Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH TA`LIMDA GENDER MADANIYATI KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI'

BOSHLANG‘ICH TA`LIMDA GENDER MADANIYATI KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
3382
147
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
QIZ-O'G'IL / JAMIYAT / GENDER TENGLIK / METOD / PEDAGOGIKA

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — G‘oyimov U.

Aslida jamiyatda o‘g‘il yoki qiz tushunchasi biroz murakkab. Biri ikkinchisidan farq qiladigan bu tabiat vakillari o‘z g‘oyasi, maqsadlari bilan jamiyatda rubaro keladi. Ularning qarashlari bir-biriga mutlaqo teng emasligi ayrim salbiy vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Biroq yigitlar singari qizlarning ham jamiyatda o‘z o‘rni, obrusi, qadri-sha’ni muhimligi haqida gap ketganda ko‘pchilik yana baxs-munozaraga kirishishadi. Ushbu tadqiqot maydonini esa jamiyatda gender muammolarini yechimini topishda turli noan’anaviy usullarni tadbiq qilish taklifi kiritiladi. Zero bu usullar gender tenglikning jamiyatdagi rolini ochib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF GENDER CULTURE SKILLS IN PRIMARY EDUCATION

In fact, the concept of boy or girl in society is a bit complicated. These representatives of nature, which differ from each other, come across in society with their own ideas and goals. The fact that their views are not completely equal to each other leads to some negative situations. However, when it comes to the importance of girls' place, prestige and dignity in society, as well as boys, many people start arguing again. This field of research suggests the use of various non-traditional methods in solving gender problems in society. Because these methods reveal the role of gender equality in society.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH TA`LIMDA GENDER MADANIYATI KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI»

G'oyimov U.

Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti o'qituvchisi

BOSHLANG'ICH TALIMDA GENDER MADANIYATI KONIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

Anatatsiya: Aslida jamiyatda o 'g'il yoki qiz tushunchasi biroz murakkab. Biri ikkinchisidan farq qiladigan bu tabiat vakillari o'z g'oyasi, maqsadlari bilan jamiyatda rubaro keladi. Ularning qarashlari bir-biriga mutlaqo teng emasligi ayrim salbiy vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Biroq yigitlar singari qizlarning ham jamiyatda o'z o 'rni, obrusi, qadri-sha 'ni muhimligi haqida gap ketganda ko'pchilik yana baxs-munozaraga kirishishadi. Ushbu tadqiqot maydonini esa jamiyatda gender muammolarini yechimini topishda turli noan'anaviy usullarni tadbiq qilish taklifi kiritiladi. Zero bu usullar gender tenglikning jamiyatdagi rolini ochib beradi.

Kalit so'zlar: Qiz-o'g'il, jamiyat, gender tenglik, metod, pedagogika.

Goyimov U. lecturer

Pedagogical Institute of Karshi State University

THE IMPORTANCE OF GENDER CULTURE SKILLS IN PRIMARY

EDUCATION

Annotation: In fact, the concept of boy or girl in society is a bit complicated. These representatives of nature, which differ from each other, come across in society with their own ideas and goals. The fact that their views are not completely equal to each other leads to some negative situations. However, when it comes to the importance of girls' place, prestige and dignity in society, as well as boys, many people start arguing again. This field of research suggests the use of various non-traditional methods in solving gender problems in society. Because these methods reveal the role of gender equality in society.

Keywords: girl-boy, society, gender equality, method, pedagogy.

Kirish

Bosh qomusimiz hisoblanmish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har ikkala jins egalarining tengligi kafolatlangan. Yurtimizda yil sayin yuqori lavozimlarda ishlovchi ayollar soni ortib bormoqda, bu borada 2019 yilning 2 sentyabr kuni Davlatimiz rahbari tomonidan Harakatlar strategiyasi doirasida bu borada muhim qadam bo'ldi. Ya'ni O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonunni imzolanib, gender tenglikni ta'minlash masalasiga davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Mazkur qonuniga

asosan ushbu sohadagi davlat boshqaruvi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiyasi, shuningdek davlat organlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida amalga oshirilishi belgilandi. Shuningdek, xotin-qizlar va erkaklar o'rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo'yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilishini ta'minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko'rilishi nazarda tutildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

Inson huquqlarining poymol etilishiga qarshi yana bir muhim qadam sifatida Davlat rahbarining 2019-yil 7-martdagi "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonuni qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan jamiyatda ayollarni xo'rlash va qadrsizlanishlariga qarshi murosasizlik muhitini yaratish vazifasi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida belgilandi.

Ma'lumki, qizlarga aslida ta'lim olishning teng bo'lmaganligi - yaxshi tasdiqlangan xaqiqat. Biroq, kelajak o'qituvchilari sifatida biz buni maktabda, tengdoshlar orasida, o'quv dasturlar, darsliklar yaratayotganda gender tengsizligi, gender tengligini ham muhokoma qilishimiz lozim. Gender bo'yicha adolatli ta'lim olish xavotirlari nainki maktabda balki, undan tashqarida uy, jamiyatdagi kuchlar orasida ham kuzatish mumkin. Eng avvalo kichik xavotirni maktabdagi tartib-intizom jarayonlarida ko'rsa bo'ladi. Odatda bu intizom o'g'illarda alohida, qizlarda alohida joriy etiladi. Eng birinchida maktab formasi bu ikki jins vakiliga ikki xilda taqsimlanadi. Keyingisida qizlar ko'proq jamoaviy tadbirlarda ishtirok etishsa, o'g'il bolalar yakka tartibda ham jalb qilinadi. Gender muammolarini maktabda bartaraf etish xususida gap borar ekan, bunda maktab o'quvchilari bilan ixtiyoriy ravishda ochiq so'zlashuv sessiyalariga qatnashish, muzokaralarda do'stona ishtirok etish, guruh ishi, aqliy xujum, audio-vizual topshiriqlar maktabda - o'qituvchilar, psixologlar, maslahatchilar, uyda - ota-ona, qarindosh, aka-ukalar, jamiyatda - NNT, maxalla oqsoqollari o'rtasida olib borilishi yaxshi natija beradi. Umuman olganda bu kursda genderga asoslangan amaliyot ko'rib chiqiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Darvoqe, "gender" so'zining asl mohiyatiga e'tiborni qaratish lozim. Gender - bu "Jins" bo'lib, lotinchada "genus" so'zidan kelib chiqib, jamiyatda o'g'il yoki qiz qarashlarining tengligi bilan baholash mumkin. Boshqa bir manbalarda esa jins - bu subyektiv his-tuyg'ularga ishora qiluvchi psixologik va madaniy erkaklik va ayollik haqdagi atamadir. Gender, shuningdek, xulq-atvorni erkaklik yoki ayollik deb baholashdir.

Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar o'rtasida gender madaniyatni rivojlantirish hozirgi kunning asosiy talablaridan bo'lmog'i lozim. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida gender madaniyatni shakllantirishi natijasida o'quvchilarda bir birlariga nisbatan hurmat shakllana boshlaydi. Sinfdagi o'g'il bolalar qizlarni hurmat qilishi yaxshi tomonga shakllanadi. Teng yoshli o'quvchilarda o'g'il bollar qizlarga qaraganda jismoniy jihatdan ancha kuchli bo'lishadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari yosh bo'lganligi sababli o'g'il bolalar qizlarga nisbatan qo'pol muomalada, qo'pol hatti-harakatda bo'lishga harakat qilishi mumkin. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun boshlang'ich sinf o'quvchilarida gender madaniyatni shakllantirish muhim sanaladi. Gender madaniyatni bolalarga boshlang'ich sinfdayoq shakllantirish o'quvchilar o'rtasida o'zidan kuchsiz bo'lganlarga nisbatan ham hurmatni yuksak darajada shakllanishiga turtki bo'ladi. Bundan tashqari o'quvchilar o'z tengdoshlariga do'stona munosabat shakllanadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida gender madaniyat shakllangan bo'lsa o'g'il bolalarda ham qiz bolalarda ham tortinish, uyatchanlik holatlari kuzatilmaydi. Masalan, boshlang'ich sinflarda tikuvchilik kasbiga qiziqtirish faqat qiz bolalar uchun emas, balki o'g'il bolalar uchun ham yaxshi, sevimli kasb bo'lishi mumkin. O'g'il bolalardan ham mohir tikuvchilar chiqishi mumkin. Va aksincha qizlardan ham kelajakda o'g'il bollalar singari mard va jasur askarlar yetishishi mumkin. Zero bizning ajdodlarimizdan mohir sarkardalar To'marislar yetishib chiqqan.

Gender madaniyatni o'quvchi onggida rivojlantirishda 3 ta omilni keltirib o'tamiz.

1. Maktab ustozlari.

2. Oila a'zolari (Bobo-buvi, ota-ona va h)

3. Jamoa (O'rtoqlar, do'stlar, sinfdoshlar va h)

Gender madaniyatni boshlang'ich sinflarda rivojlanishida o'qituvchining o'rni nihoyatda katta. O'qituvchi to'g'ri tushunchalar berib, yosh qalb onggiga tenglik g'oyalarini singdirib borishi mumkin. Masalan, o'qituvchi hayotiy misollardan keltiradi. Ahmadjonlarning oilasida qiz bola yo'q, ular 3 o'g'ildan iborat. Aka-ukalar oilada otasiga dala ishlardida yordam berish bilan birgalikda onasiga ham uy supirishmi, idish tovoqlarni yuvishmi, ovqat tayyorlashmi va hokozo ishlarda yordam beradi. Ota-onasi farzandlaridan juda xursand. Ahmadjon va uning ukalari idish tovoqlarni yuvishni faqat qizlarni ishi deya qaramaydi. Chunki bu ishlarni qizlar ham, o'g'il bolalar ham qila olishi mumkinligini, ota-onasiga yordam qilish katta sovobli ish ekanligini ustozlaridan ko'p eshitgan. Bu kabi hayotiy misollar o'qituvchi ustoz tomonidan tushuntirilsa o'quvchining ma'naviy onggi ham kenggayib boraveradi.

Oilada gender madaniyatning taraqqiy topishida oilaning ham o'z o'rni bor. Oila a'zolarining yoshi kattalari bolaga boshidan o'tkazgan hayotiy misollari, ota-onasi va bobo-buvilaridan eshitgan hayotiy haqiqatlarini so'zlab berish evaziga erishish mumkin. Masalan, hayotiy misollarga urush yillarini

olaylik. Urush yillarida ota-onalarimiz hayot qanaqa qiyinchilik bilan o'tganini bobo-buvilaridan eshitganlar. O'sha vaqtlarda erkaklar urushga ketganligi sababli ayollar erkaklarni ishlarini qilishga majbur bo'lishgan. Yer chopishmi, bug'doy o'rishmi, traktor haydashmi barcha-barchasini ayolllar qilishgan. Bu ishlarni men qilmayman bu ishlar erkaklarniki deya qarab o'tirishmagan, sabr-qanoat bilan barcha-barchasini uddalashgan. Hozirgi kunda ham qiz bola o'g'il bolalarni ishini qila olishiga ko'zi yetsa, uni yo'ldan qaytarmaslik lozim. Qilmoqchi bo'lgan ishi bu qiz bolaning eng sevimli kasblaridan biri bo'lishi mumkin. Qiz bolani bu ishni qila olishiga ota-ona uning oldini to'sib qo'ymasligi, imkon va imkoniyat yaratib bermog'i lozim.

Gender madaniyatning yuqori cho'qqiga ko'tarilishida jamoaning ham o'z o'rni benihoya katta. Masalan, kasb tanlashda bu holat yaqqol ko'zga tashlanadi. O'g'il bolalar tikuvchilik yoki oshpazlik kasbini tanlashmoqchi bo'lsa o'rtoqlari uni masxara qilishi bolani qiziqishini so'ndiradi. Shuning uchun jamoa bunday vaziyatlarda masxara qilish emas balki qo'llab quvvatlamog'i lozim.

Xulosa

Boshlang'ich sinflarda gender madaniyatni shakllantirishda dars jarayonida o'quvchilar o'rtasida dedaktik o'yinlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq. Didaktik o'yinda bolada yaxshi xulqiy sifatlar shakllanadi. Masalan, o'qish, jismoniy tarbiya, texnologiya va boshqa darslarda o'yinlar orqali ham o'quvchilar o'rtasida gender madaniyatni shakllantirish mumkin. Bunda sinf o'quvchilarini o'g'il va qiz bolalarni teng ikki yoki undan ortiq guruhlarga bo'lamiz. So'ngra har bir guruhga o'g'il bolalar uchun qizlarga xos bo'lgan, qiz bolalar uchun o'g'il bolalarga xos bo'lgan topshiriqlarni beramiz. Agar texnologiya darslarini oladigan bo'lsak bu fanda bir qancha metodlarni ishlab chiqish zaruratini tug'diradi. Masalan, "Sen bajara olasan" metodi. Bunda o'g'il bolalar uchun matoning ajralgan qismini chiroyli qilib tikish topshirig'i beriladi. Qizlar uchun esa ajratiladigan tank qismlarini ajratib tashlab uni qayta tiklash kabi topshiriqlar qo'yiladi. Bu topshiriqlarning berilishi o'yin jarayoning qiziqarli bo'lishini ta'minlaydi, Hamda boshqa kasbga bo'lgan hurmat yosh o'quvchilar onggida shakllana boshlaydi. Bu esa gender madaniyat eshiklarini ochilishiga turtki bo'ladi.

Bundan tashqari "Qarmoq" metodidan ham foydalansak maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu metodda barcha darslarda qo'shimcha savollar berishda yoki turli ertaliklarda foydalanish mumkin. Baliqchalar shaklidagi qog'ozchalarga savollar yoziladi va bir chetiga temir qistirgichlar qistiriladi. Qarmoq shaklidagi tayoqlarning uchiga ip bog'lanadi va ipning uchiga magnit toshchasi bog'lab qo'yiladi. O'quvchilar bu "qarmoqlar" vosetasida "baliqchalar"dan birini tutib olishlari va undagi savollarga javob berishi lozim bo'ladi. O'g'il bolalar uchun alohida, qizlar uchun alohida qarmoq va baliqlar tashkillashtiriladi. Savollar ichiga qiziqarli savollar qo'yiladi.

Gender ijtimoiy hayotni tashkil etish uchun muhum xususiyatdir. Jamiyatda o'g'il-qiz psixologik, fiziologik bir-birlaridan farqlanar ekan

o'rtalarida hamisha jinsiy jo'ravonlik, kamsitish kabi salbiy oqibatlar kelib chiqishi tayin. Bunda avvalo, maktabda, oliy ta'limda kerak bo'lsa maktabgacha ta'limda gender tengliklari asosida o'quv adabiyotlar turini ko'paytirish, dars jadvallari, o'quv mag'ulotlarida qo'shimcha mavzular kiritish nur ustiga a'lo nur bo'larmidi? Ularning xavfsizligi ta'minlanardi. Gender ma'daniyatni boshlang'ich ta'limdan, kerak bo'lsa maktabgacha ta'limdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki maktab va maktabgacha ta'limda insonlarga nisbatan pedagogik yondashish, ularning hatti harakatlari (o'yin, o'qish, mehnat) faoliyatiga nisbatan motivatsion, integratsion, kreativ, komunikativ yondashuvlar yuzaga keladi. Bu esa davlatimiz kelajagi bo'lmish yoshlarni teng huquqli va intellektual qilib tarbiyalash imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda qonun ijrosi ta'minlanadi, davlatimiz poydevori mustahkamlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2. Bola huquqlari to'g'risida konvensiya 1989-yil 20-noyabr Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasining 44 /25 sessiyasida qabul qilingan

3. "Barkamol avlod yili " Davlat Dasturi - T: Ozbekiston 2010.

4. T. G'afforova "Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanish" "Tafakkur" -T. 2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.