Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA SO’LOMLASHTIRISH ISHLARI'

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA SO’LOMLASHTIRISH ISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
10714
535
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sog’lom muhit / mashg’ulot / jismoniy sifatlar / jismoniy tayyorgarlik / axloqiy / estetik tarbiya / sog’lomlashtirish / harakat.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jo’rayeva Lola Kenjayevna

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya darslarida olib borilayotgan ishlar , harakatli o’yinlar URM mashqlari,sog’lomlashtirish ishlari bolalarning kun tartibini to’g’ri tashkil etish haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA SO’LOMLASHTIRISH ISHLARI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA

SO'LOMLASHTIRISH ISHLARI

Jo'rayeva Lola Kenjayevna

Kogon pedagogika kolleji Maxsus fan o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya darslarida olib borilayotgan ishlar , harakatli o'yinlar URM mashqlari,sog'lomlashtirish ishlari bolalarning kun tartibini to'g'ri tashkil etish haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Sog'lom muhit, mashg'ulot, jismoniy sifatlar, jismoniy tayyorgarlik,axloqiy, estetik tarbiya,sog'lomlashtirish, harakat.

Sog'lom avlodni tarbiyalashda eng avvalo sog'lom muxitni yaratishdir bunda bolaning ovqatlanish tartibi vaxtida uxlashi va gigiyenik talablarni bilishi lozim bo'ladi. Bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotida ilk kunlaridan uning bolalarni aniq bir tartibdagi rejimada ertalabki badan tarbiya to'g'ri ovqatlanish darslar va mashg'ulotlarga qatnashish ovqatlanish uxlash tartibi bilan olib boriladi b olalar uyqudan turgach ovqatlanib mustaqil o'yinchoqlar o'ynashlari mumkin bo'ladi. Maktabgacha ta'lim muassalarida jismoniy tarbiya darslari mutaxasilar tomonidan olib borilmoqda bunda o'qituvchi darsga puxta tayyorlangan bo'lib dars ishlanma va dasturlari ishlab chiqilgan malaka talablari yetarli ishlanmalarda bog'chaning sharoitlari ko'zda tutilgan. "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta'minlash, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta'lim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

davlat standartining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari; maktabgacha ta'limning namunaviy o'quv rejasi; davlat standartini joriy etish hamda unga rioya etilishini nazorat qilish;, davlat standartining tarkibiy qismlari, jumladan:

ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari; maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi; sog'lomlashtirish ishlari dasturda ko'zda tutilgan

maktabgacha ta'lim tashkilotlarini o'yinlar to'plami, o'yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me'yorlari.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

2. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish bo'yicha komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari B.A. Musayev, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri A.V. Shin hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig'i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin. Insonning jismoniy jihatdan kamol topishiga qaratilgan faol harakat faoliyati mashg'ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shug'ullanayotgan kishilarning faoliyati har qanday mashg'ulotda nisbatan mustaqil bo'lgan bir qator elementlardan, ya'ni jismoniy mashqlarning o'zidan, ularni bajarish uchun tayyorgarlikdan, faol dam olishdan va boshqalardan iborat bo'ladi. Bu elementning o'zaro qanday aloqadorligi, ya'ni mashg'ulot mazmuni elementlarning tuzilmasi jismoniy mashq mashg'ulotlari shaklsini tashkil etadi. Bunga mashqlarni bajarish tartibi, shug'ullanuvchi kishilarning o'zaro munosabatlari, tavsifi, ularni uyushtirish va boshqalar kiradi. Har bir ayrim holatda shakl mashg'ulot mazmuniga mos kelishi kerak. Bu esa mashg'ulotning yaxshi o'tishi uchun zarur asosiy pedagogik qoidalaridan biridir. Masalan, mashg'ulotning mazmuni jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo'lsa, u holda mashqlar ish bilan dam olish qat'iy bir izchillik bilan almashib turadigan muayyan tartibda bajarilishi kerak. Xuddi shuningdek, mashg'ulotning qanday natija berishi o'quvchilarni uyushtirish, mashg'ulot qay paytda o'tkazilishi, mashq o'tkaziladigan joydan to'g'ri foydalanish kabi holatlarga ham bog'liq. Binobarin, mashg'ulotlarning shakli ularning mazmuniga faol ta'sir etar ekan. Shakl bilan mazmun birligigina shug'ullanuvchi kishilar faoliyati zarur darajada muvaffaqiyatli chiqishini ta'min etadi, aks holda mashg'ulotlar natijasi tuzuk bo'lmaydi. Hadeb bir xil mashg'ulot shaklidan foydalanaverish shug'ullanayotgan kishilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishni to'xtatib qo'yadi. Eski shakllardan kechib, ularni yangi shakllarga almashtira borish esa, jismoniy tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishga imkon beradi.

l.Sog'lomlashtirishning mazmuni va vazifalari xaqida umumiy tushunchaga ega bo'lishi;

2.Sog'ligi zaiflashgan o'quvchilar bilan sog'lomlashtirish mashg'ulotlarini tashkil qilish va o'tkazish to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lish;

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

3.Sog'ligi zaiflashgan o'quvchilar bilan sog'lomlashtirish mashg'ulotlarini

tashkil qilish va o'tkazish to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lish;

Maktabgacha ta'lim tizimida tarbiyalanuvchilarning yozgi ta'tilini namunali o'tkazish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish, vaqtlarini maroqli o'tkazish, sog'lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonini uzluksiz olib borish, shuningdek yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish vazifalari belgilab olindi. Yozgi sog'lomlashtirish mashg'ulotlari har yili 1-iyundan 31- avgustgacha davom etib, maxsus moslashtirilgan reja asosida faoliyat olib boriladi. Bunda bolalar ko'p vaqtini toza havoda o'tkazadigan tarzda yaratiladi. Sayr vaqtida bolalarning rivojlanishi uchun turli tadbirlar tashkil etiladi. Chunki, yoz -bolalarning salomatligini mustahkamlash va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng yaxshi davr hisoblanadi. Yozgi sog'lomlashtirish mashg'ulotlarida bolalarning sog'ligi, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish masalalari rejaga kiritiladi. Reja asosida tashkil etilgan chiniqtirish, sog'lomlashtirish, ko'ngilochar tadbirlar bolalarni jismoniy va psixik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda barcha pedagoglar ishtirok etishlari lozim. Yozgi mashg'ulotlar bolalarda tevarak-atrofga bo'lgan qiziqishlarni, o'z ishlaridan va tabiatdan zavqlanish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish imkonini beradi.

Hozirgi sinovli kunlarda maktabgacha ta'lim tizimida farzandlarimizning vaqtlarini maroqli o'tkazish, sog'lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini davom ettirish lozim. Yozgi sog'-lomlashtirish tadbirlarini samarali o'tkazish maktabgacha ta'lim tashkilotining, tarbiyachilarning o'z vaqtida va puxta tayyorgarlik ko'rishiga bog'liqdir. Bu borada bolalar organizmining jismonan sog'lom bo'lishi va chiniqishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun tarbiyachilar tomonidan ota-onalarga tavsiyalar onlayn tarzda ham berib boriladi. Tarbiyachilarning asosiy vazifalari bolalarning maroqli hordiqqa, ijodiy faoliyatga, harakatga bo'lgan ehtiyojini qondirishdir.

Yozgi sog'lomlashtirish davrida quyidagi vazifalar hal qilinadi: Ushbu vazifalar metodik tavsiyalarga amal qilgan holda tashkil etilishi lozim.

1. Toza havoda bo'lish uchun shart-sharoitlarni yaratish, bolalarning faol harakatlanishini ta'minlash.

2. Bolalarning bo'sh vaqtlarini o'tkazish jarayonlarida musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

3. Bolalarda tabiatga ahloqiy munosabatni, mehnatsevarlikni rivojlantirish.

4. Tabiat hodisalarini, jonli va jonsiz tabiat ob'yektlarini kuzatish jarayonida bolalarda hissiy idrokni shakllantirish.

5. Bolalar uchun xavfsiz, rivojlantiruvchi va sog'lomlashtiruvchi muhitni yaratish.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

6. Jarohatlanishning oldini olish.

7. Bolalarning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijobiy hissiy holatini shakllantirishga hissa qo'shish orqali bolalar salomatligini mustahkamlash.

8. Sayrni to'g'ri tashkil etish, sovuq suv bilan yuvinish, ochiq havoda yengil kiyimda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish;

9. Suv, havo va quyosh vannalarini o'tkazish. Bizning hayotiy va kasbiy tajribamiz shuni ko'rsatadiki, suv - bola organizmiga va ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Suvning gigiyenik va fizik ahamiyati bebahodir. Inson organiz-mining fiziologik jarayonlari va qulay hayot tarzi uchun suvning ahamiyati kattadir. Suv havzasida cho'milishni tashkil etishda bolalar yoshiga alohida ahamiyat berish lozim: kichik va o'rta guruhlarda 15-20 daqiqa, katta va tayyorlov guruhlarida 25 daqiqa. Bolalarga suv havzasida cho'milish faqatgina shifokor-pediatrning ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Havo vannalarini o'tkazishda alohida qoida talab etilmaydi, imkoniyat darajasida ochiq havoda ko'proq sayr qilish tavsiya etiladi.

Faqat quyosh vannalarini qabul qilishda ehtiyot choralarini ko'rish lozim. Bola quyosh vannalarini qabul qilishdan avval bosh kiyim kiygan holda bo'lishi va quyosh ostida uzoq qolmasligi lozim. Quyosh vannasini qabul qilish davomiyligi 7-10 daqiqani tashkil etishi lozim.

Bolalarni yozgi sog'lomlashtirish mashg'ulotlarida rivojlantirish usullaridan yana biri - Qum o'yinlaridir.

Bolalarning o'zaro muloqotlari qum maydonchalarida sodir bo'ladi. Yozgi mashg'ulotlarni qum maydonchalarida olib borilishi ko'proq ta'limiy-tarbiyaviy natija beradi. Qum bilan o'ynaladigan o'yinlar boshqa o'yinlarga nisbatan ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan va barqaror bo'ladi. Aynan shuning uchun qum bilan o'ynaladigan o'yinlardan korreksion rivojlantiruvchi va ta'limiy o'yinlar sifatida foydalaniladi.

Bundan tashqari yozgi mavsumda har-xil mavzularda tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etiladi.

Kun tartibida tashkil etiladigan sport va sog'lomlashtirish tadbirlarining maqsadi - bolalarning vaqtini sermazmun o'tkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlarini ta'minlash orqali har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir. Chunki, ilk yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanishida jismoniy tarbiya mashqlarining ahamiyati juda kattadir. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda ta'limning sistemalilik va izchilligi prinsipiga asoslanish, har bir bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlash va o'tkazish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday tadbir va musobaqalar bolalarning qaddi-qomatini to'g'ri shakllanishiga, yassi oyoq bo'lib

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. o'sishini oldini olishga, asosiy harakat malakalarini rivojlanishi bo'yicha jismoniy ta'lim berish, o'yinlar orqali milliy odatlarni tarbiyalashga, harakat ko'nikmalari va jismoniy sifatlarini shakllantirish, gavdani to'g'ri tutish, shaxsiy va ijtimoiy gigiyenik malakalarini tarbiyalash, kundalik mashg'ulotda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish va ularda ko'nikma hosil qilish kabi xislatlarni shakllantiradi. Xulosa qilib aytganda, bunday yozgi sog'lomlashtirish mashg'ulotlarini tashkil etish kelajagimiz egalarini aqlan yetuk, jismonan sog'lom bo'lib voyaga yetishlariga puxta zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.M.X.Tadjiyeva, S.I.Xusanho'jayeva "Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va metodikasi" Qo'llanma - moliya -iqtisod 2013y

2."Sog'lom avlod dasturi"Qo'llanma -T.2000

3.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan sog'lomlashtirish ishlarni tahlil qilgan xolda.

4. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

6. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

7. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

8. Goole.uz www

9. Charome.uz www

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.