish past ko'rsatkich (M = 12,91) ni tashkil qiladi. Shu bilan birga sinaluvchilarning natijalari o'rtasida tarqoqlik holati kuzatilmaydi.

Bu, bizningcha, o'smir turli tashqi ta'sirlarga, atrofdagi insonlar jamoasi bilan o'zaro muno-sabatlarida, shuningdek, o'zi bilan o'zi kelisha olmasligi natijasida yuzaga keladigan ziddiyatli noxush holatlarga uning nisbatan birdek javob reaksiyasini namoyon qilishi tufaylidir. Shuni ta'kidlash kerakki, emotsional holatlar qanday darajada namoyon bo'lishi, nerv jarayonlarin-ing tizimi va individual psixologik xususiyatlarga bog'liqligi o'smirlik davrida, ayniqsa, yaqqol ifo-dalanadi. Shu sababli ham emotsional holatlarda o'zini o'zi nazorat qilishning shakllanish xususi-yatlarini o'smirlar misolida o'rganish ancha qulay.

Xulosalar: Xulosa o'rnida shuni aytish mum-kinki, daxldorlik fazilati odamning ijtimoiy mavjudot sifatidagi manfaatlaridan kelib chiqib, o'z funksiyasini bajarishi yoki bajarmasligini hal qiluvchi ilk signal, tanlash nuqtasi bo'lib, aynan mazkur funksiya uning psixologik tabiatidir. Bugungi kunda o'quvchilar orasidagi islohot-larga, fan-ta'limga, oila va jamiyatda bo'layotgan e'tiborsizliklari tufayli tiklab bo'lmas ofat, jinoyat, halokatlar sodir bo'lish ehtimoli yo'q emas ekan, daxldorlik fazilati va uning psixologik xususiyat-larini tadqiq qilish orqali mazkur fazilatni har bir o'zbekistonlik yosh yigit-qizning kompetensi-yaviy fazilatiga aylantirish o'ta muhim ijtimoiy-psixologik zarurat deb aytishimiz mumkin.

2. O'smirlarda daxldorlik fazilatini namo-yon bo'lishining psixologik xususiyatlari

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

yuzasidan tarixda va bugungi kunda turli xil munozarali fikrlar mavjud bo'lib, bu qarashlar turli manbalarda Sharq va G'arb mutafakkir-lari ijodida, ilg'or psixologiya vakillarining ilmiy asarlarida asrlar davomida sayqal topib kel-gan, ammo aynan o'smirlarda daxldorlik fazila-tini namoyon bo'lishining psixologik xususiyat-lari muammosi psixologiyada o'zining muayyan nazariy-metodologik bazasiga ega bo'lsa-da, ushbu muammoga daxldor tadqiqotlar ko'lami hali o'zining mukammal yechimlariga ega bo'lmaganligini ko'rsatadi.

3. Empirik tahlillar ko'rsatkichlari o'smirlarda individuallikka nisbatan jaomoaviylik kuchaygan sari ularda daxldorlik fazilati yaqqolroq namoyon bo'lishini ko'rsatdi. Ya'ni o'smir shaxsida jaomaviylikka bo'lgan ehtiyojni yuqoriligi uning jamoadoshlari va uning faoliyatiga nisbatan dax-ldorligini ham shuncha yuqoriligini asoslaydi, shaxsdan individuallik kuchayib borgan sari shaxsdagi daxldorlik fazilati faqatgina o'ziga

qaratilar ekan. Buni psixologiyadagi egoizm va alturizm tushunchalari bilan ham izohlash mum-kin.

Taklif va tavsiyalar.

1. Ota-onalarga va o'qituvchilarga o'smirlik davriga xos "o'z-o'zini anglash", "zamon va makonni ob'ektiv anglash", "o'z imkoniyatlarini real va ob'ektiv baholash", "xulq-atvorni ijtimoiy shartlanishi" "ijtimoiy normalarni anglashi", "mil-liy xarakter va milliy qadriyatlarga yo'nalganligi", "jamiyatda o'z mavqeiga ega bo'lishi" kabi daxldorlik faziltining ustuvor sifatlari bo'yicha semi-nar-treninglar tashkil etish maqsadga muvofiq;

2. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan o'smirlarda islohotlarga nisbatan daxldorlik fazilatini shaklanganlik darajalarini aniqlash imkonini beruvchi "Daxldor fuqaro" nomli ijti-moiy-psixologik so'rovnomasini ta'lim muassala-rida o'tkazib, qo'lga kiritilgan empirik natijalar asosida psixokonsultatsiyalar berib borish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlar to'g'risida"gi 1059-sonli qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida"gi PQ-3160-sonli qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4307-sonli qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040 qarori.

5. Jabborov Xazrat Xusenovich. Yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining psixologik qonuniyatlari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor. SJIF 2021: 5.423.

6. Норкулова Н.Т. Аффилиация мотиви - талабалар маънавий киёфасини шакллан-тирувчи ижтимоий-психологик омил. Психология фанлари номзоди илмий даража-сини олиш учун ёзилган диссертацияси. - Тошкент - 2016. - 350 б.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.