Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH – MUHIM TA’lIMIY JARAYON SIFATIDA'

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH – MUHIM TA’lIMIY JARAYON SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismoniy sifat / tayyorlov / savodga o‘rgatish / ta’lim-tarbiya / dars / zamonaviy texnologiya / multimediya texnologiyasi / interfaol mashqlar / ijodiy tasavvur / kasbiy mahorat / pedagogik kuzatuv / jismoniy barkamol shaxs.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Achilova Soxiba Xamidovna

Mazkur maqola maktabga tayyorlov guruhlarida tarbiyalanuvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhim jarayon ekanligiga bag‘ishlangan. Yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH – MUHIM TA’lIMIY JARAYON SIFATIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALARDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH - MUHIM TA'lIMIY

JARAYON SIFATIDA

Achilova Soxiba Xamidovna

Qo'qon davlat pedagogika instituti maktabgacha ta'lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11209959

Annotatsiya. Mazkur maqola maktabga tayyorlov guruhlarida tarbiyalanuvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhim jarayon ekanligiga bag'ishlangan. Yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: jismoniy sifat, tayyorlov, savodga o'rgatish, ta'lim-tarbiya, dars, zamonaviy texnologiya, multimediya texnologiyasi, interfaol mashqlar, ijodiy tasavvur, kasbiy mahorat, pedagogik kuzatuv, jismoniy barkamol shaxs.

Mamlakatimizda global rivojlanish sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, jismoniy, axloqiy-estetik rivojlantirishi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida moslashuvchan va tabaqalashtirilgan ta'limni samarali joriy etishga katta e'tibor qaratilmoqda. Innovatsion rivojlanish tendensiyalariga mos ravishda maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ta'lim va tarbiya samaradorligiga yo'naltirilgan ilg'or yondashuvlar va texnologiyalarni tatbiq etish amaliyoti keng joriy etilgan.

Xitoy, Koreya, Yaponiya, Fransiya, Rossiya, Angliya, Germaniya, Finlandiya kabi rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim jarayoniga innovatsion yondashuvni ta'minlash bilan bir qatorda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda texnologik yondashuv asosida maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish va bu borada ta'lim va tarbiyaviy jarayonlariga kompleks yondashish, bolalarni ilk yoshidan boshlab sog'ligini mustahkamlash, o'z-o'ziga xizmat qilishga o'rgatish, tarbiyalanuvchilarda jismoniy kompetentsiyalarni tarkib toptirishning innovatsion-pedagogik modellarini ishlab chiqish, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sport, xalq pedagogikasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligini ta'minlashning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Respublikamizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi darajasiga ko'tarilmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasiga maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish ustuvor yo'nalish sifatida belgilanib, zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda[1]. Xususan, Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standartining birinchi ilovasi "Ilk maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari"da beshta rivojlanish sohasining tarkibiy qismi sifatida "Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi" sohasining belgilab berilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarixan mavjud bo'lgan jismoniy tarbiya tizimlariga insonning jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalay olishiga qarab baho berilgan. Insonning organizmida turli darajada shakllangan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, tana bo'g'inlari harakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jismoniy sifatlar deb atash qabul qilingan. Inson organizmining shu sifatlarni namoyon qila olishiga qarab individga kuchli, chaqqon, tezkor va h.k. deb ta'riflaganlar.

Shaxsda jismoniy sifatlarni tarbiyalash uzluksiz va izchil jarayon bo'lib, uni maktabgacha ta'lim bosqichidan boshlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalarda jismoniy sifatlarning mukammal rivojlantirilishi bolalarning har tomonlama yetukligi, ularda sog'lom turmush tarzini malakalarini shakllantirishdan iborat bo'lgan jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadiga erishilganlik ko'rsatkichi sifatida namoyon bo'ladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni jismoniy tarbiyayalash tizimida jismoniy sifatlarni rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish bugungi kundagi dolzarb muammolaridan biridir. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida sog'lom avlodni tarbiyalash, sog'lom turmush tarzi asosida ularni ma'naviy va jismoniy barkamol shaxsni shakllantirish borasidagi nazariy-metodik asoslari, zamonaviy sharoitda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tashkil etishning turli innovatsion usullari, ularning yosh va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg'ulotlar tashkil etish, bolalarning jismoniy, aqliy, hissiy-emotsional rivojlanishini o'zida mujassalamlashtirgan turli integrativ yondashuvlar bir qator pedagog olimlar va tadqiqotchilar M.M.Nuriddinova, G.A.Yakubova, L.Z.Xolmurodov, G.X.Xolboyeva, V.B.Aripova, A.A.Abdullayev, Z.N.Abdullayev, F.Asqarov, X.Akramova, D.Q.Asqarova, T.L.Xurvaliyeva, N.Y.Najmiddinova, G.M.Nazirova, N.J.Abdusamatova, N.A.Baxriyeva, G'.A.G'oynazarov, Sh.S.Dilmurodov, D.M.Yoqubova, Z.Jalilov, U.M.Zokirov, J.Z.Isoqov, X.Kenjayeva, A.X.Kurbashev, M.Maxmudov, S.O.Mirzayeva, N.M.Boyjonova, S.S.Samadov, D.Toshtemirova, D.X.Umarov, X.Xaydaraliyev, A.A'loxonov, N.Sh.Xayitboyev, G.Xamidova, D.Yuldasheva, Sh.Umarova, Sh.X.Xonkeldiyevlar tomonidan o'rganilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari olimlaridan B.A Bikov, B.P.Guba, N.E. Vlasenko, S.A.Guseva, L.R. Zabirova, A.N. Samorodova, M.I.Krivorotova, L.I.Plaksina, L.S. Sekovets, E.V.Polyakova, Yu.N.Krupenkina, M.Vinse, V.I.Lyax, O.I.Senina kabi olimlarning tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash masalalari tadqiq qilingan.

Xorijiy olimlardan esa C.L.Blakemore, M.Brambring, G.Brandstetter, C.Wulf, K.Bos, S.Tittlbach, B.Jonson, A.Bandura, J.Semanoff, B.Enz kabilar tadqiqotlarida bolalarning ilk yoshidan jismonan rivojlantirish masalalariga e'tibor qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonunida bolaning shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan shaxsiy yondashuv printsipiga muvofiq MTTda ta'lim va tarbiya jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Harakatlar strategiyasidan - taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ko'rsatib o'tilgan maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, maktabgacha ta'lim-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish maqsadlari hamda "Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasi" asosida 3-6 (7) yoshli bolalarni axloqiy jismoniy tarbiyalash, ularda shaxsiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligi ta'kidlanganligi jismoniy tarbiya ishlari tizimida maktabgacha yoshdagi bolalarni pedagogik va psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, ularda jismoniy sifatlarni rivojlantirish modelini takomillashtirishni taqozo etadi.

"Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti"ning birinchi ilovasi bo'lgan "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari" ga muvofiq tug'ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar rivojlanishining beshta asosiy (jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari, bilish jarayonini rivojlanishi, ijodiy rivojlanish) sohalarini inobatga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun "Salomatlik pasporti" ishlab chiqilgan bo'lib, u bolani maktabgacha ta'lim tashkilotiga kelgan vaqtdan boshlab to bitirgunga qadar olib boriladi. Shu orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining jismoniy tayyorgarligini yakka tartibda baholash imkoni yaratiladi. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanish sohalariga jismoniy axloqiy tarbiyalash jarayoni "Til va nutq", "Qurish, yasash, konstruktsiyalash va matematika"; "San'at"; "Syujetli rolli o'yinlar va dramalashtirish"; "Ilm-fan va tabiat" rivojlanish markazlaridagi bolalarning mustaqil, birgalikdagi va jamoaviy faoliyati asosida amalga oshiriladi.

Tarbiyalanuvchilar jismoniy tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadigan mashg'ulotlar (o'yinli ta'lim faoliyati), mustaqil faoliyat, o'yinlar, sayr va ekskursiyalar mazkur tashkiliy komponentlarning o'zaro bog'liqligi va birligi pedagogik jarayonning xususiyatga egaligini ifodalaydi. Shu bois, MTTda bolalar faoliyatini to'g'ri tashkil etish, ayniqsa, jismoniy tarbiya jarayoni yaxlit pedagogik tizimni tashkil etadi.

Hozirga davrda mutaxassis professional kompetentlikka ega bo'lishi bu zamon talabidir. Chunki o'qituvchining professional kompetentligi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish uchun zarur bo'lgan kasbiy va shaxsiy sifatlar yig'indisini tashkil etadi[2]. kasbiy va shaxsiy sifatlar sifatlarga ega tarbiyalanuvchlarni jismoniy jihatdan barkamol etib tarbiyalash ana shu "Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi" sohasining (yirik va mayda motorika) ko'rsatkichlariga ko'ra amalga oshiriladi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, shaxsga yo'naltirilgan rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari asosida maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda tarbiyalanuvchilarning rivojlanish ko'rsatkichlari hamda imkoniyatlariga moslashuvini ta'minlash natijasida jismoniy tarbiya va sport bolaning hayotiy ehtiyojiga aylanishiga erishishning pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirish zarurligini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son Qarori https://lex.uz/uz/docs/4327235.

2. Hojieva, Minovvarxon. "TERMINOLOGIK KOMPETENTLIK-BO'LAJAK FILOLOG MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING ASOSI SIFATIDA." Scientific journal of the Fergana State University 3 (2022): 35-35.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION

15 MAY, 2024

3. Achilova S. Physiological qualities of preschool children // International Conference On Higher Education Teaching Published. Volume 1, No. 8. Date of publication:5.08. 2023.- P. 25-27.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.